Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2021 16.03.2019 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 503-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1000-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 221-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) funksional tarkibiy bo‘limi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda kadrlarni sifatli tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlashni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bo‘lim o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bo‘ysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bo‘lim o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirig‘iga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalalari to‘g‘risida hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarini talab etilgan mutaxassislik, malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan mas’ul hamda texnik xodimlar bilan o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirish, shuningdek, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ular bilan alohida suhbatlashish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha uning tarkibini muntazam ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zaxirasi bilan ishlash monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul va texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va markaziy apparatlari mutaxassislarining sifatli tarkibini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha vakant lavozimlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlar Mahkamasi apparati shaxsiy tarkibining hisobini yuritish, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini hisobga olish hujjatlarini muntazam yangilab borish va to‘ldirish, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlarini kadrlar masalalari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tanlash, kelishish, o‘rganish va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari mas’ul xodimlarining sifat tarkibi tahlil etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan vakant lavozimlar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi natijalari to‘g‘risida axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tegishli lavozimlarga tavsiya qilish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishda tegishli farmoyish hujjatlarini (qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar) belgilangan tartibda tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining kadrlar tarkibi to‘g‘risida tahliliy materiallar va ularning sifatini yaxshilashga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari rotatsiyasi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bitiruvchilarni Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taqsimlashni tahlil qilish va rejalashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar salohiyatining kasbiy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy uslublardan foydalangan holda jamoada qulay ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun treninglarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar hisobini yuritadi, ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va ularning kasbiy saviyasini baholashni tashkil etadi, attestatsiya komissiyalari qarorlarini bajarish tadbirlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar va murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, rag‘batlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat boshqa organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi, topshiradi va hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar majlislari hamda yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda kiritilgan hujjatlarni belgilangan tartibda qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim tomonidan zarur materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha talablar, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Bo‘lim belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bo‘lim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini ta’minlash talablarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar bilan ishlash hisobi va hisobotini yuritish, hujjatlarni saqlash kadrlar bo‘yicha ish yuritish holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bo‘lim tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bo‘lim tuzilmasi Bo‘lim mudiri, mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis va inspektorni (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha) o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bo‘lim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bo‘lim mudiri, mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis, inspektor (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha) belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Apparat faoliyatini tashkil etishning umumiy masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bo‘lim ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi nizom, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Bo‘limning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘limning ish rejasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘limning ish rejasi, Bo‘lim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh mutaxassisning shaxsiy ish rejasi Bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bo‘lim mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi, xodimlar ishini tashkil etadi, Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish, ijro intizomi holati uchun to‘liq javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan takliflar tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlar kasbiy saviyasi va ishchanlik malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Bo‘lim xodimlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, rag‘batlantirish va ularni jazolash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq tayinlash va tasdiqlash bo‘yicha hujjatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi;
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga Bo‘lim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini tashkil etadi va ularni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Bo‘lim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘tkazadigan majlislarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim xodimlari o‘rtasida majburiyatlar taqsimotini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim ishlarini takomillashtirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bo‘lim mudiri vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifalarini Bo‘lim bosh mutaxassisi bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bo‘limning mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni va kadrlarga oid ma’lumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati mas’ul xodimlarining sifatli tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati uchun tegishli takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarda, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha vakant lavozimlar to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar bo‘yicha kadrlar harakatlanishi hisobini yuritadi, ularning shaxsiy ma’lumotlari bazasini shakllantiradi va uning muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar monitoringi natijalari to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimi uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka o‘tashini tashkil etishga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, rag‘batlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bo‘lim inspektori (ish yuritish va apparat xodimlari ma’lumotlar bazasini yuritish bo‘yicha):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritadi, bo‘limda hujjatlar o‘tishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tayinlangan xodimlarini hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtiradi, ularning shaxsiy hujjatlarini shakllantiradi va muntazam yangilab borishni ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlash uchun hujjatlarni tayyorlaydi, mukofotlash, rag‘batlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, davlat boshqa organlari va tashkilotlari rahbarlari uchun xizmat guvohnomalari, shuningdek, texnik xodimlar uchun ruxsatnomalar tayyorlaydi hamda ularni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining xizmat guvohnomalari blankalari hisobini yuritadi va ularni ro‘yxatga oladi, ushbu hujjatlarni yo‘q qilish to‘g‘risida dalolatnomalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlar kiritadi va ularning saqlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni arxivda saqlash uchun tayyorlaydi va o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash, qoidaga ko‘ra, xodimlarning amaldagi tarkibi, tasdiqlangan kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya etishda, qoidaga ko‘ra, kamida uch nafar mutaxassisning nomzodlari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomzodlarni bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari, Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan oldindan kelishish nomzodga ma’lumotnoma va tarkibiy bo‘linma rahbarining yozma tavsiyasini taqdim etish Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavsiya etiladigan nomzodlarning ilova qilingan kelishish yakunlari hujjatlari haqida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan ma’qullangan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganish uchun Kadrlar bo‘limiga va Birinchi bo‘limga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘rganish natijalari bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan Kadrlar bo‘limi bilan birgalikda tavsiya qilingan nomzodlarga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tayyorlangan hujjatlar asosida zarurat bo‘lganda bajariladigan funksional vazifalar mavzusi bo‘yicha tavsiya etiladigan nomzodlar tomonidan axborot (ma’lumotnoma) tayyorlangan holda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tavsiya etilgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Suhbat yakunlari bo‘yicha Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasiga tegishli lavozimga nomzodni tavsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga qo‘shma taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Taqdimnomani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan ma’qullangan taqdirda tavsiya etiladigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosatida kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tavsiya qilinadigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’qullanganda — xodimni tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi imzolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod rad etilganda — materiallar Bo‘limga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga, Bo‘lim mudiriga va Birinchi bo‘lim mudiriga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Apparat boshqaruvchisining o‘rinbosarlari, kotibiyatlar mudirlari, ularning o‘rinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari, bo‘limlar mudirlari, xizmatlar mudirlari (matbuot kotibi) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bosh mutaxassislar, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlarining yordamchilari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Inspektorlar va boshqa texnik xodimlar belgilangan tartibda apparat boshqaruvchisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlarini mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar talablaridan kelib chiqib ularning egallab turgan lavozimga muvofiqligini baholash yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Apparat xodimlarini stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun mutaxassislarni stajirovkadan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkaga jalb etish uchun tarkibiy bo‘linmalar apparatning tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mas’ul xodimlaridan bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradilar. Nomzodlarning shakllantirilgan ro‘yxati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beriladi va u bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida stajirovkaning aniq davri ko‘rsatilgan holda stajirovkalarni o‘tkazish jadvali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mutaxassislarni stajirovkadan o‘tkazish quyidagi tadbirlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni Vazirlar Mahkamasi apparatida ishni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni hujjatlarning tegishli loyihalarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan axborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni xizmat safarlariga chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini maqsadli o‘rganish ishiga jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining malakasini oshirish mavzuli seminarlar, kurslar, davra suhbatlari o‘tkazish, iqtisodiy o‘qishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining ma’ruzalarini eshitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Iqtisodiy o‘qishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining ma’ruzalarini eshitish Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarim yillik jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni tanlash, kelishish, o‘rganish va ularning nomzodlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar bo‘yicha hisobga olish hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar bo‘limi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasi shakllantirilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/221/2787-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)