Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarida xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmat)ni tashkil etishni tubdan takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning zaxirasini shakllantirish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari (bundan buyon xodimlar)ning xizmat oʻtashini tashkil etish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xizmatni tashkil etishni takomillashtirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan — huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasida tezkorlikni, jinoyatlar haqidagi xabarlarni oʻz vaqtida hisobga olish va koʻrib chiqishni taʼminlaydigan, amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalarini boshqarish hamda hamkorlikni tashkil etishning samarali tizimini yaratish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan — ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega kadrlar tanlanishi, ularning maqsadli joylashtirilishi hamda “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” oʻz xizmat burchini soʻzsiz bajarish ruhida tizimli ravishda tarbiyalash uchun shaxsiy javobgarligini belgilash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan — boʻsh lavozimlarni jamlash va kadrlar zaxirasini, birinchi navbatda, oʻz kasbiy fazilatlari, axloqiy koʻrinishi, xulq-atvori va madaniyat darajasi bilan namuna boʻlgan istiqbolli boshqaruv tarkibini shakllantirishning taʼsirchan mexanizmini joriy etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan — xizmat oʻtashni qatʼi nazorat qilish va tarbiyaviy jarayonni taʼminlash sohasida muvofiqlashtirish, tahliliy va uslubiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilishning sifat jihatdan yangi tartibni belgilash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan — ish tajribasining vorisiyligini, yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishini, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish hamda ularda xizmat vazifasi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan tezkor-xizmat vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirishni taʼminlovchi samarali murabbiylik tizimini joriy etish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan — ichki ishlar organlarining barqaror professional kadrlar tarkibini shakllantirish, kadrlar qoʻnimsizligini pasaytirish, xodimlarning uzoq muddatli xizmatini ragʻbatlantirish, shuningdek shaxsiy tarkibni uning kasbiy malakasi, shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarini inobatga olgan holda lavozimlarga optimal taqsimlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan — qoʻyilgan vazifalarni vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajaruvchi xodimlarni ragʻbatlantirish, shuningdek masʼuliyatsiz xodimlarga nisbatan xizmatdan boʻshatishgacha boʻlgan intizomiy jazo tayinlash boʻyicha choralarni oʻz vaqtida va xolisona koʻrish orqali ichki ishlar organlarida mustahkam xizmat intizomini taʼminlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan — ichki ishlar organlarida ijro intizomini, jumladan boshqaruv qarorlari har bir bevosita ijrochiga oʻz vaqtida yetkazilishiga va tizimli uzluksiz nazoratni taʼminlanishiga imkon beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish orqali taʼminlash mexanizmini tubdan qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xizmatni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni muvofiqlashtirilgan holda va kompleks amalga oshirilishini taʼminlash uchun quyidagilar yuklatilsin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga — barcha quyi boʻlinmalar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarining muqarrar va oʻz vaqtida bajarilishini manzilli muvofiqlashtirish va uning ustidan muntazam nazorat oʻrnatish, yuklatilgan vazifalar bajarilishining aniq mexanizmlarini koʻrsatgan xolda konseptual boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga — ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini hamda konseptual boshqaruv qarorlarini ishni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnomaviy “yoʻl xaritalari” ishlab chiqqan holda amalga oshirish boʻyicha aniq ijrochilar va harakatlarni belgilash, sohaviy xizmatlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mavjud kuch va vositalarni samarali muvofiqlashtirish;
(3-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari, ichki ishlar organlarining taʼlim va boshqa muassasalariga — boshqaruv qarorlarini ijro qilish boʻyicha belgilangan tadbirlarni yuklatilgan vazifalarni bajarishda koʻrsatilgan usullarga muvofiq sifatli amalga oshirishda barcha mavjud kuch va vositalarni maqsadli taqsimlash va ulardan foydalanish, har bir xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini soʻzsiz bajarilishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har chorakda joylarga chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sohaviy xizmatlar rahbarlarining, shuningdek tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari rahbarlarining aniq erishilgan natijalarni koʻrsatgan holda boshqaruv qarorlari ijrosining amalga oshirilishi haqidagi shaxsiy hisobotlarini kengaytirilgan majlislarda tinglaydi;
(4-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har yarim yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek xizmat oʻtashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini inobatga olgan holda qilingan ishlar yuzasidan shaxsan hisobot beradi. Bunda quyidagilar boʻyicha aniq choralar koʻrilishi nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbus koʻrsatmaydigan va masʼuliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari boʻlinmalarining ijobiy ish tajribasini tatbiq etish va qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) belgilangan tartibda oʻqishni tugatganidan keyin besh yil mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida shartnoma tuziladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari rahbar tarkibining rotatsiyasi, qoida tariqasida, teng mavqeli lavozimga, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatda boʻlishning chegara yoshi safdor va serjantlar tarkibi xodimlari, shuningdek ayollar uchun (mavjud maxsus unvonidan qatʼi nazar) — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yosh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, ulardan imtiyozli hisoblanadigan davri xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning bolalari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yashash yoki xizmat oʻtash joyi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli roʻyxat asosida qabul qilinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida murabbiylar amaliy xizmat staji besh yildan ortiq boʻlgan, yuksak kasbiy fazilatlarga, xizmatda samarali koʻrsatkichlarga va tarbiyaviy yoʻnalishda koʻnikmalarga ega boʻlgan eng tajribali xodimlar orasidan tanlab olinadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murabbiylarga, qoida tariqasida, koʻpi bilan bir nafar ofitserlar tarkibidan boʻlgan xodim, uch nafargacha serjantlar tarkibidan boʻlgan xodimlar, besh nafargacha safdorlar tarkibidan boʻlgan xodimlar biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yoki oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari, xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murabbiylar oʻzlariga biriktirilgan xodimlarning taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashganida, shuningdek xodimlar lavozimga kirishishi davrida xizmat intizomini buzgan hollarda murabbiylar, ayblilik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi intizomiy kengashlar tashkil qilinsin, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ularning faoliyatini mukofotlash choralarini koʻrish va ichki ishlar organlarida amalda boʻlgan ijtimoiy taʼminot sohasidagi tegishli imtiyozlarni berish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish va iltimosnomalar kiritish orqali ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoada yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilish, nojoʻya harakat sodir etgan, xizmat burchiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlayotgan