O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi PF-5330-son, “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son farmonlarining hamda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 09/19/571/3401-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan budjet tashkilotlari ro‘yxati 31-ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni tavsifi va guvohnomasi 5, 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyun,
487-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 09/19/571/3401-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik markaziy apparati “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Vazirlik tarkibiga kiruvchi o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining o‘z ixtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tushumlarning 0,2 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
xalqaro grantlar va texnik ko‘mak mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan maxsus g‘aznachilik hisobraqamida jamlanadi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
5. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shu jumladan:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun texnika va texnologiyalar, ekologik monitoring tizimi, uskunalar, kompyuter dasturlari va aloqa vositalarini xarid qilish;
boshqa xarajatlarga (bino, isitish tizimini ta’mirlash, tutash hududni obodonlashtirish, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish va boshq.);
loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi obyektlari, shu jumladan markaziy apparat bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, texnik qayta jihozlash;
b) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, shu jumladan:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
noshirlik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish;
ilmiy ishlanmalar, innovatsion loyihalar va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish, ixtirolar yaratish va ilmiy ishlarni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti masalalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va maqolalar chop etish, ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish;
hududiy bo‘linmalar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida tajriba oshirishini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar, loyiha va dasturlarda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish davrida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbar va mutaxassislarini qabul qilish va ularga hamrohlik qilish, shuningdek, anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shu jumladan Markaziy apparat va “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi xodimlarining oylik lavozim maoshlariga qo‘shimchalar (mukofotlar, moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlari, xizmat muddati uchun to‘lovlar) belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari xodimlarini saqlash va moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini qoplash;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v1) Jamg‘arma Kengashining qaroriga asosan:
vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini tashkil etish hamda takomillashtirish bilan bog‘liq to‘lovlar, ayrim hollarda ustav fondini shakllantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limi hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
kasb bayrami bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan “v1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v2) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, shu jumladan:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan “v2” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
g) vazifalar bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) tomonidan har yili tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga (keyingi o‘rinlarda smeta deb ataladi) muvofiq foydalaniladi.
7. Jamg‘arma smetasi kelgusi yil uchun kutilayotgan moliyaviy mablag‘lar tushumi prognozi va tadbirlarni amalga oshirish zaruratidan kelib chiqqan holda tuziladi.
8. Vazirlik Markaziy apparati bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritish uchun Jamg‘arma mablag‘larini ajratish haqida buyurtmanoma (keyingi o‘rinlarda buyurtmanoma deb ataladi) beradi.
9. Buyurtmanomada tadbirlar, ularni o‘tkazish zaruratining asosi, zarur mablag‘lar miqdori ko‘rsatiladi.
Kelgusi moliyaviy yil uchun buyurtmanomalar joriy yilning 1-iyuniga qadar Vazirlikka taqdim qilinadi.
Buyurtmanoma yozma yoki elektron shaklda taqdim qilinadi.
Buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
tashkilotning to‘liq nomi va aniq manzili, bank rekvizitlari;
tadbir (loyiha) nomi;
loyihani amalga oshirish zarurati asoslangan, mavjud muammolar va ularni hal etish (to‘liq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) imkoniyatlari, talab etiladigan mablag‘lar miqdori, mablag‘lardan foydalanish maqsadlari, loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ mavjud emasligining asosi, shuningdek, kutilayotgan natijalar bayon etilgan tushuntirish xati;
so‘ralayotgan mablag‘lar hisob-kitobi (loyihani amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag‘lar kalkulyatsiyasi yoki loyihani amalga oshirish smetasi).
Zarur hollarda, buyurtmanomani asoslaydigan tegishli hujjatlar, tadbirlar rejasi yoki qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va bo‘linmalarning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturiy hujjatlar buyurtmanomaga ilova qilinadi.
10. Hududiy bo‘linmalardan kelib tushgan buyurtmalarni ko‘rib chiqish, kutilayotgan moliyaviy tushumlar haqida ma’lumotlarni o‘rganish va tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida Jamg‘arma Kengashi tuziladi. Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi Vazirlik tomonidan shakllantiriladi va vazir tomonidan tasdiqlanadi.
11. Buyurtmanomalarni qabul qilish, umumlashtirish va ularni Jamg‘arma Kengashiga taqdim etish Vazirlikning Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha doimiy monitoring esa iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari tomonidan yuritiladi.
12. Jamg‘arma Kengashi:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun Jamg‘arma mablag‘larining ajratilishi haqida buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi;
qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng dolzarb va asoslanganlarini tanlab oladi, ularni umumlashtiradi va mablag‘lar ajratilishi haqida qaror qabul qiladi;
ajratilgan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda moliyalashtirishni to‘xtatadi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasiga ajratilgan mablag‘larni qaytarish haqida topshiriq beradi;
mablag‘ oluvchilarning mablag‘lardan foydalanish va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarini eshitadi;
o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
13. Kelgusi yil uchun taqdim qilingan buyurtmanomalar har yili 1-iyunga qadar Jamg‘arma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi hamda ular asosida mablag‘lar ajratish haqida qaror qabul qilinadi.
