1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.05.00 Noyob, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta’minlash, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1034-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini (keyingi o‘rinlarda Qizil kitob deb ataladi) tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar va qo‘ziqorinlar (keyingi o‘rinlarda hayvonlar va o‘simliklar deb ataladi) turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari (keyingi o‘rinlarda kamyoblik maqomi deb ataladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi);
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya hayvonot va o‘simliklar olamini muhofaza qilish va undan foydalanish borasida faoliyat olib boradigan mahalliy davlat organlari, ilmiy muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha asosiy tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi borasidagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar bo‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi bo‘yicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati bo‘yicha davlat monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish borasidagi chora-tadbirlar mazkur Nizom ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qizil kitobga O‘zbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan yoki o‘sadigan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha muhofazaga olingan turlar (kenja turlar) kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qizil kitobga maxsus muhofaza choralariga muhtoj bo‘lgan, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika flora va faunasini saqlab qolish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan muhofazaga muhtoj, tor arealli va kamyob turlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologiya vazirligi Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish borasida jismoniy va yuridik shaxslardan (tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar) kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya vazirligi takliflar kelib tushgandan so‘ng uch kun mobaynida ularni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga va (yoki) Botanika institutiga, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga turlarni (kenja turlarni) hozirgi holati va holatining o‘zgarishi tendensiyalari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va (yoki) Botanika instituti, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti o‘n uch kun mobaynida takliflarni ko‘rib chiqadi va ekspert xulosasi tarzida tavsiyalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti yoki vitse-prezidenti tomonidan tasdiqlangandan so‘ng besh kun mobaynida Ekologiya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va (yoki) Botanika institutidan, shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutidan ekspert xulosasi olingandan so‘ng o‘n kun mobaynida Komissiya yig‘ilishini tashkil etadi va unda Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni muhokama etilishini ta’minlaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish yoki kamyoblik maqomini o‘zgartirish uchun miqdori va (yoki) areali xavfli ravishda qisqarib borayotganligi, arealining parchalanish darajasi ortayotganligi, yashash sharoitlarining noqulay tarzda o‘zgarishi va boshqa ma’lumotlarga tayanadi hamda ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishi zarurligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qizil kitobdan turlarni (kenja turlarni) chiqarish yoki kamyoblik maqomini o‘zgartirish miqdori va (yoki) areali tiklanayotganligi, yashash sharoitlari ijobiy tarzda o‘zgarayotganligi borasidagi ma’lumotlarga tayanadi va ularning turlarini (kenja turlarini) muhofaza etish va qayta tiklash borasida maxsus choralar qabul qilinishiga asos yo‘q ekanligidan dalolat beradi, shuningdek, turlar (kenja turlar) tiklab bo‘lmas darajasida yo‘q bo‘lib ketgan holatlarda ro‘y beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish Komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli Kompleksining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlar) maqomi ularning tabiiy yashash (o‘sish) muhitidagi holatini, mamlakat hududida to‘liq yo‘q bo‘lib ketish xavfi darajasini, shuningdek, uni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishning dolzarbligini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turlarning tabiatda yo‘q bo‘lib ketish xavfi toifalarining milliy tizimi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (keyingi o‘rinlarda — TMXI deb yuritiladi) tavsiyalariga muvofiq ilmiy asoslangan miqdoriy va sifat mezonlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar), ularning tabiiy yashash muhitidagi holatini tavsiflovchi, kamyoblik maqomi va yo‘q bo‘lib ketish xavfiga ko‘ra quyidagi toifalaridan biriga mansub bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toifa 0 — (“Yo‘q bo‘lib ketgan”)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“0 (DY) Dunyoda yo‘q bo‘lib ketgan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“0 (TY) Yovvoyi tabiatda yo‘q bo‘lib ketgan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“0 (MY) Mamlakatda yo‘q bo‘lib ketgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toifa 1 — “Yo‘qolib ketayotgan (Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi)”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1 (BY) Butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1 (YK) Yo‘q bo‘lib ketayotgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toifa 2 — “Zaif”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2 (ZQ) Zaif, qisqarib borayotgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Toifa 3 — “Xavf ostida qolish holatiga yaqin”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3 (YY) Yo‘q bo‘lib ketish ehtimoliga yaqin, tahdidga yaqin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Toifa 4 — “Ma’lumotlar tanqis”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4 (MN) Maqomi jihatdan noaniq”.