OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda 1649-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 25-maydagi 25-q va 01/15-10/12-sonli “Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3024, 19.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1 Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-dekabr,
01/19-18/08-son
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-dekabr,
37-son
Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 01/19-18/08, 37-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda — ijro hujjatlari) ijro etish boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlov asosida tanlash va mol-mulkni sotish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qoidalari ijro hujjatlari asosida xatlanib, auksion savdolari orqali yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa usulda sotilishi belgilangan mol-mulkka nisbatan tatbiq etilmaydi.
II. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish boʻyicha savdo tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish
§ 1. Asosiy qoidalar
2. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish boʻyicha savdo tashkilotlarini tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda — Sud departamenti) hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
3. Tanlov oʻtkazishdan asosiy maqsad har bir tuman (shahar) boʻyicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish boʻyicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.
4. Tanlovning barcha qatnashchilariga teng tanlov shartlarini yaratish, oshkoralik, talablarning yagonaligi va baho berishda xolislik tanlov oʻtkazishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
§ 2. Tanlov komissiyasi
5. Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan oʻtkaziladi.
6. Komissiya Sud departamenti direktori buyrugʻi asosida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻi — Komissiya raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining joylardagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar) adliya boshqarmalari vakili — Komissiya aʼzosi;
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari vakili — Komissiya aʼzosi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Sud departamenti hududiy boshqarmasining sud qarorlarini ijro etish boʻlimi boshligʻi, ichki xavfsizlik inspeksiyasi bosh inspektori — Komissiya aʼzolari hisoblanadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Zarurat tugʻilganida, maxsus bilim talab qiladigan masalalar boʻyicha xulosa berish uchun Komissiya yigʻilishlariga maslahat ovozi bilan ekspert (mutaxassis)lar jalb qilinishi mumkin.
7. Komissiya:
tanlov oʻtkazish vaqti, joyi va shartlari toʻgʻrisida eʼlon berish boʻyicha qaror qabul qiladi;
tanlab olingan savdo tashkilotlari bilan tuziladigan namunaviy shartnoma loyihasini tasdiqlaydi;
tanlov gʻoliblarini aniqlaydi;
tanlov oʻtkazish boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari talabgorlar hujjatlarining xolisona koʻrib chiqilishi va baholanishi uchun javobgar hisoblanadilar.
8. Komissiyaning ishchi organi vazifalari Sud departamentining hududiy boshqarmalaridagi sud qarorlarini ijro etish boʻlimi boshligʻi zimmasiga yuklatiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Ishchi organ:
tanlovga qatnashish uchun talabgorlardan tushgan arizalarni qabul qiladi;
ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beradi;
Komissiya bayonnomalarini yuritadi;
manfaatdor shaxslarni tanlov shartlari hamda namunaviy shartnoma shakli bilan tanishtiradi;
savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
tanlov boʻyicha kelib tushgan va yuritiladigan hujjatlarning hisobini, saqlanishini hamda maxfiyligini taʼminlaydi;
Komissiyaning topshirigʻi asosida boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
§ 3. Tanlov oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
9. Komissiya tanlov boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beradi. Eʼlon beriladigan ommaviy axborot vositalari roʻyxati Sud departamenti tomonidan belgilanadi.
Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
tanlov oʻtkazadigan organning nomi;
tanlov oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti;
tanlov shartlari va tanlov gʻoliblarini aniqlash mezonlari;
tanlovda ishtirok etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
ariza va hujjatlarni qabul qilib olish joyi va manzili;
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar taqdim etishning oxirgi muddati.
10. Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay bu haqda Sud departamentiga xabar beradi. Sud departamenti masʼul xodimi tanlovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
11. Tanlov har yili bir marta oʻtkaziladi. Zaruriyat tugʻilgan hollarda Komissiya tomonidan navbatdan tashqari tanlov oʻtkazilishi ham mumkin.
12. Savdo tashkilotlari oʻrtasidagi tanlov har bir tuman (shahar) boʻyicha oldindan belgilab beriladigan gʻoliblar soni (kamida ikkita) miqdorida oʻtkaziladi.
Zarur hollarda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, alohida turdagi mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, texnik va maishiy tovarlar, qurilish mahsulotlari va boshq.) sotish uchun ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari aniqlanishi mumkin.
