19.06.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3024
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 19.06.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3024
Кучга кириш санаси
20.06.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3024]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 56-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Adliya vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 01/19-18/08, 37-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1649, 2006-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 524-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1649-1, 2014-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 86-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror O. MURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/15-10/12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 25-maydagi 25-q va 01/15-10/12-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ijro hujjatlari asosida xatlanib, auksion savdolari orqali yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa usulda sotilishi belgilangan mol-mulkka nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish boʻyicha savdo tashkilotlarini tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov oʻtkazishdan asosiy maqsad har bir tuman (shahar) boʻyicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish boʻyicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovning barcha qatnashchilariga teng tanlov shartlarini yaratish, oshkoralik, talablarning yagonaligi va baho berishda xolislik tanlov oʻtkazishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish boʻyicha savdo tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tanlov komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya Byuro direktori buyrugʻi asosida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning hududiy boshqarmasi boshligʻi — Komissiya raisi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining hududiy organlari vakili — Komissiya aʼzosi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazilayotgan hududda faoliyat koʻrsatayotgan Byuroning tegishli tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi — Komissiya aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro hududiy boshqarmasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi boshligʻi, ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi katta inspektori — Komissiya aʼzolari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat tugʻilganida, maxsus bilim talab qiladigan masalalar boʻyicha xulosa berish uchun Komissiya yigʻilishlariga ekspertlar (mutaxassislar) jalb qilinishi mumkin. Ekspertlar Komissiya yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Komissiyaning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish vaqti, joyi va shartlari toʻgʻrisida eʼlon berish boʻyicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olingan savdo tashkilotlari bilan tuziladigan namunaviy shartnoma loyihasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tanlov oʻtkazish boʻyicha boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshiradi. Komissiya faoliyatiga gʻayriqonuniy tarzda aralashish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. Oʻz navbatida, komissiya aʼzolari savdo tashkilotlari hujjatlarining xolisona koʻrib chiqilishi va baholanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Byuroning hududiy boshqarmalaridagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi Komissiyaning ishchi organi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ishchi organning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga qatnashish uchun talabgorlardan tushgan arizalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bayonnomalarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarni tanlov shartlari hamda namunaviy shartnoma shakli bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov boʻyicha kelib tushgan va yuritiladigan hujjatlarning hisobini, saqlanishini hamda maxfiyligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ Komissiyaning topshirigʻi asosida boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tanlov oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya tanlov boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beradi. Eʼlon beriladigan ommaviy axborot vositalari roʻyxati Byuro tomonidan belgilanadi va Byuro hamda uning hududiy boshqarmalari rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazadigan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblarini aniqlash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va hujjatlarni qabul qilib olish joyi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar taqdim etishning oxirgi muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Byuroning tegishli hududiy boshqarmasi tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay bu haqda Byuroga xabar beradi. Byuro masʼul xodimi tanlovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov har yili bir marta oʻtkaziladi. Zaruriyat tugʻilgan hollarda Komissiya tomonidan navbatdan tashqari tanlov oʻtkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo tashkilotlari oʻrtasidagi tanlov har bir tuman (shahar) boʻyicha oldindan belgilab beriladigan gʻoliblar soni (kamida ikkita) miqdorida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, alohida turdagi mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, texnik va maishiy tovarlar, qurilish mahsulotlari va boshqalar) sotish uchun ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi turdagi mol-mulklar ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari orqali sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan buyumlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, yem-xashak, boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-moylash materiallari, neft va gaz mahsulotlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish uchun alohida ruxsatnoma yoxud litsenziya talab qilinadigan boshqa mahsulotlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan belgilab berilgan boshqa mol-mulklar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanib boʻlmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek metall parchalari va ushbu metallarning chiqindilari toʻlov evaziga qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yigʻish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xom ashyoning boshqa turlari toʻlov evaziga ikkilamchi xom ashyoni yigʻish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori bilan alohida turdagi mol-mulklarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari viloyat miqyosida ham aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Madaniy boyliklar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan qimmatbaho asarlar, noyob qoʻlyozmalar, antikvar