02.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 2-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16/18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida bank xizmatlari isteʼmolchilari (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar — bank xizmatidan foydalanish istagida bankka murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy yoki yuridik shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — bankning rasmiy veb-saytida, internet-banking tizimida va/yoki mobil ilovasida joylashtirilgan, isteʼmolchiga bank xizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi yuzasidan axborot olish, shuningdek Internet tarmogʻidan foydalangan holda xabarlar almashish orqali bank bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi axborot resursi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat — isteʼmolchi (yoki uning vakili) tomonidan ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda bankka yuborilgan bank xizmatlarini koʻrsatishga taalluqli ariza, shikoyat yoki taklif;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit — banklar tomonidan beriladigan kredit, mikroqarz va mikrokreditlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli kamchilik — muayyan moliyaviy mahsulot, biznes jarayon, bank xizmat koʻrsatish boʻlinmalari tarmogʻi, axborot tizimi yoki ichki nazorat tizimi, yakka holat bilan cheklanmaydigan va oʻz mazmuniga koʻra boshqa oʻxshash shartnomalar, operatsiyalar, xizmat koʻrsatish jarayonlari yoki tarkibiy boʻlinmalar faoliyatidagi isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi kamchilik.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 15-iyuldagi 19/16-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-12, 01.08.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2026-y., 10/26/3030-12/0810-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 4-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Isteʼmolchilar bank va bank xizmatlarini erkin tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan bir xizmatning isteʼmolchiga qoʻshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bank xizmatlari bank va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning matni isteʼmolchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning matni davlat tilida tuziladi. Isteʼmolchi va bankning oʻzaro kelishuviga muvofiq shartnoma matni boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Isteʼmolchiga axborot berishning minimal talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Maʼlumotlar berishning umumiy minimal talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bank tomonidan koʻrsatiladigan barcha xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar isteʼmolchiga oshkor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat yoki bank sirini oʻz ichiga olmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bank xizmatlarini taqdim etish shartlari, ushbu shartlarning oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlar bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi, shuningdek bankning axborot stendlarida doimiy ravishda joylashtirib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank xizmatlarini taqdim etish shartlarining oʻzgarishi haqidagi maʼlumot kuchga kirishidan kamida oʻn kun oldin, valyuta ayirboshlash kurslarining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot zudlik bilan eʼlon qilinishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Isteʼmolchi bank xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani (kredit, depozit, bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish, lizing, bank kartalari va boshqalar boʻyicha) imzo qoʻymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʻzi bilan olib ketishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchini ushbu huquqqa ega ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali koʻrsatilganda, bank isteʼmolchiga shartnoma tuzilishidan oldin mazkur tizim orqali shartnoma shartlari bilan tanishib chiqish va undan nusxa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bank oʻzining moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni isteʼmolchilarga davlat tilida yetkazishi lozim. Bankning moliyaviy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Isteʼmolchilarga bank tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar toʻliq va toʻgʻri tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qogʻoz shaklda berilganda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank tomonidan kredit va omonat (depozit) boʻyicha xizmat koʻrsatish davrida isteʼmolchining ogʻzaki yoki yozma soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda oyda bir marta bepul taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kredit boʻyicha (axborot berilgan sanasini koʻrsatgan holda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash limiti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy summa boʻyicha qarz qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi toʻlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʻlovlar jadvali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʻliq soʻndirish istagi bildirilgan taqdirda toʻlash lozim boʻlgan summalar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilishi haqida axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) omonat (depozit) boʻyicha (axborot berilgan sanasini koʻrsatgan holda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot berilgan sanaga omonat (depozit) qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot berilgan sanaga omonat (depozit) boʻyicha hisoblangan jami foiz summasi, shu jumladan toʻlangan foiz summasi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank isteʼmolchining talabiga koʻra quyidagi hujjatlarning bank tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta bank xizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha bir marta) berishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va isteʼmolchi tomonidan imzolangan bank xizmatini koʻrsatish haqidagi shartnomasini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza (agar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy boʻlsa yoki bankning ichki qoidalariga asosan bank xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish chogʻida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart boʻlganda);
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, toʻlov topshiriqnomasi, elektron toʻlov vositasiga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomalari boʻyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchining talabiga koʻra mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, bu haqida bank tomonidan isteʼmolchiga asosli ravishda yozma xabar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bank isteʼmolchilarga maʼlumot berish uchun bank xizmatini koʻrsatish shartnomasini tuzish chogʻida ular bilan bogʻlanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bogʻlanish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Isteʼmolchining tegishli soʻrovi bankda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida bank xizmatini koʻrsatish haqidagi shartnoma, isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza va isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari boʻyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Bank isteʼmolchiga yoki uning vakolatli vakiliga bank xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini taqdim etishi kerak.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda shartnoma masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali tuzilganda, bank isteʼmolchiga ushbu shartnoma tuzilgan kunda, mazkur tizimlar orqali shartnomadan foydalanish va undan nusxa olish imkoniyatini yaratishi shart.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bankning rasmiy veb-saytida axborot berish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank oʻzining rasmiy veb-saytiga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi koʻrsatilishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bankning rasmiy veb-saytida saytning tuzilishini bayon etuvchi, ushbu tuzilmadagi rasmiy veb-saytning har bir sahifasi joylashgan joyni qulay shaklda aniqlash imkonini beruvchi boʻlim boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bankning rasmiy veb-sayti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bankning rasmiy veb-saytidagi axborotdan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar zarur maʼlumotlardan xohlagan paytida tanishib chiqish va undan foydalanish imkoniga ega boʻlishi kerak. Maʼlumot bilan tanishganlik yoki undan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun haq undirilmasligi hamda boshqa cheklovlar qoʻyilmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi maʼlumot bilan bepul va keng tarqalgan dasturiy taʼminot yordamida foydalanish imkoniga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot shifrlangan yoki boshqa vositalar orqali himoyalangan boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotdan (isteʼmolchining shaxsiy kabinetida joylashtirilgan axborotdan tashqari) foydalanish uchun isteʼmolchidan roʻyxatdan oʻtish yoki shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etishini, shuningdek u bilan turli xil bitimlar tuzishni talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank rasmiy veb-saytining mazkur bank va koʻrsatilayotgan bank xizmatlari shartlari toʻgʻrisida axborotlarni oʻz ichiga olgan boʻlimiga veb-saytning bosh sahifasidan giperhavolalar orqali bir oʻtishda kirish uchun imkoni yaratilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bank oʻzining rasmiy veb-saytida, internet-banking tizimida va/yoki mobil ilovasida isteʼmolchi uchun shaxsiy kabinet yaratish va undan foydalanish imkoniyatini taʼminlab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchiga uning shaxsiy kabinetida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi boʻyicha isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnoma va unga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonat (depozit) shartnomasi boʻyicha isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnoma va unga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda omonat qoldigʻi, omonat boʻyicha kirim-chiqim operatsiyalariga doir maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlab berishi shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Banklar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek mobil ilovalarida (agar mavjud boʻlsa) jismoniy shaxslarga moʻljallangan kreditlarning toʻliq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Bank faoliyatga oid reklama tusidagi axborotlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Reklama tusidagi axborot isteʼmolchining ishonchini suiisteʼmol qilmaydigan tarzda va (yoki) isteʼmolchining tajribasi va bilimi yetishmasligidan foydalanishni koʻzlamagan holda taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Reklama tusidagi axborot bevosita yoki bilvosita, ikki xil maʼnoda qoʻllash yoki oshirib koʻrsatish vositasida isteʼmolchini chalgʻitishi, xususan bank xizmatining shartlari yuzasidan isteʼmolchining tanloviga taʼsir oʻtkazmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reklama beruvchi bank Internet tarmogʻida kontekstli reklamani joylashtirishda boshqa kredit tashkilotining firma nomi va (yoki) tovar belgisidan kalit soʻzlar sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Reklama beruvchi bank isteʼmolchiga notoʻgʻri axborot taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz rasmiy veb-saytini boshqa kredit tashkilotining ilgari eʼlon qilingan rasmiy veb-saytiga oʻxshatib niqoblamasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bankning axborot stendlarida va rasmiy veb-saytida quyidagi axborotlar joylashtirilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning toʻliq va qisqartirilgan nomi, manzili, filiallari manzillari, ish vaqti, bogʻlanish uchun aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning matni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga bank xizmatlarini koʻrsatish tartibi, shartlari va qiymati, shu jumladan bank xizmati boʻyicha namunaviy shartnomalar matni (faqat rasmiy veb-saytda);
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalari boʻyicha tariflar, foiz stavkalari va vositachilik haqlari toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutalarini sotish va sotib olish kurslari, chet el valyutalarini almashtirish kurslari, shuningdek valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdorlari (agarda mavjud boʻlsa);
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi, shu jumladan murojaat qilish usullari va ular yoʻllanadigan manzillar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining huquqlarini himoya qilish usullari, shu jumladan nizoni sudgacha hal etish imkoniyati va usullari haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bank isteʼmolchini taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi haqida xabardor qilishi, shuningdek isteʼmolchining talabiga koʻra mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan axborotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi axborotni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Bank omonatchilar uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan cheklovlar oʻrnatishga haqli emas.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Bank omonati (depoziti) shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bunda shartnoma masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganda, uni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ofertani akseptlash orqali ham rasmiylashtirish mumkin.
(242-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Bank va omonatchilar oʻrtasida bank omonati (depoziti) shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvaragʻiga tegishli mablagʻ naqd pulsiz shaklda kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Bank omonatchiga uning pul mablagʻlari omonatga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni yozma shaklda yoki masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali elektron tarzda tasdiqlab berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Bankdagi omonatlar (depozitlar) Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq kafolatlangan boʻlsa, omonat (depozit) shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida bu haqida kafolatlanadigan mablagʻlarning summasini koʻrsatgan holda maʼlumotlar aks ettirilishi shart.