Quyidagi turdagi mol-mulklar ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari orqali sotiladi:
qimmatbaho metallar va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan buyumlar boʻyicha;
mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, yem-xashak, boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha;
sotish uchun alohida ruxsatnoma yoxud litsenziya talab qilinadigan boshqa mahsulotlar boʻyicha;
Komissiya tomonidan belgilab berilgan boshqa mol-mulklar boʻyicha.
Komissiyaning qarori bilan alohida turdagi mol-mulklarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari viloyat miqyosida ham aniqlab berilishi mumkin.
13. Madaniy boyliklar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan qimmatbaho asarlar, noyob qoʻlyozmalar, antikvar mahsulotlar va boshqalar) boʻyicha vakolatli savdo tashkilotlari Sud departamenti tomonidan respublika miqyosida aniqlab beriladi.
§ 4. Tanlovda ishtirok etish shartlari
14. Tanlovda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, turgʻun savdo shoxobchasi va nazorat-kassa mashinasi mavjud yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.
Quyidagi yuridik shaxslar tanlovga qatnashishga qoʻyilmaydilar:
qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrot arafasida boʻlgan;
olti oydan kam muddat davomida faoliyat yuritayotgan;
oxirgi 2 yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan boʻlsa.
15. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan savdo tashkiloti Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasiga roʻyxat asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) Komissiya nomiga ariza;
b) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) savdo tashkiloti taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi;
g) savdo tashkilotining oldingi hisobot yili uchun tegishli davlat idoralariga berilgan buxgalterlik balansi (1 va 2-shakllar) nusxasi;
d) savdo tashkilotida nazorat kassa mashinasining mavjudligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotnomasi;
e) savdo doʻkoniga boʻlgan mulk (ijara) huquqining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
j) savdo doʻkonining joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot, uning qisqacha tavsifnomasi va 10x15 oʻlchamdagi rangli fotosuratlari (joyning atrof koʻrinishi, umumiy tashqi va ichki koʻrinishlari aks ettirilishi kerak);
z) mol-mulklarning saqlanishi, turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini taʼminlovchi joy (uskuna)larning qisqacha tavsifnomasi, shuningdek 10x15 oʻlchamdagi rangli fotosuratlari (joyning umumiy tashqi va ichki koʻrinishlari aks ettiriladi) va ularga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
i) savdo tashkiloti xodimlari va ularning ish tajribasi toʻgʻrisida maʼlumot;
k) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi;
l) talabgorga tegishli hamda ijro hujjati boʻyicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan yaroqli transport vositalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar hamda ularning texnik tavsifi;
m) koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasi miqdori (10% dan koʻp boʻlmagan).
Alohida turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki litsenziya talab qilingan hollarda, shuningdek notarial tasdiqlangan ruxsatnoma yoxud litsenziyaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Talabgorlar mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlarini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilishlari mumkin.
16. Savdo tashkiloti qaysi hududda faoliyat yuritayotgan boʻlsa yoki tanlov oʻtkazilayotgan tuman (shahar)ga yaqin joylashgan boʻlsa, ushbu hudud boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishi mumkin.
17. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiyaning Ishchi organi tomonidan qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etish mumkin emas, mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari.
Ishchi organ hujjatlar qabul qilish muddati tugashiga qadar manfaatdor talabgorlarni tanlov shartlari va Komissiya tomonidan tasdiqlangan namunaviy shartnoma nusxasi bilan tanishtiradi.
Hujjatlar qabul qilish tanlov boshlanishidan besh kun oldin toʻxtatiladi.
18. Komissiya Ishchi organi savdo tashkilotining tovar aylanmasi, qonunchilikka rioya etish ahvoli, faoliyatini tekshirish natijalari, xodimlarining malakasi va boshqa jihatlari toʻgʻrisida mustaqil ravishda soliq, statistika, hokimlik idoralari, shuningdek boshqa muassasa va tashkilotlardan tavsiyanomalar olishi mumkin.
19. Talabgorlar tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilingani yoxud sud ijrochilari bilan til biriktirib, noqonuniy harakatlar qilganligi aniqlangan taqdirda ular tanlovga qoʻyilmaydilar, tanlov gʻolibi deb topilgan taqdirda esa tanlov natijalarining ularga oid qismi bekor qilinadi.