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobi, monitoringi va kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi tendensiyalari borasidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining davlat hisobi, davlat kadastri va davlat monitoringini yuritish davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining davlat hisobi, shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish ularning ro‘yxatlarini tuzish, respublika xududlari bo‘ylab tarqalish areallarini ko‘rsatish, shuningdek, yashash (o‘sish) sharoitlaridagi holatini aniqlash orqali amalga oshiriladi va belgilangan tartibda Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringi atrof-muhit bo‘yicha davlat monitoringining tarkibiy qismi hisoblanadi va hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining tarqalishi, miqdori, holati, shuningdek, yashash (o‘sish) sharoitlarining tuzilishi, sifati va maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oladigan davriy kuzatuvlar tizimidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat monitoringini tashkil etish va yuritish qonunchilikda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastri yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning geografik tarqalishi, miqdori, populyatsiyalarining tuzilishi, shuningdek yashash (o‘sish) muhitining tavsifi, cheklovchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, muhofaza choralari va boshqa zarur ma’lumotlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarining davlat kadastrini qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekologiya vazirligi manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simliklar olami obyektlarini tabiatga reintroduksiya (introduksiya) qilish uchun maxsus pitomniklar, genetik banklar tashkil etish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekologiya vazirligi manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda qonunchilikka muvofiq Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq hayvonot va o‘simliklar olami obyektlari va ularni yashash (o‘sish) muhitlarini muhofaza qilishga doir davlat dasturlari doirasida faoliyati Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) o‘rganish, muhofaza qilish, qayta tiklash va foydalanishga qaratilgan manfatdor davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash va tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qizil kitobni nashr etishga tayyorlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom asosida Qizil kitobga kiritilgan (undan chiqarilgan) turlar (kenja turlar) ro‘yxatlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning takliflari asosida suratli va xarita ma’lumotlarini qamrab oladigan Qizil kitobning qo‘lyozmasini va elektron maketini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish), shuningdek Qizil kitobning tarkibiy qismi hisoblangan o‘zgartirishlar va unga qo‘shimchalar to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qizil kitobni nashr etish Ekologiya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qizil kitob har o‘n yilda kamida bir marta elektron va qog‘oz shaklida nashr etiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qizil kitob qonunchilikka muvofiq ravishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Ekologiya vazirligining jahon internet tarmog‘i rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobning chop etilgan barcha nashrlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va elektron geoaxborot tizimida yuritiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Mas’ullar
Amalga oshirish mexanizmi
Muddatlar
1-bosqich
Ekologiya vazirligi
Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlarini (kenja turlarini) Qizil kitobga kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Takliflar kelib tushishiga ko‘ra
2-bosqich
Ekologiya vazirligi
Kelib tushgan takliflarni Zoologiya instituti va (yoki) Botanika institutiga,shuningdek, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlarini (kenja turlarini) hozirgi holati va o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish uchun yuboradi.
Taklif kelib tushgandan so‘ng uch kun mobaynida
3-bosqich
Zoologiya instituti va (yoki) Botanika instituti,
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
1. Takliflarni ko‘rib chiqadi va ekspert xulosasi tarzida tavsiyalar tayyorlaydi.
2. Fanlar akademiyasiga ekspert xulosasini tasdiqlash uchun yuboradi.
O‘n uch kun mobaynida
4-bosqich
Fanlar akademiyasi
Ekspert xulosasini tasdiqlaydi va Ekologiya vazirligiga yuboradi.
Besh kun mobaynida
5-bosqich
Ekologiya vazirligi
Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlarini (kenja turlarini) Qizil kitobga kiritish (undan chiqarish) yoki ularning kamyoblik maqomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi hamda komissiya qarori qabul qilinishini ta’minlaydi.
O‘n kun mobaynida
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.A. Abduxakimov
—
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, komissiya raisi
Sh.A. Ayupov
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, komissiya raisining o‘rinbosari
B.R. Xolmatov
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktori
K.Sh. Tojibayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori
S.S. Ayupov
—
“O‘zbekovchibaliqchi” sport birlashmasi raisi
O.M. Musayev
—
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi
Yo.S. Ergashev
—
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Zarur holatlarda Komissiya tarkibiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlarining rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi to‘g‘risida” 1992-yil 9-martdagi 109-son qarori.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 8-ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1034/2351-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son)