Ҳужжат рақами
PF-4944
Орган
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Имзоланган сана
03.02.2017
Кучга кириш санаси
04.02.2017
Қўшимча ахборот
Улашиш
Ёпиш
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2021
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)

T/r

Hududlar

Tumanlar va shaharlar

1-toifa

2-toifa

3-toifa

4-toifa

5-toifa

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

Amudaryo tumani

Beruniy tumani

Qo‘ng‘irot tumani

To‘rtko‘l tumani

Xo‘jayli tumani

Ellikqala tumani

Qorao‘zak tumani

Kegeyli tumani

Chimboy tumani

Qonliko‘l tumani

Muynoq tumani

Nukus tumani

Taxtako‘pir tumani

Shumanay tumani

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

Asaka tumani

Andijon tumani

Izboskan tumani Qo‘rg‘ontepa tumani

Shaxrihon tumani

Oltinko‘l tumani

Baliqchi tumani

Buloqboshi tumani

Jalaquduq tumani

Marhamat tumani

Paxtaobod tumani

Xo‘jaobod tumani

Bo‘z tumani

Ulug‘nor tumani

Xonobod shahri

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

G‘ijduvon tumani

Olot tumani

Buxoro tumani

Vobkent tumani

Qorako‘l tumani

Peshku tumani

Romitan tumani

Jondor tumani

Shofirkor tumani

Kogon tumani

Kogon shahri

Qorovulbozor tumani

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Baxmal tumani

G‘allaorol tumani

Jizzax tumani

Zomin tumani

Paxtakor tumani

Forish tumani

Do‘stlik tumani

Zarbdor tumani

Arnasoy tumani

Mirzacho‘l tumani

Zafarobod tumani

Yangiobod tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Chiroqchi tumani

Shaxrisabz tumani

G‘uzor tumani

Qamashi tumani

Qarshi tumani

Koson tumani

Kitob tumani

Nishon tumani

Kasbi tumani

Yakkabog‘ tumani

Dehqonobod tumani

Mirishkor tumani

Muborak tumani

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Qiziltepa tumani

Xatirchi tumani

Karmana tumani

Navbahor tumani

Zarafshon shahri

Konimex tumani

Nurota tumani

Tomdi tumani

Uchquduq tumani

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

Chust tumani

Kosonsoy tumani

Namangan tumani

Norin tumani

Pop tumani

To‘raqo‘rg‘on tumani

Uychi tumani

Uchqo‘rg‘on tumani

Chortoq tumani

Yangiqo‘rg‘on tumani

Mingbuloq tumani

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Pastdarg‘om tumani

Urgut tumani

Bulung‘ur tumani

Ishtixon tumani

Kattaqo‘rg‘on tumani

Payariq tumani

Samarqand tumani

Jomboy tumani

Narpay tu�ani

Tayloq tumani

Oqdaryo tumani

Qo‘shrabot tumani

Paxtachi tumani

Nurobod tumani

Kattaqo‘rg‘on shahri

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Boyovut tumani

Sayxunobod tumani

Mirzaobod tumani

Sirdaryo tumani

Xovos tumani

Shirin shahri

Yangiyer shahri

Oqoltin tumani

Guliston tumani

Sardoba tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Denov shahri

Termiz shahri

Oltinsoy tumani

Jarqo‘rg‘on tumani

Qumqo‘rg‘on tumani

Qiziriq tumani

Sariosiyo tumani

Uzun tumani

Sherobod tumani

Sho‘rchi tumani

Angor tumani

Boysun tumani

Muzrabot tumani

Termiz tumani

11.

Toshkent viloyati

Zangiota tumani

O‘rtachirchiq tumani

Qibray tumani

Yangiyo‘l tumani

Angren shahri

Chirchiq shahri

Bekobod tumani

Bo‘stonliq tumani

Yuqorichirchiq tumani

Parkent tumani

Chinoz tumani

Olmaliq shahri

Bekobod shahri

Oqqo‘rg‘on tumani

Oxangaron tumani

Bo‘ka tumani

Quyichirchiq tumani

Piskent tumani

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

Qo‘qon shahri

Marg‘ilon shahri

Buvayda tumani

Beshariq tumani

Quva tumani

Uchko‘prik tumani

O‘zbekiston tumani

Oltiariq tumani

Qo‘shtepa tumani

Bag‘dod tumani

Rishton tumani

Toshloq tumani

Farg‘ona tumani

Dang‘ara tumani

Quvasoy shahri

So‘x tumani

Furqat tumani

Yozyovon tumani

13.

Xorazm viloyati

Xazorasp tumani

Xiva tumani

Urganch shahri

Bog‘ot tumani

Gurlan tumani

Qo‘shko‘pir tumani

Urganch tumani

Xonqa tumani

Shovot tumani

Yangiariq tumani

Yangibozor tumani

14.