§ 5. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va tanlov natijalarini eʼlon qilish tartibi
20. Tanlov gʻoliblarini aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — Ishchi organ tomonidan taqdim qilingan hujjatlar belgilangan talabga javob berganligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, shuningdek Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tomonidan talabgorning ishchanlik obroʻsi, qonunchilikka va Sud departamenti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etish ahvoli (agar bunday shartnoma tuzilgan boʻlsa), unga nisbatan nazorat idoralari tomonidan qoʻllanilgan sanksiyalar va boshqa shunga oʻxshash jihatlar tekshiriladi.
ikkinchi bosqichda — Komissiya oʻz yigʻilishida taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganadi, belgilangan mezonlar boʻyicha baholaydi hamda uning natijalari boʻyicha tanlov gʻolibini aniqlaydi.
21. Talabgorning ishchanlik obroʻsini tekshirish yakunlari boʻyicha Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tomonidan xulosa tuzilib, u Ishchi organga taqdim qilinadi.
Birinchi bosqichdan oʻtgan talabgorlarning hujjatlari ikkinchi bosqichga qoʻyiladi.
22. Ishchi organi tomonidan ayrim talabgorlarning hujjatlari birinchi bosqichdan qaytarilgan boʻlsa, ular boʻyicha umumlashgan maʼlumot sabablarini koʻrsatgan holda Komissiyaga taqdim qilinadi. Komissiya qaytarish sabablarini asossiz deb topganda, talabgorlar ikkinchi bosqichga qoʻyilishlari mumkin.
23. Savdo tashkilotlari tanlovi Komissiya tomonidan kollegial tarzda hal qilinadi.
Komissiya aʼzolari talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi mezonlar boʻyicha ularni baholaydi:
a) isteʼmolchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi);
b) mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini taʼminlovchi joy (uskuna)larning mavjudligi;
v) majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari;
g) mavjud yaroqli texnikasi;
d) xodimlarining malakasi va ish tajribasi;
e) koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi.
24. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
a) isteʼmolchi uchun joylashgan joyining qulayligini (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi) uning aniq joylashgan oʻrni asosida oʻrganilib, talabgorga 5 balldan 10 ballgacha baho beriladi. Bunda mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan soliq solish, ijara haqi stavkasini belgilash yoxud boshqa maqsadlarda tuman (shahar) hududi tegishli zonalarga boʻlingan boʻlsa, mazkur zonalashtirish hisobga olinadi.
b) mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini taʼminlovchi joy (uskuna)larning mavjudligi mezonini aniqlashda talabgor imkoniyati 5 balldan 8 ballgacha baholanadi.
v) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan yaroqli texnika vositasi, uning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 3 balldan 8 ballgacha baholanadi. Tanlovda talabgorning ijro hujjati boʻyicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan texnik jihatdan soz boʻlgan koʻpi bilan 2 ta texnika vositalari hisobga olinadi;
g) talabgorning hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi va mol-mulki 2 balldan 5 ballgacha baholanadi. Bunda talabgorning barcha mavjud pul mablagʻlari va mol-mulki umumlashtirilib, yagona ball beriladi;
d) savdo tashkiloti xodimlarining maʼlumoti va ish tajribasi 2 balldan 5 ballgacha baholanadi (koʻpi bilan 2 nafar savdo tashkiloti xodimi hisobga olinadi);
e) koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi 5 balldan 8 ballgacha baholanadi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar yuqorida koʻrsatilgan mezonlar talabiga javob bermasa, ularga ushbu mezon boʻyicha ball berilmaydi.
25. Yigʻilishda talabgorning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha yagona ball beriladi.
26. Eng koʻp yakuniy ball toʻplagan talabgorlar — savdo tashkilotlari Komissiya yigʻilishida tanlov gʻoliblari deb topiladi.
Agar ikki va undan ortiq talabgor bir xil ball toʻplagan taqdirda, ular orasida nisbatan past savdo chegirmasi taklif qilgan talabgor tanlov gʻolibi deb topiladi.
27. Tanlov gʻoliblari deb topish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
yigʻilish oʻtkazilgan joy va sana;
yigʻilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari;
tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etgan talabgorlarning roʻyxati;
talabgorlar takliflarini baholash haqidagi maʼlumot;
tanlov gʻoliblari toʻgʻrisida maʼlumot.
29. Tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma imzolanganidan soʻng besh kunlik muddat ichida tanlov gʻoliblari va Sud departamentining viloyat boshqarmalari oʻrtasida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish toʻgʻrisida tasdiqlangan namunaviy shakldagi shartnoma tuziladi.
Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinganligi hamda ular tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha savdoni tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi inobatga olinadi.
30. Shartnoma tuzilganidan soʻng bir kunlik muddat ichida vakolatli savdo tashkilotlarining roʻyxati tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlariga yuboriladi. Shuningdek, tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berilgan ommaviy axborot vositalarida bu haqda maʼlumot beriladi.
III. Ijro hujjatlari asosida sotiladigan mol-mulkni sotuvga chiqarish va sotish tartibi
31. Ijro hujjatlari asosida sotuvga chiqariladigan mol-mulk savdo tashkilotlariga topshirilgunga qadar belgilangan tartibda baholanadi.
32. Xatlangan mol-mulk uni baholash toʻgʻrisidagi xulosa baholovchidan olingan kundan boshlab, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sud ijrochisi tomonidan baholanganda esa, mol-mulkni baholangan kundan boshlab 3 kun ichida dalolatnoma asosida sud ijrochisi tomonidan savdo tashkilotiga topshiriladi.
Dalolatnoma mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda tuziladi.
33. Mol-mulkni sotish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining nusxasi;
mol-mulkni xatlash (roʻyxatga olish) dalolatnomasining nusxasi;
mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar va (yoki) baholash toʻgʻrisidagi xulosa nusxalari;
sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari.
34. Ijro hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash uchun miqdori, hajmi va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mol-mulk bir vaqtning oʻzida sotish uchun shartnoma tuzilgan bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
35. Sotish uchun savdo tashkilotlari tomonidan qabul qilingan mol-mulklar xatlash (roʻyxatga olish) dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
Mol-mulklarni juzʼiy taʼmirlash, tozalash va tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.
36. Savdo tashkilotlari tomonidan mol-mulkni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi chakana savdo qoidalari” asosida amalga oshiriladi.
37. Sotuvga chiqarilgan mol-mulk ikki oy mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulk narxini kamaytirish yoxud uni qaytarib olish masalasini koʻrib chiqish uchun sud ijrochisiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
38. Savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga, shuningdek mol-mulkni sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari shartnomani bir tomonlama bekor qilish toʻgʻrisida hududiy boshqarmaga bildirgi yuborishi hamda mol-mulkni mazkur Nizom asosida tanlab olingan boshqa savdo tashkilotiga olib berishga haqlidir.
IV. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablagʻlarini hisobga olish
39. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun sud ijrochilari boʻlimlari tomonidan bankda depozit hisob raqami ochiladi.
40. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari, savdo chegirmasini ushlab qolgan holda, realizatsiya qilinishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlaridagi depozit hisob raqamiga ikki bank ish kunidan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
41. Sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimining depozit hisob raqamiga mol-mulkni realizatsiya qilishdan kelib tushgan mablagʻlarni taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
V. Yakuniy qoidalar
42. Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari savdo va ixtisoslashgan tashkilotlar, shuningdek bozorlar tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotishni tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
43. Mazkur Nizom Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-dekabr
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
REYTING BALLARI
| № | Baholash mezonlari | Reyting koʻrsatkichlari | Reyting ballar | Beriladigan maʼlumot |
| |
Isteʼmolchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi) |
Aholi gavjum viloyat va tuman (shahar) markazida, bozorlar va savdo markazlarda yoxud ularning yaqin atrofida joylashgan talabgor | 8 balldan 10 ballgacha |
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar tegishli maʼlumot |
| Yuqorida koʻrsatilganidan boshqa aholi gavjum transport vositalari serqatnov yoʻl boʻyida joylashgan talabgor | 6 balldan 8 ballgacha | |||
| Aholi gavjum boshqa hududlarda joylashgan talabgor | 5 balldan 6 ballgacha | |||
