Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (7-qavat) begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-sentabr,
704-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini, uni boshqarish tartibini, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
4. Jamgʻarmaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
loyihalar — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida quyidagi sohalarda oldindan belgilangan vaqt davomida amalga oshiriladigan oʻzaro bogʻliq kompleks tadbirlar va ishlar;
qishloq xoʻjaligida, birinchi navbatda, energiya samaradorligi yuqori boʻlgan zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bogʻdorchilikni, shu jumladan, intensiv bogʻlarni rivojlantirishga doir loyihalar;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash boʻyicha infratuzilmani va ushbu mahsulotlarni transportirovka qilish bilan bogʻliq logistika markazlarini tashkil etish boʻyicha loyihalar;
koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va taʼmirlash loyihalari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
tadbirkorlik faoliyatining Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) belgilaydigan hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus bilan chiqqan belgilaydigan boshqa yoʻnalishlaridagi loyihalar;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
kredit — kredit, shu jumladan tijorat bankining kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan imtiyozli krediti va mikrokrediti;
kompensatsiya — tijorat banklari kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
kafillik — Jamgʻarmaga kichik tadbirkorlik subyektlari (qarzdor)ning kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun tijorat banki (kredit beruvchi) oldida javob berish masʼuliyatini yuklaydigan kafillik shartnomasi.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
6. Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam koʻrsatish Jamgʻarmaning asosiy vazifasi hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, lekin 2 mlrd soʻm hajmdagi kreditlari boʻyicha kafil boʻlish;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
b1) kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, lekin 5 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan hajmdagi kreditlari boʻyicha kafil boʻlish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
v) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish:
(6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
milliy valyutada qiymati 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida;
(6-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
milliy valyutada, qiymati 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonida koʻrsatilgan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
milliy valyutada qiymati 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida;
(6-bandning “v” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
xorijiy valyutada qiymati ekvivalentda 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda.
(6-bandning “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
xorijiy valyutada, 2017-yil 5-sentabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha — belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
7. Jamgʻarmaga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladi.
8. Jamgʻarma oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini yuritish, moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va kredit ajratish, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar va yoʻnalishlarga kredit ajratish shartlarini yengillashtirishga koʻmaklashish;
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari tashkil etish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
kichik tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini oʻrganishga doir kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish.
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
9. Jamgʻarmani boshqarish kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
10. Jamgʻarmani boshqarish kengashi:
Jamgʻarma moliyaviy yordam koʻrsatishi uchun ishlab chiqarishning ustuvor sohalari va kichik tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari boʻyicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;
Jamgʻarma boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlarida joylashtirish boʻyicha cheklangan parametrlarni belgilaydi;
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi faoliyati, shu jumladan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi, kichik tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam koʻrsatishga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Jamgʻarma rahbarining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida, shuningdek manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarining amalga oshirilayotgan operatsiyalar samaradorligi va taqdim etilgan resurslar, Jamgʻarma va boshqa sohalar kafilligi hamda kompensatsiyalari natijalari haqida hisobotlarini muntazam eshitadi;
Jamgʻarmani yillik auditdan oʻtkazish uchun, jumladan, uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning ustav kapitalini koʻpaytirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
11. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi:
Jamgʻarma joriy faoliyatini rasman boshqaradi;
tijorat banklaridan kelgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma, kafilligi va kompensatsiyalarini taqdim etish haqida qarorlar qabul qiladi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda Jamgʻarma daromad va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Kengashga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Jamgʻarma daromad va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisobotdorlikni taʼminlaydi va tasdiqlash uchun Kengashga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni tizimli asosda monitoring qilib boradi;
kichik tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini Kengash tomonidan belgilangan tartibda parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
13. Ijrochi direktor Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining rahbari hisoblanadi va u maqomiga koʻra mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatish boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Jamgʻarma ijrochi direktori:
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini tashkil etadi va uning uchun shaxsan javob beradi;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasini xodimlarning belgilangan soni doirasida aktivlarni boshqarish, biznesni, shu jumladan tadbirkorlikning turli yoʻnalishlariga oid loyihalarni tahlil qilish, ekspertizadan oʻtkazish va moliyalashtirish sohasida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni tashkil etadi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik, kredit va boshqa shartnomalar, shu jumladan, kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
14. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida taʼminlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
15. Jamgʻarma xodimlarni ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etadi hamda Kengash bilan kelishgan holda uning Nizomini tasdiqlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
16. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari joriy etiladi.
17. Jamgʻarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlari hamda budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan tashkil topadi.
18. Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishi uchun toʻrtta, shu jumladan ikkita xizmat va ikkita maxsus yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratiladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
19. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamgʻarmasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamgʻarmasini keyinchalik tugatish va ularning 50 million AQSh dollari hamda 100 milliard soʻm miqdoridagi tegishli pul mablagʻlari shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamgʻarmaning boshlangʻich badali;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yilgi tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablagʻlari, 2017-yilda esa Jamgʻarma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard soʻm;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har yilgi sof foydasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamgʻarma zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamgʻarmaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
20. Jamgʻarma mablagʻlari “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankida ochiladigan maxsus hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda maxsus hisob raqami deb ataladi) toʻplanadi.
Xorijiy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan maxsus valyuta hisob-raqamlariga oʻtkaziladi.
21. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
tijorat banklariga qarz oluvchilarning kreditlari boʻyicha taqdim etilgan kafolatlar bilan bogʻliq toʻlovlarni toʻlash;
tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash uchun foydalaniladi.
Jamgʻarma faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xarid qilish, Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda operatsiya xarajatlarini, shu jumladan, mehnatga haq toʻlash va mehnatga haq toʻlashga tenglashtirilgan toʻlovlarni hamda ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarni toʻlash xarajatlarini amalga oshirish.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
22. Mazkur Nizomning 21-bandida qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
6-bob. Kompensatsiyani taqdim etish, toʻxtatish, bekor qilish va qayta tiklash tartibi
35. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarma kompensatsiyalari:
milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida;
milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 8 milliard soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan tumanlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — bankning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida;
xorijiy valyutada ajratiladigan, qiymati ekvivalentda 8 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, biroq 3 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
xorijiy valyutada — 2017-yil 5-sentabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha — belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida beriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
36. Milliy valyutada qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida kreditlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy valyutada kreditlar ajratadigan tijorat banklari Jamgʻarmaning kompensatsiyalarini oluvchilar hisoblanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
37. Qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgargan taqdirda ajratiladigan kompensatsiya miqdori kredit rasmiylashtirilgan kunda qayd etilgan darajada oʻzgarmasdan qoladi.
38. Jamgʻarma kompensatsiyasi quyidagilar nazarda tutilgan kreditlar boʻyicha taqdim etilmaydi:
avval olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachi tashkilotlar va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlari qurishni moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʻyinlarni tashkil etish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
Shuningdek, Jamgʻarma kompensatsiyasi:
kredit tarixi yomon boʻlgan, xususan, tijorat banklari kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari bor jismoniy va yuridik shaxslarga;
budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga;
(38-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan cheklovlar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus koʻrsatgan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
39. Kredit olish uchun hujjatlarni qabul qilish va arizalarni koʻrib chiqish, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizom talablariga muvofiq kredit berish qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar hamda tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Tijorat bankining filiali kredit ajratish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda oʻz xulosasini bosh bankka yuboradi. Agar bank kredit ajratish toʻgʻrisida salbiy qaror qabul qilganda kichik tadbirkorlik subyektiga rad etishning asosli sabablari koʻrsatilgan yozma javob yuboriladi.
401. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga issiqxonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun 2017-yil 5-sentabrgacha ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha kompensatsiya berish yuzasidan murojaatlari tijorat bankining filiali tomonidan qabul qilinadi va bir kun muddatda keyinchalik Jamgʻarmaga yuborish uchun bosh tijorat bankiga beriladi.
