Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021 15.03.2019 yildagi 143к-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini qayta koʻrib chiqish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qaroriga hamda 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5075-sonli Farmoniga asosan viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul tushumlarining toʻliq hisobga olinishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (M. Iskandarov) va davlat soliq boshqarmasi (X. Abdikarimov) hamda “Xorazm bozorlari va savdo komplekslari” viloyat uyushmasi (Sh. Razzaqov) takliflari asosida “Bozorlar va savdo komplekslari” maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi, koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (M. Iskandarov), viloyat davlat soliq boshqarmasi (X. Abdikarimov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino va inshoat va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan tushumlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanlar va Urganch, Xiva shahar hokimliklari oʻz hududlaridagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino va inshoat va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining toʻliq undirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 253-son qarori asosida ish tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida (S. Raximberganova) mazkur qaror eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kirishi munosabati bilan viloyat hokimining 2018-yil 4-apreldagi 147q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimligining Axborot xizmati (Sh. Qarriyev) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari K. Igamberganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi F. ERMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143k-son