Toshkent shahri

Yunusobod tumani

Shayxontohur tumani

Olmazor tumani

M.Ulug‘bek tumani Uchtepa tumani

Mirobod tumani

Sergeli tumani

Yashnobod tumani

Chilonzor tumani

Yakkasaroy tumani

Bektemir tumani

Jami

14

29

84

43

23

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va tegishli qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan ularning huquq va vakolatlarini kengaytirish, ushbu yo‘nalishdagi tuzilmalarning vazifa va javobgarligini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Norm�tiv-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil

1-aprel

M.Ikramov (Adliya vazirligi),

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi)

2.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji to‘lamasdan taqdim etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

1-aprel

Q.Tog‘ayev (Oliy sud),

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi),
E.Gadoyev (Davlat soliq qo‘mitasi)

3.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining:

– aholi, birinchi navbatda yoshlar
va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari bilan;

– tegishli hududda jamoat tartibini
va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan;

– hududlardagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari
va akademik litseylardagi o‘quvchilarning to‘liq davomatini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan;

– ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan
oilalar, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyul


B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi)


M.Azimov (Bosh prokuratura),
S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

D.Kenjayev (Xalq ta’lim� vazirligi),

U.Salimov (O‘rta maxsus,

kasb-hunar ta’limi markazi),

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi)


D.Kenjayev (Xalq ta’limi vazirligi),

U.Salimov (O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi)

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi), A.Xadjibayev (Sog‘liqni saqlash vazirligi),
D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

4.

Ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyul

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

A.Xadjibayev (Sog‘liqni saqlash vazirligi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

5.

“Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

15-mart

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

N.Qosimov (Ma’naviyat targ‘ibot markazi)

6.

Aholi tomonidan kommunal xizmatlar va elektr energiyasi haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashga ko‘maklashgani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-aprel

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

I.Maxkamov (“O‘zkommunxizmat” agentligi),

F.Salomov (“O‘zbekenergo” AK),

E.Shaismatov (“O‘ztransgaz” AK)

7.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-oktabr

S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

M.Azimov (Bosh prokuratura),

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi)

8.

Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi doirasida ta’lim dasturlariga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha maxsus kursni kiritish masalasini o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-sentabr

I.Madjidov (Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi),

M.Aliyev (Davlat boshqaruvi akademiyasi),

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi)

9.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish
va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-oktabr

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

Q.Rafikov (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi),

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

10.

Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi razryadlari?i mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlarining rzryadlariga tenglashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-aprel

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi),

Sh.Ismoilov (Iqtisodiyot vazirligi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

11.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyul

M.Ikramov (Adliya vazirligi),

U.Sunnatov (Bosh prokuratura), Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

12.

Jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini optimallashtirish, ularda zarur shtat birliklarini joriy etish hamda tegishli qo�un hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-noyabr

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi), B.Mirusmanov (Davlat statistika qo‘mitasi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Hududida 2000 va undan ortiq oilalar mavjud bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi bo‘yicha qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish hamda tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-noyabr

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi),

D.Mirzajanova (“Mahalla” fondi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qo‘mitasi),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

14.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari uchun dam olish maskanini tashkil etish yuzasidan taklif tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasining

qarori loyihasi

2017-yil

1-iyun

Sh.Babayev (Toshkent viloyati hokimligi),

D.Xidoyatov (Davlat raqobat qo‘mitasi),

Q.Rafikov (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

15.

Shaharchalar, qishloq va ovullarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va nomini o‘zgartirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2017-yil

1-oktabr

S.Arabov (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qo‘mitasi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar

16.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarning tashkiliy yig‘ilishlarini hamda Respublika Konferensiyasini o‘tkazish. Bunda Respublika kengashi va hududiy kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari a’zolari, Moliya, Ichki ishlar, Mehnat, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini jamoatchilik asosida kiritishni nazarda tutish.

Respublika kengashi ustavi va hududiy kengashlarning nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

1-may

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

N.Jo‘rayev (Adliya vazirligi)

17.

“Mahalla ziyosi” respublika o‘quv-uslubiy markazi hamda “Mahalla” gazetasi tahririyatini belgilangan tartibda “Mahalla” fondidan Respublika kengashi tasarrufiga o‘tkazish va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlashni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

18.

“Mahalla ziyosi” respublika o‘quv-uslubiy markazi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil
1-aprel

D.Allayev (“Maxalla” fondi)

19.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi ta’sis hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirgan holda Fond va uning hududiy tuzilmalarini adliya organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

1-may

D.Usmonov (“Mahalla” fondi),

N.Jo‘rayev (Adliya vazirligi)

20.