(401-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
41. Bosh tijorat banki filialdan hujjatlarni olgach, 2 (ikki) ish kunida ularni koʻrib chiqadi va zarur kompensatsiya summasi toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborotni tayyorlab, Jamgʻarmaga koʻrib chiqish va ajratiladigan kreditlarni kompensatsiya qilinadigan kreditlar toifasiga kiritish uchun yuboradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
411. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ularni koʻrib chiqishning toʻgʻriligi va imtiyozli kreditlar ajratilishi, shuningdek imtiyozli kreditlar ajratish va ular boʻyicha kompensatsiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan masʼuliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
(411-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
42. Jamgʻarma 3 (uch) ish kuni mobaynida bosh tijorat banklaridan kreditlar boʻyicha kompensatsiya olish uchun kelgan hujjatlarni, xususan, ularning mazkur Nizomda qayd etilgan loyihalarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
43. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi kelgan hujjatlarni oʻrganish natijalari asosida bank kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bank kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
44. Jamgʻarma 1 (bir) ish kuni mobaynida bosh tijorat bankini kompensatsiya berish toʻgʻrisida (rad etilganda taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) qaror qabul qilingani haqida xabardor qiladi va keyinchalik bank filiali va ariza beruvchi — kichik tadbirkorlik subyektiga ham hujjatlar roʻyxatini ilova qilgan holda maʼlum qiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
45. Bosh tijorat banki ijobiy qarorni olgandan soʻng bu haqda darhol bank filialiga xabar beradi. Shu bilan birga, bosh bankdagi vakolatli shaxs bank, Jamgʻarma va kredit oluvchi oʻrtasida kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnomani imzolaydi hamda uni 1 (bir) ish kuni mobaynida kichik tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili imzolashi uchun bank filialiga yuboradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
46. Tijorat banki filiali bosh bankdan xabarnomani olgandan soʻng bir ish kuni davomida bank va kichik tadbirkorlik subyekti oʻrtasida kredit shartnomasini tuzadi. Vakolatli vakil ushbu kredit shartnomasi asosida kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisida bank, Jamgʻarma va kichik tadbirkorlik subyekti oʻrtasida tuzilgan shartnomani bank filialida kichik tadbirkorlik subyektiga imzolash uchun beradi.
Uch tomonlama shartnomada bank kreditlari boʻyicha foizli xarajatlar uchun Jamgʻarmaning imtiyozli foiz stavkasi va kompensatsiyaning miqdori koʻrsatiladi.
Bank filialida kichik tadbirkorlik subyektiga bank kredit siyosatiga muvofiq kredit ajratiladi.
Bank va kichik tadbirkorlik subyekti oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasining nusxasi, shuningdek kreditni qaytarish jadvali Jamgʻarmaga yuboriladi.
47. Jamgʻarma kompensatsiya taqdim etishni rad etgan taqdirda bosh tijorat banki bank filialini darhol bundan xabardor qiladi. Bank filiali kreditlar boʻyicha kompensatsiya berish rad etilgani haqida xabarnomani olganidan soʻng kichik tadbirkorlik subyektiga kredit ajratish rad etilgani xususida maʼlum qiladi.
Bunda bank filiali kichik tadbirkorlik subyektiga umumiy ravishda belgilangan tartibda bozor shartlarida kredit shartnomasi tuzishni taklif etadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
48. Tijorat banklari tuzilgan kredit shartnomalariga binoan kredit ajratgach har oyda, har oyning 15-sanasidan kechikmasdan Jamgʻarmani shartnomada qayd etilgan kompensatsiya summasini oʻtkazish zarurligi haqida xabardor qiladi.