(245-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bank omonati shartnomasi shartlariga omonatchining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan oʻzgartirishlarni bank tomonidan bir tomonlama kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bank omonati (depozit) shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga ogʻzaki tarzda quyidagi axborotni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonat (depozit) turi (talab qilib olguncha, muddatli, jamgʻarma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonat (depozit) muddati (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatning (depozitning) eng kam summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofot stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha bitim tuzmagan holda omonat (depozit) muddatini uzaytirish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatni (depozitni) toʻldirish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatni (depozitni) toʻliq yoki qisman muddatidan oldin qaytarib olish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonat (depozit) boʻyicha asosiy summa va foizli daromadlarni toʻlab berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatga (depozitga) qoʻshimcha mablagʻ kiritish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatga (depozitga) naqd pullarni kirim qilish qanday hujjat bilan rasmiylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatga (depozitga) qoʻyish maqsadida bank kassasiga naqd pullarni topshirish yoki bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazishdan avval bank bilan depozit shartnomasini rasmiylashtirish shartligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq kafolatlanadigan pul mablagʻlari hamda kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya summasi;
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank omonati (depoziti) shartnomasi boʻyicha nazarda tutilgan bank va isteʼmolchining huquq va majburiyatlari, ularning javobgarligi toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank omonati (depozit) shartnomasi masofaviy xizmat koʻrsatish tizimi orqali tuzilganda, bank mazkur tizim orqali isteʼmolchiga shartnoma tuzilishidan oldin mazkur bandda koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga quyidagi axborotni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning eng koʻp miqdori va valyutasi, shu jumladan chet el valyutasi bilan bogʻliq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi boʻyicha kurslar oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yoʻqotish bilan bogʻliq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditdan foydalanish muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkasining yillik nominal qiymati, oʻzgaruvchan foiz stavkalari qoʻllanilganda esa ularni aniqlash tartibi, shuningdek isteʼmolchi-jismoniy shaxslar murojaat qilgan sanadagi kreditning toʻliq qiymati. Bunda jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlarning toʻliq qiymatini hisoblash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi;
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash boshlanadigan sana yoki uni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarning batafsil roʻyxati va miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda isteʼmolchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit berish, shu jumladan masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimlari orqali kredit berish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining kreditni qaytarish, kredit boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash chogʻidagi toʻlovlarining davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida isteʼmolchining huquqlari, shuningdek bank xizmatlarini koʻrsatish shartnomasida koʻzda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, kreditni taqdim etish va undan foydalanish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit berish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash turlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit taʼminotiga qabul qilinadigan garov turlari (agar garov talab qilinsa) va ularga qoʻyiladigan talablar;
(27-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni muddatidan oldin soʻndirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartlarini oʻzgartirish tartibi, shu jumladan qarzdorlikni qaytarish muddatlarini qayta koʻrib chiqish va undiruvni garov mulkiga qaratish tartib-taomili.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Bank oldidagi majburiyatlar taʼminoti sifatida mulkini garovga qoʻyayotgan yoki kafil boʻlayotgan uchinchi shaxslarga kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar, xususan qarz oluvchi tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, kredit boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash uchun qonunchilikka va shartnomaga muvofiq uchinchi shaxsning garovdagi mol-mulkiga yoxud kafilning mol-mulkiga undiruv solidar yoki subsidiar javobgarligi tartibida qaratilishi mumkinligini tushuntirishi lozim.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bank isteʼmolchini quyidagi omillarni hisobga olgan holda oʻz moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga mos kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatini koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarishi uchun taxminan qaysi muddatlarda va qancha miqdorda pul mablagʻlari kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaxslar uchun — ish haqi toʻlanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin boʻlgan yengib boʻlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar va boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaxslar uchun — ishini yoʻqotish, oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra ish haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi, sogʻligʻining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar kredit ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng, biroq kredit shartnomasi rasmiylashtirilishidan (oferta tasdiqlanishidan) oldin, isteʼmolchi-jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari bilan bogʻliq ehtimoliy tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 1a-ilovasida keltirilgan shakldagi cheklistni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur cheklist:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank binosiga tashrif buyurganda, kredit rasmiylashtirish usulidan kelib chiqib — qogʻoz yoki elektron shaklda isteʼmolchi-jismoniy shaxsga taqdim etiladi. Bunda isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi har bir bandni oʻqib tanishganligini maxsus belgi bilan belgilaydi hamda cheklistni qoʻlda imzo qoʻyish orqali tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali kredit rasmiylashtirilayotganda — isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi har bir bandni oʻqib tanishganligini maxsus elektron belgi bilan belgilaydi hamda cheklistni tasdiqlash tugmasini bosadi. Bunda barcha belgilarni qoʻyish va tasdiqlash tugmasini bosish fakti bankning avtomatlashtirilgan tizimida sana, vaqt, IP-manzil va isteʼmolchi-jismoniy shaxsning identifikatorlaridan biri koʻrsatilgan holda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklist kredit shartnomasi hujjatlari bilan birgalikda bankda yoki bankning axborot tizimlarida saqlanadi. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs cheklistdagi barcha bandlar bilan tanishganligini belgilamaguncha hamda cheklistni tasdiqlamaguncha kredit shartnomasini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Banklar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan hamda fors-major holatlari tufayli oʻz vaqtida kredit toʻlovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan isteʼmolchilarning amaldagi kreditlari boʻyicha kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkoniyatlari borasidagi arizalarini koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi va ushbu tartibni bankning rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib kamida quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning (restrukturizatsiya) turlari (masalan, kredit toʻlovlari muddatini uzaytirish, kredit foiz stavkasini qayta koʻrib chiqish, kredit toʻlovlarini kechiktirganlik uchun jarima va penyalar miqdorini kamaytirish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga (restrukturizatsiyaga) asos boʻladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar hamda fors-major holatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining arizalarini qabul qilish, roʻyxatga olish tartibi hamda arizaga ilova qilinadigan zarur hujjatlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining arizalarini koʻrib chiqish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan arizalarni koʻrib chiqish va baholash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza boʻyicha bank tomonidan qabul qilingan qaror haqida isteʼmolchiga xabar berish tartibi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi hamda uning ilovalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani qanotlantirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilinganda, bu toʻgʻrisida asoslantirilgan holda arizachiga xabar berish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu tartibda homiladorlik va tugʻish taʼtilini olgan ayollarning amaldagi kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatini oʻn oygacha uzaytirish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha qoidalar majburiy tarzda aks ettirilishi lozim.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bank isteʼmolchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bogʻliq tavakkalchiliklar toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmolchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qoʻllaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida isteʼmolchining xarajatlari summasi oshishi ehtimoli toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bank soʻroviga javoban isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar — tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi haqida isteʼmolchi ogohlantirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs kredit, shu jumladan kredit kartasini olish yoki omonat hisobvaragʻi ochish uchun bankka murojaat qilganida (bank binosiga isteʼmolchi tashrif buyurganda) bank mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq kreditning, 3-ilovasiga muvofiq muddatli omonatning hamda 3a-ilovasiga muvofiq kredit kartaning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini (bundan buyon matnda Axborot varaqasi deb yuritiladi) isteʼmolchi — jismoniy shaxs bilan birgalikda toʻldiradi va isteʼmolchi — jismoniy shaxsga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mobil ilova orqali kredit, shu jumladan kredit kartasini olishda hamda muddatli omonat ochishda, bank tomonidan isteʼmolchiga axborot varaqasi bilan tanishib chiqish va uni yuklab olish imkoniyati yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank oʻzining rasmiy veb-saytida isteʼmolchilarga taqdim etilayotgan omonat, kredit, shu jumladan kredit karta mahsulotlari boʻyicha Axborot varaqasining interaktiv shaklini mustaqil ravishda toʻldirish va undan nusxa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot varaqasi isteʼmolchi — jismoniy shaxsga bepul tarzda taqdim etiladi hamda kredit, shu jumladan kredit kartasini olish yoki omonat hisobvaragʻi ochish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bankning isteʼmolchi bilan munosabatlarni tashkil etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bank tomonidan isteʼmolchi bilan munosabatlarni amalga oshirishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Isteʼmolchida bank xizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha taraflarning oʻzaro munosabatlari yuzasidan savollar yuzaga kelganda, bank isteʼmolchiga ushbu savollarning mohiyati boʻyicha asosli javob va boshqa tegishli tushuntirishlar berishi shart. Bunda, bank isteʼmolchilarga qarz toʻlashdan boʻyin tovlash va (yoki) uni toʻlamaganlik uchun javobgarlikdan qochishning usul va yoʻllarini qoʻllash, shuningdek boshqa shunga oʻxshash masalalar yuzasidan (shu jumladan boshqa moliya tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan bank xizmatlari boʻyicha ham) maslahat berish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Isteʼmolchi ogʻzaki maslahat soʻrab murojaat qilganda kutish muddati oʻttiz daqiqadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bank faoliyatida insofsiz xizmat koʻrsatish amaliyotlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi boshqa kredit tashkiloti bilan bank xizmatini koʻrsatish shartnomasini tuzishiga toʻsqinlik qilish maqsadida bank tomonidan kredit byurosiga yoki boshqa tashkilotlarga notoʻgʻri axborot berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga subordinar qarzni omonat (depozit) yoki omonatga (depozitga) tenglashtirilgan qarz sifatida taklif etish;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi uchun maqbul shartlarda rasmiylashtirilgan boshlangʻich qarzni qaytarish maqsadida uni boshqa kredit shartnomasini tuzishga ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga kredit olish boʻyicha arizasida (soʻrovida) koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha summada kredit taklif etish hamda uni olishga undash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit qarzdorliklarini davlat tomonidan fuqarolarga ajratiladigan ijtimoiy nafaqa va yordam mablagʻlari, shu jumladan ijtimoiy karta hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida yoki unga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvalida toʻlovlar boʻyicha belgilangan kalendar sanaga qadar kredit toʻlovlarini undirishga talab qoʻyish, bundan isteʼmolchi tomonidan bankning avtotoʻlov xizmatidan foydalanish davrida kredit toʻlovlarining yechib olinishi hamda qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar mustasno;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning qarzi miqdorini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirganligi uchun bank xodimlarini mukofotlash va ragʻbatlantirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Isteʼmolchilarga kreditlar boʻyicha xizmat koʻrsatayotganda banklar kreditlash javobgarligining halollik, shaffoflik, ishonchlilik, sherikchilik munosabatlari, iqtisodiy manfaatlar va imkoniyatlarni hisobga olish tamoyillariga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha nominal va real foiz stavkalarni kredit berish sanasidagi eʼlon qilingan foiz stavkalari koʻrsatkichlaridan oshirmasligi (foiz toʻlovlari nominal stavka boʻyicha kredit asosiy summasining kamayib boradigan qoldigʻiga hisoblab yoziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi tuzilgunga qadar mazkur Nizomning 27 — 29-bandlariga muvofiq axborot isteʼmolchiga maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qarz oluvchining toʻlovga qobiliyatliligi puxta oʻrganishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq isteʼmolchidan undirilishi taqiqlangan qoʻshimcha yigʻimlar, vositachilik haqlari va boshqa toʻlovlarni kredit shartnomasi shartlariga kiritmasligi;
