30.10.2018 yildagi PF-5564-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada ulgurji va birja savdosi korxonalari faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratilgan, zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan holda chakana savdo tarmoqlari jadal rivojlanmoqda, tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnik resurslardan foydalanishi kengaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tovar bozorlarining hozirgi holati, ulgurji va birja savdosining rivojlanish darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Savdo aylanmasining kengayishiga, ichki bozorni va ishlab chiqaruvchilarni zarur tovarlar bilan ta’minlashga hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammolar mavjud, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, “biznes uchun — biznes” (B2B) tamoyili bo‘yicha boshqa tovarlarni yetkazib berish tizimi darajasining pastligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tranzaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi pasayishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarni, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor narxlarining noqulay o‘zgarishi oqibatlaridan muhofaza qilish imkonini beruvchi fyucherslar, hosila moliyaviy vositalar va birja tovarlari savdosi boshqa zamonaviy mexanizmlarining sust joriy etilishi natijasida operatsiyalar hajmi va savdoga chiqariladigan tovarlar turlari cheklanmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo subyektlarining ustav kapitalida davlat ulushining yuqoriligi, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida eskirgan cheklovlarning saqlanib qolinayotganligi mazkur sohalarda raqobat muhitining izchil rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni, shu jumladan, xorijiy iste’molchilarni mamlakatda ishlab chiqarilayotgan talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar turlari va hajmlari to‘g‘risida xabardor qilishga doir ishlarning tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi respublika ichida, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik yog‘i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritish va undan foydalanishning maxsus tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish talabini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar kontragentlari bilan o‘zaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalarni, tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha qarzlar bundan mustasno;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PF-5856-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 06/19/5856/3956-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar bilan shartnomalar bo‘yicha ichki bozorda oldindan 15 foiz to‘lovni amalga oshirishga doir talabni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklovlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishishning xabardor qilish tartibini joriy etgan holda, mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishishning amaldagi tartibini;
(1-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy iste’mol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (xizmatlari)ni sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalariga birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha shu’ba xo‘jalik birlashmalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulot turlarini, egalarining xohishiga ko‘ra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida xarid qilingan yuqori likvidli mahsulotlar, xom ashyo va materiallar turlarini sotuvchi tomonidan chiqarib yuborish to‘lov muddatidan kelib chiqqan holda birjalarning elektron tizimi orqali qat’iy belgilanadigan muddatlar va navbatlar bo‘yicha amalga oshirish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;
(1-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ulgurji savdo korxonalariga o‘zining firma do‘konlari orqali naqd pulga mayda ulgurji va chakana savdoni amalga oshirishga nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish va naqd tushumni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) sharti bilan ruxsat berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha 5 ming AQSH dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan boshlab tovar-xom ashyo birjasi a’zolarining daromadlariga qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar shtat birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga axborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-axborot portalini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek, ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narxlarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish hamda shu asosida tegishli takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq bozorlar konyunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks o‘rganish, ularning muvozanatli rivojlanishi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublikaning barcha hududlarida seminarlar o‘tkazsin va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga birja va ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflar berish orqali sotish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda MDHga a’zo davlatlarning monopoliyaga qarshi kelishilgan siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi Shartnomani belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmon qoidalari va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5564-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan boshlab eksport cheklovi bekor qilinadigan ayrim tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Cho‘chqa go‘shti

0203

2.

Uy parrandasining go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop go‘shtli mahsulotlari

0207

3.

Yog‘siz go‘shtdan alohida ajratib olingan cho‘chqa yog‘i va eritilmagan yoki boshqa yo‘l bilan ajratib olinmagan uy parrandasi yog‘i

0209

4.

O‘simlik yog‘i

1507, 1512 (texnik moydan tashqari 1512 11 100 0, 1512 21 100 0), 1516

5.

Shakar

1701-1702

6.

Non-bulka mahsulotlari

1905

7.

Volfram rudalari va konsentratlari

2611 00 000 0

8.

Ipak chiqindilari (titishga yaroqsiz pilla, ipak ip chiqitlari va titilgan xom ashyo)

5003 00 000 0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Republikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni 1-ilovasining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2.

Myaso i pishevie myasnie subprodukti

0201-0210 (krome 0203, 0207, myasa oslov, mulov ili loshakov po subpozitsiyam 0205 00, pishevix subproduktov sviney, oslov, mulov ili loshakov po kodam 0206 30 000 — 0206 80 910 0, 0206 90 910 0, 0208 10, a takje 0208 50 000 0, 0208 90 700 0, 0210 11 — 0210 19, 0210 99 410 0, 0210 99 490 0,
0210 99 710 0, 0210 99 790, 0 0210 99 800 0)

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5, 6, 7 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

11.

Kokoni shelkopryada, prigodnie dlya razmativaniya, shelk-sirets (nekrucheniy)

5001 00 000 0, 5002 00 000 0

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9-bandidagi “2019-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari “2020-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “2019-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari “2020-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi tahrirdagi 42 pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

42.

Guruch

1006

.

Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga ichki iste’mol bozorlarida, shu jumladan, birja savdolarida egalarining ixtiyoriga ko‘ra cheklovlarsiz sotilishi mumkin bo‘lgan hamda import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Sement, shu jumladan, sement klinkeri

2523

2.

Asbest

2524

3.

Qurilish oynasi

7003, 7004, 7005

4.

Yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari

4403, 4404, 4406, 4407

5.

Ko‘mir

2701, 2702

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ishlab chiqaruvchi korxonalarga o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qo‘llaniladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha 5 ming AQSH dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ilovaning 1 va 2-bandlari 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 06/19/5856/3956-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)