Xorazm viloyati hokimining
qarori
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini qayta koʻrib chiqish haqida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 253-sonli qarori hamda viloyat Moliya bosh boshqarmasi, viloyat Davlat Soliq boshqarmasi va “Xorazm bozorlari va savdo komplekslari” viloyat uyushmasining bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi, koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga asosan viloyat hududidagi bozorlar va savdo komplekslari boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslari hududida pul oqimlarini toʻliq hisobga olinishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (M. Davlatov) va viloyat Davlat Soliq boshqarmalari (J. Temurov) hamda “Xorazm bozorlari va savdo komplekslari” viloyat uyushmasi (Sh. Razzaqov) takliflari asosida “Bozorlar va savdo komplekslari” maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi, koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (M. Davlatov), viloyat Davlat Soliq boshqarmasi (J. Temurov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda:
bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini;
bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino va inshoat va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan tushumlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini taʼminlasinlar.
3. Tumanlar va Urganch, Xiva shahar hokimliklari oʻz hududlaridagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino va inshoat va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining toʻliq undirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 253-son qarori asosida ish tashkil qilsinlar.
4. Qaror ilovasidagi 2-boʻlimning 3.10-bandida transport vositalarining yuk ortish va yuk tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslariga kirganlik uchun haq undirish (qishloq xoʻjalik mahsulotlarini olib kirish bundan mustasno) nazarda tutilgan sababli mazkur qaror “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Halq deputatlari Xorazm viloyat kengashning tasdigʻiga kiritsin.
5. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan viloyati hokimining 2017-yil 10-martdagi 130q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida mazkur qaror eʼlon qilinsin.
7. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (Sadiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M. Sapayev zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi I. SABIROV
Urganch sh.,
2018-yil 4-aprel,
147k-son