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit yoki lizing shartnomasida shartnoma tuzilgandan keyin va mijoz tomonidan pul mablagʻlari olingunga yoxud lizing boʻyicha mol-mulk uchun toʻlov amalga oshirilgunga qadar boʻlgan davrda isteʼmolchining kredit yoki lizing olishdan bepul asosda voz kechish huquqini nazarda tutishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida jarima sanksiyalarini undirmagan holda istalgan vaqtda isteʼmolchining kreditni (lizingni) muddatidan oldin soʻndirish huquqini nazarda tutishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit qarzdorligi boʻyicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi va neustoykalarning (penya, jarimalar) eng koʻp umumiy summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligini nazorat qilishi;
(35-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov predmeti sifatida qoʻyilgan birdan-bir turar joy faqat sud tartibida undirilishi mumkinligini va u ommaviy savdolar orqali realizatsiya qilinishini (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) isteʼmolchiga maʼlum qilishi;
(35-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi oʻzgartirishlarni bir tomonlama kiritilishi yoʻl qoʻyimasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Tijorat banklariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash;
(351-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish, kreditlar ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlarni muddatidan ilgari qoplash uchun neustoyka (jarima, penya) undirish;
(351-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasiga qarzdorning kredit ajratilgan bankda yoki boshqa bankda ochilgan hisobvaraqlarida har qanday davr mobaynida maʼlum miqdordagi kamaymaydigan pul mablagʻi qoldigʻi yoki aylanmasi mavjud boʻlishi, shu jumladan kreditni qaytarish jadvalida belgilangan navbatdagi toʻlovni qoplash uchun yetarli mablagʻ saqlashi yuzasidan shart kiritish;
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
(351-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlar boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi.
(351-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Bankning dasturiy taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar isteʼmolchilarning majburiyatlarini ortishiga va ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetishiga olib kelmasligi lozim.
(352-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Banklar tomonidan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish jarayonida, shuningdek bankning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali xizmatlar koʻrsatilayotgan paytda quyidagi holatlarning joriy etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining xohish-irodasini ifodalovchi har qanday belgilarni (masalan, belgi qoʻyish maydonchalari, siljitma tugmalar va shunga oʻxshashlarni) oldindan oʻrnatib qoʻyish yoki tanlab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit parametrlari koʻrsatilgan maydonchalarni, shu jumladan kredit summasi, muddati hamda tegishli arizadagi isteʼmolchining daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oldindan toʻldirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar bank isteʼmolchiga tegishli tanlovni taklif qilsa, unga kreditni rasmiylashtirish jarayonida mustaqil ravishda belgini qoʻyish, kredit parametrlarini mustaqil belgilash va boshqa maydonchalarni toʻldirish imkoniyati berilishi kerak (masalan, kredit byurosidan kredit hisobotini soʻrash, reklama tusidagi axborotni yuborish, masofaviy moliyaviy xizmatni ulash, bank xizmatlarining umumiy shartlari bilan tanishganligini tasdiqlash, bank tariflarini qabul qilish va shunga oʻxshash belgilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali xizmatlar koʻrsatilayotgan hollarda, agar isteʼmolchi taklif etilayotgan shartnomaning (ofertaning) barcha sahifalarini (qismlarini) toʻliq koʻzdan kechirmagan boʻlsa, xizmat koʻrsatish shartlariga rozilikni bildiruvchi tugmani bosish imkoniyati berilmasligi shart.
(353 va 354-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kredit boʻyicha toʻlovlarni kredit shartnomasi valyutasidan boshqa valyutaga bogʻlangan holda indeksatsiya qilishni nazarda tutuvchi kredit mahsulotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs bank xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish shaklini oʻzi mustaqil tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. Bank tomonidan toʻlov shakliga qarab (naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar) bank xizmatlari uchun har xil narxlar (tariflar) belgilash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Isteʼmolchilarga nisbatan bank tomonidan bank xizmatlari uchun toʻlovlarni faqat oʻz filiallarining kassalari (mini-banklari) orqali va (yoki) naqd pul shaklida toʻlash, shuningdek omonatlarga mablagʻlar faqat naqd pul shaklida qabul qilish lozimligi boʻyicha talab belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs yashash joyidan qatʼi nazar, oʻzi tanlagan bankka kredit olish uchun murojaat etishga haqli.
(361 — 364-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Bank qarz oluvchining va (yoki) garovga qoʻyuvchining sugʻurta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.
(365-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 26-oktabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-3, 22.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 10/19/3030-3/4059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. Bank kredit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida kredit mablagʻlarini berish muddati, shartlari va ulardan foydalanish tartibi aniq koʻrsatilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasida kredit mablagʻlarini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun bank qarz oluvchi oldida kreditor sifatida oʻz javobgarligini aks ettirishi;
(366-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 24-avgustdagi 20/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-7, 23.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 10/21/3030-7/0907-son — 2021-yil 24-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi — jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kredit shartnomasida kreditning toʻliq qiymati miqdorini koʻrsatishi shart. Bunda kreditning toʻliq qiymati miqdori shartnomaning birinchi varagʻining oʻng yuqori burchagida, kvadrat shakldagi ramka ichiga, oq fonda qora rang bilan, “Times New Roman” 14 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda, raqam va soʻzlar bilan yoziladi.
(366-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 24-avgustdagi 20/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-7, 23.09.2021-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 10/21/3030-7/0907-son — 2021-yil 24-dekabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. Kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, bank va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shuningdek, qoida tariqasida kredit shartnomasi matnida ilova koʻrinishidagi kreditni qaytarish jadvaliga havola boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni qarz oluvchiga hakiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldigʻiga nisbatan kredit shartnomasida belgilangan nominal stavka boʻyicha hisoblashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvaragʻiga yoki qarz oluvchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilgan yoxud qarz oluvchiga naqd pul koʻrinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kredit shartnomasida kreditni soʻndirish davrida imtiyozli davr koʻzda tutilgan boʻlsa, unda imtiyozli davrning boshlanish kuni kredit berilgan sanadan hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha mablagʻlar berishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma xabarnoma yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3610. Jismoniy shaxs — qarz oluvchi tomonidan isteʼmol krediti va ipoteka krediti boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlanganidan soʻng, bank mazkur qarzdorlik boʻyicha amalga oshirilgan oxirgi toʻlov sanasining keyingi uch ish kunidan kechiktirmagan holda qarz oluvchining shaxsiy kabinetida kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq soʻndirilganligi va ushbu kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3611. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi turi (oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditning asosiy summasi va foizlarini toʻlash usuli (differensial yoki annuitet) tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilishi kerak.
(366 — 3611-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-4, 21.02.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/3030-4/0204)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3612. Banklar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchilarga kredit taqdim etish toʻgʻrisidagi arizasi ijroga qabul qilinganligi toʻgʻrisida SMS xabarnoma yuborishi;
(3612-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit ajratish qoidalarida belgilangan muddatda isteʼmolchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishi hamda kredit ajratish toʻgʻrisida yoki kredit ajratishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit ajratish toʻgʻrisida yoki kredit ajratishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay isteʼmolchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar xabarnoma isteʼmolchiga elektron pochta, SMS-xabar yoki masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali yuborilgan boʻlsa, unda bank isteʼmolchi uchun uning soʻroviga muvofiq xabarnomani yozma qogʻoz shaklda ham taqdim etish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
(3612-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bank kredit boʻyicha qarzdorlikni undirishni kredit shartnomasida va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiradi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish maqsadida bank qarzdorlikni soʻndirish zarurligi va kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida tegishli tarzda qarzdorni xabardor qiladi. Qarzdorlik toʻgʻrisidagi xabarnoma asosiy qarz summasi, hisoblangan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka, boshqa toʻlovlar (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatilgan holda qarzdorlik miqdori toʻgʻrisida qarzdor uchun qisqacha axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Xabarnomani qoʻlga topshirish hamda u haqida telefon vositalari orqali ogʻzaki eslatmalar qilish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 8:00 gacha yoʻl qoʻyilmaydi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Qarz oluvchi kredit boʻyicha garovda turgan oʻzining depozitidagi (omonatidagi) mablagʻlarini kredit shartnomasi davrining xohlagan vaqtida depozit (omonatning) amal qilish muddatidan qati nazar, mazkur kreditni qaytarish uchun yoʻnaltirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qarz oluvchi kredit boʻyicha garovda turgan oʻzining muddatli depozitidagi (omonatidagi) mablagʻlarini shartnomada koʻrsatilgan depozit (omonat) muddati tugagunga qadar kreditni qaytarish uchun yoʻnaltirmoqchi boʻlsa, u bu haqda bankni depozitni (omonatni) qaytarishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Qarzdordan kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushsa, u holda bank kelib tushgan mablagʻning ortiqcha qismini qarz oluvchining kreditining asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltiradi hamda kredit summasini qayta hisoblaydi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
(372-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng kredit boʻyicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki shartnomada koʻzda tutilgan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oʻzgarishi, kredit shartnomasining shartlari tomonlar oʻrtasida qayta koʻrib chiqilishi (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinishi), qarz oluvchi tomonidan kredit qisman muddatidan oldin soʻndirilishi munosabati bilan kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit toʻlovlarining miqdorlari oʻzgarganda bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud boʻlgan kreditni qaytarish jadvali oʻz kuchini yoʻqotadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.
(372-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-4, 21.02.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/3030-4/0204)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Qarz oluvchi-yuridik shaxsning xorijiy valyutada kredit olishga boʻlgan tanlovi va bunday tanlovga koʻra xorijiy valyuta kursining oʻzgarishi natijasida xorijiy valyutada olingan kredit boʻyicha milliy valyutadagi qarz yukining oshishi bilan bogʻliq ravishda kelib chiqadigan oqibatlar qarz oluvchining tavakkalchiligi hisoblanishi haqidagi shart bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida aks ettirilishi lozim.
(373-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Bank kredit shartnomasiga asosan kredit boʻyicha qarzdorlik summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur kredit boʻyicha:
(374-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov sifatida boʻlgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini koʻrishi shart.
(373 va 374-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 26-oktabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-3, 22.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 10/19/3030-3/4059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Banklar ajratilgan kredit taʼminotiga qabul qilingan garov mulklarini kreditning asosiy qarzi qoldigʻiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki garov narsasini almashtirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi alohida tartibga ega boʻlishi va ushbu tartib bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi yoki garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulklarni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki garov narsasini almashtirish boʻyicha arizasini roʻyxatga olish hamda ushbu arizani koʻrib chiqish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mol-mulklarni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki garov narsasini almashtirish masalasini koʻrib chiqish va tegishli qarorni qabul qilish boʻyicha bankning vakolatli organi toʻgʻrisida hamda mazkur vakolatli organning qarori haqida arizachiga xabar berish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mol-mulklarni bosqichma-bosqich garovdan chiqarish yoki garov narsasini almashtirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilinganda, bu toʻgʻrisida asoslantirilgan holda arizachiga xabar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kredit boʻyicha tuziladigan garov shartnomasida bankning garov taʼminotiga qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda qarz oluvchining kreditning qoplanmagan qismidan ortiq summada garov taʼminoti summasini kamaytirish huquqini, shuningdek garov taʼminotini kamaytirish tartibi va usullarini aks ettirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit qarzdorligini qoplash maqsadida bank garovga qoʻyilgan mol-mulkni suddan tashqari tartibda qonunchilikda taqiqlanmagan usullar orqali garovga qoʻyuvchi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda kelishgan holda realizatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni kredit qarzdorligi va boshqa xarajatlarga yoʻnaltirilishi yuzasidan qarz oluvchi va garovga qoʻyuvchiga yozma maʼlumot yuborilishini taʼminlashi lozim.
