Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 14.12.2018 yildagi 1018-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qarorini ijro etish yuzasidan, istiqbolli boshqaruv kadrlari salohiyatidan samarali foydalanish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqa organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi) tanlov finalining kamida uch nafar ishtirokchisi kadrlar zaxirasiga kiritilishini hamda tegishli davlat tashkilotining markaziy apparatida va tarkibiy boʻlinmalarida, qoidaga koʻra, boʻsh turgan rahbarlik lavozimlariga birinchi navbatda ishga joylashtirilishini taʼminlaydilar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) finali ishtirokchilariga, agar ular davlat tashkilotlariga ishga joylashsa, ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 12 oy davomida tegishli davlat tashkiloti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tanlov finali ishtirokchisi davlat tashkilotlariga ishga joylashtirilishi va kasbi boʻyicha faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1018-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1018-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi) tomonidan istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini (keyingi oʻrinlarda kadrlar zaxirasi deb ataladi) shakllantirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov finali ishtirokchilari fuqarolarning boshqa toifalari uchun nazarda tutilgan kadrlar zaxirasiga tanlov tartibotlaridan oʻtmagan holda davlat tashklotining kadrlar zaxirasiga kiritilishi lozim va boshqaruv xodimlarining tanlovdagi nominatsiya sohalariga mos keladigan boʻsh turgan, qoida tariqasida, rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish (tayinlanish) huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi oʻtkazilishini tashkil etuvchi Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan “taraqqiyot-tanlov.uz” maxsus veb-saytida tanlov natijalari joylashtirilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt mobaynida tanlov finali ishtirokchilari davlat tashkilotining kadrlar zaxirasida turishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar tanlovning finali ishtirokchisi biror-bir lavozimni egallagan holda davlat tashkilotining kadrlar zaxirasiga kiritilgan boʻlsa, oʻz nominatsiyasi sohasiga mos keladigan boʻsh oʻrin ochilsa, lavozimi oshishi uchun ustuvor huquqdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov finalining ishtirokchisi bir vaqtning oʻzida ikkitadan ortiq boʻlmagan davlat tashkilotining, shu jumladan, oʻzi ishlayotgan tashkilotning kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 12 oy mobaynida tegishli davlat tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kadrlar zaxirasiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov finali ishtirokchilari ishtirokidagi kadrlar zaxirasi tuziladigan davlat tashkilotining lavozimlari roʻyxati har yili tashkilot kadrlar xizmati tomonidan 1-dekabrdan kechikmay quyidagi lavozimlar boʻyicha alohida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti rahbarlari (rahbar oʻrinbosarlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari (rahbarlar oʻrinbosarlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalar rahbarlari (rahbarlar oʻrinbosarlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti markaziy apparatining bosh boshqarmalari, boshqarmalari boʻlimlari, shuʼbalari boshliqlari (boshliqlarning oʻrinbosarlari) va bosh mutaxassislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotining kadrlar zaxirasi tuziladigan lavozimlar roʻyxati davlat tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak, uning faoliyati tartibida oʻzgacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taraqqiyot-tanlov.uz” maxsus veb-saytiga joylashtirilgan Respublika komissiyasi maʼlumotlari asosida ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mazkur tashkilotdagi lavozimlarni egallaydigan kadrlar zaxirasiga kiritish uchun tanlov finali ishtirokchilarining shaxsiy roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan lavozimlarni egallaydigan kadrlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisidagi shaxsiy taklifni (ofertani) yoki tegishli boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlsa, taklif etilayotgan lavozimlarni va har bir lavozim boʻyicha mehnat shartnomasining asosiy shartlarini koʻrsatgan holda ishga joylashtirish (ishga qabul qilish) toʻgʻrisidagi taklifni final ishtirokchilarining manziliga yozma shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kadrlar zaxirasiga kiritish uchun tanlov finali ishtirokchisining yozma roziligini olgach davlat tashkiloti ushbu shaxsni kadrlar zaxirasiga kiritish toʻgʻrisida farmoyish beruvchi hujjatni (buyruq) chiqaradi va ushbu hujjatning nusxasini tanlov finali ishtirokchisiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov finali ishtirokchisi davlat tashkilotidagi boʻsh lavozimga ishga joylashishga rozi boʻlsa, u bilan uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov finali ishtirokchisining yozma roziligi yoxud kadrlar zaxirasiga kirish va (yoki) boʻsh lavozimga ishga joylashish haqidagi taklifni