06.10.2018 yildagi 493-Қ-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi 965-sonli qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,.12.2017-y.,09/17/965/0393-son) bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2019-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining 2018-yil 17-sentabrdagi 01/10-1156-sonli xati hamda Uchquduq tuman Adliya boʻlimining 2018-yil 5-oktabrdagi 1-11/86-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi yigirma nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha umumiy sonidan 469 kishini tashkil etadigan 3,9 foiz miqdorida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan; oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 4,3 foiz — 20 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 82,5 foiz — 387 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 3 foiz — 14 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar va pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 5,4 foiz — 25 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 1,7 foiz — 8 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosi qurbonlari uchun 1 foiz — 5 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalari, shuningdek, atrofdagilar uchun xavf tugʻdirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun 2,1 foiz 10 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin va tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kesimida ilovadagi jadval asosida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni (keyingi oʻrinda muhtojlar) ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini tashkil etish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishi va tayyorligini taʼminlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish ish beruvchi tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanishi va bu haqda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilishi, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi banligiga koʻmaklashish markaziga ushbu Nizomning 5-ilovasiga* muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaraladi.Mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarini muhtojlarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilsin.s
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ishlab chiqilgan mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifalarini muhtojlar uchun ilovada belgilangan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqib ishga joylashtirishi shart. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining yoʻllanmasi boʻyicha ushbu shaxslar mazkur qaror 1-bandida koʻrsatilgan toifaga tegishli boʻlganda zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan rad etilishi tashkilot mansabdor shaxslarining qonun hujjatlarida belgilangan javobgarligiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandiga asosan, muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha tuman hokimining qarori bajarilmaganligi uchun jarima toʻlash tashkilotni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini yaratish boʻyicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining belgilangan sonini zaxiraga qoʻyish boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nogironlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar huquqiga ega boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi umumiy boʻlimi (R. Ayxadjayev) bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (E. Ergashev)ga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilganligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ish oʻrinlariga mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifasi ishga joylashtirilganligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha tuman hokimining qarorini bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga jarima solinganligi toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborotni ishchi komissiyaga yuborilishini va mazkur qarorning ijrosi ustidan nazorat qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining 2018-yil 13-fevraldagi “2018-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida”gi Q-83-sonli qarori 2019-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning rasmiy nashrda eʼlon qilinishi va tuman hokimligi veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim S. HAMROYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
493-Q-son