1-ILOVA
1-ILOVA
|
Subyektlar |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Muddatlar | |
|
1-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar, mazkur hududlarning chegaralarini aniq koʻrsatgan holda, kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. |
zaruratga koʻra belgilangan muddatda |
|
2-bosqich |
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari, manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli xulosalarini olgan holda, oʻrganib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi. |
oʻn kun muddatda |
|
3-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy koʻrsatmasi asosida tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi. |
uch kun muddatda |
|
2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli xulosalari olingan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi taʼminlanadi. |
ikki oy muddatda | ||
|
4-bosqich |
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan kiritilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi. |
uch kun muddatda |
|
5-bosqich |
“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi |
1. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududda yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydondagi ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kompaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur boʻladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritiladi. 2. Jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratiladi. |
bir oy muddatda |
|
6-bosqich |
“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi |
“Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni va investorlarga beriladigan yer uchastkalari oʻlchamlariga mutanosib ulushlarda toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori belgilangan tartibda direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda komissiya muhokamasida koʻrib chiqib tasdiqlanadi. |
bir hafta muddatda |
|
7-bosqich |
“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi |
1. Tanlovoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan soʻng direksiyaning oʻz rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi. |
besh kun muddatda |
|
2. Tanlov oʻtkazilishidan oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi boʻyicha tanlov toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi boʻyicha tanlov toʻgʻrisida xorijiy davlatlarda targʻibot ishlari amalga oshiriladi. |
tanlov kunidan kamida oʻttiz kun oldin | ||
|
8-bosqich |
Loyiha tashabbuskorlari |
Loyiha tashabbuskorlari tomonidan investitsiya taklifini “Business city” hududiga joylashtirish uchun belgilangan shaklga muvofiq toʻldirilgan buyurtmanoma hamda unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar direksiyaga taqdim etiladi. |
belgilangan muddatlarga qadar |
|
9-bosqich |
“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi |
Taqdim etilgan buyurtmanoma hamda unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga muvofiqligi koʻrib chiqiladi hamda taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda, taklif etilayotgan investitsiya taklifini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya raisiga axborot kiritiladi. |
buyurtmanoma taqdim etilgan kundan soʻng ikki kun muddatda |
|
10-bosqich |
“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi |
1. “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash tegishli mezonlar asosida belgilangan muddatlarda komissiya yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi. |
belgilangan muddatlarda |
|
2. Komissiyaning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash toʻgʻrisidagi qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz asosida qabul qilinadi hamda yigʻilish oʻtkazilgandan soʻng bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. |
tanlov oʻtkazilgandan soʻng besh kun muddatda | ||
|
11-bosqich |
“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi, Loyiha tashabbuskori |
1. Investitsiya taklifi maʼqullangan investor va direksiya oʻrtasida investitsiyalash toʻgʻrisida bitim rasmiylashtiriladi. 2. Loyiha tashabbuskori va direksiya oʻrtasida “Business city” markazi hududida investitsiyalash toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan bitim belgilangan tartibda tegishli direksiyada roʻyxatga olinadi hamda roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. |
bayon tasdiqlangandan soʻng besh kun muddatda |
|
12-bosqich |
Loyiha tashabbuskorlari |
Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq loyiha tashabbuskori tomonidan “Business city” markazi hududidan ajratilayotgan yer uchastkasi oʻlchamlariga mutanosib ravishda tegishli mablagʻlar direksiya hisob raqamiga oʻtkaziladi. |
bitimda belgilangan muddatlarda |
|
13-bosqich |
“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi |
Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirgan kundan eʼtiboran, agar bitimda boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, direksiya tomonidan “Business city” markazi hududidan qurilish uchun investorga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga iltimosnomalar kiritiladi. |
bitim kuchga kirgandan soʻng besh kun muddatda |
|
14-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklar |
Direksiyaning tegishli iltimosnomalari kelib tushgandan soʻng investorga rejalashtirilgan loyiha doirasida qurilishni amalga oshirish uchun belgilangan shartlar asosida iltimosnomada koʻrsatilgan muddatdan kam boʻlmagan muddatga yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi. |
bir hafta muddatda |
2-ILOVA
|
|
“____________ Business city” | ||
|
“____________ Business city” markazi hududida | |||
|
1. Investor toʻgʻrisida maʼlumot: | |||
|
Investor — korxona nomi |
|||
|
Yuridik manzili |
|||
|
2. Investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot: | |||
|
Loyihaning nomi |
|||
|
Obyekt qurilishning tavsifi va yoʻnalishi |
|||
|
Talab etiladigan yer maydoni (ga) |
|||
|
Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (yiliga, kVt/soat) |
|||
|
Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (kub.m., yiliga) |
|||
|
Ichimlik suv va texnik suvga boʻlgan ehtiyoj (yiliga, kub.m.) |
|||
|
Ishga tushirish muddati |
|||
|
3. Loyihaning moliyaviy — iqtisodiy koʻrsatkichlari: | |||
|
Loyihaning qiymati (AQSH.doll. ekvivalentida) |
|||
|
Moliyalashtirish manbalari (toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, mahalliy taʼsischilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari) |
|||
|
Investitsiyalarni oʻzlashtirish (kiritish) shakli va jadvali |
|||
2-ILOVA
|
1. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi |
|
2. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Komissiya raisi oʻrinbosari |
|
3. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
|
4. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
5. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi, Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi |
|
7. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi |
|
8. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi |
|
9. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
“Hududiy elektr tarmoqlari” va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari |
|
10. |
(lavozimiga koʻra) |
— |
“Business city” markazini qurish va undan foydalanish Direksiyasi rahbari, Komissiya ishchi organi |