12.12.2017 yildagi PF-5278-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yildan buyon tadbirkorlik subyektlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda Inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirib kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspeksiyalar negizida Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (keyingi oʻrinlarda Yagona markazlar deb yuritiladi) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha keyingi qadam boʻlib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada Yagona markazlar tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-apreldan boshlab roʻyxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish” koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekistonning mavqeyini 24-oʻrindan 11-oʻringa yaxshilashga xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini toʻliq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishiga ayrim tizimli muammolar toʻsqinlik qilmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgacha turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha murakkab tartib-taomillardan oʻzlari oʻtishga majbur boʻlmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va oʻz vaqtida foydalanishni taʼminlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, koʻpchilik davlat xizmatlarini koʻrsatishning tartib-taomillari murakkab va foydalanish uchun qiyin boʻlib qolmoqda, narxni shakllantirish mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” xizmatlar koʻrsatishga talablar belgilanmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekanligi, qogʻoz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolar koʻp vaqt kutib qolishi va navbatlar yuzaga kelishiga hamda oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning taʼsirchan tizimi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan omillar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini taʼminlash, ularni koʻrsatish bilan bogʻliq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, davlat xizmatlarining har bir turi boʻyicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga koʻra davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmini, eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari koʻrsatish amaliyotini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, davlat xizmatlarini, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) koʻrsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan, mazkur sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishini bartaraf etishga qaratilgan navbatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ishlarning uzaytirilgan grafigidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda on-layn soʻrovlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida malakali kadrlarni tizimli tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan muassasalarida stajirovka oʻtash orqali tizimli ravishda oshirishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilsin, kuyidagilar ularning asosiy vazifalari sifatida belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini taʼminlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni taʼminlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xalqaro amaliyotni oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari binolarining ularda Davlat xizmatlari markazlarini joylashtirishni ham nazarda tutgan holda namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari zamonaviy binolarini tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, eng avvalo, davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi binolar foydalanishga topshirilgunga kadar Davlat xizmatlari markazlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari binolarida, zarur hollarda esa — jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini sifatli koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni yaratgan holda boshqa binolarda joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar va Roʻyxatning amalga oshirilib borilishini har oyda koʻrib chiqsin.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2412-son va 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qarorlariga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatda koʻrsatilgan masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar belgilangan muddatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va boshqa aktlarning namunaviy shakllari, blankalarini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarining tegishli turlarini koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni fuqarolardan talab etish bekor qilinishini nazarda tutgan holda maʼmuriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga kadar muddatda Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2018-yil 1-fevraldan boshlab davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ularning Davlat xizmatlari yagona reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi, 2018-yil 1-iyundan boshlab esa mazkur reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Adliya vazirligiga xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish uchun texnik koʻmaklashish mablagʻlari va grantlarni jalb qilish masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, mazkur Farmonda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, “Oʻzinjiniring” Respublika loyiha instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar muddatda Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari uchun zarur axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilish va apparat-dasturiy komplekslarni oʻrnatishning konsepsiyasi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va texnik topshirigʻi tayyorlanishini hamda tasdiqlash uchun oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan konsepsiya, texnik-iqtisodiy hisob-kitob va texnik topshiriq asosida Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari uchun axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini, shuningdek, apparat-dasturiy komplekslar oʻrnatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, maʼlumotlar bazalari, serverlari va boshqa uskunalarini inventarizatsiyadan oʻtkazib, keyinchalik ularni Agentlikning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin va idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan birgalikda uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlarini zarur video, audio va boshqa uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasin hamda real vaqt rejimida davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini masofadan kuzatishni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga nisbatan taʼsirchan choralarni koʻrgan holda tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5278-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish

muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimining huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish

1.

Quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash orqali davla� xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash:

arz qiluvchidan elektron hujjat, soʻrov, murojaat qabul qilishni rad etganlik;

davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik;

arz qiluvchidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olganlik;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
1-aprelga qadar

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Oliy sud,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

2.

Davlat xizmatlari �oʻrsatish masalalarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini inventarizatsiya qilish.

Inventarizatsiya yakunlari boʻyicha, shu jumladan ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

3.

Davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni fuqarolardan soʻrab olinishi bekor qilinishini nazarda tutgan holda maʼmuriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Belgilangan

muddatlarda

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

4.

Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) orqali davlat xizmatlari koʻrsatish uchun namunaviy shakllar va blankalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy

normativ-huquqiy

hujjatlar

Belgilangan

muddatlarda

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

II. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish

5.

Barcha davlat xizmatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish.

Adliya vaziri buyrugʻi

2018-yil
1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

6.

Elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatishda yagona shakllar, blankalar, hujjatlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy

normativ-huquqiy

hujjatlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

7.