49. Tijorat banklari belgilangan tartibda:
Ushbu Nizomga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi koʻmagida berilgan qisqa muddatli kreditlar” 12800 hamda “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi koʻmagida berilgan uzoq muddatli kreditlar” 14400 alohida balans hisob raqamlarida muddatlar va qarz oluvchilarning turlari boʻyicha ajratilgan kreditlarning hisobini yuritadi;
Kompensatsiyalar taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan hisoblangan foizlarni olish” 16325 alohida balans hisob raqamlarida Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlar hisobini yuritadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
50. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismi har oyda, bank xabarnomasi asosida oyning 20-sanasidan kechikmasdan Jamgʻarma tomonidan qoplanadi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
Bunda Jamgʻarma xabarnomani olganidan soʻng 3 (uch) ish kunida xarajatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomasiga binoan shaxsiy hisob raqamidan amalga oshiradi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
51. Jamgʻarma kompensatsiyasi kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq bir paytning oʻzida bank reyestri asosida bir qancha kredit shartnomalari boʻyicha bankning “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Bunda “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga tushgan mablagʻlar bankning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan” hisoblangan foizlarni olish” 16300 hisob raqamiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
52. Qarz oluvchilar kreditni muddati oʻtganidan soʻng qaytargan holatlarda ajratiladigan kompensatsiya summasi tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
53. Jamgʻarma tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kompensatsiya berishni quyidagi holatlarda toʻxtatadi:
foizli xarajatlari qoplanadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
qarz oluvchi toʻlovlar jadvaliga muvofiq bankka toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarini 3 (uch) oy davomida ketma-ket bajarmaganda;
qarz oluvchining bank hisob raqamidagi mablagʻlari xatlovga olinganda;
kichik tadbirkorlik subyektlarining va/yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda.
(53-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
54. Tijorat banki mazkur Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan holatlarni aniqlash maqsadida qarz oluvchining faoliyati yuzasidan, shu jumladan joyiga chiqib monitoring olib boradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
55. Mazkur Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda tijorat banki Jamgʻarmani kompensatsiya berishni toʻxtatish uchun 3 (uch) ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
56. Jamgʻarma tijorat bankidan xabarnomani olgandan soʻng 3 (uch) ish kunida kompensatsiya berishni toʻxtatishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan yozma xabarnomani bankka yuboradi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
57. Mazkur Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan holatlarga koʻra toʻxtatish sabablari bartaraf etilgach, qarz oluvchining krediti boʻyicha kompensatsiya berishni qayta tiklashga ruxsat etiladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
58. Qarz oluvchining foizli xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishni toʻliq toʻxtatish haqidagi qaror Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qabul qilinadi. Ijro etuvchi direksiya kompensatsiya qilishni toʻliq toʻxtatish haqida qaror qabul qilsa, Jamgʻarma amaldagi qonunchilikka va shartnoma shartlariga muvofiq kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qiladi va bu haqda bankni xabardor qiladi.
59. Quyidagilar kompensatsiyani toʻxtatish uchun asos hisoblanadi:
qarz oluvchi bank krediti shartnomasi boʻyicha kreditni toʻliq qaytarsa;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi kompensatsiyani toʻxtatish haqida qaror qabul qilsa;
qarz oluvchining tashabbusi bilan kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinsa.
60. Kreditlar boʻyicha kompensatsiya berish Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining qarorlariga muvofiq toʻxtatilgan va muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda tijorat banklari foizli xarajatlarning bir qismi boʻyicha kompensatsiya miqdorini qarz oluvchidan undiradi va bu shartlar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son)
7-bob. Kichik tadbirkorlik subyektlariga Jamgʻarmaning tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafillik berilishini koʻrib chiqish shartlari va tartib-taomillari
61. Jamgʻarma kafilligi kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit hajmining 50 foizgacha miqdorda, ammo 2 milliarddan oshmaydigan miqdorda beriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
611. Jamgʻarma kafilligi kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, lekin 5 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdorda beriladi.