| | Mol-mulklarning saqlanishini taʼminlovchi joy (uskuna)lar | Maxsus saqlash binosi yoki joyi (omborxona, yertoʻla, muzlatgich, sovutgich va h.k.) | 5 balldan 8 ballgacha |
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, tegishli maʼlumot |
| | Mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini t�ʼminlovchi joy (uskuna)lar | Mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini taʼminlovchi yetarlicha savdo asbob-anjomlari va maxsus sotish joylari | 5 balldan 8 ballgacha |
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, tegishli maʼlumot |
| Talabgorga tegishli yaroqli texnika | Yuk mashina | 8 ball | Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, texnik pasport | |
| Yuk tashishga ixtisoslashgan yengil mashina | 6 ball | |||
| Yengil mashina | 4 ball | |||
| Yuk tashishga ixtisoslashgan mototsikl | 3 ball | |||
| |
Talabgorning majburiyatlardan holi boʻlgan mavjud pul mablagʻi va mol-mulki | 100 mln. soʻmdan yuqori | 5 ball | Bank maʼlumotnomasi |
| 50 mln. — 100 mln.soʻmgacha | 4 ball | |||
| 10 mln. — 50 mln. soʻmgacha | 3 ball | |||
| 1 mln. dan — 10 mln. soʻmgacha | 2 ball | |||
| |
Savdo tashkiloti xodimlarining maʼlumoti va ularning ish tajribasi | Mutaxassislik boʻyicha maʼlumoti va 5 yildan ortiq ish tajribasi | 5 ball | Belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasi va diplom nusxalari |
| Mutaxassislik boʻyicha maʼlumoti va 5 yildan kam ish staji | 3 ball | |||
| Mutaxassislik boʻyicha maʼlumoti boʻlmasdan turib, 5 yildan ortiq ish staji | 2 ball | |||
| |
Koʻrsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi |
5% gacha | 8 ball | Talabgorni yozma taklifi |
| 5% dan 7% gacha | 7 ball | |||
| 7% dan 9% gacha | 6 ball | |||
| 9% dan 10% gacha | 5 ball |
Izoh. Komissiya baholanayotgan koʻrsatkichlarning xususiyatiga qarab ularning har biri boʻyicha ball berish maqbul yoki maqbul emasligini aniqlaydi. 4 va 6-bandlar boʻyicha 1 tadan ortiq xodim yoki texnika vositasi koʻrsatilgan boʻlsa, ulardan tanlab olingan 2 tasining har biri uchun alohida ball beriladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xatlangan mol-mulkni sotishga topshirish haqidagi
DALOLATNOMA
DALOLATNOMA
| “___” __________ 20___ y. | _________________ tuman (shahar) | ||
|
| |||
|
(Savdo tashkiloti vakilining F.I.Sh., yashash joyi haqidagi maʼlumotlar) | |||
| ishtirokida _______________________________________________________ ga muvofiq, | |||
|
(ijro hujjatining nomi) | |||
| qarzdor ________________________________________________________ dan undiruvchi | |||
|
(qarzdorning F.I.Sh.) | |||
| ______________________________________ foydasiga ____________________________ | |||
|
(undiruvchining F.I.Sh.) |
| | |
| ___________________________________________________________________________ | |||
| ___________________________________________________________________________ | |||
|
(ijro hujjatining mazmuni) | |||
| undirish haqidagi “___” _____________ 200__ yilda qoʻzgʻatilgan ________sonli ijro | |||
| ish yurituvi boʻyicha “___” ______________ 200__ yildagi dalolatnomaga muvofiq | |||
| | | | |
| № | Mol-mulkning nomi va tavsifi | Miqdori | Narxi |
|
1. |
| | |
|
2. |
| | |
|
3. |
| | |
| | | | |
| xatlangan mulklarni mazkur dalolatnomaga muvofiq ________________________________ ___________________________________ savdo doʻkoniga sotish uchun topshirdim | |||
|
(savdo tashkilotining nomi) |
| | |
| Yuqoridagi mulklarni sotish uchun qabul qilib oldim ________________________________ ____________________________________________________________________________ | |||
|
(shaxsning F.I.Sh., lavozimi, uning vakolatligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida maʼlumot) | |||
| Sotish uchun topshirilgan mulkning jami narxi ________________________________ soʻm, | |||
| | |
(soʻz bilan) |
|
| bundan komission toʻlov ____ foizni, yaʼni _______________________soʻmni tashkil etadi. | |||
| | |
(soʻz bilan) |
|
| ___________________ soʻm _______________________ * hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim. | |||
|
(soʻz bilan) |
| | |
Imzolar: |
| | |
| Sud ijrochisi: _____________________________________________________ | |||
| Savdo tashkiloti ____________________________________________________ | |||
* Sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari depozit hisob raqamlari koʻrsatiladi, davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishda esa maxsus hisob raqam koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 524-modda; 2014-y., 8-son, 86-modda)