Namangan viloyati Chust tuman hokimining
qarori
2018-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) 65-moddasi, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17, 22-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularni vaqtincha ish haqi olish va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, markaz tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Chust tumanida 2018-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (B. Mallayev):
korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J. Baxodirov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi B. OXUNOV
Chust sh.,
2017-yil 30-sentabr,
1588-son
Chust tuman hokimining 2017-yil 30-sentabrdagi 1588-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Chust tumanida 2018-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar
roʻyxati
|
T/r |
Korxona va tashkilotlar nomi |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari |
Jalb qilinadiganlar soni (kishi) |
Mehnatga haq toʻlash foizi | |
|
ish beruvchi korxona mablagʻi hisobidan |
Mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1. |
“Chust kumush ipagi” maʼsuliyati cheklangan jamiyati |
Mavsumiy ipak qurti boquvchisi |
40 |
75 |
25 |
|
2. |
“Chust paxta tozalash” aksionerlik jamiyati |
Yuk ortish-tushirish ishlari |
35 |
75 |
25 |
|
3. |
Tumandagi xususiy korxona, firma maʼsuliyati cheklangan jamiyatlarda |
kuruvchi, ishchi, elektrik, meva teruvchi |
45 |
75 |
25 |
|
4. |
Tumandagi fermer xoʻjaliklari |
Ishchi, supuruvchi, elektrik, mevani saralovchi |
60 |
75 |
25 |
|
jami |
180 |
x |
x | ||
|
Tuman Bandlikka koʻmaklashish |
|
|
|||
|
|
B. Mallayev |
||||