(375-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kredit boʻyicha talabni boshqa shaxs foydasiga voz kechish faqat qarzdorning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning roziligidan qatʼi nazar, kredit boʻyicha talabni uchinchi shaxslarga oʻtkazish boʻyicha bankning (kreditorning) huquqini kredit shartnomasiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kredit boʻyicha talabni uchinchi shaxsga oʻtkazish huquqi alohida bitim bilan rasmiylashtiriladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning kreditor sifatidagi huquqlari sugʻurta tashkilotiga oʻtganda (subrogatsiya), oʻtkazilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda bank qarzdorga (birgalikda qarz oluvchi) va kafillarga bankning kredit boʻyicha talab qilish huquqi sugʻurta tashkilotiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻzaro kelishilgan aloqa kanallari orqali yozma xabarnoma (maʼlumotnoma) yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank tomonidan yuboriladigan xabarnoma (maʼlumotnoma) eng kamida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha talab oʻtkazilgan sugʻurta tashkilotining toʻliq nomi, yuridik (pochta) manzili, aloqa maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha talabni oʻtkazish asoslari (shartnoma (kelishuv) raqami, sanasi va qonunchilik asosi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab oʻtkazilgan sanadagi kredit majburiyati (qarzdorligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (asosiy qarz, foiz va boshqa toʻlovlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu xabarnoma (maʼlumotnoma) boʻyicha bogʻlanishi mumkin boʻlgan aloqa maʼlumotlari.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoidalar ipoteka kreditlari boʻyicha talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga oʻtkazish holatlariga tatbiq etilmaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-1, 15.07.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son — 2019-yil 16-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Bank tomonidan mijozning bank hisobvaragʻi va (yoki) bank omonati, shu jumladan, bank kartalari boʻyicha (bank kartalaridan foydalanayotgan paytda “PIN-kod”ni notoʻgʻri terilishi oqibatida blokirovkaga tushgan holatlar bundan mustasno) amaliyotlar toʻxtatib qoʻyilganda, bank amaliyot toʻxtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq yoki omonat egasiga uning hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan xabarnoma (maʼlumotnoma) yuborishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382. Bank tomonidan kreditlar va lizing boʻyicha qarzdorliklarni soʻndirish uchun bank hisobvaragʻi va (yoki) bank omonatidan (shu jumladan, bank kartalari boʻyicha) mablagʻlar hisobvaraq (omonat) egasining topshirigʻisiz hisobdan chiqarilganda, bank ushbu mablagʻ hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq (omonat) egasiga uning hisobvaragʻidan qancha miqdordagi mablagʻ qanday sabablarga asosan va kimning foydasiga chiqarilganligini koʻrsatgan holda xabarnoma (maʼlumotnoma) yuborishi shart.
(382-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383. Mazkur Nizomning 381 va 382-bandlarida nazarda tutilgan xabarnomalar (maʼlumotnomalar) mijozlarga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari va boshqa kommunikatsiya kanallari orqali topshirilishi mumkin. Xabarnomani (maʼlumotnomani) olish usuli isteʼmolchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va tanlangan usul bank hisobvaragʻi yoki omonati shartnomasida koʻrsatilishi lozim. Mijoz xabarnoma (maʼlumotnoma) yetkazish usulini bankka shaxsan yoki pochta orqali yozma ariza taqdim etish yoʻli bilan oʻzgartirish huquqiga ega. Bunda mijozdan qabul qilingan ariza bank tomonidan uning bank hisobvaragʻi boʻyicha yigʻmajildida yoki omonat hisobvaraqlari boʻyicha alohida kartotekada saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomani (maʼlumotnomani) mijozga yetkazish usuli oʻzgarganligi munosabati bilan bank hisobvaragʻi yoki omonati shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish talab etilmaydi.
(381 — 383-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 26-oktabrdagi 26/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-3, 22.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 10/19/3030-3/4059-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384. Bank oʻz filiali yoki uning tarkibiy tuzilmasida terminal orqali toʻlovlarni amalga oshirish yoki bank kartasidagi pul mablagʻini naqdlashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatganda bank kartasini taqdim etuvchiga (bank karta egasi yoki kartani ishlatish vakolati berilgan shaxs) ushbu kartaning “PIN-kod”ini mustaqil terishga imkon yaratib berishi lozim.
(384-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha minimal talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan, xizmat koʻrsatish joylarida oshkor etiladigan axborotdan barcha isteʼmolchilar butun ish vaqti davomida foydalana olishlariga imkon yaratib berish kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot isteʼmolchilar uchun qulay va moneliksiz tanishish imkonini beradigan tarzda joylashtirilishini taʼminlashi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar bilan bevosita ishlovchi bank xodimlarini (bundan buyon matnda administratorlar deb yuritiladi) isteʼmolchilar koʻra oladigan, xodimning familiyasi, ismi va lavozimi qayd etilgan vizual identifikatsiya vositalariga ega boʻlishlarini taʼminlashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan joyida isteʼmolchilar va nogironligi boʻlgan hamda imkoniyati cheklangan isteʼmolchilar bilan shartnomalarni tuzish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Administratorlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan, isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi sodda shaklda taqdim eta olishi, shuningdek isteʼmolchining bunday axborot qayd etilgan bank hujjatlari bilan tanishishi uchun imkon yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank administratorlarga ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan axborotni olish, oʻrganish va yangilash imkoniyatini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Bank tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda aniq tartib va qoʻllanmalar koʻrsatilgan, shu jumladan mijozlar bilan muloqotga kirishish, ehtiyojlarini aniqlash, mahsulot/xizmatni taqdim etish, taklif shakllantirish, eʼtirozlar bilan ishlash va muloqotni yakunlash jarayonida bank xodimlarining xulq-atvori va kasbiy odob-axloq qoidalarini nazarda tutuvchi mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari joriy etilishi shart.
(401-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 26-avgustdagi 18/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-5, 07.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 07/20/3030-5/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida xabardor etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Banklar quyidagi axborotlarni isteʼmolchilarga tarqatish boʻyicha zarur choralarni koʻrishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlash obyektlari, kafolatlangan omonatlar, shuningdek kafolatlash obyekti hisoblanmaydigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiyalarni toʻlash tartibi, shu jumladan ularni toʻlashning usullari va muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Mazkur Nizomning 402-bandida nazarda tutilgan axborotlar bank tomonidan quyidagi shakllarda tarqatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning axborot stendlari va rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
administratorlar orqali, shu jumladan bank omonati (depoziti) shartnomasi va (yoki) bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonida hamda isteʼmolchining soʻroviga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Bankning rasmiy veb-saytida omonatlar toʻgʻrisidagi axborot joylashtirilgan sahifada “Omonatlaringiz kafolatlangan” degan mazmunda koʻzga tashlanadigan tegishli havola (giperhavola) joylashtirishi va ushbu tegishli havola (giperhavola) Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytidagi tegishli sahifaga yoʻnaltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. Bank omonati (depoziti) shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonida administratorlar omonatchini mazkur Nizomning 3b-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi maʼlumot bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 3b-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotning bir nusxasi bank tomonidan omonatchiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa omonatchining mazkur axborot bilan tanishganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir mijoz uchun shakllantiriladigan yigʻma jildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omonatchi masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali omonat (depozit) qoʻygan yoki bank hisobvaragʻini ochgan taqdirda, bank mazkur Nizomning 3b-ilovasida nazarda tutilgan axborotni omonatchiga taqdim etishi, shuningdek shartnoma tuzilishidan oldin mazkur axborot bilan tanishganligini tasdiqlash imkoniyatini yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Administratorlar isteʼmolchiga omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi axborotni oddiy va tushunarli shaklda taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar administrator omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi savollarga javob berishda qiynalsa, bunday holda u isteʼmolchiga batafsilroq maʼlumot olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishni tavsiya etishi lozim.
(3-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qarzdorlik yuzaga kelganda banklarning isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kredit shartnomasi boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, bank isteʼmolchi zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni davomida isteʼmolchi bilan shartnomada kelishilgan har qanday aloqa bogʻlash usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullardan foydalanib, isteʼmolchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida xabar berishi shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bank qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda isteʼmol krediti shartnomasi boʻyicha isteʼmolchini muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, summalari, tarkibi va oqibatlari haqida xabardor qilishi, isteʼmolchidan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi sabablari haqida soʻrashi shart.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Isteʼmolchi kredit shartnomasi boʻyicha qarzning asosiy summasini qaytarish va (yoki) foizlarni toʻlash muddatlarini buzganda, bank tegishli kredit shartnomasida nazarda tutilgan usulda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʻz talabnomasini isteʼmolchiga yuboradi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-8, 26.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son — 2023-yil 28-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bank yoʻllaydigan talabnomada quyidagi axborot koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank nomi va uni identifikatsiyalash uchun yetarli maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma rasmiylashtirilgan sanadagi isteʼmolchining joriy qarzi miqdori va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzni toʻlash usul(lar)i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi oʻz majburiyatlarini bajarishi lozim boʻlgan muddat (oʻn kundan kam boʻlmasligi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada koʻrsatilgan muddatgacha isteʼmolchi oʻz majburiyatlarini bajarmasligi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoni sudgacha hal qilish usullari.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bank va isteʼmolchi taraflarning oʻzaro roziligiga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan nizoni sudgacha hal qilish usullarini, shu jumladan muzokaralar oʻtkazish orqali, qoʻllashga haqli.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Isteʼmolchi nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan talabnomada belgilangan muddatda koʻrsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, bank sudga daʼvo bilan murojaat etishga haqli.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Murojaatlar bilan ishlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bank mazkur Nizomga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi hamda ushbu tartibda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda murojaatlar bilan ishlashni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni qabul qilish va roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va ularga javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrmay qoldirish va koʻrib chiqishni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarni va ularning vakillarini qabul qilishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibining toʻliq matni bankning rasmiy veb-saytida barcha uchun ochiq shaklda, shuningdek, bankning murojaatlarni qabul qilish manzillari (pochta va elektron manzillari, telefon raqamlari, ijtimoiy kanallardagi manzillar, mobil ilova va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bank (filial)ning stendlarida isteʼmolchiga koʻrinarli joyda oʻqish imkoniyati boʻlgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchining talabiga muvofiq bank xodimi isteʼmolchiga murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank murojaatlar bilan ishlashda va ularni koʻrib chiqishda murojaatlarda nazarda tutilgan qoidabuzarliklarni, salbiy holatlarni, tizimli kamchiliklarni, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 15-iyuldagi 19/16-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-12, 01.08.