1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xoʻjaliklari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻining jadal rivojlanishi, oʻz navbatida, suv resurslari isteʼmolining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan oʻz vaqtida choralar koʻrilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi boshqaruvi sohasida uzoq vaqt davomida hal etilmasdan kelayotgan tizimli muammolarning mavjudligi mazkur holatni yanada kuchaytirmoqda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini vakolatli organlar oʻzaro hamkorligining taʼsirchan mexanizmisiz tarqoq holda rejalashtirish va taʼminlash qabul qilinayotgan qarorlar hamda aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, qishloq va suv xoʻjaligida uzoq muddatli puxta siyosatning shakllantirilmaganligi sababli mazkur sohalarni yanada rivojlantirishning aniq yoʻnalishlari belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilishda vakolatli organlarning samarali muvofiqlashtiruvchi roli va tashabbuskorligi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, masʼul idoralar tomonidan haqqoniy axborotni yigʻish, tahlil qilish va almashish mexanizmining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli oʻzlariga yuklatilgan vazifalar samarasiz amalga oshirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv isteʼmoli sohalarida mustaqil nazorat mavjud emas, buning natijasida tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti, innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni joriy qilish darajasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv isteʼmoli sohalarida haqiqiy holatni va rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida ularni strategik rejalashtirish siyosati boʻyicha taʼsirchan ishlarni yoʻlga qoʻyish, mazkur yoʻnalishlar boʻyicha boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-fevraldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5330-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi negizida Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi holati, mazkur sohada qonun hujjatlari hamda meʼyoriy hujjatlar talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyuldan Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha markaz negizida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish uchun masʼul boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik) tashkil etilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha markazning huquqlari, majburiyat va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2018-yil 1-avgustdan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz” qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan idora va muassasalar xodimlari bandligini taʼminlashga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inspeksiya bilan birgalikda ikki oy muddatda Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasining vazifa hamda funksiyalarini qayta taqsimlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzdonmahsulot” AKning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi negizida, urugʻliklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda urugʻlik olish maqsadida yetishtirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini keyinchalik alohida saqlash sharti bilan qayta ishlash tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda ikki oy muddatda urugʻlik tayyorlash boʻyicha alohida tashkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boshoqli don ekinlari urugʻlari uchun ixtisoslashtirilishini, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga berish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya paxta va boshoqli don ekinlari urugʻligining buyurtmasi, tayyorlanishi, alohida qayta ishlanishi va saqlanishi boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashkil qilinayotgan jamgʻarmalar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (Z.T. Mirzayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan idora va muassasalarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mol-mulki va pul mablagʻlarini oqilona taqsimlash maqsadida ularni xatlovdan oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonga muvofiq idora va muassasalarni tugatish, shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yaratish, ular ishini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idora va muassasalarning binolari va moddiy-texnika bazasini berish orqali jihozlashga doir tadbirlarni tashkil qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalarni, ularning hududiy boʻlinmalarini joylashtirish, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilayotgan idoralarni malakali kadrlar bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idoralar va muassasalar xodimlari hisobidan toʻldirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan idora va muassasalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda tugatilayotgan idoralar va muassasalar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Komissiya bir oy muddatda yangidan tuzilayotgan idoralar va muassasalar faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ularning asosiy vazifa, funksiya va faoliyat yoʻnalishlarini belgilab berish boʻyicha qarorlar loyihalari kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5418-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Z.T. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi
2.
B.T. Yusupov
—
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Sh.R. Xamrayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
4.
S.I. Samadov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari
5.
B.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
6.
I.Y. Abduraxmanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
7.
Sh.D. Kudbiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
8.
R.A. Gulyamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
9.
B.A. Musayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
10.
V.Y. Pak
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
11.
A.J. Tashkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari
12.
M.M. Mirsaatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi boshqarma boshligʻi
13.
Sh.A. Tulyaganov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi �nvestitsiyalar innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari ATD mudiri
14.
A.E. Ravshanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.