mahsulotlar va boshqalar) boʻyicha vakolatli savdo tashkilotlari Byuro tomonidan respublika miqyosida aniqlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Tanlovda ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlovda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, turgʻun savdo shoxobchasi mavjud yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi yuridik shaxslar tanlovga qatnashishga qoʻyilmaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrot arafasida boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotganiga olti oy boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi ikki yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan savdo tashkiloti Byuroning tegishli hududiy boshqarmasiga roʻyxat asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti taʼsis hujjatlarining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo doʻkoniga boʻlgan mulk (ijara) huquqining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo doʻkonining joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot, uning qisqacha tavsifnomasi va 10x15 oʻlchamdagi rangli fotosuratlari (joyning atrof koʻrinishi, umumiy tashqi va ichki koʻrinishlari aks ettirilishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklarning saqlanishi, turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini taʼminlovchi joylarning (uskunalarning) qisqacha tavsifnomasi, shuningdek 10x15 oʻlchamdagi rangli fotosuratlari (joyning umumiy tashqi va ichki koʻrinishlari aks ettiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning majburiyatlardan holi pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga tegishli hamda ijro hujjati boʻyicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan texnik soz holatdagi transport yoki boshqa texnika vositalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar nusxasi hamda ularning texnik tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasi miqdori (10 foizdan koʻp boʻlmagan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkilotining mol-mulklar realizatsiya qilish boʻyicha hisobini yuritishga moʻljallangan maxsus dasturiy taʼminotni ishlatish majburiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki litsenziya talab qilingan hollarda, ularning nusxasi ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar mazkur Nizomning 23-bandida belgilangan baholash mezonlarini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha tugʻilgan taqdirda, tanlov oʻtkazilishi belgilangan kunda Komissiya tomonidan mazkur hujjatlarning asl nusxalari talab qilinishi mumkin. Bunda taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi tekshiriladi va hujjatlarning asli qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Savdo tashkiloti qaysi hududda faoliyat yuritayotgan boʻlsa yoki tanlov oʻtkazilayotgan tumanga (shaharga) yaqin joylashgan boʻlsa, ushbu hudud boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiyaning ishchi organi tomonidan qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi, mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ hujjatlar qabul qilish muddati tugashiga qadar talabgorlarni tanlov shartlari va Komissiya tomonidan tasdiqlangan namunaviy shartnoma nusxasi bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar qabul qilish tanlov boshlanishidan oʻn kun oldin toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgorlar tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilingani yoxud davlat ijrochilari bilan til biriktirib, noqonuniy harakatlar qilganligi aniqlangan taqdirda ular tanlovga qoʻyilmaydilar, tanlov gʻolibi deb topilgan taqdirda esa tanlov natijalarining ularga oid qismi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va tanlov natijalarini eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov gʻoliblarini aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — ishchi organ tomonidan taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob berishi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, shuningdek Byuro hududiy boshqarmasining ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi tomonidan talabgorning ishchanlik obroʻsi, qonunchilik hujjatlariga va Byuroning hududiy boshqarmasi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etish ahvoli (agar bunday shartnoma tuzilgan boʻlsa), unga nisbatan nazorat idoralari tomonidan qoʻllanilgan sanksiyalar hamda talabgorning rahbar(lar)i muqaddam boshqa korxona rahbari sifatida tanlovlarda qatnashganligi va sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish faoliyatida javobgarlikka tortilganligi va boshqa shunga oʻxshash jihatlar tekshiriladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — Komissiya oʻz yigʻilishida taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganadi, mazkur Nizomning 23-bandida belgilangan mezonlar boʻyicha baholaydi hamda uning natijalari boʻyicha tanlov gʻolibini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgorning ishchanlik obroʻsini tekshirish yakunlari boʻyicha Byuro hududiy boshqarmasining ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi tomonidan xulosa tuzilib, u ishchi organga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichdan oʻtgan talabgorlarning hujjatlari ikkinchi bosqichga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi organi tomonidan ayrim talabgorlarning hujjatlari birinchi bosqichdan qaytarilgan boʻlsa, ular boʻyicha umumlashgan maʼlumot sabablarini koʻrsatgan holda Komissiyaga taqdim qilinadi. Komissiya qaytarish sabablarini asossiz deb topganda, talabgorlar ikkinchi bosqichga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Savdo tashkilotlari tanlovi Komissiya tomonidan kollegial tarzda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislari, agar ularning ishida Komissiya aʼzolarining umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi mezonlar boʻyicha ularni baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalarga yaqinligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini taʼminlovchi joylarning (uskunalarning) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan soz boʻlgan transport va boshqa texnika vositasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgorlarning imkoniyatlari reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi uchun joylashgan joyining qulayligini (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalarga yaqinligi) uning aniq joylashgan oʻrni asosida oʻrganilib, talabgorga 5 balldan 10 ballgacha baho beriladi. Bunda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq solish, ijara haqi stavkasini belgilash yoxud boshqa maqsadlarda tuman (shahar) hududi tegishli zonalarga boʻlingan boʻlsa, mazkur zonalashtirish hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini taʼminlovchi joylarning (uskunalarning) mavjudligi mezonini aniqlashda talabgor imkoniyati 5 balldan 8 ballgacha baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan transport yoki boshqa texnika vositasi, uning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 3 balldan 8 ballgacha baholanadi. Tanlovda transport yoki boshqa texnika vositasiga ball berishda talabgorning ijro hujjati boʻyicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan texnik jihatdan soz boʻlgan koʻpi bilan 2 ta transport va (yoki) texnika vositalari hisobga olinadi. Bunda ijaraga olingan transport yoki boshqa texnika vositasi hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning hisobvaragʻidagi majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari 2 balldan 5 ballgacha baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi 5 balldan 8 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa, ularga ushbu mezon boʻyicha ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya yigʻilishida talabgorning har bir mezonlar boʻyicha tegishli ballni berish masalasi Komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir mezon boʻyicha yagona ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Eng koʻp yakuniy ball toʻplagan talabgorlar Komissiya yigʻilishida tanlov gʻoliblari deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikki va undan ortiq talabgor bir xil ball toʻplagan taqdirda, ular orasida nisbatan past savdo chegirmasi taklif qilgan talabgor tanlov gʻolibi deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlov gʻoliblari deb topish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilish oʻtkazilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etgan talabgorlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar takliflarini baholash haqidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblari toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma imzolanganidan soʻng besh kunlik muddat ichida tanlov gʻoliblari va Byuro hududiy boshqarmalari, uning tuman (shahar) boʻlimlari oʻrtasida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish toʻgʻrisida tasdiqlangan namunaviy shakldagi shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning markaziy apparati Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha tanlovda gʻolib deb topilgan har qanday savdo tashkiloti bilan mol-mulkni sotish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinganligi hamda ular tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha savdoni tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shartnoma tuzilganidan soʻng Byuro hududiy boshqarmasi tomonidan bir kunlik muddat ichida vakolatli savdo tashkilotlarining roʻyxati Byuroga va uning tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga yuboriladi. Shuningdek, tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berilgan ommaviy axborot vositalarida bu haqda maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijro hujjatlari asosida sotiladigan mol-mulkni sotuvga chiqarish va sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijro hujjatlari asosida davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari asosida sotuvga chiqariladigan mol-mulk savdo tashkilotlariga topshirilgunga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xatlangan mol-mulk uni baholash toʻgʻrisidagi xulosa baholovchidan olingan kundan boshlab, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ijrochisi tomonidan baholanganda esa, mol-mulkni baholangan kundan boshlab 3 kun ichida dalolatnoma asosida davlat ijrochisi tomonidan savdo tashkilotiga topshiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mol-mulkni sotish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni xatlash (roʻyxatga olish) dalolatnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar va (yoki) baholash toʻgʻrisidagi xulosa nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ijro hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash uchun miqdori, hajmi va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mol-mulk bir vaqtning oʻzida sotish uchun shartnoma tuzilgan bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha mol-mulklar muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulklarni juzʼiy taʼmirlash, tozalash va tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Savdo tashkilotlari tomonidan mol-mulkni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mol-mulk savdo tashkilotlariga sotish uchun topshirilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulk narxini kamaytirish yoxud uni qaytarib olish masalasini koʻrib chiqish uchun davlat ijrochisiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotilmagan mol-mulk narxini kamaytirish yoxud uni qaytarib olish masalasini hal qiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga, shuningdek mol-mulkni sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mol-mulkni topshirgan Byuroning hududiy tuzilmasi va savdo tashkiloti oʻrtasida sotuvga topshirilgan va sotilgan mol-mulk hamda sotuvdan tushgan pul mablagʻlari toʻgʻrisida har oyda keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar maʼlumot almashinib boriladi (shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida), shuningdek har chorak yakuni boʻyicha savdo tashkilotlarida sotilmasdan qoldiqda qolgan mol-mulklar sanoqdan oʻtkazilib, chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan shaklga muvofiq taqqoslash dalolatnomalari tuzilib, bir nusxasi Byuroga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga, shuningdek mol-mulkni sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat shartnomani tuzgan tegishli Byuro va uning hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda Byuro va uning hududiy tuzilmalari shartnomani bir tomonlama bekor qilish hamda mol-mulkni mazkur Nizom asosida tanlab olingan boshqa savdo tashkilotiga olib berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun Byuro va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bankda depozit hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari, savdo chegirmasini ushlab qolgan holda, realizatsiya qilinishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan Byuro yoki uning hududiy tuzilmasidagi depozit hisob raqamiga ikki bank ish kunidan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Byuro yoki uning hududiy tuzilmasining depozit hisob raqamiga mol-mulkni realizatsiya qilishdan kelib tushgan mablagʻlarni taqsimlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Byuro va uning hududiy tuzilmalari savdo va ixtisoslashgan tashkilotlar, shuningdek bozorlar tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotishni tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish uchun savdo tashkilotlarini tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REYTINGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Baholash mezonlari

