30.03.2019 yildagi 1330-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
 LexUZ sharhi
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda), “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 15-son 197-moddasi) 7-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y, 1-2-son, 17-modda) hamda 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yilda Guliston tumanidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarning majburiy texnik ko‘rigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
4. Mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi:
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali 1-ilovaga* muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarorining 3-bandi talabidan kelib chiqib, tuman mudofaa bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi, davlat xavfsizlik xizmatining harbiy bo‘linmalari va milliy gvardiyaga tegishli transport vositalari ushbu idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi nazarda tutilsin.