(611-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
62. Kafillik berish boʻyicha Jamgʻarma xizmatlari pulli hisoblanadi. Jamgʻarmaning kafilligi berilganligi uchun kichik tadbirkorlik subyektlaridan milliy valyutada kafolat summasining 1 (bir) foizi miqdorida bir marttalik vositachilik haqi undiriladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
63. Mazkur Nizomga muvofiq faqat quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari Jamgʻarma kafilligini olishi mumkin:
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
tugatilish bosqichida boʻlmagan;
bankrot deb eʼlon qilinmagan;
avval olingan kreditlar va soliq toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzi boʻlmagan;
mazkur Nizomning 66-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni taqdim etgan;
(63-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablarga rioya etadigan.
64. Jamgʻarma kafilligi kichik tadbirkorlik subyektlariga ular quyidagi shartlarga mos kelganda beriladi:
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihada oʻzining 25 foizdan (oilaviy tadbirkorlik subyektlari loyihalaridan tashqari) kam boʻlmagan ulushi bilan ishtirok etsa;
(64-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
Jamgʻarma taʼminoti ostida beriladigan kreditlar maqsadli yoʻnaltirilsa;
kredit shartnomasi shartlariga muvofiq avval berilgan kreditni oʻz vaqtida qaytarmaslik, shuningdek bank kafilligini berish boʻyicha shartnoma shartlarini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa.
65. Jamgʻarma kafilligi quyidagilarni nazarda tutadigan loyihalar boʻyicha berilmaydi:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachi tashkilotlar va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʻyinlarni tashkil etish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
Shuningdek, Jamgʻarma kafilligi:
kredit tarixi yomon boʻlgan, xususan, tijorat banklari kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari bor jismoniy va yuridik shaxslarga;
budjetga, shuningdek elektr energiyasi, gaz taʼminoti boʻyicha majburiy toʻlovlar va boshqa kommunal toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga;
muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik va debitorlik qarzlari boʻlgan yuridik shaxslarga berilmaydi.
66. Kichik tadbirkorlik subyekti tijorat banki filialiga loyihani moliyalashtirish boʻyicha kredit olish uchun Jamgʻarma kafilligini olish maqsadi koʻrsatilgan ariza bilan murojaat qiladi.
Kichik tadbirkorlik subyekti arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
qarz oluvchining amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha bank hisob raqamiga mablagʻ tushish prognozi (pul oqimi) koʻrsatilgan biznes-reja (texnik-iqtisodiy asos);
kredit oluvchining oxirgi hisobot davridagi tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan buxgalterlik balansi (1-son forma), shuningdek 90 kundan oshmagan muddatda qarzdorlik boʻyicha qiyosiy hujjatlar, moliyaviy natijalar haqida hisobot (2-son forma) — yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno;
kredit boʻyicha taʼminot sifatida taqdim etiladigan garov toʻgʻrisida axborot;
tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari oʻrtasida kredit uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida (faqat qayd etilgan ushbu institutlar hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha) tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar.
67. Tijorat banki filiali arizani va hujjatlarning toʻliq toʻplamini oʻrganib chiqqandan soʻng:
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini tekshiradi. Hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda bank filiali bir kun muddatda kichik tadbirkorlik subyektidan yetishmayotgan axborotni (hujjatni) talab qiladi;
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar hamda ichki kredit siyosatiga muvofiq baholaydi.
Kredit ajratish haqida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda bank filiali kichik tadbirkorlik subyektining Jamgʻarma kafilligini olish uchun arizasi ilova qilingan oʻz xulosasini bosh tijorat bankiga yuboradi hamda bu haqda kichik tadbirkorlik subyektiga maʼlum qiladi.
Bank kredit berish toʻgʻrisida salbiy qaror qabul qilgan holatda kichik tadbirkorlik subyektiga rad etishning asosli sabablari koʻrsatilgan yozma javob yuboriladi.