Reyting koʻrsatkichlari

Reyting ballari

1.

Isteʼmolchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalarga yaqinligi)

a) aholi gavjum viloyat va tuman (shahar) markazida, bozorlar va savdo markazlarda yoxud ularning yaqin atrofida joylashgan talabgor

8 balldan
10 ballgacha

b) mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilmagan boshqa aholi gavjum boʻlgan va transport vositalari serqatnov yoʻl boʻyida joylashgan talabgor

6 balldan
8 ballgacha

v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilmagan aholi gavjum boshqa hududlarda joylashgan talabgor

5 balldan
6 ballgacha

2.

Mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini taʼminlovchi joylar (uskunalar)

Maxsus saqlash binosi yoki joyi (omborxona, yertoʻla, muzlatgich, sovutgich va boshqalar), mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini taʼminlovchi yetarlicha savdo asbob-anjomlari va maxsus sotish joylari

5 balldan
8 ballgacha

3.

Talabgorga tegishli texnik jihatdan soz boʻlgan transport va boshqa texnika vositasi

Yuk mashinasi

8 ball

Yuk tashishga ixtisoslashgan yengil mashina

6 ball

Yengil mashina

4 ball

Yuk tashishga ixtisoslashgan mototsikl

3 ball

Yuk ortuvchi uskuna (pogruzchik)

4 ball

4.

Talabgorning majburiyatlardan holi boʻlgan mavjud pul mablai

100 mln. soʻmdan yuqori

5 ball

50 mln. dan — 100 mln.soʻmgacha

4 ball

10 mln. dan — 50 mln. soʻmgacha

3 ball

5 mln. dan — 10 mln. soʻmgacha

2 ball

5.

Koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi

5 foizgacha

8 ball

5 foizdan 7 foizgacha

7 ball

7 foizdan 9 foizgacha

6 ball

9 foizdan 10 foizgacha

5 ball

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xatlangan mol-mulkni sotishga topshirish haqidagi
‎DALOLATNOMA

“___” _____ 20__ y.

