Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3042]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari — axborot xavfsizligini taʼminlash uchun uning kriptografik almashtirilishini amalga oshiruvchi texnik va dasturiy vositalar;
bank telekommunikatsiya tarmogʻi — bank tizimining idoraviy telekommunikatsiya tarmogʻi;
kredit axboroti almashinuvi tizimi (bundan buyon matnda tizim deb yuritiladi) — kredit axboroti almashinuvi ishtirokchilari oʻrtasida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi;
elektron axborot — Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tizim ishtirokchilari oʻzaro almashadigan elektron maʼlumot;
VPN tarmogʻi — elektron axborot almashinuvi jarayonida aloqa kanallarida bir yoki bir nechta tarmoqlari bogʻlanishlarini taʼminlaydigan virtual tarmoq.
2. Kredit byurolari faoliyatini kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) asosida amalga oshiradi.
Kredit byurolarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
4. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan amalga oshiriladi.
2-bob. Kredit byurosini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik shaxslar va (yoki) norezident yuridik shaxslar kredit byurosining muassislari (muassisi) boʻlishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlarda (offshor hududlar) roʻyxatga olingan norezident yuridik shaxslar kredit byurosining muassislari (muassisi) boʻlishi mumkin emas.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Kredit byurosi ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori ikki milliard soʻmni tashkil etishi kerak.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kredit byurosi oʻzining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va oʻz emblemasiga ega boʻlishga haqli.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3042-1/0731-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi shaxslar kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga muvofiq emas deb topiladi hamda ushbu lavozimni egallashi mumkin emas:
oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar;
kamida besh yillik ish tajribasiga, shu jumladan kredit amaliyoti bilan bogʻliq yoʻnalishda kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro organi aʼzosi, kuzatuv kengashi aʼzosi yoki hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) sifatida yoxud boshqa usulda oʻzi tomonidan nazorat qilingan yuridik shaxsni harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida toʻlovga qobiliyatsizlik va majburiy likvidatsiya holatiga olib kelgan shaxslar;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 28-oktabrdagi 24/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-2, 06.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/3042-2/1477-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3-bob. Kredit byurosida dasturiy va texnik vositalar, axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kredit byurosi axborot tizimlarida qoʻllaniladigan axborot xavfsizligi va muhofazasining litsenziyalangan va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
tizim ishtirokchilari boʻlgan kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda ularning xodimlarini identifikatsiya va autentifikatsiya qilishni;
tizimdagi axborotlarning maxfiyligini;
autentifikatsiyalangan maʼlumot almashinuvini;
axborotni shakllantirish, uzatish, foydalanish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida maʼlumotlarning butligini;
normal foydalanish sharoitida tizimning barcha resurslariga avtorizatsiyalashgan ruxsat yordamida kirishni;
foydalanuvchilarning resurslarga kirish chegaralarini belgilashni;
foydalanuvchilarning tizimga kirish va chiqish boʻyicha harakatlarini hamda kirish huquqlarini buzishga urinishlarini qayd etishni;
favqulodda holatlarda tizimning xavfsizligi va uzilishlarsiz faoliyatini;
axborot xavfsizligi boʻyicha xavflarni aniqlash va oldini olishni;
maʼlumotlarni zaxiralash va qayta tiklash imkoniyatini.
