1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transport orqali chet elga joʻnab ketish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiyotining chuqurlashib borayotgan globallashuvi, xalqaro mehnat bozorining rivojlanishi hamda ishchi kuchlarining transchegaraviy oqimlarining kengayishi sharoitlarida, mehnat migratsiyasi mehnatga layoqatli fuqarolar va ularning oila aʼzolari katta qismining bandligi va daromadlarini taʼminlab beruvchi obyektiv bir-biriga bogʻliq ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Davlatlararo darajada respublika hududidan tashqarida ishlaydigan Oʻzbekiston fuqarolarining ijtimoiy va mehnat huquqlariga rioya etilishini nazarda tutadigan hujjatlar imzolandi va amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga fuqarolarning katta qismi xorijga ishlash uchun yakka tartibda, qoʻshni davlatlarning avtotransport vositalarida, yoʻl davomida hayotlarini katta xavf ostiga qoʻyib joʻnab ketishmoqda. Respublikada xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi yoʻlovchi tashish avtotransport vositalari deyarli yoʻq. Oʻzbekiston hududi bilan chegaradosh boʻlgan qoʻshni davlatlarning yoʻlovchi tashuvchilari tomonidan amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni avtotransportda tashish narxi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning yoʻlovchilik tariflari narxlaridan 2,5 — 4 barobarga arzon.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz yetib borishini taʼminlashga yordam koʻrsatuvchi qulay shart-sharoitlarni tashkil etish, yoʻl davomida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni tashish boʻyicha temir yoʻl va aviatsiya transporti quvvatlarini va oʻtkazish imkoniyatlarini oshirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-mayiga qadar — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarning katta miqdorda joʻnab ketayotgan yoki borishi oshib borayotgan shaharlariga temir yoʻl qatnovining yangi yoʻnalishlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-iyuniga qadar — vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolar tomonidan talab etilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha, shu jumladan, joʻnab ketishning boshlangʻich nuqtasini hududlarning temir yoʻl uzellaridan tashkil etgan holda yangi yoʻlovchilik tarkiblarini joriy etish va platskart hamda umumiy vagonlar sonini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-iyuliga qadar — Oʻzbekiston Respublikasining hududiy temir yoʻl uzellaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining aniq manzilli stansiyalariga boradigan xorijiy temir yoʻl kompaniyalari yoʻlovchilik tarkiblarini harakatlantirgan holda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni tashishga, zarur hollarda, xorijiy temir yoʻl kompaniyalarining faoliyat olib borishiga imkon yaratishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 2018-yilning 1-mayiga qadar vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni arzonlashtirilgan tariflar boʻyicha aviatsiya orqali tashishni amalga oshiradigan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK huzuridagi chiptalar narxlarini arzonlashtirilgan holda sotadigan (loukoster) aviakompaniyani tashkil etish boʻyicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki uch oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining ulushi 51 foiz va Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy bankining ulushi 49 foiz boʻlgan Avtobusda yoʻlovchilarni xalqaro tashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Ixtisoslashtirilgan kompaniya) belgilangan tartibda tashkil etilishini;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro yoʻlovchi tashishni amalga oshiradigan, mahalliy avtotransport kompaniyalarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hamda ularni litsenziyalash shartlari maqbullashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik, ekologiya va ijtimoiy standartlar talablariga javob beradigan avtotransport vositalaridan foydalangan holda xalqaro avtomobil yoʻlovchilik tashuvlarini amalga oshiruvchi xorijiy transport kompaniyalarini avtomobil transporti xizmatlari bozoriga kirib kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Yongʻinga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda avtobusda xalqaro tashishlarni amalga oshiradigan avtobuslarning yoʻlga chiqishdan oldingi texnik koʻrigini, bevosita avtovokzallar hududida olib borish, shuningdek, zarur hollarda, avtobusning barcha marshruti davomida video kuzatuv amalga oshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining, TIF Milliy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Ixtisoslashtirilgan kompaniya uchun xalqaro yoʻlovchilar tashish talablariga javob beradigan 100 donadan kam boʻlmagan yoʻlovchilik avtobuslarini xarid qilish, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari orqali (keyingi oʻrinlarda — loyiha) xorijiy banklarning kreditlarini qayta moliyalashtirish hisobidan avtotransport parkini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF Milliy banki tomonidan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaga qayta moliyalashtiriladigan bankning 0,5 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda 7 yil muddatga, 