68. Bosh tijorat banki filialdan hujjatlarni olgach, 2 (ikki) ish kunida zarur hujjatlar va ular boʻyicha umumlashtirilgan axborotni koʻrib chiqadi va tayyorlaydi hamda Jamgʻarmaga kredit oluvchilarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma kafilligini taqdim etish uchun yuboradi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
69. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarma kafilligini olish uchun bosh tijorat banki tomonidan yuborilgan hujjatlar toʻplamini qabul qilgandan soʻng 5 (besh) ish kuni mobaynida:
taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi. Jamgʻarma, zarur boʻlganda, 1 (bir) ish kuni mobaynida bosh bankdan yetishmayotgan axborotni (hujjatlarni) soʻrab oladi;
ushbu Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan umumlashtirilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom shartlariga muvofiqlik yuzasidan tekshiradi;
kafolat olish uchun ariza maʼqullangan taqdirda bankni ijobiy qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(69-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
70. Hujjatlar kafillik olish uchun talablarga mos kelmagan taqdirda Jamgʻarma bosh tijorat bankiga 2 (ikki) ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror haqida xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi hamda asosli sabablarni yozma ravishda koʻrsatadi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
71. Kafillik olish uchun ariza maʼqullangach, bosh tijorat banki 3 (uch) ish kuni mobaynida:
(71-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
bank filiali va kredit oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasini;
Jamgʻarma, kredit ajratuvchi bank va kredit oluvchi oʻrtasida kafillik shartnomasini tuzadi.
Bunda kafillik shartnomasini Jamgʻarma nomidan Jamgʻarma ijrochi direktori imzolaydi. Bank va kredit oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasining nusxasi, shuningdek kreditni qaytarish jadvali Jamgʻarmaga yuboriladi.
72. Jamgʻarmaning berilgan kafilliklar boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar berilgan kafillik summasi boʻyicha toʻliq qaytarilganda;
jamgʻarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganda;
(72-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
qarz oluvchi kredit mablagʻlarini boshqa subyektga Jamgʻarmaning yozma ravishdagi ruxsatisiz berganda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
73. Jamgʻarma kafolat portfelining qisman yoki toʻliq hajmini sugʻurta yoʻli bilan qoplash huquqiga ega. Bunda sugʻurta yoʻli bilan qoplash boʻyicha sarf-xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
74. Bitta shaxsga bir paytning oʻzida kompensatsiya va kafolat berilmaydi.
75. Kompensatsiya yoki kafolatga ega boʻlgan shaxs Jamgʻarmaga kredit boʻyicha joriy qarzni qaytarganidan soʻng takroran murojaat qilishga haqli.
8-bob. Jamgʻarmaning taqdim etilgan kafolatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish tartibi
76. Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini imkon qadar kamaytirganda, birinchi navbatda, Jamgʻarma kafilligidan kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda ozod etiladi (taʼminotdan chiqariladi). Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha taʼminot sifatida taqdim etilgan mulk Jamgʻarma taʼminoti toʻliq qoplanganidan soʻng garovdan ozod etiladi.
77. Qarz oluvchi asosiy qarz va hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, yoxud majburiyatlar oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bajarilmasa yoki tegishli ravishda bajarilmasa, bank qonunchilikda belgilangan tartibda unga yozma talablar qoʻyadi.
78. Qarz oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab, bank 90 kalendar kun davomida qarz oluvchidan kredit boʻyicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish hamda kredit shartnomasida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin boʻlgan choralar koʻrishga majbur, jumladan:
tadbirkor hisob raqamidagi mablagʻni uning ruxsatisiz olib qoʻyish;
garov predmetini undirish va taʼminot boʻyicha talablar qoʻyish (Jamgʻarma kafilligi bundan mustasno).