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit byurosi axborot tizimlarida qoʻllaniladigan axborot xavfsizligi va muhofazasining litsenziyalangan va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalari tarkibiy qismi hisoblanuvchi skoring boʻyicha dasturiy taʼminotga ega boʻlishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Kredit byurosining skoring boʻyicha dasturiy taʼminoti potensial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash va mavjud kredit axboroti almashinuvi tizimiga integratsiyalashuv imkoniyatini berishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
anketa savollari;
ballash tartibi;
ishlatiladigan koeffitsiyentlar (modellarning ishonchlilik darajasini tasdiqlovchi koʻrsatkichlar, ehtimoliy defolt koʻrsatkichlari);
matematik modellar.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
10. Kredit byurosining server xonalarida:
server xonasining apparaturasiga himoya qilingan alohida elektr taʼminot tarmogʻi koʻzda tutilgan;
qoʻriqlash, yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin oʻchirish tizimi, yoritish va avariya holatida yoritish tizimlari;
mustahkam devorlar, toʻsiqlar va panjaralar;
maxsus kodli yoki boshqa turdagi qulflar bilan jihozlangan mustahkam eshiklar;
tashqi kuzatuvga qarshi himoya vositalari;
zaxira elektr taʼminot manbalariga ulanishi va sovutish tizimlari mavjud boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Kredit byurosi serverlarini tashqi taʼsirdan himoyalash uchun tarmoqlararo ekranlar (Firewall) hamda axborotni muhofaza qiluvchi litsenziyalangan texnik va dasturiy vositalar oʻrnatilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Kredit axborotlari almashinuvi qatnashchilarini autentifikatsiya qilish va kredit byurosi axborot tizimlarini parol va antivirus bilan himoyalash choralari koʻrilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Kompyuter va boshqa jihozlar ishdan chiqqan hollarda kredit byurosining uzilishsiz faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida tizimning zaxira tiklanish rejasi hamda zarur dastur va vositalar boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kredit byuro serverlari va kompyuterlari elektr energiya bilan uzilishlarsiz taʼminlash uchun energiya taʼminoti qurilmalari va dizel-generator boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Kredit byuro tizim ishtirokchilari bilan axborot almashinuvi uchun bank telekommunikatsiya tarmogʻi yoki umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya (internet) tarmogʻidan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Kredit axboroti almashinuvi jarayonida tizim ishtirokchilari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan foydalanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Kredit byurosining Markaziy bank va kredit tashkilotlari bilan elektron axborot almashinuvi Markaziy bankning “Axborotlashtirish bosh markazi” davlat unitar korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida bank telekommunikatsiya tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. Bunda quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
a) kredit axborotlari bilan ishlash uchun faqat tegishli ruxsatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi;
b) foydalanuvchilarning tizimga kirishi uchun autentifikatsiya qilish:
login va parol (8 ta belgidan kam boʻlmagan raqam va simvollar kombinatsiyasi hamda parol va loginlarni muddati tugashiga qarab oʻzgartirish imkoniyati boʻlishi lozim. Parolning amal qilish muddati bir oydan oshmasligi lozim);
apparat-dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi;
v) kredit byurosining kredit axborotlari almashinuvida qatnashuvchi xodimlarining serverlar va kompyuterlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ishlashi uchun apparat-dasturiy vositalar bilan jihozlanishi kerak;
g) kredit byurosidagi axborotlarni qayta ishlash, uzatish va qabul qilish uchun ajratilgan serverlar va kompyuterlarga umumiy lokal tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlardan kirish imkoniyati boʻlmasligi kerak;
d) kredit byurosi tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan har qanday axborot elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi hamda bajarilgan ishlar boʻyicha maʼlumot avtomatik ravishda elektron jurnalga kiritilishi kerak. Bunda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni taʼminlashi;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi toʻgʻrisida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
oʻzi vakil boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda, bu haqda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markaziga xabar qilishi;
e) elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollarda elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasiga xabar beradi;
j) kredit byurosini tizimlarda kredit axborotiga tegishli boʻlmagan axborotlarning uzatilishi taqiqlanadi;
z) kredit byurosi tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan maʼlumotlar soʻnggi yangilangan bazali antivirus dasturi yordamida viruslar mavjudligini aniqlash uchun tekshirilishi kerak;
i) elektron axborotlar almashinuvida virtual tarmoqlar VPN tarmoqlari asosida tashkil etilgan va himoyalangan aloqa kanallari qoʻllanilishi kerak.
