OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZGARTISh VA OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida kooperatsiya toʻgʻrisida” va “Ijara toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritiladigan ilova qilingan oʻzgartishlar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-mart,
98-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Turarjoy qurilishi va dala uy-qurilishi kooperatsiyasi toʻgʻrisida” 1958-yil 3-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan turarjoy qurilishi va dala uy-qurilishi kooperativining Namunaviy ustavidagi:
3-banddagi “mahalliy Sovet” soʻzlari “xalq deputatlari nohiya, shahar, shahardagi nohiya Kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “shaxsiy mulk huquqida dala uyga ega boʻlmagan 18 yoshga yetgan SSSR grajdanlari” soʻzlari “16 yoshga yetgan fuqarolar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning “a” kichik bandidagi “muddatsiz foydalanish” soʻzlari “doimiy foydalanish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “faqat bitta dala uy-qurilishi kooperativida” soʻzlari “bir necha dala uy-qurilishi kooperativlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36-bandning “b” kichik bandidagi “sud qarori bilan” soʻzlari “xalq deputatlari nohiya, shahar, shahardagi nohiya Kengashi qarori bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi mazmundagi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“Kooperativdan chiqarilganlik yuzasidan sudga arz qilinishi mumkin”.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda rassomlar uchun ijodiy ustaxonalar qurilishi kooperativlari tashkil etish tartibi toʻgʻrisida” 1982-yil 4-maydagi 335-son qarori (OʻzSSR QT, 1982-y., 5-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRda rassomlar uchun ijodiy ustaxonalar qurilishi kooperativining Namunaviy ustavidagi:
3-bandning beshinchi xatboshidagi “shahar, shahardagi nohiya” soʻzlari “nohiya, shahar, shahardagi nohiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kooperativ aʼzoligidan chiqarilganlik yuzasidan sudga arz qilinishi mumkin”.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 18-martdagi 161-son qarori (OʻzSSR QT, 1983-y., 3-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan uy-joy-qurilishi kooperativining Namunaviy ustavidagi:
4-bandning birinchi xatboshidagi “mahalliy Sovet” soʻzlari, “nohiya, shahar, shahardagi nohiya Kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshidagi “18 yoshga toʻlgan SSSR grajdanlari” soʻzlari “16 yoshga toʻlgan fuqarolar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi va 16-bandning “a” kichik bandidagi “muddatsiz foydalanish” soʻzlari “doimiy foydalanish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “qoidaga koʻra, turishi mumkin emas” soʻzlari “turishi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kooperativ aʼzoligidan chiqarilganlik yuzasidan sudga arz qilinishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 90-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 316-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. SSSR Ministrlar Sovetining “Kooperativlar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi grajdanlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishni tashkil etishni yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1987-yil 24-sentabrdagi 1097-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 26-oktabrdagi 432-son qarorining 5-bandidagi “yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi grajdanlar tomonidan” soʻzlari “oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmay turib amalga oshiruvchi tadbirkorlar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Aholiga, kooperativlarga va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ishlab chiqarish chiqindilarini, konditsiyasiz materiallarni va buyumlarni sotishni kengaytirish, shuningdek, respublika korxonalari va tashkilotlaridagi tovar-moddiy boyliklarning normadan ortiq zapaslarini qisqartirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1989-yil 20-apreldagi 147-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi, 13-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshlaridagi “mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga” soʻzlari “oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmay turib amalga oshiruvchi tadbirkorlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. SSSR Ministrlar Sovetining “Kapital qurilishdagi ishlarning ahvolini yaxshilashga oid ayrim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1989-yil 30-sentabrdagi 809-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 18-dekabrdagi 428-son qarori 6-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “foydalanishga topshirish” soʻzlaridan soʻng “qurilish buyurtmachisi ijara, kollektiv yoki xususiy korxona boʻlgandagi hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. “Uy-joylardan foydalanish tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlashning yangi tartibi amalda joriy qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻzgartish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1969-yil 28-fevraldagi 106-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 2-son, 21-modda)ning 3-bandi.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 16-iyuldagi 495-son qaroriga ilova sifatida berilgan davlat poshlinalari Stavkalari 5-bandining “n” kichik bandi.
3. SSSR Ministrlar Sovetining “Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi kishilardan davlat poshlinasi va soliqlar olish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar toʻgʻrisida” 1987-yil 17-apreldagi 466-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 4-maydagi 184-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 5-son, 26-modda).
4. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Respublika boshqaruv organlarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1987-yil 17-iyuldagi 824-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 26-oktabrdagi 436-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 10-son, 53-modda) 36-bandining yakka tartibdagi mehnat faoliyatiga koʻmaklashish qismi.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 3-dekabrdagi 590-son farmoyishi.
6. KPSS Markaziy Komiteti, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Aholining ish bilan samarali band boʻlishini taʼminlash, ishga joylashtirish sistemasini takomillashtirish va mehnatkashlar uchun sotsial garantiyalarni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1987-yil 22-dekabrdagi 1457-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzsovprofning 1988-yil 10-fevraldagi 61son qarori (OʻzSSR QT, 1988-y., 2-son, 5-modda) 5-bandining oxirgi xatboshi.
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Grajdanlar patent olib shugʻullanishi mumkin boʻlgan yakka tartibdagi mehnat faoliyatining turlarini aniqlash va patent uchun har yili toʻlanadigan haqning miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida” 1988-yil 29-sentabrdagi 348-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-y, 9-son, 32-modda).
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 5-iyundagi 164-son farmoyishi.
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Hukumatining ijara va ijara munosabatlari masalalariga oid qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1990-yil 13-fevraldagi 91-son qarori (OʻzSSR QT, 1990-y., 2-son, 5-modda).