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2026-y., 10/26/3030-12/0810-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 4-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Bank isteʼmolchining murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas va murojaatni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bank isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaat etuvchilarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank ogʻzaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarni qabul qilish uchun sharoitlar yaratishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish ofislarida (yoki markazlarida), filiallarida va oʻzining rasmiy veb-sayti orqali murojaatlarni qabul qilishni yoʻlga qoʻyadi. Bank rasmiy veb-saytining bosh sahifasida yoki saytning oʻzgarmas yuqori qismida (ushbu sahifada) yaqqol koʻrinarli tarzda joylashtirilgan havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish mumkin boʻlgan boshqa sahifasida murojaatlarni qabul qilishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank mobil ilovasida isteʼmolchilar tomonidan murojaat qoldirilishi uchun imkoniyat yaratadi va/yoki murojaat yuborilishi uchun aloqa kanallarini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchilar bilan telefon aloqasi orqali bogʻlanishini taʼminlovchi Call-markazlarni tashkil etib, u orqali isteʼmolchilarga bank faoliyati bilan bogʻliq maslahatlar va tushuntirishlar beradi hamda ogʻzaki shakldagi murojaatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Telefon orqali murojaat etilsa yoki murojaatni koʻrib chiqish jarayonida telefon orqali murojaat qiluvchi bilan suhbatlashilsa, ushbu murojaatni keyinchalik koʻrib chiqishda foydalanish maqsadida isteʼmolchini oldindan xabardor qilgan holda suhbat maxsus (audio, video) texnika vositalari yordamida yozib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Call-markaz telefonlarining raqamlari bank rasmiy veb-saytining bosh sahifasida, shuningdek, bank va uning filiallaridagi axborot stendlarida hamda bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari va kassalarning isteʼmolchiga koʻrinarli joyda oʻqishga imkoniyati boʻlgan holda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Call-markaz orqali tushayotgan murojaatlar kamida ish vaqti davomida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan taʼminlashi va ushbu xabarnoma olinganidan keyin bank kartasini darhol blokirovka qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Isteʼmolchining ogʻzaki murojaatida bayon etilgan masala qoʻshimcha oʻrganishni yoki qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishni talab etmasa, ushbu murojaatga javob shaxsiy qabul davomida telefon orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ogʻzaki berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda chat yoki bot orqali berilgan matnli murojaatda keltirilgan masala qoʻshimcha oʻrganishni yoki qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishni talab etmasa, ushbu murojaatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda javob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar isteʼmolchining mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshlarida keltirilgan murojaatida bayon etilgan masalasi qoʻshimcha oʻrganishni talab etsa, isteʼmolchiga murojaatida keltirilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda yozma yoki elektron shaklda taqdim etish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Barcha yozma va elektron murojaatlar oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa keyingi ish kuni mazkur Nizomning 5815-bandida keltirilgan bankning elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda murojaat, uni koʻrib chiqish natijalariga oid hujjatlar va unga berilgan javob xati murojaat kelib tushgan kundan eʼtiboran kamida uch yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bank isteʼmolchiga uning roʻyxatga olingan murojaati raqami va sanasi haqidagi maʼlumotni uch ish kuni ichida yozma yoki elektron yoxud SMS-xabarnoma orqali maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Murojaatlar bank rahbariyati (tegishli tartibda vakolat berilgan mansabdor shaxs) koʻrsatmasiga asosan belgilangan ijrochi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Bank xodimining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan kelib tushgan murojaat aynan ushbu xodimning oʻziga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Murojaatlar bankka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
581. Bank murojaatlarni quyida keltirilgan asosiy tamoyillarga amal qilgan holda koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻyilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u bankning rahbari yoki vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat etuvchi xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583. Murojaatlarni koʻrib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan boʻlsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning toʻla-toʻkis materiallari mavjud boʻlsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar murojaat qiluvchi oʻz murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan boʻlsa yoki uni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida iltimos qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yoʻqligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli, bank yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni bankning rahbari yoki uning vakolat berilgan mansabdor shaxsi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy murojaatni koʻrib chiqish ushbu bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar tugatilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinadi. Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni koʻrib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha tugatilganda murojaat murojaat qiluvchiga bankning yoki bank mansabdor shaxsining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza qonun, shuningdek, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584. Bankning mansabdor shaxslari bankning rasmiy veb-sayti va axborot stendlarida joylashtirilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga muvofiq isteʼmolchilarni shaxsan qabul qilishlari shart. Shaxsiy qabul bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi yoki isteʼmolchini xabardor qilgan holda maxsus (audio va video) texnika vositalari yordamida ovozlar yozib olinishi yoki videotasvirga tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585. Bankning mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy qabulni oʻtkazishga doir talab bilan jismoniy shaxslardan va yuridik shaxslarning vakillaridan murojaatlar kelib tushganda, bank ushbu murojaatlar kelib tushgan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmagan holda murojaat qiluvchilarga bankning mansabdor shaxslariga qabul sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda qabul belgilanganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek ushbu qabulga kelganda bogʻlanish uchun telefon raqamlari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda xabarnoma yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
586. Shaxsiy qabul masofaviy tarzda (videokonferensaloqa vositasi orqali) ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587. Isteʼmolchining murojaati yuzasidan yoʻllanadigan javob xati bank rahbariyati (filial rahbari) yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bankka bir nechta (ikki yoki undan ortiq) shaxs tomonidan murojaat etilganda, agar murojaatda javobni boshqa shaxsga yuborish talab etilmagan boʻlsa, murojaat qiluvchilarning roʻyxatida birinchi koʻrsatilgan shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588. Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga javob, uning kelib tushgan shaklidan qatʼi nazar murojaatda koʻrsatilgan pochta manzilga yoki elektron manzilga yoxud isteʼmolchi va bank oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarida kelishilgan manzilga imzolangan holda qogʻoz yoki elektron koʻrinishida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra bank murojaatga javobni uning mazmunini oʻzgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yoʻl qoʻyilgan xatolar va arifmetik xatolarni oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart. Bunda murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi iltimos u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5810. Bank murojaatlarni koʻrib chiqishda qonunlar talablariga rioya etishi, shuningdek, murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun hamda isteʼmolchilarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini va tiklanishini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5811. Bank murojaatlarni koʻrib chiqishda murojaat qiluvchiga quyidagi huquqlarni taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqishning borishi toʻgʻrisida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni tekshirish materiallari va uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat yordamidan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5812. Bankka isteʼmolchini, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini ular oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida bankka yoki davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5813. Bank murojaatlarni koʻrib chiqishda quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) murojaat qiluvchiga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular qonun bilan qoʻriqlanadigan sir boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasa, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) murojaat qiluvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan ogʻzaki murojaatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) murojaat yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki murojaatni koʻrib chiqish natijalaridan rozi boʻlmasa, quyidagilarga shikoyat berish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida bankning javob xatida tushuntirish berishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tegishli ichki appelyatsiya organiga (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suddan tashqari nizolarni muqobil hal qilish organlarga (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar koʻrishi, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni oʻz vakolatlari doirasida aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) isteʼmolchi, uning vakili, ularning oila aʼzolari ularning murojaatlari sababli taʼqib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) agar isteʼmolchiga uning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5814. Bank Markaziy bank orqali kelib tushgan murojaatni qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablari asosida koʻrib chiqishi hamda murojaatga berilgan javob xati (xabarnoma) va/yoki uni koʻrib chiqishga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlar nusxalarini murojaat qiluvchiga javob xati berilgan kuni Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Murojaatlar koʻrib chiqilishini monitoring va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5815. Bank murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ichki nazoratni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kelib tushayotgan murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida roʻyxatga olish, qabul qilish, toʻplash, tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek, ularning toʻliq, oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan minimal talablarga javob beruvchi elektron axborot tizimini joriy qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning ichki nazorat tizimi isteʼmolchilarning shikoyatlarini qayta ishlash va uni hal etishdagi kamchiliklar va xatoliklarni oʻz vaqtida aniqlashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ichki nazoratni amalga oshiruvchi ichki audit xizmati kamida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish va hal etish uchun huquqiy asoslar va tashkiliy jarayonlarning yetarliligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning shikoyatlarini keltirib chiqaruvchi tizimli kamchiliklarni aniqlash jarayonlarini va ularni bartaraf etish maqsadida koʻrilayotgan choralarni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosati samaradorligini baholash maqsadida bank xizmatlari va mahsulotlarini tavakkalchilikka asoslangan tekshirishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5816. Bank muntazam ravishda kelib tushgan murojaatlarning statistik hisobini yuritadi. Statistik hisobga olishda kelib tushgan, koʻrib chiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirish rad etilgan, koʻrmay qoldirilgan murojaatlarning soni, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq boshqa maʼlumotlar nazarda tutilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5817. Bank har chorak (yil) natijalariga koʻra murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra maʼlumotnomalar (sharhlar) tuziladi, ularda murojaatlar bilan ishlashning umumiy koʻrsatkichlari, murojaatlarning turlari, soni va kelib chiqish sabablari, murojaatlarda tez-tez koʻtarilgan masalalar, murojaatlar bank xizmat turlari (mahsulotlari) boʻyicha qaysi hududlardan kelib tushishi, ushbu bank xizmatlari isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib ularga mos ishlab chiqilganligi va isteʼmolchilar bilan adolatli munosabat qurilganligi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar, murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoidabuzarliklar, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʻrilgan chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruvi bank faoliyatining chorak (yil) natijalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi oʻz yigʻilishlarida bankda murojaatlar bilan ishlash holatini, shu jumladan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalarni (sharhlarni), murojaatlarda koʻtarilgan salbiy holatlarni, tizimli kamchiliklarni va oʻziga xos tavakkalchiliklarni muhokama qilishi hamda isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq harakatlar rejalarini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank boshqaruvi qarorlari, shuningdek, murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar (sharhlar) ichki audit xizmatiga taqdim etiladi. Ichki audit xizmati bankda murojaatlar bilan ishlash holatini tekshirish oʻtkazish boʻyicha ish rejalarini tuzishda va monitoring faoliyatini amalga oshirishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi holatlardan birining mavjudligi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmagan deb hisoblanishiga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejalarining tasdiqlanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlar rejalarida belgilangan choralar va topshiriqlarning oʻz muddatlarida bajarilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan choralar bajarilganiga qaramasdan tizimli kamchiliklarning saqlanib qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmati tomonidan harakatlar rejalarida qayd etilgan topshiriqlar ijrosi ushbu topshiriqlarni bajarish muddati yakuniga qadar baholanmaganligi, har chorak natijalari boʻyicha chorak yakunlangandan soʻng bir oy muddat davomida bank boshqaruvi va kuzatuv kengashiga harakatlar rejalarida qayd etilgan topshiriqlarning bajarilishi holati, shu jumladan qisman yoki toʻliq bajarilmagan topshiriqlar yuzasidan xulosa kiritilmasligi hamda har yil yakuni boʻyicha bir oy davomida aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tizimi samaradorligi baholanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruvi ichki audit xizmati tomonidan taqdim etilgan xulosalarda qayd etilgan holatlarni xulosa tayyorlangan sanadan boshlab bir oy davomida koʻrib chiqmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra tuzilgan choraklik maʼlumotnomalar (sharhlar) hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga va yillik maʼlumotnomalar (sharhlar) fevral oyining 15-sanasiga qadar bankning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida tasdiqlanadigan yillik hisobotda bankning murojaatlar bilan ishlash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank mazkur bandda nazarda tutilgan murojaatlar masalasiga oid Bank boshqaruvi yigʻilishi qarori (hujjat) nusxalarini u tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida, shuningdek, harakatlar rejasidagi har bir tizimli kamchilik bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kamchiliklar bartaraf etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etadi.