Axborotning xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻshimcha axborotni muhofaza qilish vositalari qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilganlardan tashqari tizim ishtirokchilari kredit axborotlari almashinuvi uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridan tegishli shartnomalar asosida foydalanishlari mumkin. Bunda:
foydalanuvchilarni tizimga kirishida autentifikatsiya qilish login va parol (8 ta belgidan kam boʻlmagan raqam va simvollar kombinatsiyasi) yoki apparat-dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi. Autentifikatsiya natijasi uch marta notoʻgʻri boʻlgan holda, tizim berkitilishi lozim;
kredit byurosining foydalanuvchilar, axborotni yetkazib beruvchilar va boshqa kredit byurosi bilan elektron axborot almashinuvi jarayonida axborotlarni kriptografik himoyalash va xavfsiz uzatishni koʻzda tutadigan protokol (SSL protokol) boʻyicha amalga oshirilishi, virtual xususiy tarmoqlar VPN tarmoqlari asosida tashkil etilgan va himoyalangan aloqa kanallari qoʻllanilishi kerak;
kredit byurosi serverlari tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan maʼlumot soʻnggi yangilangan bazali antivirus dasturi bilan viruslar tekshirilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish shartlari
19. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun Markaziy bankka joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
muassislar umumiy yigʻilishining kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonnomasi yoki yagona muassisning kredit byurosini tashkil etish haqidagi qarori;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit byurosining taʼsis hujjatlari;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit byurosining rahbari va muassislari (muassisi) haqidagi maʼlumotlar;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit byurosining ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 22-maydagi 17/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-4, 29.05.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2024-y., 10/24/3042-4/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 28-oktabrdagi 24/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-2, 06.11.2020-y.) asosan 2021-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/3042-2/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizada muassislarning (muassisning) elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada elektron pochta manzilining koʻrsatilishi ushbu ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga rozilik hisoblanadi.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
20. Mazkur Nizomning 19-bandida keltirilgan barcha hujjatlar ikki nusxada yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish yuzasidan taqdim etilgan arizaga va unga ilova qilingan hujjatlardagi barcha maʼlumotlarning toʻgʻriligiga kredit byurosi muassislari (muassisi) javobgardir.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-apreldagi 9/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-5, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-iyul)
22. Markaziy bank davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va unga litsenziya beradi yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
23. Markaziy bank kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun zarur boʻlgan, mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼsis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmaganda;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud boʻlmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda.
24. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, ariza beruvchiga yozma va/yoki elektron shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
25. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ariza va unga ilova qilingan barcha zarur hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kunda amalga oshiriladi. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.
26. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
28. Litsenziyani yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Markaziy bank ariza beruvchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida yozma xabardor qilishi kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Kredit byurosi Kredit byurolarining davlat reyestrida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda unga litsenziya beriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 28-oktabrdagi 24/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-2, 06.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 10/20/3042-2/1477-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya uning haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan, Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tegishli axborot resursi manziliga havolani oʻz ichiga olgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron hujjat koʻrinishida beriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
31. Litsenziya reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3042-1/0731-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qarori (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34 — 36-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3042-3, 23.01.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son)
6-bob. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
37. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
38. Qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay Markaziy bankka yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta tegishli eʼlon berib boradi.
39. Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda, kredit axboroti maʼlumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega boʻlsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti yetkazib beruvchilarni va Markaziy bankni kredit axboroti maʼlumotlar bazasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan eʼlonlarda kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi koʻrsatiladi.
40. Kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega boʻlmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda, kredit axboroti maʼlumotlar bazasi Markaziy bankka tekin topshiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kredit byurosining muassis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
43. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXADJAYEV
2018-yil 28-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 28-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son; 10.06.2020-y., 10/20/3042-1/0731-son; 06.11.2020-y., 10/20/3042-2/1477-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.01.2023-y., 10/23/3042-3/0050-son; 30.05.2024-y., 10/24/3042-4/0383-son; 25.04.2025-y., 10/25/3042-5/0380-son; 30.12.2025-y., 10/25/3042-6/1244-son; 20.07.2026-y., 10/26/3042-7/0752-son)