xodimlarga belgilangan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqida xolisona qaror qabul qilish orqali jamoatchilik taʼsirini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2018-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, xizmat burchiga masʼuliyatsiz yondashgan yoxud ishda past koʻrsatkichlarga ega boʻlgan xodimlarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorak yakunlari boʻyicha quyidagilarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizgacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi yoki mukofot taʼsir chorasi sifatida qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika (katta) inspektorlariga — biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni, birinchi navbatda, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni barvaqt oldini olish, shuningdek joylardagi muammolarni hal etishda aholi bilan ishlashni tashkil qilish ahvoli uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hududda tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi ichki ishlar organlari (katta) tezkor vakillariga — ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, tergov va suddan yashiringan shaxslarni qidirish ahvoli uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining 10 foizi xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun tashkil etiladigan alohida hisob raqamiga yoʻnaltiriladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli ishlatishni taʼminlash vazifasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti zimmasiga yuklatiladi;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) intizomiy kengashlar iltimosnomasiga koʻra, zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan xodimlar va ularning oila aʼzolariga har yili bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga va sanatoriy-kurort muassasalariga bepul yoʻllanmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida quyidagi idoraviy koʻkrak nishonlari taʼsis etish haqidagi taklifi maʼqullansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I, II va III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga — amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda faoliyat yoʻnalishlarining sifatli va toʻla hajmda amalga oshirilishi, xizmatlar faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi, hamkorligi va markaziy apparat tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarining muqarrar va oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi va sohaviy ichki ishlar organlarining rahbarlariga — kadrlarni tanlash va joy-joyiga maqsadli qoʻyish, jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirishni taʼsirchan oldini olish, xodimlarga nisbatan oʻz vaqtida va xolislik bilan ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini koʻrish, ularning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlash, shuningdek rahbarlik qilayotgan boʻlinmada ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari rahbarlarining kadrlar boʻyicha oʻrinbosarlariga — oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan xodimlarning xizmatda koʻtarilishini taʼminlovchi kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni oʻqitish va ulardan toʻlaqonli foydalanish, shaxsiy tarkib bilan samarali tarbiyaviy ishni olib borish va xizmat oʻtashni nazorat qilishni tashkil etish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarga biriktirilgan murabbiylarga — xodimlarga amalga oshirayotgan faoliyatida natijadorlikka hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga intilishni singdirish, ularda amaliy ish koʻnikmalarini shakllantirish va xizmat burchiga tashabbuskorlik bilan munosabatda boʻlishini tarbiyalash boʻyicha shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda pul ushlash yoki mukofot tizimining aniq mezonlarini belgilab beruvchi, biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ichki ishlar organlarining faoliyatini baholash tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” va “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” idoraviy koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlari intizomiy kengashlarining faoliyati tartibini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarida murabbiylik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda murabbiylar zaxirasini shakllantirish tartibi, ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash bilan murabbiylik ishini tashkil qilishni taʼsirchan mexanizmini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-fevraliga qadar xodimlarning xizmat, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini sifat jihatdan yangi tamoyillar asosida tashkil etish tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin, unda uning mazmuni boʻlinmalar ehtiyojiga mos kelishi, hudud, lavozim majburiyatlari va xizmat xususiyati inobatga olinishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-mayga qadar elektron hujjat aylanishi, hujjatlarni qayd etish, hisobga olish va saqlash tartibini, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlariga, uning hududiy boʻlinmalari va bevosita joylardagi ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga biriktirilgan xodimlar (ishchilar) toifasini inobatga olib, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida idoraviy davolash-profilaktika muassasalarini qurish, Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan gospitalni rekonstruksiya qilish, shuningdek idoraviy davolash-profilaktika va sanatoriya-kurort muassasalarining yotoq fondini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash haqida moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda xodimlarning umumiy huquqlari va majburiyatlari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, asosiy mansabdor shaxslarning majburiyatlarini, shuningdek ichki tartib qoidalarini belgilovchi Ichki ishlar organlarining ichki xizmat ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3413-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)larining xizmat oʻtash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar organlaridagi xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmat) davlat xizmatining turi boʻlib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini boʻyicha vazifalarni amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xizmatni oʻtash quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat oʻtashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼtillar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat oʻtash rejimini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat muddatlarini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining xizmat oʻtashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mudofaa ishlari boʻyicha boshqarma (boʻlim)larida, aholi turar joylarida, tashkilot va muassasalarda muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida qabul va boʻsh lavozimlar toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmatga 165 santimetrdan past boʻlmagan erkaklar va 160 santimetrdan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar oʻrnatiladigan boʻlinmalar va lavozimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, tegishli maʼlumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalaridagi kunduzgi taʼlimga oʻqishga, yoshi oʻn yettidan kichik va yigirma beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan yigirma besh yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta-maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining masofaviy taʼlimga oʻqishga, yoshi qirq yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan qirq yoshdagi ham, ichki ishlar organlarida kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga, oʻrta, oʻrta-maxsus, professional taʼlim olgan yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga harbiy xizmat oʻtagan (erkaklar uchun) va oliy maʼlumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi (“huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligiga faqat kamida ikki yillik amaliy stajiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi).
