23.03.2018 yildagi PQ-3620-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar koʻrsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat koʻrsatish madaniyati va bank tizimiga boʻlgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, kreditlarni ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari oʻrtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, kredit buyurtmalarini koʻrib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralamoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlar olish darajasini oshirish imkonini bermayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari boʻyicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda isteʼmolchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana toʻlov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga taʼsir koʻrsatmoqda hamda aholining keng qatlamlari uchun ochiq boʻlgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, kreditlarni (mikroqarzlarni) koʻrib chiqish va ajratish uchun xizmat haqi hamda boshqa toʻlovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, shartnomalarga xizmatlar tariflarini, ajratilgan kreditlar va jalb qilingan depozitlar boʻyicha foizlarni bir tomonlama oʻzgartirish huquqini nazarda tutuvchi shartlarning kiritilishi, shuningdek, bir xizmatning qoʻshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatilishi bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini buzmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, bank toʻlov kartalaridan chet el valyutasini yechish boʻyicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarishda talab darajasida xizmat koʻrsatish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muammolarni bartaraf etish, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilishni taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendensiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-iyuldan tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatish hududiga toʻsqinliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni dastlabki qabul qilish maʼmuriyat xodimlaridan koʻrsatilayotgan bank xizmatlari toʻgʻrisida dastlabki maslahatlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini koʻrsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish, kreditlar ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari uzilganligi uchun neustoyka undirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatining ilgʻor xalqaro tajribasini oʻrganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar filiallari va mini-banklar qoplanishini hamda bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda banklar filiallari va mini-banklari tarmogʻini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qoʻshimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish boʻyicha huquqlarini kengaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro toʻlov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirilishini va xalqaro toʻlov kartalaridan pul mablagʻlarining xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga oʻtkazilishini taʼminlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2018-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga tijorat banklariga mikroqarzlar ajratish huquqi berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari kredit tashkilotlari tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan sanksiyalar qoʻllanilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan potensial qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash hamda jismoniy shaxslarga va kichik tadbirkorlik subyektlariga kreditlar (mikroqarzlar) ajratish muddatlarini qisqartirish imkonini beruvchi oʻz skoring modelini yaratish imkoniga ega boʻlgan kredit byurosida skoring modeli mavjudligi boʻyicha talab oʻrnatilishini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2018-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda banklar — mahalliy va xalqaro bank kartalari boʻyicha hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida axborot va texnologik oʻzaro munosabatlarni taʼminlovchi Milliy bank protsessing markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqsin, uning asosiy vazifalari etib quyidaglar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlovchi milliy chakana toʻlov tizimini tuzish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulay toʻlov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toʻlov tizimlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2018-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda mahalliy toʻlov tizimlarini norezidentlarning toʻlov kartalarini barcha toʻlov terminallari tarmogʻi orqali qabul qilish imkonini beradigan asosiy xalqaro toʻlov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2018-yil 1-noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda, ayniqsa turistlar koʻproq boradigan joylarda kunu-tun ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasiga uning bank xizmatlari ommabopligini oshirishdagi va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiyasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilgʻor xalqaro tajribadan kelib chiqib, xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani oʻrganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qoʻllash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy bank xizmatlari koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha zamonaviy va ilgʻor bank xizmatlari turlarini amaliyotda joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida joriy etish maqsadida ilgʻor chet el bank faoliyatini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning hisoblangan sugʻurta badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisoblangan qarzdorliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byurosi oʻrtasida maʼlumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklariga filiallar, mini-banklar va avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan bankomatlar tarmogʻini qoʻshimcha tarzda kengaytirishning 2018-yilga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklari va protsessing tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga ozod etiladigan uskunalar, dasturiy taʼminot, butlovchi va boshqa materiallar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladigan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning amaldagi mexanizmini bank kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarning ayrim qismlarini qoplashda respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan yondashuv uslubini qoʻllash asosida qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3620-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankomatlar tarmogʻini qoʻshimcha tarzda kengaytirishning 2018-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Banklar nomi

Oʻrnatilishi rejalashtirilgan bankomatlarning eng kam miqdori

1.

“Agrobank” ATB

300

2.

“Asia Alliance Bank” ATB

140

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

85

4.

AT “Aloqabank”

80

5.

“Kapitalbank” ATB

60

6.

“Asaka” ATB

55

7.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

50

8.

“Ipak yoʻli” ATIB

45

9.

“Mikrokreditbank” ATB

30

10.

“Namkorbank” ATB

25

11.

“InFinBank” ATB

25

12.

“Ipoteka-bank” ATIB

20

13.

Xalq banki

25

14.

“Qishloq qurilish bank” ATB

20

15.

“Turonbank” ATB

20

16.

“Trastbank” XAB

20

17.

AT “Savdogarbank”

10

18.

“Oriyent Finans”XATB

10

19.

“Ravnaq-bank” XATB

5

20.

“Turkiston” XATB

5

21.

“NI-TESN BANK” XATB

5

22.

“Davr-bank” XATB

5

23.

“Universal bank” XATB

5

Jami

1 045

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari va protsessing tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga ozod etiladigan uskunalar, dasturiy taʼminot, butlovchi va boshqa materiallar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Uskunalar nomi

TIF TN kodi

1.

Bankomat

8472 90 300 0

2.

Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish toʻlov terminali (infokiosk), avtomatlashtirilgan depozit mashinalar

8470 50 000 9

3.

Terminal

8470 50 000 1

4.

Embosser va grafik personalizator

8443 19 700 0

8443 32 100 9

8443 39 900 9

5.

PinPad (kartrider)

8473 29 100 9

8471 90 000 0

6.

VISA, MasterCard, UnionPay personallashtirilmagan chipli, magnit lentali, kontaktsiz bank kartalari.

EMV lokal bank kartalari

8523 21 000 0

8523 52 900 1

8523 52 900 9

7.

NSM shifrlash apparat moduli va kriptouskuna

8471 80 000 0

8543 70 900 0

8.

Terminallar uchun sensorli ekran

8471 60 700 0

9.

Dasturiy taʼminot uchun litsenziya (barcha tashuvchilar uchun)

4907 00 900 0

8523 49 450 0

10.

Indent lenta

9612 10 100 0

9612 10 800 0

11.

Bank kartalarining personal identifikatsiya raqamlarini PIN-konvert koʻrinishida bosib chiqarish uchun oʻzi nusxa koʻchiradigan ish blanklari

4820 40 000 0

12.

Relyef boʻyogʻi uchun bosib naqsh solish folgasi

9612 10 800 0

3212 10 000 0

13.

Bosib naqsh solish va relyef boʻyogʻi folgasi uchun kasseta

8443 99 900 9

8443 91 990 0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: TIF TN boʻyicha yakuniy kodlarga tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida aniqlik kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2018-y., 07/18/3620/0933-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)