Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini taʼminlash, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda oʻsuvchi oʻsimliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta koʻpaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarni saqlab qolish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
1034-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini (keyingi oʻrinlarda Qizil kitob deb ataladi) tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Qizil kitob Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi oʻsimliklar va qoʻziqorinlar (keyingi oʻrinlarda hayvonlar va oʻsimliklar deb ataladi) turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari (keyingi oʻrinlarda kamyoblik maqomi deb ataladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish boʻyicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
uni nashr etishga tayyorlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
4. Qizil kitobga hayvonot va oʻsimlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) boʻyicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yoʻqolib ketish arafasida turgan hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Komissiya hayvonot va oʻsimliklar olamini muhofaza qilish va undan foydalanish borasida faoliyat olib boradigan mahalliy davlat organlari, ilmiy muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni amalga oshiradi.
2-bob. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish boʻyicha asosiy tadbirlar
6. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish boʻyicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining oʻzgarishi borasidagi tendensiyalar toʻgʻrisidagi ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish bilan birgalikda);
Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar boʻyicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;
Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni taʼminlash.
7. Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish boʻyicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishni tashkillashtirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi boʻyicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va taʼminlash;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati boʻyicha davlat monitoringini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.
3-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni)kiritish (undan chiqarish)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) borasidagi chora-tadbirlar mazkur Nizom ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qizil kitobga Oʻzbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan yoki oʻsadigan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha muhofazaga olingan turlar (kenja turlar) kiritiladi.
10. Qizil kitobga maxsus muhofaza choralariga muhtoj boʻlgan, xususan:
yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar;
respublika flora va faunasini saqlab qolish uchun ahamiyatga ega boʻlgan muhofazaga muhtoj, tor arealli va kamyob turlar.
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi Qizil kitobga kiritish (undan chiqarish) yoki turlarning (kenja turlarning) kamyoblik maqomini oʻzgartirish borasida jismoniy va yuridik shaxslardan (tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar) kelib tushadigan takliflarni koʻrib chiqadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi takliflar kelib tushgandan soʻng uch kun mobaynida ularni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga va/yoki Botanika institutiga, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy holati va holatining oʻzgarishi tendensiyalari boʻyicha ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish uchun yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va/yoki Botanika instituti, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti oʻn uch kun mobaynida takliflarni koʻrib chiqadi va ekspert xulosasi tarzida tavsiyalar tayyorlaydi.
Ekspert xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti yoki vitse-prezidenti tomonidan tasdiqlangandan soʻng besh kun mobaynida Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboriladi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutidan va/yoki Botanika institutidan ekspert xulosasi olingandan soʻng oʻn kun mobaynida Komissiya yigʻilishini tashkil etadi va unda turlarni (kenja turlarni) Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish masalasi muhokama etilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish yoki kamyoblik maqomini oʻzgartirish uchun miqdori va (yoki) areali xavfli ravishda qisqarib borayotganligi, arealining parchalanish darajasi ortayotganligi, yashash sharoitlarining noqulay tarzda oʻzgarishi va boshqa maʼlumotlarga tayanadi hamda ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishi zarurligidan dalolat beradi.
13. Qizil kitobdan turlarni (kenja turlarni) chiqarish yoki kamyoblik maqomini oʻzgartirish miqdori va (yoki) areali tiklanayotganligi, yashash sharoitlari ijobiy tarzda oʻzgarayotganligi borasidagi maʼlumotlarga tayanadi va ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishiga asos yoʻq ekanligidan dalolat beradi, shuningdek, turlar (kenja turlar) tiklab boʻlmas darajasida yoʻq boʻlib ketgan holatlarda roʻy beradi.
14. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish), shuningdek, kamyoblik maqomini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli Kompleksining rahbari tomonidan tasdiqlangan Komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan Komissiya qarorini oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli Kompleksining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
16. Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) tabiiy yashash sharoitlaridagi holatini aks ettiruvchi, shuningdek, ularni saqlab qolish uchun olib boriladigan muhofaza choralarining dolzarbligidan kelib chiqqan holda belgilanadigan kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish xavfiga koʻra quyidagi kategoriyalarga mansub boʻladi:
kategoriya 0 — (“Ehtimol yoʻqolib ketgan”);
kategoriya 1 — (“Yoʻqolib ketish arafasida”);
kategoriya 2 — (“Miqdori va /yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
kategoriya 3 — (“Kamyob”);
kategoriya 4 — (“Maqomi aniqlanmagan”);
kategoriya 5 — (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobi, monitoringi va kadastri
17. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) zamonaviy holati va holatining oʻzgarishi tendensiyalari borasidagi ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining davlat hisobi, davlat kadastri va davlat monitoringini yuritish davomida amalga oshiriladi.
18. Hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining davlat hisobi, shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) toʻgʻrisidagi ilmiy maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etish ularning roʻyxatlarini tuzish, respublika xududlari boʻylab tarqalish areallarini koʻrsatish, shuningdek, yashash (oʻsish) sharoitlaridagi holatini aniqlash orqali amalga oshiriladi va belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringi atrof-muhit boʻyicha davlat monitoringining tarkibiy qismi hisoblanadi va hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining tarqalishi, miqdori, holati, shuningdek, yashash (oʻsish) sharoitlarining tuzilishi, sifati va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oladigan davriy kuzatuvlar tizimidan iborat.
20. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringini tashkil etish va yuritish qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
21. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastri yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarning geografik tarqalishi, miqdori, populyatsiyalarining tuzilishi, shuningdek yashash (oʻsish) muhitining tavsifi, cheklovchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, muhofaza choralari va boshqa zarur maʼlumotlar majmuasidan iborat boʻladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarining davlat kadastrini qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuritadi.
5-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
23. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy xududlar, hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlarini tabiatga reintroduksiya (introduksiya) qilish uchun maxsus pitomniklar, genetik banklar tashkil etish borasidagi takliflarni koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda qonunchilikka muvofiq Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq hayvonot va oʻsimliklar olami obyektlari va ularni yashash (oʻsish) muhitlarini muhofaza qilishga doir davlat dasturlari doirasida faoliyati Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) oʻrganish, muhofaza qilish, qayta tiklash va foydalanishga qaratilgan manfatdor davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda olib boriladi.
6-bob. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash va tarqatish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qizil kitobni nashr etishga tayyorlashni amalga oshiradi.
27. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash quyidagilarni qamrab oladi:
mazkur Nizom asosida Qizil kitobga kiritilgan (undan chiqarilgan) turlar (kenja turlar) roʻyxatlarini shakllantirish;
Komissiyaning takliflari asosida suratli va xarita maʼlumotlarini qamrab oladigan Qizil kitobning qoʻlyozmasini va elektron maketini tayyorlash.
28. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish), shuningdek Qizil kitobning tarkibiy qismi hisoblangan oʻzgartirishlar va unga qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Qizil kitobni nashr etish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Qizil kitob har besh yilda kamida bir marta elektron va qogʻoz shaklida nashr etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va tarqatishni moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish fondi mablagʻlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Qizil kitob qonunchilikka muvofiq ravishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat ekologiya qoʻmitasining jahon internet tarmogʻi rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) tadbirlari
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarni saqlab qolish boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI
|
Qoʻchqorov B.T. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi |
|
Ibragimov B.T. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Xakimov O.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Xolmatov B.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktori |
|
Tojibayev K.Sh. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori |
|
Ayupov S.S. |
— |
“Oʻzbekovchibaliqchi” sport birlashmasi raisi |
|
Musayev O.M. |
— |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi |
|
Toʻrayev A.S. |
— |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori |
Izoh. Zarur holatlarda Komissiya tarkibiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 109-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 20-modda) ilovaning 4-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 8-ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1034/2351-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son)