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxati boʻyicha ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va tashkilotlariga xizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladigan oʻttiz yoshdan katta boʻlgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiruvchilar uchun ushbu talab oʻrnatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari, ushbu bandning birinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarini inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xizmatga (keyingi oʻrinlarda — nomzod) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan shaxs yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilganlik haqida guvohnomasi nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlaridan maʼlumotnoma (tugʻilganlik haqida guvohnomaga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki almashtirilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlarining (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud boʻlsa), qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalar maʼlumotlari;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 x 4 sm oʻlchamdagi oltita rangli fotosurat (bosh kiyimsiz), shuningdek 9 x 12 sm oʻlchamdagi ikkita fotosurat (bosh kiyimsiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning tarjimai holi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anketa-maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (oila aʼzolari koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asli koʻrsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga topshirayotganda harbiy guvohnoma mavjud boʻlmasa, chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda);
(7-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asli koʻrsatilgan holda mehnat daftarchasining nusxasi (agarda mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat oʻtash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida nomzoddan yoki tegishli muassasadan qoʻshimcha hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari ichki ishlar organi vakolatli boshligʻi nomiga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan holda belgilangan tartibda bildirgi bilan murojaat etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmatga qabul qilish nomzodning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun ichki ishlar organlarida qabul komissiyalari tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovlar nomzodning xohishiga koʻra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida oʻtkaziladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash va oʻrganish bosqichlarini oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) saralash bosqichi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki oʻrganish (ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi (nomzodlarning Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarini baholash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrganish bosqichi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran, psixofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun toʻsqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki oʻrganish hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash natijalari asosida test sinovi bosqichiga qoʻyilgan nomzodlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari belgilangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarining savollari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar test sinovlarini oʻzlarining tanlovi boʻyicha davlat tili, rus tili yoki qoraqalpoq tilida topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini oʻtkazish tartibi hamda saralash bali Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻrganish bosqichiga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar qatoridan boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxat va tartibda saralash bosqichisiz oʻrganish bosqichi orqali xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda axborot texnologiyalari boʻlinmalariga xizmatga kirish istagini bildirgan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis nomzodlar oʻrganish bosqichidan antropometrik parametrlar tatbiq etilmagan holda sogʻligʻining umumiy xizmatga yaroqlilik darajasiga oid talabalar asosida oʻtadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud boʻsh lavozimlarni hisobga olgan holda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saralash va oʻrganish bosqichlari natijalariga koʻra nomzodning xizmatga maʼnaviy-kasbiy va sogʻliq jihatdan mosligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar boʻlinmalari tomonidan amlga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yigʻish jarayonida unga bir paytning oʻzida oʻrganish bosqichidan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat oʻtashga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga kiruvchi nomzodlarga xizmat siri hisoblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan hamda oshkor etilishi man etiladigan maxsus talablar ham oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini rasmiylashtirish davomida xizmatga qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar (xizmatga qabul qilish uchun umumiy va maxsus talablarga mos kelmaslik) aniqlangan taqdirda, uni shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini rasmiylashtirish toʻxtatilib, xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida vakolatli rahbar tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda nomzodga xabar beriladi.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur cheklovlarga rozi boʻlgan hamda vazirlikning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadilar.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga nomzodlar tanlovi tartibi va qabul qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining maxsus boʻlinmalariga tanlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3481, 2023-yil 6-dekabr), Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 3-noyabrdagi 415-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3342, 2021-yil 14-dekabr).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert-kriminalistika, ish yuritish, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga nomzodlar (shu jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan nomzodlar);
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi toʻrt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin)) individual turlarida gʻolib chiqqan nomzodlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan nomzodlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari xizmatga qabul qilinishida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega boʻladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xizmatga tanlab olish tadbirlari bosqichlarining biridan oʻta olmagan nomzod uni takroran topshirishiga, shuningdek, xizmatga tanlab olish tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan, shuningdek, shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrugʻi bilan xizmatga qabul qilinadi va ichki ishlar organlarining boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega boʻlgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrugʻi bilan tegishli lavozimga tayinlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xodimlarni tegishli lavozimga tayinlash territorial va eksterritorial tamoyillar asosida amalga oshirilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlarini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
serjantlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Serjantlar tayyorlash oliy maktabini tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safdorlar tarkibi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlarining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining kamida bir yil amaliy ish stajiga ega ishchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safdorlar tarkibining tor mutaxassislik sirasiga kiruvchi lavozimlarni oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan jamlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasidagi ofitserlarni ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ragʻbatlantirish tariqasida, ichki ishlar organlarida kamida ikki yil xizmat stajiga ega, oliy maʼlumotli va yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Serjantlar tayyorlash oliy maktabini tamomlamagan safdorlar tarkibidagi xodimlarni ham, istisno tariqasida, serjantlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashga va “kichik serjant” maxsus unvonini berishga ruxsat berishi mumkin.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining maxsus boʻlinmalarining, axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻlinmalarining, shuningdek, tibbiy muassasalarining serjantlar tarkibi lavozimlari oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotli shaxslar bilan jamlanishi mumkin.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar organlaridagi lavozimlarga tayinlash uchun zarur taʼlim va mutaxassisliklarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga vaʼda beraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimga va Oʻzbekiston xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xizmatga qabul qilishda xodimga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning xizmat guvohnomasi va jetonining namunalari, shuningdek ularni berish va hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning xizmat guvohnomasi oʻqotar qurolni olib yurish va saqlash huquqini, shuningdek qonunga muvofiq unga berilgan boshqa huquq va vakolatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xizmatga qabul qilingan xodimga dastlabki sinov muddati tayinlanadi va unga lavozimga tayinlangan paytidan boshlab murabbiy biriktiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki sinov muddati bir yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini oʻtash va murabbiylarni biriktirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xizmatga qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatga majbur fuqarolari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursantlari, harbiy hisobdan chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining kursantlari birinchi bosqich taʼlim muddati yakunlanganidan soʻng, muddatli harbiy xizmatni oʻtgan hisoblanadilar va ularga taʼlim muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmatga qabul qilish va boʻshatish, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabul qilish, shuningdek maxsus unvonlar berish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vakolat berilgan boshliqlarning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, malaka oshirish kurslarini oʻtaganligi, oʻtagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safdorlar tarkibi — safdor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar tarkibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar, maxsus unvonlar berish vakolatiga ega boshliqning buyrugʻi bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Safdor” maxsus unvoni ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari va chet davlatlar taʼlim muassasalari (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) kursant (tinglovchi)lari safiga qabul qilingan shaxslarga ularni qabul qilish bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maxsus unvoniga ega xodimlar bundan mustasno.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Safdor” maxsus unvoni xizmatga yoki oʻqishga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqlar tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Kichik serjant” maxsus unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakultetini serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Serjantlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlarning buyruqlari bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlarga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “katta serjant” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va ichki ishlar organlari Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlikdan oʻtib, ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni “leytenant” hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoxud faoliyatning tor ixtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarga ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida “mayor” maxsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan mayor unvoni ham, maxsus unvonlaridan biri berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaxslarga belgilangan tartibda “polkovnik” maxsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan polkovnik unvoni ham, maxsus unvon berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 11-bandining oʻn uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlanib, sinov muddatini muvaffaqiyatli oʻtagan shaxslarga;
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining safdor yoki serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlanganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining qayta tayyorlash maxsus kurslarini oʻtaganlaridan soʻng;
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini kunduzgi taʼlim, shuningdek xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) bitiruvchilariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari quyidagilar tomonidan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mayor” maxsus unvonigacha — ofitserlar tarkibi unvonlarini berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan, boshliqlari bunday vakolatga ega boʻlmagan tarkibiy tuzilmalar xodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” maxsus unvoni — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“polkovnik” maxsus unvoni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“safdor” — muddatsiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kichik serjant” — ikki yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“serjant” — ikki yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“katta serjant” — muddatsiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“katta leytenant” — uch yil;
(35-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kapitan” — toʻrt yil;
(35-bandning sakizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mayor” — besh yil;
(35-bandning toʻqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” — olti yil.
(35-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini oʻtagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon pogʻonasiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi “katta serjant”, “kapitan”, “mayor” va “podpolkovnik” maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti yoki Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazining maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan xodimlarga beriladi. Ragʻbatlantirish chorasi tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi “polkovnik” maxsus unvoni yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yoki Jamoat xavfsizligi Universitetining magistraturasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining ikki yillik taʼlim dasturini, boshqa oliy taʼlim muassasalarining moliya-iqtisod, texnik yoki tibbiy sohalari yoʻnalishlari boʻyicha magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan yoxud ilmiy darajaga ega xodimlarga beriladi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandni inobatga olmagan holda maxsus unvonlarni berishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab oʻtib, maxsus unvonlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va sport-madaniyat sohasida yuqori natijalarga erishgan, taʼlim dasturini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan taʼlim muassasa boshligʻining taqdimnomasi asosida ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvonini chetlab, “katta leytenant” maxsus unvoni berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xodim yuqori darajadagi unvon belgilangan lavozimga oʻtkazilganda, mavjud unvonida boʻlish muddati oʻtgan boʻlsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Maxsus unvonda xizmat oʻtash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi (ushbu Nizomning 47 va 48-bandlari talablari asosida berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda uning avvalgi unvonini qayta tiklanguniga qadar oʻtagan xizmat davri navbatdagi unvon muddatiga qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, jinoyatchilikka qarshi kurashda, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan, xizmat burchini bajarishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgan xodimlarga ragʻbatlantirish chorasi tariqasida ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlar quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan (“polkovnik” unvonidan past unvonga ega boʻlgan) xodimlarga — mavjud maxsus unvonda qancha muddat xizmat oʻtaganidan qatʼi nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismi oʻtganidan soʻng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, mavjud maxsus unvonda xizmat oʻtash uchun qancha muddat belgilanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvonlarni berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga — mavjud unvonda xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmat oʻtash muddatining kamida bir yarim baravari oʻtganidan soʻng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor boʻlinmalari xodimlariga ragʻbatlantirish chorasi tariqasida mazkur Nizomning 36-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga javob berganda egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgan maxsus unvondan qatʼi nazar navbatdagi maxsus unvon berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor boʻlinmalarida oʻn besh kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan profilaktika inspektori, eksperti, tergovchisi (surishtiruvchisi), tezkor vakili yoki profilaktika katta inspektori, katta eksperti, katta tergovchisi (katta surishtiruvchisi), katta tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga “mayor” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“polkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, tergov, tezkor va ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida yigirma kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan profilaktika katta inspektori, katta tergovchi, katta tezkor vakili, oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchi, oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili, profilaktika bosh inspektori, bosh eksperti lavozimidagi xodimlarga “podpolkovnik” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng.
(40-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida muddatidan oldin hamda egallagan lavozimi bilan koʻzda tutilgan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini oʻtagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon pogʻonasi “kapitan” boʻlgan, ijobiy tavsiflanadigan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga xizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda “mayor” maxsus unvoni berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim ichki ishlar organlari ixtiyorida boʻlganda (bola parvarishlash taʼtili berilgan xodimlar bundan mustasno);
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga oʻtkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab, bir yil davomida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Navbatdagi maxsus unvonni asossiz ravishda kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini intizomiy jazo tariqasida bir pogʻona pasaytirish mumkin. Bunda unvon “leytenant” maxsus unvonigacha pasaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Podpolkovnik” va undan past maxsus unvonlarni pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Polkovnik” maxsus unvoni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda pasaytiriladi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan unvonini pasaytirishni tavsiya etgan boshliqning (yoki unga tenglashtirilgan boshliqning) yoxud yuqori lavozimdagi boshliqning taqdimnomasi boʻyicha tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Generallar tarkibi xodimlarning maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan pasaytiriladi va tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Maxsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtagan xizmati bilan qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safdorlar va serjantlar tarkibining maxsus unvonlari — ushbu unvonlarni berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Generallar tarkibi maxsus unvoniga ega shaxslar maxsus unvonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudning tegishli taqdimnomasi asosida mahrum qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud shaxsning maxsus unvonini tiklash haqida qaror qabul qilganida maxsus unvondan mahrum qilgan boshliq yoki bunday vakolatga ega yuqori turuvchi rahbar tomonidan tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga oʻtkazilgan (yuborilgan) shaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tartib nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlar boʻlinmalariga oʻtkazilgan (yuborilgan) xodimlarga ham qoʻllaniladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Harbiy unvonda xizmat qilgan yoki harbiy taʼlim muassasalaridan xizmatni ichki ishlar organlarida davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga (shartnoma asosida xizmat oʻtagan) lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maxsus unvonlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“III darajali serjant”, “II darajali serjant” hamda “I darajali serjant” harbiy unvonlari ichki ishlar organlarining “serjant” maxsus unvoniga tenglashtiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ushbu Nizomning 47 va 48-bandlarida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berilgan xodimlarga ularni avvalgi ish joyida unvonda xizmat oʻtagan davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xatboshisi, 47 yoki 48-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga (shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga oʻtkazilgan (yuborilgan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi yoki uning roziligi bilan yuborilgan), shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlardan (mehnat staji 3 yildan kam boʻlmaganda) Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti, uning hududiy hamda sohaviy boʻlinmalariga xizmatga qabul qilingan (oʻtkazilgan, yuborilgan) xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama haq belgilashda va malaka toifalarini berishda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama toʻlash uchun belgilangan) mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pogʻonasi boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtincha lavozimni bajarish uchun tayinlangan xodimning ilgari egallagan lavozimining unvon pogʻonasi navbatdagi unvonini berish uchun mos kelmasa, uni navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish mumkin emas. Bunda lavozim vazifasini bajarish muddati olti oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchilariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining doktoranturasida taʼlim olayotganlarga navbatdagi maxsus unvonlar ular tinglovchilar safiga, doktoranturaga qabul qilinganiga qadar xizmat qilgan oxirgi lavozimining unvon pogʻonasiga muvofiq beriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali boʻyicha oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pogʻonasi koʻtarilishi yoki tushirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki oʻqishga kirganlaridan soʻng inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Maxsus unvonlar berish, ulardan mahrum qilish va ularni tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ichki ishlar organlarining asosiy lavozimlari boʻyicha xodimlarning maxsus unvonlar roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ularga tenglashtirilgan lavozimlar roʻyxati esa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlagan tashkiliy-shtat tuzilmasi va umumiy shtatlar soni asosida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasida koʻrsatilmagan xodimlarni lavozimlarga tayinlash va ozod etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tayinlanishi uchun xodimlarning sogʻligʻi holati inobatga olinishi talab etiladigan lavozimlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Xodimlarni lavozimga tayinlash, bunga vakolatli boshliqlar tomonidan quyidagi qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning maʼlumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim ichki ishlar organlarining shtat jadvali asosida doimiy shaxsiy tarkib sirasiga kiruvchi lavozimda xizmat qilgan davr uning ichki ishlar organlarida amaliy xizmat staji boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida oʻqish va muddatli harbiy xizmatni oʻtash davri ichki ishlar organlarida amaliy xizmat stajiga kiritilmaydi (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish davri bundan mustasno).
(58-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻsh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa toʻrt oydan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida, shuningdek xodimning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimida ozod qilinadi va 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan ikki oydan oshmagan muddatga pul taʼminoti (oxirgi lavozimi boʻyicha) saqlangan va xizmat stajini bir kuni bir kunga hisoblagan holda ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari ixtiyorida boʻlish muddatini hisoblashda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat boʻlganida) yoki qoʻshimcha taʼtilda boʻlish (bola parvarishlash taʼtilida boʻlish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning ichki ishlar organlari ixtiyorida belgilangan muddatdan ortiq boʻlgani uchun haq toʻlanmaydi, bunda ushbu davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xodimning yoki uning oila aʼzolari hayoti yoxud sogʻligʻiga xavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning sogʻligʻi holati tufayli xizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarur boʻlganida, ushbu xodimni boshqa tuman (shahar, viloyat)ga xizmatga oʻtkazish lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliq tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzaro qarindosh boʻlgan xodimlar (ota-ona, turmush oʻrtogʻi, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush oʻrtogʻining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat oʻtash birining ikkinchisiga boʻysunishi yoki nazorat ostida boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, bir boʻlinmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot xodimlari lavozimlariga, kafedralar (fakultetlar, sikllar, boʻlimlar) rahbarlaridan tashqari, tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik, tibbiyot yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin.
(58-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavrlari sirasidan boʻlgan xodimlari, istisno tariqasida, ichki ishlar organlari taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibi lavozimlariga magistr darajasiga ega boʻlmagan holda tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ixtisoslashtirilgan kafedralari professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlariga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga yoxud tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga ega ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bazaviy doktoranturasi kunduzgi shakliga pedagogik stajga ega boʻlmagan holda kirish huquqi beriladi.
(58-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini 2001 — 2004-yillarda bakalavriat dasturi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklini tamomlagan ichki ishlar organlari xodimlariga, istisno tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini tayyorlash va belgilangan tartibda himoya qilish huquqi beriladi.
(58-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni ichki ishlar organlaridan boʻshatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimni egallab turgan lavozimidan qonunga xilof tarzda chetlashtirish tufayli yuzaga kelgan majburiy progulning bir yildan ortiq boʻlmagan muddati uchun unga pul taʼminoti tarzida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xodimga bola parvarishlash taʼtili berilganida, egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar bolani parvarishlash uchun berilgan taʼtil muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani parvarishlash uchun berilgan taʼtildan chiqqan xodim muqaddam egallagan lavozimiga (agar boʻsh boʻlsa), buning imkoni boʻlmasa, boshqa teng lavozimga tayinlanadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan “z” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Xodimni lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori lavozimga — xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki ragʻbatlantirish tartibida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng lavozimga — oʻzining xohishiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), oilaviy sharoitga koʻra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish yoki boʻsh lavozimlarni jamlash zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past lavozimga — oʻzining xohishiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliqning xodimni past lavozimga oʻtkazish haqidagi buyrugʻida buning asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng boʻlganida esa — lavozim maoshi miqdori boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat boʻyicha koʻtarish ularning kasbiy va shaxsiy xislatlari, sogʻligʻining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish boʻyicha koʻrsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Xizmat joyi oʻzgargan xodim ichki ishlar organlari xizmat boʻyicha koʻchirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan soʻng oʻn kundan kechikmasdan moddiy va ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim navbatdagi taʼtilda yoki davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakulteti, va magistraturaga oʻqishga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va tinglovchilar safiga kiritiladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ni oʻtkazish, tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashda unga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomasi boʻlmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim belgilangan tartibda davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomadan mahrum qilinganda, egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga oʻtkaziladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ichki ishlar organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar faoliyatining samaradorligin oshirish, korrupsiya va vakolatlar suiisteʼmol qilinishining oldini olish, shaxsiy tarkib orasida sogʻlom muhitni taʼminlash maqsadida xodimlar amaliy xizmat stajini va kasbiy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda teng lavozimga, jumladan boshqa tuman (shahar, viloyat) yoki tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng, rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Xodimlarni ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldirish va rotatsiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa taʼlim muassasalarida, shuningdek xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga, xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