Mavjud fuqarolar yig‘inlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda, tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,

xalq deputatlari viloyat Kengashlari,

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi), D.Allayev (“Mahalla” fondi), B.Mirusmanov (Davlat statistika qo‘mitasi)

21.

Tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlarining qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimlar shtat birliklarini ushbu hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Sh.Normatov (Mudofaa vazirligi),

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi)

22.

Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini qayta tashkil etish munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyul

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Yangi tashkil etiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o‘tkazish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

S.Artikova (Oliy Majlis Senati Kengashi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari,

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

24.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining haftalik, oylik, choraklik ish faoliyatlari bo‘yicha namunaviy ish rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi)

25.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimi joriy etilmagan chegara hududlardagi fuqarolar yig‘inlarida ushbu shtat birliklarini joriy etish hamda malakali xodimlar bilan to‘ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-noyabr

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi),

S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini har tomonlama munosib shaxslar bilan to‘ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi)

27.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish mezonlarini ta�qidiy o‘rganib chiqib, bu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-dekabr

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

N.Bakirov (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi),

J.Qo‘chqorov (Moliya vazirligi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qo‘mitasi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ular tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilish amaliyotini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyun

Sh.Javlonov (“Mahalla” fondi),

S.Nishanbayev (Ichki ishlar vazirligi),

D.Kenjayev (Xalq ta’limi vazirligi),

U.Salimov (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi),

A.Xadjibayev (Sog‘liqni saqlash vazirligi)

29.

Aholini yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, bo‘sh ish o‘rinlari haqida xabardor qilish maqsadida fuqarolar yig‘inlari binolarida axborotlar peshlavhalari yaratish va ma’lumotlarni muntazam yangilab borish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-iyul

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

N.Jo‘rayev (Adliya vazirligi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

30.

“Mahalla ko‘zgusi” ilmiy-ommabop jurnalini ta’sis etish va yilning har choragida bir marta nashr etilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-sentabr

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi),

K.Mansurov (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi)

31.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tegishli dasturiy mahsulotni o‘rnatish va unda “Ishga joylashtirish inspektorining chaqiruvi”, “Ishga joylashtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish uchun talabnoma” interaktiv xizmatlari hamda bo‘sh ish o‘rinlari banki “ish.mehnat.uz” bilan ishlash dasturidan foydalanish tizimini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil

1-dekabr

B.Nizomov (Mehnat vazirligi),

Sh.Shermatov (Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

32.

Ma’muriy-hududiy birliklarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining chegaralarini aniqlash va xaritalarini tuzish ishlarini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil

1-dekabr

S.Arabov (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi),

Y.Tursunov (Moliya vazirligi),

D.Allayev (“Mahalla” fondi),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

“O‘zbekiston mahallalari” nomli ensiklopediya tayyorlash va chop etish.

Chora-tadbirlar

2018-yil

1-sentabr

Z.Ruziyev (“Mahalla” fondi), K.Mansurov (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi),

F.Djalalov (Madaniyat va sport ishlari vazirligi),

B.Mirusmanov (Davlat statistika qo‘mitasi),

A. Qodirov (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi)

34.

Fuqarolar yig‘inlari idoralari binolari hamda “Mahalla markazi” majmualarining namunaviy loyihalarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqish.

“Mahalla markazi” majmualari binolarini loyihalashtirishda hududiy kengashlar hamda “Mahalla” fondining hududiy bo‘lim va bo‘linmalarini joylashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahat markazlari, kutubxona uchun alohida xonalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun zal bo‘lishini nazarda tutish.

Chora-tadbirlar

2017-yil

1-aprel

A.Toxtayev (Davlat arxitektura
va qurilish qo‘mitasi),

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

35.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish, shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash choralarini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil
1-dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

36.

2017 — 2021-yillar mobaynida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish.

Hududiy dasturlar

2017-yil

1-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

37.

Hududiy dasturlarga muvofiq fuqarolar yig‘inlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash), shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil

1-dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

D.Usmonov (“Mahalla” fondi)

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
 LexUZ sharhi

Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlab qo‘yildi. Yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o‘z aksini topdi.

Birgina so‘nggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali tashkil etildi.

Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Xususan, Farmonda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish;

jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;

jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.

Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari e’tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.

Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududi� kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida “Mahalla” fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy bo‘lim va bo‘linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish nazarda tutildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari, moliya, ichki ishlar, mehnat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritish mo‘ljallanmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning o‘z faoliyati yuzasidan yil�ing har choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo‘yildi.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Shuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yig‘inlarining bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari hamda moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqilligini ta’minlash, o‘zini o‘zi boshqarish tizimida ortiqcha bo‘g‘inlardan voz kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2018-yilning 1-dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonini ta’sis etish nazarda tutilmoqda.

Farmonda hamda u bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi.