29.01.2019 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtkoʻl tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axolini ishga joylashtirish, jamoat ishlariga jalb qilish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini ijro etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 5-oktabr kungi 799-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabr kungi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab quvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-sonli Farmoni va “2017 — 2020-yillarda respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-mart kungi PQ-3584-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan aholi bandligini taʼminlash uchun tumanda 2019-yil uchun shakllantirilgan davlat buyurtmasi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Toʻrtkoʻl tumanida 2019-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat buyurtmasining maqsadli parametrlarini 2-punktiga asosan aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichini 2247 nafar deb belgilash, shu hisobdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish, obodonlashtirish va boshqa mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etish 220 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish 551 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kvota ish oʻrinlariga ishga joylashtirish 150 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kasbga tayyorlash va qayta oʻqitish 146 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jamoat ishlariga jalb etish 710 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustoz-shogird anʼanasi asosida hunarga oʻrgatish 20 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) horijiy davlatlarga ishga joylashtirish 450 nafar qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda “yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat buyurtmasining maqsadli parametrlari” ijrosi yuzasidan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, tumanda 2019-yilda mehnat bozori muvozanatiga erishish uchun band boʻlmagan va ishsiz aholini ishga joylashtirish reja jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish, kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhi (R. Ibadullayev) tuman hududida ish izlovchi sifatida ruyhatga olingan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkillashtiradigan korxona va tashkilot rahbarlari ishsiz deb topilgan fuqarolar uchun belgilab qoʻyilgan ish oʻrinlarining sanitariya-gigiyena qoidalariga hamda oʻz vazifalarini toʻliq bajarilishini taʼminlovchi mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019-yilda aholi bandligini taʼminlashga boʻlgan ehtiyoj, har bir fuqarolar yigʻinlari boʻyicha demografik holat jumladan, aholining yoshi, kasbi, bandligi, ijtimoiy ahvoli, mehnatga layoqati, ayollar bandligi va boshqa koʻrsatkichlari toʻrtta sektor kesimida birma-bir oʻrganilib hududlardagi mehnat bozori holati har chorak yakuni boʻyicha tahlil qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi (M. Bekchanov) ushbu qarorni tegishli korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar rahbarlariga yetkazsin va bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toʻrtkoʻlnoma” gazetasida yoritilgan Toʻrtkoʻl tumani hokimining 2018-yil 23-yanvardagi “Aholini ishga joylashtirish, jamoat ishlariga jalb qilish kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash haqida”gi 96-sonli qarori 2018-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Toʻrtkoʻlnoma” gazetasida va tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi R. Ibadullayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Y. BABADJANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtkoʻl t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-son