10.05.2018 yildagi 348-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga va “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PQ-3662-son qaroriga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibotini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oʻz xodimlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament tartibotlariga tizimli ravishda oʻqitishni taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Adliya vaziri R.Q. Davletov hamda Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy reglamenti
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish” davlat xizmatlari sifatida koʻrsatiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIning yopiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga maʼlum boʻlgan va elektron hujjatda ERI yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIning ochiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, ERI yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi ERI haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI yopiq kalitining paroli — ERIning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun moʻljallangan shartli belgilar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIning yopiq kaliti egasi — ERIni yaratgan (elektron hujjatga imzo qoʻygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga ERI kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini boshqarish — ERI kalitining sertifikati amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy axborot resursi — ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning rahbarlari tomonidan elektron hisoblash mashinasi vositasida ERI yopiq kalitini yaratish va saqlash imkoniyatini taʼminlab beruvchi vakolatli organ rasmiy veb-sayti.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari markazlari hamda vakolatli organ oʻrtasidagi harakatlar ERIdan foydalanilgan holda idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslar tomonidan yigʻim bank hisobvaraqlaridan pul koʻchirish yoʻli bilan bir qatorda bank kartalari orqali naqd pulsiz shaklda toʻlov tizimi operatorlari orqali amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 5-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat etganda:
(6-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yagona portal orqali murojaat etilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga;
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ERI roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. ERI kalitining sertifikatini berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun jismoniy shaxslar (16 yoshga toʻlgan va belgilangan tartibda biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi) olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs) va yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — murojaat etuvchilar) Davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun faqat yuridik shaxslarning rahbarlari murojaat qilishlari mumkin. Yuridik shaxslarning boshqa vakillari ERI kalitlarini va ularning sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali olish ushbu Maʼmuriy reglamentga 1 va 1a-ilovalarga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bevosita murojaat qilinganda Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat etuvchining nomidan soʻrovnomani toʻldiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnoma ariza beruvchining shaxsi biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilingan hollarda, murojaat qiluvchi mustaqil ravishda ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali oʻz shaxsi va maʼlumotlarini tasdiqlaydi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchi ERI kalitining sertifikatini olish uchun yigʻim toʻlaydi. ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu Maʼmuriy reglamentning 5-bandida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning oʻquvchilariga, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilariga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini olish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) boʻlsa, soʻrovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisida yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatlari markazi ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qabul qilganidan soʻng yigirma daqiqa vaqt ichida undagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markazi xodimining ERI bilan tasdiqlangan holda vakolatli organning axborot tizimiga idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yoʻli bilan yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllangan ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma vakolatli organning axborot tizimiga kelib tushadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organning axborot tizimida Davlat xizmatlari markazi tomonidan yuborilgan va Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali kelib tushgan maʼlumotlar koʻrib chiqilib, real vaqt rejimida ERI kalitining sertifikati rasmiylashtiriladi yoki ERI kalitining sertifikatini berish asosli ravishda rad etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organning axborot tizimida soʻrovnomani koʻrib chiqishning natijalariga asosan rasmiylashtirilgan ERI kaliti sertifikati elektron hujjat shaklida murojaat qiluvchiga Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi va Davlat xizmatlari markaziga idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yoʻli orqali yuboriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. ERI yopiq kalitining paroli vakolatli organ tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga sms-xabar shaklida yuboriladi. ERI yopiq kaliti egasining Davlat xizmatlari markaziga bevosita qilgan murojaatiga asosan soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqami oʻzgartirilishi yoki ERI yopiq kalitining paroli qayta yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. ERI kalitining sertifikatini olish uchun ERI yopiq kalitining egasi Davlat xizmatlari markazi xodimiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini elektron hujjat shaklida yozib qoʻyish va saqlash uchun oʻzga maʼlumotlar manbaini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikati Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali olinganda, ERI yopiq kaliti egasi ERI kalitining sertifikatini hamda chop etishga moʻljallangan elektron hujjat shaklidagi nusxasini Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi tizimida tasdiqlagan holda yuklab oladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatlari markazi xodimi ERI kalitini va ERI kalitining sertifikatini ERI yopiq kaliti egasiga berish vaqtida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI yopiq kaliti egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) asosida uning shaxsini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida roʻyxatga olingan ERI kalitlari va elektron hujjat shaklidagi ERI kalitining sertifikati boʻlgan faylni murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzga maʼlumotlar manbaiga yozib qoʻyadi va faylning yozilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini qogʻoz hujjat shaklida talab etilgan taqdirda ikki nusxada chop etiladi va har bir nusxasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan imzolanib bir nusxasi ERI yopiq kaliti egasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatlari markazi xodimi ERI kaliti sertifikatini ERI yopiq kaliti egasiga berish jarayonida murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzga maʼlumotlar manbaidagi maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritishi, ulardan nusxa olishi va oʻchirishi, oʻzida saqlash hamda ERI yopiq kaliti egasidan ERI yopiq kaliti parolini soʻrab olishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ tomonidan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilingan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchi taqdim etgan soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini berish uchun toʻlov amalga oshirilmaganligi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qilingan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining shaxsi tasdiqlanmagan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi taqdim etgan soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
(17-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini berish uchun toʻlov amalga oshirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, ERI kalitining sertifikatini berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani uning aniq asoslarini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi. Agarda murojaat etuvchining soʻrovnomasi vakolatli organga toʻgʻridan-toʻgʻri Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali kelib tushgan boʻlsa, ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma murojaat etuvchining oʻziga Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab yigirma daqiqa ichida murojaat etuvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. ERI kalitining sertifikatini berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, soʻrovnomani qayta koʻrib chiqish murojaat etuvchi tomonidan Davlat xizmatlari markaziga vakolatli organga rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda taqdim etilgan soʻrovnoma olingan vaqtdan boshlab ushbu Maʼmuriy reglamentning 10 — 15-bandlarida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani qayta koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ERI kalitining sertifikatini berish ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Takroriy murojaat koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilinganda, ERI kaliti sertifikatini berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar murojaat qiluvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, soʻrovnomani qayta koʻrib chiqish Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilish orqali ushbu Maʼmuriy reglamentning 10 — 15-bandlarida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Murojaat etuvchi vakolatli organning ERI kaliti sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomasi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. ERI kalitining sertifikatini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. ERI kalitining sertifikatini boshqarish uchun ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikatini boshqarish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar ERI yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili boʻlsa ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma bilan birga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisida yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, murojaat etuvchi ERI yopiq kalitining egasi boʻlsa, ERI kalitining sertifikatini boshqarish uchun yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qabul qilish vaqtida Davlat xizmatlari markazining xodimi ERI yopiq kaliti egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) asosida uning shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ERI kalitining sertifikatini boshqarish uchun yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) taqdim etilganda, ERI yopiq kaliti egasining shaxsini aniqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat xizmatlari markazi ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qabul qilganidan soʻng uni yigirma daqiqa ichida vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani real vaqt rejimida koʻrib chiqadi va soʻrovnomada koʻrsatilgan ERI kalitining sertifikati bilan zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. ERI kalitining sertifikatini boshqarish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari va ERI kalitining sertifikati bilan amalga oshirilgan harakatlar haqidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markaziga elektron hujjat shaklida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat xizmatlari markazi ERI kalitining sertifikati bilan amalga oshirilgan harakatlar haqidagi maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab yigirma daqiqa ichida bu haqida murojaat etuvchini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. ERI kaliti sertifikatining amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining egasi vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti egasi ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddatini tugatish boʻyicha murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda ERI kaliti sertifikatining amal qilishi ERI kaliti egasining murojaatlarisiz tugatiladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat xizmatlari markazlari xodimlarining ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikat berish hamda berilgan sertifikatlarni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari xatlari asosida bepul ravishda boshqarma xodimlarining ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazadi, sertifikatlarni beradi va berilgan sertifikatlarni boshqaradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilgan ERI kalitlari yordamida Davlat xizmatlari markazlarining xodimlariga ushbu Maʼmuriy reglamentda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazadi, sertifikatlarni beradi va berilgan sertifikatlarni boshqaradi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. ERI kalitlarining sertifikatlari qogʻoz hujjat shaklida berilgan taqdirda vakolatli organ ularni saqlash uchun Davlat xizmatlari markazlaridan ushbu Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq ERI kalitining sertifikatlari reyestri boʻyicha har chorakda keyingi oyning 25-kunigacha elektron shaklda qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Murojaat qiluvchi