20 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaga Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanguniga qadar Ixtisoslashtirilgan kompaniya uchun yoʻlovchilik avtobuslarini xarid qilish, vakolatli organlarda belgilangan tartibdagi ekspertizadan oʻtgan, yoʻlovchilik avtobuslarini xarid qilishga boʻlgan import kontraktlarini, shuningdek, mahalliy pudrat tashkilotlari va yetkazib beruvchilar bilan imzolangan kontraktlar boʻyicha moliyalashtirishni ochishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan kompaniya uchun yoʻlovchilik avtobuslarini xarid qilish loyihasini amalga oshirish texnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish bilan bir bosqichli tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniya jalb etilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilayotgan kreditni soʻndirish, ular boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash, loyihani amalga oshirish doirasida Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning joriy daromadlari hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy bankiga tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning ustav fondidagi ulushini keyinchalik bozor narxi boʻyicha boshqa investorga sotish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 kun muddatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarni tashishga Ixtisoslashtirilgan kompaniya tomonidan xarid qilinadigan yoʻlovchi avtobuslarining bazaviy avtovokzallarining (avtostansiyalarining) dislokatsiyasi hamda taqsimlanishi boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda, jumladan, mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan parametrlarini ortigʻi bilan bajarish mablagʻlarining 10 foizgacha boʻlgan qismini mazkur maqsadlarga sarflashni nazarda tutgan holda, xorijiy investorlarni jalb qilgan ravishda, eng avvalo Rossiya Federatsiyasiga va Qozogʻiston Respublikasiga xalqaro avtobuslari reyslarini tashkil qilish uchun hududlarda avtotransport tashkilotlari va avtovokzallarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga, kafolatlarni taqdim etish toʻlovlari undirilmagan holda, xorijiy banklar oldidagi TIF Milliy bankining, shuningdek, yangi tuzilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning TIF Milliy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosani bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahri hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda tashkil etilayotgan Ixtisoslashtirilgan kompaniyaga binolar va ishlab chiqarish maydonlarini ajratish, keyinchalik mazkur obyektlarni Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga davlatning ulushi sifatida kompaniyaning ustav fondiga topshirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish va mehnat munosabatlari vazirligining bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tuzilmasida, mehnatga haq toʻlash fondi doirasida, ishga joylashtirish boʻyicha inspektorlar sonini kamaytirish hisobidan, umumiy shtat soni 300 nafar boʻlgan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika hududidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash boʻyicha sektor tashkil qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun mazkur bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda xorijga joʻnab ketayotgan hamda temir yoʻl va aviabiletlarni xarid qilayotgan fuqarolarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron maʼlumotlar bazasida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarga imtiyozli tariflarda biletlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kassalarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan, imtiyozli tariflarni hisobga olgan holda temir yoʻl va aviabiletlarning narxini belgilash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018-yilning 1-aprelidan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolar uchun platskart va umumiy vagonlarga boʻlgan temir yoʻl biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishini taʼminlasin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Moliya vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bankning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish uchun 50 milliard soʻm miqdoridagi teng ulushlarda, “Aloqabank” AKning ustav kapitalini 100 milliard soʻm miqdorida oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aloqabank” AK tomonidan ochishning soddalashtirilgan shartlarida, xizmat koʻrsatish uchun minimal komissiya va sugʻurta depoziti summasining nol miqdorida “VISA-migrant” bank plastik kartochkalarini chiqarish va unga xizmat koʻrsatish, shuningdek, 2018-2019-yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligi shartlarida, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun joʻnab ketayotgan fuqarolarga yilda bir marotaba biratoʻla 300 ming soʻmgacha boʻlgan summada temir yoʻl va aviabiletlarni xarid qilish harajatlarini qisman qoplash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun ushbu qarorning 6-bandi oltinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda xorijga joʻnab ketayotgan va temir yoʻl va aviabiletlarni xarid qilayotgan fuqarolarga temir yoʻl va aviabiletlarni sotish ilovaga muvofiq jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolar uchun temir yoʻl va aviabiletlarga boʻlgan narxlarga chegirmalar berish va ularni imtiyozli tariflar boʻyicha sotishni nazarda tutuvchi maxsus kassalar ochilishini va ushbu kassalarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning biletlarni sotish tizimiga ulanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Ipoteka-bank” ATIBning vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarga xalqaro toʻlov tizimlari (Western Union, Contact va boshqalar) orqali kreditlarni, ularning hisobiga tushirish va kreditlarni qaytarishning qulay mexanizmini joriy etish orqali transport va boshqa xarajatlarni toʻlash, ularning yoʻl yurishi davrida, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va xorijda ishga joylashishi uchun ekvivalenti 1000 AQSH dollari miqdorida kreditlash sxemasini keng joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga boʻysunuvchi kasb-hunar kollejlari va kasb-hunar taʼlimi markazlari negizida rus tilini oʻrganish va ishlab chiqarish kasblariga oʻqitish boʻyicha kurslarni, jumladan, bepul kurslarni tashkil etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2021-yilning 1-yanvariga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining daromadlariga solinadigan soliq, oʻqitish va kurslarni tashkil etish, oʻquv uskunalar xarid qilish, oʻquv xonalarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga qilingan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Koreya Respublikasidagi konsullik muassasalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarning mehnat migratsiyasi va ijtimoiy-huquqiy himoyasi masalalari boʻyicha xodimlar sonini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzagrosugʻurta” AJ ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun Rossiya Federatsiyasiga joʻnab ketayotgan fuqarolarni kompleks himoya qilish boʻyicha rossiya sugʻurta kompaniyalarining sugʻurta agenti sifatida Rossiya Federatsiyasida oʻz vakolatxonalarini ochsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasida oʻz vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzagrosugʻurta” AJ, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi” va boshqa sugʻurta kompaniyalari ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli tariflar boʻyicha temir yoʻl va aviabiletlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kassalarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalashni rasmiylashtirish uchun doimiy asosda sugʻurta agentlarini joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolar oldidagi milliy tashuvchining majburiyatlarini sugʻurtalash mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi uch oy muddatda Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borishga patent va ruxsatnoma olishda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga joʻnab ketayotgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan berilgan tibbiy tekshiruv hujjatlarini tan olish masalalari boʻyicha Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari bilan Bitim loyihasini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa masʼul vazirliklar va idoralar avtomobil transportida fuqarolarning harakatlanishida xavfsizlik va xorijda boʻlish qoidalariga rioya qilish toʻgʻrisida, shuningdek, xorijda ishga joylashtirish uchun tashkillashtirilgan ravishda fuqarolarni ishga joʻnatish haqida fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlarini tizimli va muntazam olib borilishini davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari O.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov, Avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi D.T. Dehqonov, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori vazifasini bajaruvchi B.I. Xakimov va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisining birinchi oʻrinbosari A.S. Shukurov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3584-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarga temiryoʻl va aviachiptalarni imtiyozli tariflar boʻyicha sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S X E M A S I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOSQICHLAR
TADBIRLAR
MUDDATLAR
1-bosqich
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolar bilan ishlash shuʼbasi
xonadonlarni uyma-uy aylanib chiqish asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga joʻnab ketmoqchi boʻlayotgan fuqarolar aniqlanadi, ular bilan chet elga bexatar joʻnab ketish, shuningdek, imtiyozli tariflar boʻyicha temiryoʻl va aviachiptalarni sotish mexanizmi masalalariga oid axborot-tushuntirish va profilaktika ishlarini olib boradi;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga joʻnab ketmoqchi boʻlayotgan fuqarolarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron bazasida roʻyxatga qoʻyish hamda imtiyozli tariflar boʻyicha temiryoʻl va aviachiptalarni sotib olish uchun Agentlikka yuboradi;
zarurat boʻlganda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda imtiyozli tariflar boʻyicha temiryoʻl va aviachiptalar xarid qilishga jamoaviy buyurtmanomalar taqdim etish uchun vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish maqsadida respublikadan tashqariga joʻnab ketmoqchi boʻlayotgan fuqarolarning guruhlarini shakllantiradi.
