26.12.2018 yildagi 1044-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1044-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1044-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX YPX deb ataladi) xodimlarining xizmat faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini, shuningdek, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har choraklik ishlarni baholash yakunlariga koʻra, faoliyati qoniqarsiz deb topilgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan taʼsir chorasi sifatida lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik pul ushlanishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi va uning qoʻllanishi intizomiy jazo chorasini qoʻllash bilan bogʻliq oqibatlarga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har choraklik ishlarni baholash yakunlariga koʻra, faoliyati samarali deb topilgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu pul mukofoti ragʻbatlantirish chorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DYHXX YPX xodimi tomonidan xizmat intizomi buzilgan taqdirda, uni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi choralarni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir martalik pul ushlanishini va mukofotini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida tashkil etiladigan DYHXX YPX xodimlarining biriktirilgan sektorlarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyatini baholash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ushbu Nizomning 6-bandiga asosan namunaviy tarkib boʻyicha besh nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya tarkibiga lavozimi boʻyicha quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisining oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-dispetcherlik xizmati boshligʻi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining markaziy axborot-dispetcherlik xizmati boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya kotibi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari boshliqlarining kadrlar boʻyicha oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya oʻz majlislarini hisobot choragidan keyingi birinchi oyning 15-sanasidan kechiktirmay oʻtkazadi. Komissiya qarorlari komissiya raisi tasdiqlaydigan, aʼzolari va kotibi imzolaydigan majlislar bayonnomalarida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislariga tegishli hududda joylashgan davlat boshqa organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, shu jumladan nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya aʼzolari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sektorlarda DYHXX YPX xodimlari faoliyatining holati va natijalarini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sektorlarda DYHXX YPX xodimlari faoliyatining tahlil qilinayotgan davrdagi joriy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil qilinayotgan chorak mobaynida erishilgan aniq natijalarni koʻrsatgan holda, biriktirilgan sektorlarda DYHXX YPX xodimlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni joylarga borib eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sektorlarda DYHXX YPX xodimlari faoliyatining samaradorligini chorak yakunlari boʻyicha baholaydi va ularning ishini yaxshilash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzidagi iqtisodiy taʼsir chorasi ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX YPX tegishli xodimi avval intizomiy jazoga tortilganligiga asoslanib, unga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzida iqtisodiy taʼsir chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. DYHXX YPX xodimlariga bir martalik pullik mukofoti ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan mezonlarga rioya etgan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. DYHXX YPX xodimlarining faoliyati ushbu Nizomga muvofiq quyidagi holatlarda baholanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX YPX xodimi sektorga vaqtincha biriktirilganda yoki tegishli uchastkada majburiyatlarini vatincha bajarayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX YPX xodimini tegishli sektorga biriktirish muddati (davrning davomiyligi) hisobot choragi muddatidan oshmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarini bitirgandan soʻng ichki ishlar organiga xizmatga qabul qilingan DYHXX YPX xodimi tegishli sektorga biriktirilganda — faoliyatni murabbiylar rahbarligida amalga oshirish davrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqishi, uzoq muddatli maxsus tadbirlarga jalb qilinishi yoki sogʻligʻi holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida) xizmat vazifasini vaqtincha bajara olmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar bir sektorga ikki va undan ortiq DYHXX YPX xodimi biriktirilsa, ularning faoliyatini baholash va pul ushlanishi yoki mukofoti tarzidagi choralar ularning har biriga nisbatan teng qoʻllaniladi. Xodim oʻz faoliyatini murabbiy rahbarligida amalga oshiradigan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Biriktirilgan sektorlarda DYHXX YPX xodimlarining faoliyati dastlab bir martalik pul ushlanishi tarzidagi choralarni qoʻllash mezonlari boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar DYHXX YPX xodimlari faoliyatida bir martalik pul ushlanishi choralarini qoʻllash mezonlariga mos keladigan koʻrsatkichlar boʻlmasa, bunday holatda komissiya tomonidan bir martalik pul mukofoti tarzidagi choralarni qoʻllash mezonlari boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX YPX xodimlari faoliyatida baholashning har ikki mezoniga mos keladigan koʻrsatkichlar boʻlmasa, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi choralar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya har choraklik baholash natijalariga koʻra, bir martalik pul ushlanishi yoki mukofoti tarzidagi choralarni qoʻllash uchun asos boʻladigan xulosalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bir martalik pul ushlanishi va mukofoti miqdorlari asoslangan va baholash mezonlariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. DYHXX YPX xodimiga nisbatan ketma-ket toʻrtta chorakda pul ushlanishi tarzidagi chora qoʻllanilgan taqdirda, uning faoliyatidagi kamchiliklar toʻgʻrisidagi masala komissiya majlislarida va ichki ishlar organlarining intizomiy kengashida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining bir martalik pul ushlanishini va mukofoti tarzidagi choralarni qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqlari komissiyalarning xulosalari asosida hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kech boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. DYHXX YPX xodimlariga bir martalik pul mukofotini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-patrul xizmati inspektorlaridan bir marta ushlab qolinadigan pul miqdori moliyaviy yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufida qoladi va pul taʼminotini toʻlash uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarining obyektiv va toʻgʻri qoʻllanilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi pul mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzidagi iqtisodiy taʼsir chorasini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Koʻrsatkichlar

Lavozim maoshiga nisbatan pul ushlanishi miqdori (foiz)

1.