1. ERI kaliti sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat qilish;

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.

2. Murojaat qilinganda


2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Murojaat qiluvchi nomidan soʻrovnomani toʻldirish hamda vakolatli organga yuborish.

1. 20 daqiqa ichida

2. Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.

2. Avtomatik ravishda


3-bosqich

Vakolatli organ

1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.

2. ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI sertifikatini rasmiylashtirish yoki rad etish xabarnomasini tayyorlash.

3. ERI kaliti sertifikatini reyestrga kiritish, murojaat qiluvchiga sms-xabar shaklida ERI kaliti parolini joʻnatish.

4. Rasmiylashtirilgan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini Davlat xizmatlari markaziga yuborish.

Avtomatik ravishda


4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Vakolatli organdan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini olish.

2. ERI yopiq kaliti egasi shaxsini aniqlash, ERI kalitlarini va ERI sertifikatini oʻzga maʼlumot manbaiga yozish.

3. Qogʻoz hujjat shaklidagi ERI kaliti sertifikatini rasmiylashtirish va ERI yopiq kaliti egasiga berish yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish.

20 daqiqa ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi, shuningdek, mobil ilovada shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlash orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

1. ERI kaliti sertifikatini olish uchun soʻrovnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali vakolatli organga shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlab yuborish.

Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.

2. ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI sertifikatini rasmiylashtirish yoki rad etish xabarnomasini tayyorlash.

3. ERI kaliti sertifikatini reyestrga kiritish va SMS-xabar shaklida ERI sertifikatining olinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida axborot joʻnatish.

4. Rasmiylashtirilgan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini murojaat qiluvchiga yuborish.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Murojaat qiluvchi

1. Yagona portal yoki rasmiy axborot resursidagi shaxsiy kabinetdan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini olish va olinganligini tasdiqlash.

2. ERI kalitining sertifikatini hamda chop etishga moʻljallangan elektron hujjat shaklidagi nusxasini yuklab olganligi haqida tasdiqlagan holda vakolatli organni xabardor qilish.

1 soat ichida

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎__________ tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi orqali 20__ yil ___ chorakda berilgan elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari
‎REYESTRI

T/r‎ ERI yopiq kaliti egasining F.I.O.‎‎ Berilgan sana‎‎ ERI kaliti sertifikatning raqami‎‎ ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati‎‎ Izoh‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Vakolatli organga _______ta qogʻoz hujjat shaklidagi imzolangan ERI kalitlarining sertifikatlari topshirildi.

Topshirdi‎‎

Qabul qildi‎‎

_________ ‎‎ ________________ ‎‎ _________ ‎‎ ____________________ ‎‎

‎‎(imzo)

‎(Davlat xizmatlari markazi xodimining F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎(vakolatli organ xodimining F.I.O.)

‎‎“___” _____________ 20__ y.

‎‎“___” _____________ 20__ y.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/348/1204-son, 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 07.12.2020-y., 09/20/773/1606-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son; 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)