muntazam, tizimli asosda
2-bosqich
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga joʻnab ketayotgan fuqaroni Agentlikning elektron bazasida roʻyxatga oladi, bunda mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ehtimoliy joy, bosib oʻtiladigan yoʻnalish va joʻnash istalayotgan sana koʻrsatiladi;
vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga joʻnab ketayotgan fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni valyuta hisobraqamini ochish va VISA-migrant plastik kartasini taqdim etish uchun “Aloqabank” AKga yuboradi;
imtiyozli tarif boʻyicha temiryoʻl va aviachiptalar (keyingi oʻrinlarda — chiptalar)ni bron qilish va sotish uchun buyurtmanomani elektron shaklda Ixtisoslashtirilgan kassaga yuboradi.
murojaat qilingan kunda
3-bosqich
Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan tuzilgan agentlik bitimiga muvofiq vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga joʻnab ketayotgan fuqaroga chiptani bron qilishga elektron shakldagi buyurtmani yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK
Ixtisoslashtirilgan chipta kassasidan olingan soʻrovga muvofiq, chiptalarni bron qilishni amalga oshiradi;
joʻnash sanasi va joyi koʻrsatilgan holda oʻrinlar bron qilingani toʻgʻrisida elektron shakldagi maʼlumotlarni Ixtisoslashtirishgan chipta kassalariga yuboradilar.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi
joy bron qilingani toʻgʻrisida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan maʼlumotlar oladi va bu haqda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun chet elga joʻnab ketayotgan fuqaroni chipta sotilgan joy va joʻnab ketish sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
2 ish kuni mobaynida
chiptani 20 foizli chegirma bilan imtiyozli tarif boʻyicha, shuningdek, “Aloqabank” mablagʻlari hisobiga 300 ming soʻmlik qoplanadigan chegirmani hisobga olgan holda sotadi;
murojaat qilingan kunda
sotilgan chiptalar boʻyicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va transportda yoʻlovchi tashuvchilarga hisobot yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
6-bosqich
“Aloqabank” AK
mehnat migrantiga valyuta hisob-raqamini ochadi va VISA-migrant plastik kartasini taqdim etadi;
1 ish kuni mobaynida
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida transportda yoʻlovchi tashuvchining sotilgan chiptalariga 300 ming soʻmlik chegirma mablagʻlari oʻrnini qoplaydi.
3 ish kuni mobaynida
Murojaat qilingan kundan boshlab mehnat migrantiga imtiyozli chipta taqdim etish uchun zarur boʻladigan vaqt
7 ish kuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mehnat migrantlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olish va transport vositasidagi oʻrinlarni bron qilishga soʻrovnoma-arizani toʻldirish “on-layn” rejimida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublikadan tashqariga joʻnab ketayotgan fuqarolarga imtiyozli tarif boʻyicha chiptalarni bron qilish va sotib olishda koʻmaklashish maqsadida Ixtisoslashtirilgan chipta kassasi xonasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filialining vakili doimiy asosda joylashtiriladi.