Biriktirilgan sektorda chorak davomida odamlar oʻlimi yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismi).

2 ta hodisa*

3 ta hodisa**

15 %

3 — 5 ta hodisa*

4 — 6 ta hodisa**

25 %

6 va undan ortiq*

7 va undan ortiq**

50 %

2.

Biriktirilgan sektorda chorak davomida odam oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi).

3 ta hodisa*

4 ta hodisa**

10 %

4 — 6 ta hodisa*

5 — 7 ta hodisa**

25 %

7 va undan ortiq*

8 va undan ortiq**

50 %

3.

Biriktirilgan sektorda chorak davomida ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 1-qismi).

5 ta hodisa*

6 ta hodisa**

5 %

6-7 ta hodisa*

7-8 ta hodisa**

10 %

8 va undan ortiq*

9 va undan ortiq**

15 %

4.

Biriktirilgan sektorda piyodaning aybi bilan roʻy bergan hamda uning oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan.

3 ta hodisa*

4 ta hodisa**

10 %

4 — 6 ta hodisa*

5 — 7 ta hodisa**

15 %

7 va undan ortiq*

8 va undan ortiq**

20 %

5.

Rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomaning bekor boʻlishi.

1 ta*

2 ta**

10 %

2 — 4 tagacha*

3 — 5 tagacha**

25 %

5 va undan ortiq*

6 va undan ortiq**

50 %

6.

YPX xodimning xatti-harakati hamda muomala madaniyatidan norozi boʻlib yozilgan shikoyatlar (tasdigʻini topgan shikoyatlar boʻyicha).

1 ta*

2 ta**

10 %

2 — 4 tagacha*

3 — 5 tagacha**

25 %

4 va undan ortiq*

5 va undan ortiq**

50 %

7.

Oʻzlariga biriktirilgan sektor yoʻllarining holatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar koʻrmaganligi oqibatida yoʻllarda tirbandlik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan holatlar (YPX xodimi tomonidan yoʻlning holatini yaxshilash yuzasidan bajarishi lozim boʻlgan harakat amalga oshirilmaganligi tasdiqlangan taqdirda).

2 ta

5 %

3 — 5 tagacha

7 %

6 va undan ortiq

10 %

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda xizmat oʻtayotgan DYHX YPX xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat oʻtayotgan DYHX YPX xodimlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat oʻtayotgan DYHX YPX xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Bir martalik pul ushlanishining eng koʻp miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir chorasini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Lavozim maoshiga nisbatan pul mukofoti miqdori (foiz)

1.

Biriktirilgan sektorda chorak davomida odamlar oʻlimi yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilmagan (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismi).

10 %

2.

Biriktirilgan sektorda chorak davomida odam oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilmagan (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi).

5 %

3.

Biriktirilgan sektorda chorak davomida ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir etilmagan (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasi 1-qismi).

5 %

4.

Biriktirilgan sektorda piyodaning aybi bilan uning oʻlimiga sabab boʻladigan yoʻl-transport hodisasi sodir etilmagan.

5 %

5.

Rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma bekor qilish holatlari mavjud emas.

5 %

6.

YPX xodimning xatti-harakati hamda muomala madaniyatidan norozi boʻlib yozilgan shikoyatlar kelib tushmagan (tasdigʻini topmagan shikoyatlar natijalari boʻyicha).

5 %

7.

Chorak davomida (DYHXX YPX xodimlarining tashabbusi bilan) Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 125, 1251, 126 — 1284, 1286, 129-130, 133 — 1351, 137 — 1385, 139 — 141-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan holatda.

0,5 % —

* aniqlangan har 20 holat uchun

** aniqlangan har 30 holat uchun

8.

Chorak davomida (DYHXX YPX xodimlarining tashabbusi bilan) Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 131, 136, 1285, 147-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan holatda.

1 % —

* aniqlangan har 10 holat uchun

** aniqlangan har 15 holat uchun

9.

Jinoyatlarni aniqlash, shu jumladan olib qochilgan transport vositasini aniqlash.

10% — aniqlangan ikkita jinoyat uchun

10.

Nomaʼlum shaxs tomonidan avval sodir etilgan jinoyatlarni, shu jumladan yoʻl-transport hodisalarini sodir etgan shaxsni aniqlash (har bir alohida holat boʻyicha).

10% — har bir fosh etilgan jinoyat uchun

11.

Qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash (har bir alohida holat boʻyicha).

10% — har bir aniqlangan shaxs uchun

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda xizmat oʻtayotgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat oʻtayotgan DYHXX YPX xodimlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat oʻtayotgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Bir martalik pul mukofotining eng koʻp miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1044/2382-son)