(68-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma oʻqishga kirgan fuqarolar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan taʼlim muassasalari tomonidan, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladiganlar bilan esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar mazkur taʼlim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa undan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oʻqishiga sarflangan mablagʻlar qonunga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda taʼlimga sarflangan mablagʻlar undirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno) majburiy tartibda uch oy muddatli boshlangʻich kasbiy tayyorgarlikdan oʻtadilar.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Xodim boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bogʻliq lavozimga tayinlanganda yoki uni yangi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganida qayta tayyorgarlikdan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar asosida malaka oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida nazarda tutilmagan mutaxassisliklar boʻyicha xodimlarning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼlim muassasalarida yoki xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, maʼnaviy-axloqiy darajasini oshirish uchun ichki ishlar organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlarda harakatlanishiga kasbiy yaroqliligi boʻyicha har yilgi tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Xodimlarni maxsus kasbiy (boshlangʻich) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek xizmat oʻtash vaqtida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan oʻtishini tashkil qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat oʻtashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi farmoyishiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan boshqa davlat organlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilgan xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi) kiritilishi mumkin.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Agarda qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda xizmat oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning lavozimi oʻzgargan (boshqa lavozimga tayinlangan, lavozimdan ozod qilingan, oʻqishdan chetlashtirilgan), ragʻbatlantirilgan, shuningdek intizom buzgan taqdirda ular faoliyat koʻrsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni davlat mukofotiga tavsiya etish, ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning belgilangan chegaradagi yoshiga toʻlganida xizmat muddatini uzaytirish ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga maxsus unvonlar quyidagi tartibda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik” unvoni ham — ilgari egallagan lavozimidan qatʼi nazar, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga koʻra ushbu Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“polkovnik” maxsus unvoni — ilgari egallagan lavozimidan qatʼi nazar mazkur Nizomning 36-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablarga javob berganda, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(79-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri hamda ular faoliyat koʻrsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining birgalikdagi tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga taʼtillarni, shuningdek xorijiy davlatlarga borishlari uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, xodimlar faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmatni oʻtash tartibi bilan bogʻliq oʻzgarishlardan xabardor boʻlishlari, lavozimi oʻzgarganida (boshqa lavozimga tayinlanganida, lavozimidan ozod etilganida, oʻqishdan chetlashtirilganida), mukofotlanganida, intizom buzilishiga yoʻl qoʻyganida, shuningdek oʻzlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda axborot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar nikohdan oʻtganida, oilasi tarkibida boshqa oʻzgarishlar boʻlganida, qarindoshlariga (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, oʻgʻil-qizlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganida uch ish kuni muddati ichida, mehnat taʼtili yoki xizmat safarida boʻlganida esa taʼtil va safar tugashi bilan darhol Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmat majburiyatlarni bajarish (oʻqish) muddati yakunlanganidan soʻng, davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtiyoriga qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytgan xodim Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Intizom buzishi va boshqa salbiy sabablarga koʻra davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlardagi lavozimidan ozod etilib, shuningdek oʻqishdan chetlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytarib yuborilgan xodimni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan boʻshatish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar taʼlim muassasalarini tamomlaganidan soʻng, oʻqish davrida olgan maʼlumoti va mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasidan kelib chiqib lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki xizmatni davom ettirish istagi boʻlmagan xodimlar, kadrlar zaxirasiga kiritilguniga qadar egallagan lavozimi boʻyicha mazkur Nizomga muvofiq xizmatdan boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar va ularning oila aʼzolari xizmat (oʻqish) vaqtida, shuningdek boʻshatilganidan soʻng, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan barcha turdagi taʼminot, huquq, imtiyoz va boshqa afzalliklardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalarida lavozim majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri ichki ishlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama toʻlash, pul taʼminoti (lavozim maoshi va maxsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Attestatsiya oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Ichki ishlar organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi chogʻida ularning masʼuliyatini oshirish maqsadlarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi attestatsiya besh yilda bir marta yoki navbatdagi maxsus unvon berish uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan oʻtmaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda boʻlganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, ichki ishlar organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan soʻng umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash taʼtilida boʻlganlar. Bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan soʻng kamida bir yil oʻtganidan soʻng attestatsiyadan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish koʻrsatkichlari past boʻlgan, kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan, xizmat intizomini qoʻpol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, ichki ishlar organlari xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan xodimlar oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdan tashqari attestatsiya oʻtkazish haqidagi qarorni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boʻlgan boshliq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri yoxud ichki ishlar vazirining qaroriga asosan xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin, buning uchun maxsus komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Attestatsiyani tashkil qilish va oʻtkazish, attestatsiya komissiyalari tarkibini shakllantirish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Taʼtillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Xodimlarga quyidagi taʼtillar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi asosiy taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash taʼtillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv (kanikulyar) taʼtili — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)lari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini tamomlaganligi munosabati bilan taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy taʼtil — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha taʼtil — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarni topshirishi uchun, oilaviy sharoiti boʻyicha, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha taʼtillar ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklashlari uchun taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan (bayram kunlari hisobga olinmagan, lavozimi va pul taʼminoti saqlangan) holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Asosiy taʼtil xodimlarga birinchi xizmat yili uchun kamida olti oy ishlaganidan soʻng beriladi.