14. Vazirlik tasdiqlangan smetaga asosan Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish uchun hisobdorlik, nazorat va javobgarlik
15. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va qat’iy maqsadlarda foydalanilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i — Vazirlikning bosh hisobchisi buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobotlarni tuzilishi va taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
17. Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni Vazirlikka taqdim etadi.
18. Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i — Vazirlikning bosh hisobchisi Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilardan mablag‘lardan foydalanish va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni qabul qiladi va ular Jamg‘arma Kengashida eshitilganidan so‘ng umumlashtiradi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobot har chorakda hisobot davri tugagandan so‘ng 25 kundan kechikmasdan, yillik hisobotlar esa kelgusi yilning 30-yanvaridan kechikmasdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish
2. Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish quyidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi:
a) budjet mablag‘lari:
bir yilda ikki oylik ish haqi fondi miqdoridagi mukofotlar;
bir yilda bir oylik ish haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam to‘lovlari;
qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda davlat xizmatchilarining lavozim maoshiga mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti;
Maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga mehnatga haq to‘lash fondidan 15 foiz miqdorida xodimlar mehnatini moddiy rag‘batlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan 2-band “a” kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshilarining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga:
xodimning umumiy ish staji davomiyligidan kelib chiqib, xizmat muddati uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
bayram sanalariga mukofotlar;
xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarganlik uchun yuqori malakali xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar;
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning sog‘ligini tiklash maqsadida to‘lanadigan moddiy yordam;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba to‘lanadigan moddiy yordam.
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish miqdorlari va shartlari
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, xizmat muddati, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz;
20 yildan ortiq — 40 foiz;
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, vazirlik markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 50 foiz;
25 yildan ortiq — 60 foiz.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bayram sanalarida — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni, Konstitutsiya kuni, 8-mart kuni, Navro‘z, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Ro‘za hayit” (Iyd-al-Fitr) i “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adxa) hamda kasb bayramida xodimlar oylik lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) bir barobari miqdorida rag‘batlantiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan tashabbuskor vazirlik markaziy apparati va “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi xodimlariga lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 200 foizgacha hamda hududiy bo‘linmalar xodimlariga 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanishi mumkin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Ustamaning aniq miqdori vazirlik markaziy apparati xodimlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan hamda qolgan xodimlarga hududiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri alohida o‘rnak ko‘rsatgan markaziy apparat xodimlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan miqdordan tashqari lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizgacha miqdorda ustamalar belgilashi mumkin, bunday xodimlar soni markaziy apparatning umumiy xodimlari sonining 15 foizidan oshmasligi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobarigacha bo‘lgan to‘lovlar va ularga yordam ko‘rsatish maqsadida ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha bo‘lgan to‘lovlar amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Zaruratga ko‘ra, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda xodimlar va (yoki) ularning oila a’zolariga quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam to‘lab beriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) to‘lab beriladi, agar xodimning xotini (eri) bo‘lmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga to‘lab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan bo‘lsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
turmush qurganda, 50, 55, 60 yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
istisno tariqasida, xodim arizasini qanoatlantirish to‘g‘risida vazir yoki vazirlik tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarining roziligi asosida quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam to‘lab beriladi;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
yaqin qarindoshi vafot etganda — vafoti to‘g‘risida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
alohida zaruratga ko‘ra (baxtsiz hodisa, falokat, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va sog‘ligini tiklash, oilaning kam ta’minlanganligi va moliyaviy holatining og‘irligi).
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining xodimlarini rag‘batlantirish choralarini moliyalashtirish
9. Quyidagilar xodimlarni rag‘batlantirishning moliyaviy manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari –O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi va budjet mablag‘lari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi budjet tashkilotlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari — ular faoliyati natijalari bo‘yicha olingan sof foydaning bir qismi;
shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
10. Moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari jamg‘armalarning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tegishli miqdor va manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
11. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
31-ILOVA
31-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan budjet tashkilotlarining
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari boshqaruv xodimlarining umumiy soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ–3671-son qarori bilan belgilanganadi.
** Ish haqi va barcha boshqa xarajatlar Monitoring xizmati yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran moliyalashtiriladi.
(31-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
NIZOM
1. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan va sohada fidokorona mehnati bilan namuna bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadi.
2. Ko‘krak nishoni bilan ushbu Nizomning 1-bandida qayd qilingan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
3. Mukofotlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Mukofotlash ushbu Nizomning 1-bandida qayd qilingan tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining taqdimnomasi bo‘yicha har yili 5-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
5. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy saytida chop etiladi.
6. Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini topshirish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri yoki uning topshirig‘i va uning nomidan mas’ul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.
7. Ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomonida davlat mukofotlaridan quyida taqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti oladilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bir yo‘la pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
9. Aynan bir shaxs ko‘krak nishoni bilan, qoidaga ko‘ra, bir marta mukofotlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni
TAVSIFI
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) mis qotishmasidan tayyorlanadi va 34 mm diametrli aylana shakliga ega bo‘ladi:
Ko‘krak nishonining old qismining markazi bo‘ylab paxta va bug‘doy boshoqlari tasviri joylashtirilgan, ular aylana shaklidagi qishloq xo‘jaligi texnikasi belgisi bilan o‘ralgan, aylananing quyida daryo tasvirlangan. Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘yicha sirlangan doiraga yashil rangda va bronza hoshiya bilan hoshiyalangan “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISNLOQ XO`JALIGI FIDOYISI” yozuvi tushirilgan. Bronza rangidagi harflar balandligi 2,3 mm tashkil etadi. Quyi qismida markaz bo‘ylab bronza rangidagi sakkizburchakli yulduz tasviri joylashtirilgan.
Ko‘krak nishonining orqa tomonida “SONADAGI KO`P YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” yozuvi joylashtirilgan.
Ko‘krak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr.
Tasvir va yozuvlar bo‘rtib chiqqan.
Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari hoshiyalangan.
Ko‘krak nishoni ilmoqcha va halqa yordamida to‘g‘ri to‘rtburchakli qadag‘ichga ulanadi.
Qadag‘ich kengligi — 26 millimetr, balandligi — 17 millimetr. Qadag‘ich to‘q yashil rangda. Qadag‘ich markazi bo‘ylab kengligi 20 millimetr, uzunligi 13 millimetr, 6 ta barg va 5 ta novdachadan iborat bronza rangidagi novda joylashtirilgan.
Qadag‘ichning orqa tomonida ko‘krak nishonini kiyimga mahkamlash uchun to‘g‘nog‘ich shaklidagi moslama mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qaroriga
5a-ILOVA
5a-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoniga guvohnoma
TAVSIFI
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoniga guvohnoma 240 g/m.kv qalinlikdagi ofset qog‘ozidan tayyorlangan 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobchadan iborat.
Guvohnomaning oldi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) plyonka bilan zichlangan, yashil rang foniga ega.
Guvohnomaning birinchi beti 7,5 millimetr qalinlikdagi ichki burchaklari yumaloqlangan to‘q yashil rangdagi hoshiya bilan hoshiyalangan.
Guvohnoma yuqori qismidan 35 millimetr quyida markaz bo‘ylab 3,5 millimetr oraliqda uch qator matn joylashtirilgan: birinchi qatori “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchisi — “QISNLOQ XO’JALIGI FIDOYISI”, uchinchisi — “ko’krak nishoni” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 17). 6 millimetr quyida — “GUVONNOMASI” yozuvi (yozuvlar bosh harflarda, shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 17) joylashtirilgan. Yozuvlar bronza rangida tayyorlangan.
Guvohnomaning ichki qismi (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tang‘ir” tasviri tushirilgan moviy osmon rangida tayyorlangan va ofset usulida bosilgan.
Guvohnoma ichki tomonining chap qismida (ikkinchi bet) markaz bo‘ylab o‘z kattaligidagi ko‘krak nishonining rangli tasviri joylashtirilgan.
Guvohnoma ichki tomonining o‘ng qismida (uchinchi bet) yuqori chetidan 8 millimetr quyida markaz bo‘ylab “_____-sonli guvohnoma” yozuvi joylashtirilgan (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) (15 millimetr uzunlikdagi chiziq bilan).
“GUVONNOMA” yozuvidan 11 millimetr quyida 8 millimetr oraliqda mukofotlanadigan rahbar yoki xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd qilish uchun uchta chiziq joylashtirilgan.
Quyi chiziqdan 6 millimetr masofada markaz bo‘ylab 2 millimetr oraliqda uch qatorli matn joylashtirilgan. Matn “O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirining” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvdan iborat.
So‘ng 5 millimetr quyida 4 millimetr oraliqda ikki qatorli matn joylashtirilgan. Birinchi qator “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchisi — “____-sonli buyrug’iga asosan” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvlaridan iborat.
Davomida 5 millimetr quyida markaz bo‘ylab 5 millimetr oraliqda uch qatorda matn joylashtirilgan. Birinchi qatori — “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchisi — “QISNLOQ XO’JALIGI FIDOYISI” (shrift “Times new Roman Bolt”, 12-kegl), uchinchisi — “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvlaridan iborat.
Chapda oxirgi so‘zlardan 9 millimetr quyida 2 millimetr oraliqda bir qatorda yozuv joylashtirilgan. Matn “VAZIR”: (shrift “Times new Roman Bolt”, kegl 10) yozuvidan iborat.
“VAZIR” so‘zidan keyin imzo uchun 20 millimetr uzunlikda chiziq tushirilgan. Uning ostida “(Imzo)” yozuvi mavjud. Uning ostida chap tomonida muhr uchun “M.O’.” yozuvi mavjud.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 09/18/487/1415-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 10.07.2019-y., 09/19/571/3401-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)