rad etishi davlat tashkilotiga elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov finali ishtirokchisi manziliga shaxsiy taklif (oferta) yuborilgandan keyin u ikki oy davomida kadrlar zaxirasiga kirishga va (yoki) boʻsh lavozimga ishga joylashishga yozma rozilik bermasa, u taklifni rad etgan deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kadrlar zaxirasida boʻlish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan tanlov finali ishtirokchilari jumlasiga kiradigan shaxslar bilan bevosita ish olib borish davlat tashkilotining kadrlar xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotining rahbari kadrlar zaxirasi bilan ishlashga umumiy rahbarlik qiladi va buning uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash davlat tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xodimlarni kasbiy yuksaltirishga doir davlat tashkilotining dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotining xodimlarni kasbiy yuksaltirishga doir dasturi professionalizmni oshirish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha shaxsiy rejalar (keyingi oʻrinlarda shaxsiy reja deb ataladi) asosida shakllantiriladi. Shaxsiy rejada kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxs zarur nazariy va amaliy bilimlarni egallashi, boʻlajak ish xususiyatini chuqur oʻzlashtirishi, davlat tashkiloti oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda tashkilotchilik koʻnikmalarini ishlab chiqishi uchun imkon beradigan aniq tadbirlar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy rejada quyidagi ish shakllaridan foydalanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy usullarini, iqtisodiyot va qonun hujjatlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining vazifalari doirasiga kiradigan ayrim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasiga kiritilgan final ishtirokchisiga moʻljallangan lavozim boʻyicha majburiyatlarni vaqtinchalik bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasiga kiritilgan tanlov finali ishtirokchisiga moʻljallangan lavozimlarning mutaxassisligiga muvofiq bilim sohalari boʻyicha eng yangi yutuqlar bilan tanishish va amaliy koʻnikmalar olish maqsadida konferensiyalar, kengashlar, seminarlar, ishchi guruhlar va boshqa kollegial organlar ishida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov finali ishtirokchisining kadrlar zaxirasida boʻlishi boʻyicha shaxsiy rejasi uning fikr-mulohazalarini hisobga olib shakllantiriladi va davlat tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov finali ishtirokchisi kadrlar zaxirasida boʻlish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mos keladigan boʻsh oʻrinlar ochilgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ushbu boʻsh oʻrinlarning mavjudligi haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining tegishli nizomlarida nazarda tutilgan tartibda, shu jumladan, qoʻshimcha kasbga oʻqitish shaklida kasbga qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan bepul oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda (bundan davlat tashkilotining mansabdor shaxslarigina ishtirok etadigan kengashlar mustasno), shu jumladan, konferensiyalar, seminarlar, tajriba orttirish ishlarida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov finali ishtirokchisining shaxsiy rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari kadrlari zaxiraga kiritilgan davlat tashkiloti tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kadrlar zaxirasida boʻlish davrida tanlov finali ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan professionalizmni oshirish va koʻnikmalarni rivojlantirish shaxsiy rejasini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashganligi yoki shaxsiy sabablar tufayli kadrlar zaxirasida boʻlishni toʻxtatishi haqida kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat tashkilotini oʻz vaqtida ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov finali ishtirokchisi quyidagi holatlarda kadrlar zaxirasidan chiqib ketadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasiga kiritilmagan boshqa davlat tashkilotiga oʻtish (lavozimga tayinlanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat tashkiloti bilan mehnat shartnomasini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov finali ishtirokchisining kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat tashkilotidagi boʻsh lavozimga ishga joylashishdan yozma ravishda voz kechishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan kadrlar zaxirasida boʻlish muddati tugashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotining rahbari tomonidan tanlov finali ishtirokchisining malakasizligi tufayli ushbu tashkilotga ishga joylashishga mos emas deb topilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov finali ishtirokchisining sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov finali ishtirokchisiga nisbatan sudning ayblov hukmi chiqarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan davlat tashkiloti rahbarlari va kadrlar xizmati javob beradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1018/2326-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)