(98-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Xodimning belgilangan xizmat muddatini oʻtagandan keyin har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshimcha ravishda kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yillik xizmatidan soʻng — besh kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh yillik xizmatidan soʻng — oʻn kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma yillik xizmatidan soʻng — oʻn besh kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Har yilgi asosiy taʼtil davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida taʼtil ushbu muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Favqulodda holatlar davri belgilangan, tabiiy ofat hududi deb eʼlon qilingan yoki ularga tenglashtirilgan joylarda xizmat oʻtagan xodimlarga ular foydalanmagan har yilgi asosiy taʼtil ularning xohishiga koʻra keyingi yilgi asosiy taʼtilga qoʻshib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Xodimlar ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalariga oʻtkazilgan taqdirda, ularning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy taʼtili yangi xizmat joyi boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy taʼtilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yoʻl xarajatlari toʻlab beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil xohishiga koʻra ikki qismga boʻlib berilishi mumkin. Bunda taʼtilning bir qismi oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Ushbu holda taʼtil guvohnomasi taʼtilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Homiladorlik va tugʻish taʼtillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani parvarishlash taʼtillari muddati xodimning xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha xizmat stajiga ham) qoʻshiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
(105-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 404-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Xodimlarga kasalligi boʻyicha taʼtillar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu taʼtilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasallik sababli taʼtilda boʻlishning uzluksiz umumiy muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun koʻproq muddat talab qilingan hollarda bu muddat tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar kasallik boʻyicha taʼtilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati tugaganidan soʻng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiyada guvohlantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda boʻlgan davri maʼlum bir muddat bilan cheklanilmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan soʻng harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasallik sababli berilgan taʼtil har yilgi asosiy taʼtil hisobiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim xizmatdan boʻshatilayotganda, unga kasalligi sababli taʼtil berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlariga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek oliy taʼlim muassasasini tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kun davom etadigan taʼtillar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida sirtdan oʻqiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa oʻquv ishlarini topshirish davrida sessiya muddatiga pul taʼminoti saqlangan holda taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasining mustaqil izlanuvchi boʻlgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy taʼtil beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 387-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga taʼlim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda kamida oʻn besh kalendar kuni davom etadigan va pul taʼminoti saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul taʼminoti saqlanmagan holda oʻn kungacha qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil joriy kalendar yili davomida berilmagan boʻlsa, ushbu taʼtil keyingi yilning birinchi choragida berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Xodimni taʼtildan faqat xizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina oʻzining roziligi va xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning yozma qarori bilan chaqirib olishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼtildan chaqirib olinganida uning foydalanilmay qolgan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar har yilgi asosiy taʼtilning foydalanilmagan qismi oʻn kun va undan ortiq boʻlsa, xodimga taʼtil oʻtkazadigan joyiga borishi uchun pul mablagʻi beriladi, ammo masofa uni chaqirib olingan aholi punktidan uzoq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Ushbu Nizomning 144-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga ishdan boʻshatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq toʻlanadigan har yilgi asosiy va qoʻshimcha taʼtillar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan haq toʻlanadigan asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Xodimlarga taʼtillar berish, taʼtildan chaqirib olish, shuningdek ularni muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Huquqiy va ijtimoiy himoya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Xodim faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Xodimning xizmat vazifalarini bajarish chogʻida oʻz vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonun asosida amalga oshirilgan boʻlsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiya taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sugʻurtasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Xodimlar belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Xodimlar, ichki ishlar organlaring pensionerlari hamda ularning oila aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)lari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va sogʻlomlashtirishdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar va ichki ishlar organlaring pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yilda bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Oʻqotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy koʻrikdan har olti oyda oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Xodimlarning farzandlari yashayotgan joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli roʻyxat asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz va imtiyozli ravishda joylashtiriladi.
(125-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga qabul qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(125-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarga, shuningdek ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan fuqarolarga hamda ularning oila aʼzolariga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar ham belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Xizmat muddati, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy darajasi va ilmiy unvoni mavjudligi uchun xodimlarga qonun hujjatlarga muvofiq ustama haqlar toʻlanadi.
(127-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat muddatini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuksak maʼnaviy-axloqiy xislatlarga ega boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatida yuqori natijalarni koʻrsatgan xodimlarga har oylik qoʻshimcha toʻlovni nazarda tutuvchi “uchinchi toifa mutaxassisi”, “ikkinchi toifa mutaxassisi”, “birinchi toifa mutaxassisi” va “usta” malaka toifalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalarini berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy yoki majburiy sugʻurta mablagʻlaridan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati bilan bogʻliq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi xodimlarga shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Faoliyatida xizmat majburiyatlarini bajarish qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xodimlarga shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari berish yoki pul kompensatsiya toʻlash, shuningdek xizmat safarlarida shaxsiy transportidan foydalanuvchilarga kompensatsiya toʻlash tartibi va miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Xodimlar xizmatga qabul qilingan kunidan boshlab oʻn kun ichida Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi hisobidan ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni quyidagi shakllarda ijtimoiy himoya qilish kafolatlari taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
betob xodimlar davolanishi uchun — pul taʼminotining besh baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning betob yaqin qarindoshlarini (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — pul taʼminotining ikki baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida amaliy xizmat staji 10 yildan ortiq boʻlgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida qarz berish;
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar va dafn marosimlarini oʻtkazish uchun — pul taʼminotining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mukofoti yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi rahbarligida tashkil etiladigan markaziy va hududiy komissiyalarning xulosalari asosida maqsadli sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga bir marta toʻlanadigan nafaqa puli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlar koʻp yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlarga, shuningdek halok boʻlganlarning oilasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda bir martalik nafaqa tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar, boquvchisini yoʻqotganda esa ularning oila aʼzolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning farzandlarini xizmatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Sogʻliqni saqlash, moliyaviy taʼminoti, taʼtillar berish, uy-joy maydoni va imtiyozli ipoteka kreditlari bilan taʼminlash, mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish, davlat pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʻurtasi, ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonida xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Xizmat oʻtash rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Xodimlarning haftalik ish vaqti qirq soatdan oshishi mumkin emas, zarur boʻlgan hollarda esa ular kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmat oʻtashga jalb etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odatdagi xizmat oʻtash rejimi olti kunlik ish haftasi oʻrnatilishini nazarda tutadi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa – sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan rejim kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutkalik rejim uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida xizmat oʻtashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutkalik rejim xizmat oʻtash chogʻida xodimlarga ularning xohishiga koʻra xizmat oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun belgilangan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, oʻz xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik asosida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oshirilganligi evaziga xodimga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlanadi yoki dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek xodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Dam olish va bayram kunlari xizmat vazifalarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kuni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchilik vaqtida ichki ishlar organlari navbatchilik qismi xodimlariga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun umumiy davomiyligi uch smenalik rejimda — olti soat, toʻrt smenalik rejimda — toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smena tugagach, ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarining xodimlari hamda xizmat vazifalarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga belgilangan tartibda dam olish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Ichki ishlar organlarida asosiy xizmat vazifalariga qoʻshimcha ravishda sutkalik rejimda navbatchilikka tushgan xodimlarga navbatchilik tugaganidan soʻng, kamida 24 soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Ichki ishlar organlari xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Urush holati eʼlon qilingan davrida xodimlarning xizmat oʻtash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Xodim quyidagi asoslarga koʻra xizmatdan boʻshatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kasalligi − harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sogʻligʻining cheklanganligi holati − harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi − attestatsiya natijalari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi;
(144-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) boshqa turdagi davlat xizmatiga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritmasdan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning chegara yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh, ayollarga esa (mavjud unvonidan qatʼi nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati oʻzining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarning esa — oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Xizmat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ichki ishlar organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlganida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirga yoki garovga olinganida (oʻz ixtiyori bilan asirga yoki garovga tushish hollari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u xizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga xizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Xizmatdan boʻshashga qaror qilgan xodim boʻshashni rejalashtirgan kundan kamida ikki oy avval ichki ishlar organining boshligʻiga bildirgi bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning xizmatdan boʻshatilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik” unvoni ham, — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining yoki xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning buyrugʻi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlardagi xodimlar — belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Xodimning xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladi. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro shartnomalarga muvofiq), Oʻzbekiston Respublikasining oliy-harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni oʻtash davrlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holda xodimga pensiya tayinlashda uning kalendar tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Pensiya olish huquqini beruvchi xizmat muddatini oʻtamagan, ushbu Nizomning 144-bandi “b”, “g”, “d” yoki “e” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlar boʻshash kunida umumiy ish staji yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida oʻn ikki yilu olti oyi ichki ishlar organlari xizmatiga toʻgʻri kelganda pensiya olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Xodimlar halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi sababli ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori bekor qilinganda, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilishi oqibatida shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirilgan shaxsni xodim sifatida qayta shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Ushbu Nizomning 144-bandi “l” kichik bandiga asosan ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga tiklash sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan barcha asoslarga koʻra ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga tiklash Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
(155-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Ushbu Nizomning 155-bandida nazarda tutilgan shaxslar boʻshatilganidan yoki sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qarori chiqarilganidan boshlab bir oy muddatda xizmatga tiklash haqida ichki ishlar organlariga murojaat etishlari lozim.
(156-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga tiklash shaxsni boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan oraliq davri uchun navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qoʻshimcha haq toʻlash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda xizmat stajiga qoʻshib hisoblash sharti bilan avvalgi maxsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan boʻshatilgan shaxs boʻshatilganidan yoki sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kundan bir oy muddat oʻtgandan keyin ichki ishlar organiga murojaat etsa, murojaat qilish muddatidan keyingi davr navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qoʻshimcha haq toʻlash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda uzluksiz xizmat stajiga qoʻshib hisoblanmaydi.
(156-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs bir oylik muddatni uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan taqdirda ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tiklanishi mumkin.
(156-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-son “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Xizmatga tiklangan xodimlarga pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chogʻida hisobga olinadigan xizmat stajiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq jazolar oʻtalganda — bir kuni uch kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganida — bir kuni uch kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar oʻtalganida bir kuni bir kun hisobida qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga tiklangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qoʻshimcha haq toʻlashda xizmat yillariga boʻshatilgandan keyingi davri bir kuni bir kun hisobida qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Ushbu Nizomning 144-bandi “v”, “g”, “e” va “n” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilgan xodimlar maxsus unvonni tiklagan holda xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 144-bandi “a” kichik bandiga muvofiq xizmatdan boʻshatilgan xodimlar ularning ichki ishlar organlaridagi kalendar hisobdagi amaliy xizmat staji oʻn yildan ortiq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlari, taʼlim muassasalari boshliqlarining asoslantirilgan taqdimnomalariga asosan, shuningdek xizmatdan boʻshashiga oʻqishga kirishi sabab boʻlgan hollarda xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
(159-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Davlat hokimiyati organlariga tayinlanganligi munosabati bilan xizmatdan boʻshatilgan va tayinlangan lavozimi boʻyicha vakolat muddati tugaganligi sababli xizmatga qayta qabul qilingan xodimlarning ushbu organlardagi mehnat faoliyati davri, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ichki ishlar organlaridagi umumiy xizmat muddatiga qoʻshilib, bir kuni bir kunga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Ichki ishlar organlarida xizmat oʻtayotgan, shu jumladan kadrlar zaxirasida boʻlgan xodimlarga xizmat muddati, agar qonun hujjatlarda va ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa xorijiy davlatlar (Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq yuborilgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarida, jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetida va magistraturada kunduzgi taʼlim oʻqish davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda xizmat muddatiga qoʻshiladi.
(161-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida davrda jamoat tartibini saqlashda, terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazishda, favqulodda holat tartibini huquqiy taʼminlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek ushbu harakatlarda ishtirok etishi davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi va jarohatlanganligi oqibatida tibbiy muassasada boʻlgan xodimlar ushbu davrdagi xizmat muddati pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chogʻida bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi.
(161-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning alohida davrda jamoat tartibini saqlashda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, favqulodda holat rejimini huquqiy taʼminlashda va uning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganligi va muddatlari haqida vakolatli boshliq buyruq chiqaradi, buyruqdan koʻchirma ularning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlariga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Mazkur Nizom asosida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalarida xizmat oʻtashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Fuqarolarni ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilar lavozimiga ishga qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi mehnat faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilarining mehnat munosabatlari mehnat sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Xizmat oʻtashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlaridagi unvon va martaba darajalarga nisbatan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat adliya maslahatchisi, adliya genaral-mayori
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
Oliy malaka darajasi
8.
General-leytenant
General-leytenant
General-leytenant
Bojxona xizmati general- leytenanti
2-darajali
davlat adliya maslahatchisi,
adliya general-leytenanti
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
9.
General-polkovnik
General-polkovnik
General-polkovnik
Bojxona xizmati general-polkovnigi
1-darajali
davlat adliya maslahatchisi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Unvonlar va martaba darajalarini ichki ishlar organlarining general tarkibidagi maxsus unvonlariga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)