______ tuman (shahar)

Men, Byuroning ______________ tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi ____________________________________,
‎ savdo tashkiloti vakili ____________________________________________________________________________

‎‎(savdo tashkiloti vakilining F.I.O., yashash joyi haqidagi maʼlumotlar)

ishtirokida ____________________________________________________________________________ ga muvofiq,‎

(ijro hujjatining nomi)

qarzdor _____________________________________________________________________________ dan undiruvchi

(qarzdorning F.I.O.)

_______________________________________________ foydasiga ___________________________

(undiruvchining F.I.O.)

________________________________________________________________________________________________

‎‎(ijro hujjatining mazmuni)

undirish haqidagi “___” _______20__ yilda qoʻzgʻatilgan _______-son ijro ish yurituvi boʻyicha “___” ______ 20___ yildagi dalolatnomaga muvofiq

T/r‎

Mol-mulkning nomi va
‎tavsifi

Miqdori

Narxi

1.‎

‎‎

2.‎

‎‎
‎‎xatlangan mol-mulklarni mazkur dalolatnomaga muvofiq _________________________________________________
‎_______________________________________________________________ savdo doʻkoniga sotish uchun topshirdim.

(savdo tashkilotining nomi)‎‎

Yuqoridagi mulklarni sotish uchun qabul qilib oldim_____________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

(qabul qilib olgan shaxsning F.I.O., lavozimi, uning vakolatligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida maʼlumot)‎

Sotish uchun topshirilgan mulkning jami narxi _____________________________________________________ soʻm,

‎‎(soʻz bilan)

bundan komission toʻlov ____ foizni, yaʼni ____________________________________________soʻmni tashkil etadi.

‎‎(soʻz bilan)

____________________ soʻm ___________________________________________* hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim.

(soʻz bilan)‎‎

Yuqoridagi mol-mulklar _______________________________________________________________ ga topshirilib,

‎‎ (qabul qilib olayotgan shaxsning F.I.O., lavozimi)

u mol-mulkning saqlanishi‎‎ ‎uchun tegishli shart-sharoitlarga rioya qilishi va ularni taʼminlashi shartligi, mol-mulkni qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazganligi uchun javobgar boʻlishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 233-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

‎‎Imzolar:‎
Davlat ijrochisi: _________________________
Savdo tashkiloti ______________________________‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Byuro organining depozit hisob raqamlari koʻrsatiladi, davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishda esa maxsus hisob raqam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan sotuvga chiqarilgan mol-mulklar harakati yuzasidan Byuroning ____________ tuman (shahar) boʻlimi va ___________ savdo tashkiloti oʻrtasida ______ yilning ___-chorak holatiga tuzilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQQOSLASH DALOLATNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ijro ishi raqami, davlat ijrochisining F.I.O.

Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ nomi

Ijro hujjatining raqami, sanasi

Ijro hujjatining taraflari (qarzdor va undiruvchi) F.I.O.

Mol-mulkni olib qoʻygan organ nomi*

Mol-mulkni xatlash va sotuvga chiqarish dalolatnomalar sanalari va raqami

Mol-mulk nomi va soni

Mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot

Mol-mulkning summasi

Sotishga berilgan mol-mulkning arzonlashtirishdan keyingi narxi

Sotilgan summa

Sotuvdan tushgan summani taqsimlash

Sotilmagan mol-mulk davlat ijrochisiga qaytarilgan sana

Izoh

Savdo chegirmasi summasi

Byuro depozit hisob raqamiga oʻtkazilgan summa

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16






___________ savdo tashkiloti rahbari

____________________________

(Savdo tashkiloti rahbari F.I.O)

“___” _________ 20__ yil

davlat ijrochisi

Byuroning ___________ tuman (shahar)

_______________________________

(Davlat ijrochisi F.I.O)

“___” _________ 20__ yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Faqat davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulklar boʻyicha toʻldiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 10/18/3024/1369-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)