(5817-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 15-iyuldagi 19/16-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-12, 01.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2026-y., 10/26/3030-12/0810-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 4-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5818. Bank bosh ofisida murojaatlarni koʻrib chiqish uchun alohida boʻlinmani (bundan buyon matnda Boʻlinma deb yuritiladi) (bankning operatsion biznes boʻlinmalaridan mustaqil) tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5819. Boʻlinma xodimlari bankning murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi doirasida shikoyatlarni oʻrganish (surishtiruv oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish, alohida holatlar va tizimli muammolar boʻyicha choralar koʻrish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek, shikoyatning xususiyatiga koʻra isteʼmolchilar bilan nizolarni hal qilish boʻyicha bir qator vakolatlarga ega boʻlishi kerak (huquqiy himoya qilish vositalariga, jumladan moliyaviy kompensatsiya qilish, shartnomalarni rad etish, toʻxtatib turish yoki bekor qilish hamda bank tomonidan hisoblangan jarima yoki yigʻimlarni bekor qilish yoki ulardan voz kechishlar misol boʻladi)kechish kabi takliflarni bank boshqaruviga kiritish vakolatlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank shikoyatlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar uchun murojaat qiluvchilarning avvalgi shikoyatlari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5820. Boʻlinma bank boshqaruvi raisi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5821. Murojaatlar va ularning kelib chiqish sabablari boʻyicha hisobotlarni tayyorlash Boʻlinmaning asosiy majburiyati boʻlishi va bu hisobotlar har chorakda kamida bir marta bank Boshqaruviga taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5822. Boʻlinma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻlinmasi tomonidan taqdim etilgan nizolarni hal qilish jarayonlarining yaxlitligini zarur tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlashga masʼul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruviga hisobot berishga hamda shikoyatlarni oʻrganish (tekshirish) jarayonida aniqlangan bank faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish rejalarini ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning xizmat koʻrsatish ofislariga/filiallariga kelib tushgan murojaatlarning belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5823. Bank boshqaruvi bankda murojaatlarni koʻrib chiqish tartiblarini samarali joriy qilish uchun javobgar hisoblanadi, shuningdek, boshqaruv bankda majburiy qoidalar va koʻrsatmalarga rioya etilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5824. Bank shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun yetarli xodimlarga ega boʻlishi va ularni doimiy (yillik) ravishda tegishli tarzda oʻqitishi lozim. Bunda oʻquv dasturi xodimlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchilik va bankning ichki hujjatlarini, bank mahsulotlari va xizmatlarini, shikoyatlarni koʻrib chiqishda amal qilish lozim boʻlgan jarayonlarni, maʼlumotlarni himoya qilish masalalarini bilishi va tushunishiga, shuningdek, vositachilik, muzokaralar olib borish, shaxsiy halollik va mijozlar bilan munosabatda boʻlishida boshqa koʻnikmalarini oshirishiga qaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv tadbirlari oʻquv rejalari va davomat varaqalari, shuningdek, oʻqitish samaradorligini baholash va zaruriyatga koʻra tegishli tuzatishlar va takomillashtirishlar orqali nazorat qilinishi kerak. Oʻquv dasturlari natijalarini baholash tizimi joriy qilinishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5825. Shikoyatlarni koʻrib chiqish majburiyati yuklatilgan lavozimlarga tayinlanuvchi shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlinmasida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va moliya sohasidagi qonunchilik hujjatlarini bilishi shart.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 9-sentabrdagi 28/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-9, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/3030-9/0821-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 17-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy qoidalar
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bank oʻz xodimining xizmat vazifasini bajarishi davomida yoʻl qoʻygan nojoʻya xatti-harakatlari natijasida omonatchiga yetkazilgan zararlar boʻyicha javobgardir.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-dekabrdagi 26/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-6, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son — 2021-yil 15-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning toʻliq qiymatini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib jismoniy shaxslar — isteʼmolchilarga (bundan buyon matnda “qarz oluvchilar” deb yuritiladi) ajratilgan kreditlarning toʻliq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning toʻliq qiymati (bundan buyon matnda “KTQ” deb yuritiladi) — kredit olish bilan bogʻliq toʻlovlarning haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi — bank tomonidan qarz oluvchiga pul mablagʻlarini toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarishlilik shartlari asosida berish haqidagi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi kelishuv.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit ajratilishi bunday toʻlovlarning amalga oshirilishiga bogʻliq boʻlsa;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit shartnomasi shartlariga muvofiq isteʼmolchining majburiyatlariga kirsa, shuningdek, quyidagi toʻlovlar:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlanadigan toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kreditlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi kredit shartnomasi muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarz oluvchining uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 2-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bajarish majburiyati kredit shartnomasi shartlaridan emas, balki qonunchilik talablaridan kelib chiqadigan, qarz oluvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan toʻlovlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz oluvchining kredit shartnomasi shartlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi bilan bogʻliq toʻlovlar, shu jumladan neustoyka va/yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank plastik kartalaridan foydalangan holda ajratilgan kreditlar boʻyicha toʻlovlar, xususan:
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasini chiqarish bilan bogʻliq komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va/yoki toʻlov tashkilotlari mobil ilovasi, bankomatlari va infokiosklari orqali kredit toʻlovlari amalga oshirilganda undiriladigan komissiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlanadigan komissiyalar.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarz oluvchilar bilan kredit shartnomasi tuzilganda;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kredit olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit olish shartlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish vaqtida. Agar maʼlumotlar taqdim etish vaqtida mazkur Tartibning 2-bandida nazarda tutilgan ayrim toʻlovlar miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa, u holda bank tomonidan unga maʼlum boʻlgan shu turdagi toʻlovlarga amal qilishi hamda kredit olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga shu toʻlovlarning manbalarini oshkor qilishi lozim (masalan, KTQni hisoblashda tariflaridan foydalanilgan sugʻurta kompaniyasining nomi va boshqalar).
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KTQni hisoblashda qarz oluvchining kredit boʻyicha amalga oshirib boʻlgan toʻlovlari ular haqiqatda toʻlangan vaqtda, kelajakda amalga oshiradigan toʻlovlari esa kredit shartnomasi tuzilgan sanada maʼlum boʻlgan kredit ajratish shartlariga asosan toʻlovlarni toʻlash jadvali boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov predmetini sugʻurtalanishi kredit shartnomasi tuzilgan sanadan keyin amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda bank qarz oluvchidan sugʻurta kompaniyasiga amalga oshirilishi moʻljallanayotgan toʻlov summasini aniqlashi va shu summadan kelib chiqqan holda KTQni hisoblab chiqishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kreditning toʻliq qiymatini hisoblashda quyidagi shartlar hisobga olinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar kredit shartnomasiga muvofiq isteʼmolchi kredit mablagʻlarini qismlarga boʻlib olishi yoki kredit olish vaqtini tanlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, unda kredit summasi isteʼmolchiga kredit shartnomasini tuzish vaqtida toʻliq oʻtkazilgan deb hisoblanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kredit olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit olish shartlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish vaqtida, kreditning toʻliq qiymati tarkibidagi sugʻurta xarajatlarini hisoblashda sugʻurta tashkilotlarining joriy davrda amalda boʻlgan stavka va mukofot miqdorlaridan eng yuqorisi olinadi. Shuningdek, isteʼmolchilar kelgusida sugʻurta tashkilotlarining stavka va mukofot miqdorlari oʻzgarishi ehtimoli kreditning toʻliq qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilinishlari shart.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar kreditning foiz stavkasi bazaviy koʻrsatkichlarga (Markaziy bankning asosiy stavkasi, inflyatsiya darajasi va boshqalar) bogʻlangan boʻlsa, u holda bank KTQni hisoblashda shu kundagi bazaviy koʻrsatkichlarning miqdoridan foydalanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklar KTQni dasturiy vositalardan foydalangan holda hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTQ quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — kreditor tomonidan qarzdorga ajratiladigan kreditning summasi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R1 — mijozning kreditni soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlov summasi; (Pi kreditni soʻndirish grafigidagi pul oqimlarini anglatadi)
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
APR — kreditning toʻliq qiymati (KTQ);
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m — mijozning kreditni soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan toʻlovlari soni;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Masalan, isteʼmolchi kreditni 3 yil davomida har oyda bir marta soʻndirib borsa, m — 36 ga teng boʻladi)
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i — mijozning kreditni soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlovining tartib raqami;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Masalan, kreditni soʻndirish grafigiga asosan isteʼmolchi har oy soʻndirib borsa va joriy toʻlovi 5-chi oyga toʻgʻri kelsa, i — 5 ga teng boʻladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ti — kredit ajratilgan kundan boshlab mijoz tomonidan soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan navbatdagi toʻlovga qadar boʻlgan muddat (kunlarda).
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Agar isteʼmolchi har oy soʻndirilib boriladigan kredit boʻyicha 5-chi oy uchun toʻlov qilishi kerak boʻlsa t5 — 150 kunni tashkil etadi)
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi “5” ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda verguldan keyingi birinchi belgi bir birlikka oshiriladi. Masalan, KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach — 18,7 hosil boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Banklar isteʼmolchi — jismoniy shaxsga uning talabiga koʻra KTQ miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birga kredit shartnomasi tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, yaʼni kreditning asosiy qiymati, foizlari va boshqa toʻlovlar, shu jumladan amaldagi taʼriflar boʻyicha uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlarni, agar bunday toʻlovlar isteʼmolchi — jismoniy shaxsning majburiyati boʻyicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa, ularni alohida koʻrsatgan holda yozma maʼlumot taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Banklar ommaviy axborot vositalari orqali kredit toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilganlarida, ushbu eʼlonda bankka murojaat etilganida mijozlarga kredit olish bilan bogʻliq KTQni hisoblab berilishi haqida axborot berishlari lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi Nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit rasmiylashtirishdan oldin toʻldiriladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHEKLIST
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasini rasmiylashtirishdan (ofertani tasdiqlashdan) avval, ushbu roʻyxatni diqqat bilan oʻqib chiqing va har bir bandni tushunganingizni tasdiqlang. Bu sizni kelgusida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlanishingiz uchun xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Kredit — bu xarajat.