79. Muddatlar tugagach va mazkur Nizomning 78-bandida nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillar bajarilgandan soʻng kredit shartnomasida belgilangan tartibda bank oldidagi qarz summasi qaytarilmasa bank Jamgʻarmaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qoʻyadi:
(79-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamgʻarma kafil boʻlgan qarz oluvchi nomi);
kafillik shartnomasi bilan taʼminlanadigan kredit shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar);
kredit boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar summasiga boʻlingan talablar hajmi;
qarz oluvchining shartnoma boʻyicha bajarmagan majburiyatlari hajmi boʻyicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamgʻarmaning kafillik shartnomasi boʻyicha moliyaviy javobgarlik hajmini hisoblash;
bankning Jamgʻarma tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar oʻtkazilishi lozim boʻlgan toʻlov rekvizitlari koʻrsatilgan hisob raqami;
bank talablarini qanoatlantirish muddatlari.
80. Talab bosh tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan imzolanishi va bank muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
81. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi:
talabni (eʼtirozni) imzolaydigan shaxs vakolatini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
qarz oluvchining hisoblangan qarzi va Jamgʻarma moliyaviy masʼuliyatining hisoblangan hajmi;
qarz oluvchining bank oldida qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
bankning qarz oluvchiga yoʻllagan talabining (eʼtirozi) nusxasi;
tijorat banki mazkur Nizomning 78-bandida qayd etilgan qarz oluvchiga nisbatan choralar koʻrgani va tegishli ishlarni amalga oshirganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
(81-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
Bankning Jamgʻarmaga nisbatan talabi (eʼtirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar bosh tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanib, bank muhri bilan mustahkamlanishi lozim.
82. Jamgʻarma taqdim etilgan talabni uning berilgan kafolatga va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
83. Jamgʻarma talablar va ilova qilingan hujjatlar kafillik shartnomasi shartlariga mos kelmagan holatlarda tijorat bankiga kafillik summasini toʻlash haqidagi talabni bajarishni rad etish huquqiga ega.
(83-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
Eʼtirozlar bildirilgan taqdirda Jamgʻarma bankdan talab kelgan sanadan boshlab, 3 (uch) ish kuni mobaynida bankka mavjud barcha eʼtirozlar koʻrsatilgan xatni yuboradi.
(83-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
84. Jamgʻarma eʼtirozlar bildirilmaganda bank koʻrsatgan hisob raqamga mablagʻ oʻtkazishi shart. Jamgʻarma bank talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq bankka kreditning toʻlanmagan qismi boʻyicha kafillik shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda mablagʻ toʻlaydi.
85. Jamgʻarma majburiyatlari u bankka mablagʻ oʻtkazgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.
86. Jamgʻarma kafillik boʻyicha toʻlovlarni toʻlagandan soʻng bank bilan birgalikda xarajatlarni qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan regress tartibda, jumladan, sudga murojaat qilish orqali qoplashni talab qilish huquqiga ega.
9-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
87. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular boʻyicha hisobot tuzadi.
88. Bank har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamgʻarmaga uning mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
89. Ijro etuvchi direksiya har chorakda Kengashga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilgani haqida hisobotlar taqdim etadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
90. Ijro etuvchi direksiya moliyaviy yil nihoyasiga yetgach, keyingi yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga moliyaviy hisobot yilida oluvchilar boʻyicha kafilliklar asosida amalda toʻlangan kompensatsiyalar va toʻlovlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
91. Ijro etuvchi direksiya, banklar va davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilarning kafilliklar boʻyicha kompensatsiyalar taqdim etish va toʻlovlar toʻlashning mazkur Nizomda belgilangan shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etishlarini albatta tekshiradi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
92. Jamgʻarma kredit byurosi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan qarz oluvchining kredit tarixi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik haqida axborot soʻrash huquqiga ega.
93. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi chorakda kamida bir marta, belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
94. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muntazam ravishda, ammo chorakda kamida bir marta berilgan kafilliklar yuzasidan kompensatsiyalar va toʻlovlar miqdorini aniqlashda amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini joyida oʻrganadi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
95. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
96. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu jumladan sud tartibida hal etiladi.
97. Jamgʻarma qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 991-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 09/18/26/0578-son, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son, 11.08.2018-y., 09/18/644/1691-son; 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)