Kredit — bu men toʻlashim shart boʻlgan moliyaviy majburiyatdir. Kreditning asosiy summasidan tashqari, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, ehtimol, kredit bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni (sugʻurta, kredit toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlari va boshqalar) ham toʻlashimga toʻgʻri keladi.

ð

2.

Kreditni qaytarish jadvalini diqqat bilan oʻrganib chiqdim.

Kreditni qaytarish jadvalidagi barcha sanalar va toʻlov miqdorlari hamda ushbu toʻlovlarni amalga oshirish usullari bilan tanishdim. Mazkur jadvalga muvofiq har oyda qachon va qancha miqdorda toʻlovlar toʻlashim kerakligini tushundim hamda ularni oʻz vaqtida bajara olaman.

ð

3.

Daromadlarim kredit toʻlovlarini toʻlash imkonini beradi.

Mazkur kreditni olishda men oylik daromadim va doimiy xarajatlarimni (boshqa kreditlarim, ijara, kommunal xizmatlar, transport va boshqa xarajatlarni), shuningdek kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarimni bajara olmasligimga olib kelishi mumkin boʻlgan yengib boʻlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar (holatlar)ni yuz berishi ehtimolini (ishimni yoʻqotish, ish haqi va boshqa daromadlarni kechikishi, sogʻligimning yomonlashishi) inobatga oldim.

ð

4.

Kredit toʻlovlarini kechiktirish oqibatlaridan xabardorman.

Kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirmasam, bank tomonidan ushbu qarzdorlik boʻyicha tegishli jarima va penyalar belgilanishini, shuningdek, agar kredit qarzdorligi sud orqali undirilsa, mazkur sud xarajatlarini ham toʻlashim mumkinligini tushundim. Bundan tashqari, kredit tariximda majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagani toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilishi, bu esa kelgusida moliyaviy tashkilotlardan kredit olish imkoniyatimni pasayishiga va/yoki noqulay shartlarda kredit olishimga sabab boʻlishi mumkinligini bilaman.

ð

 

Imzo (qogʻoz shaklda): Tasdiqlayman ____________________.

_______________________________________ (imzo)

Elektron shaklda (onlayn): “Tasdiqlayman” tugmasi bosiladi.

Sana: ___ ____ ______.

________ (kun /oy /yil)

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VARAQASI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat bankining nomi,
‎ rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari

1-boʻlim. Kredit boʻyicha maʼlumotlar

1. Kreditning turi
2. Kreditning maqsadi
3. Kreditning miqdori
4. Kreditdan foydalanish muddati
5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda) va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa _________________
‎(foiz koʻrinishida)

___________
‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa
‎____________________ _______________________ ________________________
‎ (kreditning miqdori) + (hisoblanadigan foizlar) = (jami toʻlanadigan summa)
7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa)
8. Toʻlovlarning davriyligi (har oyda, har chorakda va h.k.)

9. Kreditni soʻndirish usuli
‎‎(annuitet usulida (teng miqdorlarda), differensial usulida)

10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi:
‎‎annuitet usulida
‎differensial usulida
‎______________________________ ‎______________________________ ‎(oraliq toʻlovlaridan eng koʻp miqdordagi toʻlov)
11. Kreditni ajratish shakli
‎(mahsulot/xizmat taʼminotchisi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish, naqd pul, bank kartasiga oʻtkazish, va h.k.)
12. Kredit bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa): __________________________‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)
Turlari boʻyicha bankning komissiya va yigʻimlari (alohida koʻrsatilsin) __________________________ ‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)
uchinchi shaxslar xizmati (alohida koʻrsatilsin) __________________________ ‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)
13. Kreditning toʻliq qiymati
‎(nominal foiz stavkasini va kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlarini oʻz ichiga oladi)
14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati

2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq muhim shartlar

1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa) _____________________________________________
‎(foiz yoki qatiy belgilangan summa koʻrsatiladi, shuningdek neustoyka (jarima, penya) hisoblash uchun asos boʻluvchi shartnoma shartlari keltiriladi)
2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori
‎(agar bunday shart mavjud boʻlsa)


‎_‎_____________
‎(foizda)

3. Kreditning taʼminoti
‎(taʼminot predmetiga qoʻyiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)

Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Siz kreditning shartlari va qiymati toʻgʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻgʻrisida, kredit shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar va javobgarliklar toʻgʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.
AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI
‎VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.
________________________________________________________ __________________
(bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi) (toʻldirilgan sana)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 24-avgustdagi 20/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-7, 23.09.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 10/21/3030-7/0907-son — 2021-yil 24-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli omonatning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VARAQASI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari

1-boʻlim. Omonatning asosiy shartlari

1. Omonat nomi
2. Omonatning valyutasi
3. Omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi (agar omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi differensiallashgan yoki omonatni rasmiylashtirish usuliga bogʻliq boʻlsa, har biri alohida koʻrsatiladi)
4. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablagʻga qoʻshib qayta foiz hisoblash)
5. Omonatning muddati
6. Omonatga qoʻyiladigan mablagʻning eng kam miqdori (agar mavjud boʻlsa)
7. Omonat boʻyicha foizlarni toʻlash davriyligi
8. Omonatni rasmiylashtirish usuli
‎ (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)
9. Qoʻshimcha mablagʻ kiritish imkoniyati
10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)
11. Boshqa shartlar

2-boʻlim. Boshqa muhim shartlar

1. Omonatga qoʻyilgan pul mablagʻlarini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi
2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi

Omonat qoʻyishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Siz omonatning shartlari, omonat boʻyicha foiz daromadlari va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.

AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.
_________________________________________________

____________________

(bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi)

(toʻldirilgan sana)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 24-avgustdagi 20/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-7, 23.09.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 10/21/3030-7/0907-son — 2021-yil 24-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi Nizomga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit kartaning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT VARAQASI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari

 

1-boʻlim. Kredit kartaning asosiy shartlari

1.

Kredit kartaning nomi

 

2.

Karta chiqarilgan toʻlov tizimi (VISA, MasterCard, Humo va hokazolar)

 

3.

Kredit limiti (minimal va maksimal miqdori)

 

4.

Foiz stavkasi (yillik)

 

a) xaridlar qilganda (va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga)

 

b) oʻtkazmalarni amalga oshirganda (va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga)

 

v) kredit kartaga ajratilgan limitni naqdlashtirganda (va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga)

 

g) boshqa operatsiyalarni amalga oshirganda (yuqorida koʻrsatilmagan)

 

5.

Kredit kartaning toʻliq yillik foiz stavkasi (APR)

 

6.

Foizsiz davr muddati (greys period)

 

7.

Foizsiz davr qanday operatsiyalar uchun amal qiladi

 

8.

Foizsiz davr qanday operatsiyalar uchun amal qilmaydi

 

9.

Har oylik minimal toʻlov

 

10.

Karta boʻyicha qarzdorlikni oraliq toʻlash sanasi yoki ushbu toʻlovni aniqlash tartibi

 

11.

Amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha koʻchirma berish sanasi yoki sanani aniqlash tartibi

 

12.

Shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha jarima va penyalar

 

13.

Kredit karta boʻyicha taʼminot (agar mavjud boʻlsa)

 

14.

Kredit kartani rasmiylashtirish usullari va muddati

 

15.

Kredit karta boʻyicha limitdan voz kechish usullari va muddati

 

16.

Kredit karta boʻyicha boshqa shartlar** (tiklanuvchan limit shartlari, bank tomonidan limitni cheklash va bekor qilish va boshqalar)

a)

b)

v)

...

 

2-boʻlim. Kredit karta boʻyicha toʻlovlar (komissiyalar)***

1.

Doimiy muddatli toʻlovlar (oylik abonent toʻlovi va hokazolar)

 

2.

Xaridlarni amalga oshirganda

 

3.

Boshqa kartaga (hisobvaragʻga) oʻtkazmalarni amalga oshirganda

 

4.

Kredit kartaga ajratilgan limitni naqdlashtirganda

 

5.

Boshqa operatsiyalarni amalga oshirganda

 

6.

Oʻzbekistondan tashqaridagi tranzaksiyalar (operatsiyalar) boʻyicha

 

7.

Kredit karta boʻyicha qarzdorlikni toʻlash xarajatlari

 

8.

Kredit karta hisobini toʻldirganda (boshqa bankning kartasi, bank kassalari va elektron hamyon orqali toʻldirish xarajatlari)

 

9.

Kredit kartani:

a) chiqarganda;

b) qayta chiqarganda.

 

10.

Boshqa toʻlovlar**

 

 

 

 

Kredit kartani rasmiylashtirishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Siz kredit kartaning shartlari va qiymati toʻgʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit karta shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻgʻrisida, kredit karta shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlar va javobgarliklar toʻgʻrisida, kredit kartadan xavfsiz foydalanish toʻgʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.

 

 

 

AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.

 

______________________________________

(bank mutaxassisining F.I.O. va lavozimi)

__________________

(toʻldirilgan sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur varaqa kredit karta boʻyicha shartnoma yoki kredit karta olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kredit kartalari shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Mazkur bandda bank xohishidan kelib chiqib oʻzi lozim deb topgan shartlarni yoki maʼlumotni aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** 2-boʻlimda qayd etilgan komissiya va toʻlovlar kredit kartaga ajratilgan limit mablagʻlaridan foydalanganlik uchun undiriladi.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 15-oktabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi Nizomga
3b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

________________ ga

____ (bank nomi)

joylashtirilgan omonatlar kafolatlanishi

Bankdagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi

2.

Omonatlarni kafolatlash asoslari

Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni

3.

Kafolatlash hodisasi

Bankning tugatilishi (yopilishi)

4.

Kafolatlanadigan omonatlar turi

Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar, shu jumladan bank kartalaridagi mablagʻlar, muddatli va jamgʻarma omonatlar, shuningdek mazkur omonatlar boʻyicha hisoblangan foizlar

5.

Kompensatsiya miqdori

Bank tugatilganda har bir omonatchiga, omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda, jami toʻlanadigan kompensatsiya miqdori 200 000 000 soʻmdan oshmaydi

6.

Bir bankda omonatchining bir nechta omonatlari mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadigan kompensatsiya miqdori

Omonatning miqdori va valyutasidan qatʼi nazar omonatchining ushbu bankdagi va uning filiallaridagi barcha omonatlari hisoblangan foizlar bilan jamlanadi va ular boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori 200 000 000 soʻmdan oshmaydi

7.

Bir nechta bank tugatilgan holda kompensatsiya miqdori

Bir nechta bank tugatilgan taqdirda, mazkur banklarda omonatlari mavjud boʻlgan omonatchi har bir bank boʻyicha alohida tartibda 200 000 000 soʻmdan oshmagan miqdorda kompensatsiya olish huquqiga ega

8.

Kompensatsiya toʻlash muddati

Bankni tugatish (yopish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran 20 ish kuni mobaynida:

2026-yil 1-yanvardan boshlab — 15 ish kuni;

2027-yil 1-yanvardan boshlab — 7 ish kuni.

9.

Kompensatsiya toʻlanadigan valyuta

Chet el valyutasida qoʻyilgan omonatlar boʻyicha kompensatsiya bank tugatilgan (yopilgan) sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) toʻlanadi

10.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar

Omonatlarni kafolatlash agentligining: manzili, telefon raqamlari, el.pochta manzili, veb-sayt manzili

 

 

Omonatchi xabardor qilindi:

 

Sana va imzo

 

 

(3b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-oktabrdagi 25/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-11, 28.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 30-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni koʻrib chiqish va ular bilan ishlash boʻyicha elektron axborot tizimiga qoʻyiladigan minimal talablar*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Murojaatni roʻyxatga olish. Axborot tizimida bankning bosh ofisiga, hududlardagi boʻlinmalariga (filial yoki bank xizmatlari ofisi) kelib tushgan murojaatlar boʻyicha quyidagi maʼlumotlar roʻyxatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning shakli (yozma, elektron, ogʻzaki);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning turi (ariza, shikoyat, taklif);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning bankka kelib tushgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning roʻyxatga olish sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatga berilgan identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni roʻyxatga olgan bank boʻlinmasining nomi (filial yoki bank xizmatlari ofisi) va raqami, xodimning ismi-sharifi va lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat manbasi (murojaat qiluvchidan toʻgʻridan toʻgʻri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, Virtual qabulxonasi, murojaat.gov.uz), Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vazirlik, idoralar va qoʻmitalar (nomi koʻrsatilishi kerak), sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (nomi koʻrsatilishi kerak), ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari (nomi koʻrsatilishi kerak) va boshqa manbalar (bank lozim deb topgan taqdirda manbalar roʻyxati qoʻshimcha qilinishi mumkin) orqali kelib tushgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning takroriyligi, dublikatligi yoki birinchi martaligini qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining shaxsi (jismoniy shaxs, yuridik shaxs, tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda yuritayotgan jismoniy shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (yuridik shaxsning nomi va uning nomidan imzolagan shaxsning F.I.O), murojaat etuvchini identifikatsiya qiluvchi maʼlumotlar (STIR, murojaat qiluvchining telefon raqami, elektron pochtasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat vakil orqali berilganligi (ha/yoʻq) hamda vakilning F.I.O;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchi kichik tadbirkorlik subyekti ekanligi (ha/yoʻq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining (yuridik shaxs nomidan imzolagan shaxsning) jinsi (ayol/erkak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining (yuridik shaxs nomidan imzolagan shaxsning) yoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining yashash manzili va hududi (yuridik shaxsning manzili) (viloyat, tuman va boshqalar) belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni roʻyxatga olish — murojaat kelib tushgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning bosh ofisiga, hududlardagi boʻlinmalariga (filial yoki bank xizmatlari ofisi) kelib tushgan murojaatlar bir marta roʻyxatga olinishi lozim, yaʼni bosh ofisdan (yuqori turuvchi tuzilmadan) koʻrib chiqish uchun quyi tarkibiy tuzilmasiga (filial yoki bank xizmatlari ofisi) yuborilgan murojaat ushbu tarkibiy tuzilmasi tomonidan roʻyxatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron axborot tizimda bankning barcha roʻyxatga olgan murojaatlari yagona baza sifatida bankning bosh ofisiga koʻrinib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni roʻyxatga olishda tizim murojaat qiluvchining ismi-sharifini (STIR) solishtirish orqali bank tizimiga avval ushbu murojaat qiluvchining murojaati mavjudligini tekshiradi va natijasi boʻyicha maʼlumot taqdim etadi. Shunga koʻra, roʻyxatga oluvchi kelib tushgan murojaatni takroriyligi, dublikatligi yoki birinchi martaligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Murojaat mazmunini yoritish. Bunda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda keltirilgan bank xizmati bankning qaysi xizmat koʻrsatish kanali (mobil ilova, bank sayti, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, bank agentlari, bank binosi va boshqalar) orqali koʻrsatilganligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda qayd etilgan bank xizmati (operatsiya) turini (kredit, mikrokredit, mikroqarz, onlayn mikroqarz, kredit karta, overdraft, lizing, isteʼmol krediti, avtokredit, ipoteka krediti, taʼlim krediti, oilaviy tadbirkorlik boʻyicha imtiyozli kredit, kafillik, garov, sugʻurta, omonat va depozitlar, onlayn omonat, milliy valyutadagi bank kartalari, xorijiy valyutadagi bank kartalari, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul oʻtkazmalari, valyuta amaliyotlari, bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish, kassa xizmatlari, bir martalik chakana toʻlovlarni amalga oshirish, bankomat, mobil ilova, veb-sayt, call-markaz, murojaat va qabul masalasi, bank xodimlarining xatti-harakatlari, bank xodimlarining malakasini va boshqalar) belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda koʻtarilgan masalalarni umumlashtirish maqsadida bank xizmati (operatsiya) turi boʻyicha murojaat masalalari roʻyxatini shakllantirish va uni tanlash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning masʼul xodimi tomonidan murojaat bilan tanishib chiqqan holda “Roʻyxat”ga qoʻshimcha ravishda murojaatda koʻtarilgan masala (muammo) mazmunini (qoʻlda yoki dasturiy taʼminot orqali) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda qayd etilgan bank nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda qayd etilgan bank tuzilmasining (bosh ofis, filial yoki bank xizmatlari ofisi) nomi, kodi, ularning joylashgan manzilini (viloyat va tuman), murojaatda keltirilgan bank xodimlari ismi-sharifini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimi murojaat kelib tushgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Murojaatlarning koʻrib chiqilishini tashkil etish (monitoring). Bunda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni bevosita koʻrib chiqayotgan tarkibiy tuzilma va xodimlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda koʻtarilgan masala (muammo) yuzasidan taalluqli boʻlgan bankning boshqaruv raisi oʻrinbosarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat yuzasidan kim bilan va qachon yozishmalar olib borilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni koʻrsatish, ularning pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning koʻrib chiqish muddatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqishni uzaytirilgan muddatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqish bosqichi (koʻrib chiqish jarayonida, toʻliq koʻrib chiqildi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat koʻrib chiqish uchun bankning Bosh ofisidan (yuqori tarkibiy tuzilmasidan) quyi tarkibiy tuzilmalariga dasturiy taʼminot orqali yuborilishi va ushbu harakatlarni dasturda amalga oshirish imkoniyati yaratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimida keltirilgan vazifalarni murojaat kelib tushgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Murojaatni koʻrib chiqish natijasi. Bunda quyidagilarni inobatga olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) murojaatda keltirilgan vajlarning tasdiqlanganligi yoki tasdiqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) murojaat qiluvchining huquqi buzilganligi holati (Buzilgan/Buzilmagan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xati raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xatining hamda murojaatni oʻrganish davomida rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarning (dalolatnoma, maʼlumotnomalarning) pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) murojaatda keltirilgan masalani hal etish holati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qanoatlantirilgan, masala qanday hal qilinganligini toʻliq yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qanoatlantirish rad etilgan, rad etilganligining sabablarini yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish berilgan, tushuntirishning asosiy jihatlarini yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat vakolati doirasiga kirmasligi sababli boshqa tashkilotga yuborilgan, qaysi tashkilotga yuborilganligini va uning sababini yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrmay qoldirish yoki murojaatni koʻrib chiqishni tugatish boʻyicha qaror qabul qilinganligini qayd etish va ularni rasmiylashtirish hujjatlarining pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimini murojaatni koʻrib chiqayotgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat koʻrib chiqilishini nazorat qilish. Bunda, quyidagilarni inobatga olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat koʻrib chiqilishini muddat nuqtai nazaridan nazorat qilish (bunda tegishli hisobot shakllanishi va ijro muddati yaqinlashayotganligini xabar beruvchi maʼlumot chiqarilishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqish bosqichi “koʻrib chiqildi” jarayonidagi murojaatlar qonunchilikka muvofiq, mazmunan, toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilganligi tekshiriladi va nazoratdan chiqariladi. Aks holda, murojaat qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli eʼtiroz xati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy taʼminotda murojaatni qonunchilik hujjatlariga rioya etmagan holda koʻrib chiqqan bank xodimiga koʻrilgan har bir intizomiy choralar kiritilishi lozim. Bunda xodimga koʻrilgan choralar yuzasidan chiqarilgan buyruqning pdf-fayli bilan tanishish imkoniyati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimida keltirilgan vazifalarni bosh ofisining vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur dasturda bankka kelib tushgan murojaatlarni tahlil etish, tegishli qarorlar qabul qilish va bankda tizimli kamchiliklarni aniqlash uchun tegishli (hudud, tuman, filial, bank xizmatlari (mahsulotlar) turi, murojaat masalalari, davr, sanalar va boshqa koʻrsatkichlar qirqimida tahliliy) hisobotlarni shakllantirish imkoniyatini beruvchi funksiya yaratilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimida keltirilgan vazifalarni bosh ofisining vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron axborot tizimi toʻliq axborot xavfsizligi taʼminlangan holda yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: axborot tizimida roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan, maʼlumotlarni tanlash orqali koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 9-sentabrdagi 28/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-9, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/3030-9/0821-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 17-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tizimli kamchiliklar nomi

Tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar

Chora-tadbirlar ijrosi muddatlari

Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilma

Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan bank rahbari

Masʼul bank rahbari tomonidan chora-tadbirlar ijrosini joriy nazorat qilish muddatlari

(ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisoboti eshitiladi va tegishli tadbirlar koʻriladi)

1

2

3

4

5

6

7

1.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 15-iyuldagi 19/16-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3030-12, 01.08.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2026-y., 10/26/3030-12/0810-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 4-sentabr)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3030/1440-son; 15.07.2019-y., 10/19/3030-1/3428-son; 25.09.2019-y., 10/19/3030-2/3804-son; 22.11.2019-y., 10/19/3030-3/4059-son; 21.02.2020-y., 10/20/3030-4/0204; 07.09.2020-y., 07/20/3030-5/1266-son; 14.01.2021-y., 10/21/3030-6/0039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 23.09.2021-y., 10/21/3030-7/0907-son; 27.01.2023-y., 10/23/3030-8/0057-son; 16.10.2024-y., 10/24/3030-9/0821-son; 14.07.2025-y., 10/25/3030-10/0608-son; 29.10.2025-y., 10/25/3030-11/0994-son; 03.08.2026-y., 10/26/3030-12/0810-son)