Sogʻliqni saqlash sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

8.

Statistik maʼlumotlarga ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirish darajasini oshirish maqsadida statistik maʼlumotlarning ishlov berish va saqlashning kompleks axborot tizimini yaratish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

Davlat soliq xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

10.

Davlat bojxona xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

11.

Maʼlumotlar almashinuvi jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish maqsadida vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar maʼlumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-aprelga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida personallashtirilgan elektron davlat xizmatlarini hisobga olgan xolda ustuvor davlat xizmatlari roʻyxatini belgilash va joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

13.

“Litsenziya” kompleks axborot tizimini, shu jumladan qogʻoz litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishini bekor qilgan xolda yanada takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-noyabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

III. Markazlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ular faoliyatining samaradorligini yanada oshirish

14.

Kompyuter uskunalari yoki Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolarga davlat xizmatlari taqdim etish uchun Markazlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda infokiosklar bilan taʼminlash.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

15.

Davlat xizmatlarini olishda aholi vaqtini tejash maqsadida Markazlarda elektron navbat tizimini joriy etish, shuningdek, qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil 1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

16.

Oʻzb�kiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan aholining hamma joyda foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Android va IOS platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirliklar va idoralar

17.

Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, shu jumladan real vaqt rejimida Markaz tomonidan hujjatlar toʻxtovsiz qabul qilinishini taʼminlash uchun Markazlar ishining uzaytirilgan grafikini joriy etish.

Adliya vaziri buyrugʻi

2018-yil
1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Tezkor aloqalar, rasmiy veb-sahifalardagi Internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

19.

Real vaqt rejimida davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan masofadan videokuzatuv, monitoring, ushbu sohada sifat va tezkorlikni baholash mexanizmlarini joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-mayga qadar

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida barcha Markazlar, shuningdek, Markazlar orqali davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning optik liniyali aloqa kanallariga ulanishini taʼminlash.

Tadbirlar

rejasi

Markazlar — 2018-yil
1-martg� qadar, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlar — belgilangan muddatlarda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

21.

Davlat xizmatlari tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha yagona yondashuvni qoʻllagan holda Markazlarning mavjud axborot tizimlarini modernizatsiya qilish.

Tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

22.

Davlat xizmatlari turlari boʻyicha yetarli “oyna”lar, kutish joylari, Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati boʻlgan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish burchaklari, ona va bola xonalari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit, toʻxtash joyi hamda boshqa zarur infratuzilmalarni oʻz ichiga olgan Markazlarning zamonaviy binolari namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.

Loyihalarni

tasdiqlash

2018-yil
1-aprelga qadar

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi

23.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida Markazlar faoliyati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar kiritilgan stendlarni joylashtirish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil
1-fevralga qadar

Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun olis joylarga chiqish orqali mobil Markazlar tashkil etish.

Avtobuslar xarid qilish va jihozlash, yoʻnalishlar jadvalini tasdiqlash

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

25.

Markazlar binolarida vakolatli organlar xodimlarini, shu jumladan bittadan kam boʻlmagan tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri, ichki ishlar organlarining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilini davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida ularni zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlagan holda ijara toʻlovisiz joylashtirish, shuningdek, Markazlar binolarida ular tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq kommunal va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash.

Tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-aprelga qadar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, IIV, Adliya vazirligi

26.

Markazlarning mavjud binolarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularning holatini baholash hamda ularni rekonstruksiya qilish va Markazlarning yangi binolari qurish zaruratini aniqlash.

Kompleks

chora-tadbirlar

Grafikka muvofiq

Adliya vazirligi

27.

Xizmat talabgorlarining ishonchi va huquqiy ongi darajasini oshirish maqsadida Markazlar faoliyatini targʻib qilish uchun ijtimoiy roliklar tayyorlash.

Ijtimoiy roliklar tayyorlash

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi, MTRK, OʻzA, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

28.

Markazlarga boʻlayotgan telefon qoʻngʻiroqlarini yozib olish imkoniyati bilan ularning avtomatlashtirilgan roʻyxatga olinishini joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi

IV. Markazlarning kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash

29.

Xodimlar, shuningdek, Markazlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.

Adliya vaziri buyrugʻi

2018-yil
1-martga qadar

Adliya vazirligi

30.

Markazlar logotipini, shuningdek, ular xodimlarining maxsus xizmat kiyimlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrugʻi

2018-yil
1-iyunga qadar

Adliya vazirligi

31.

Markazlar xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash.

Reja-grafik

Doimiy

ravishda

Adliya vazirligi, TIV, IIV, vazirliklar va idoralar

32.

Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Markazlar xodimlari uchun davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash masalalari boʻyicha treninglar va seminarlar tashkil etish.

Tadbirlar

rejasi

2018-yil
1-martga qadar — tasdiqlash

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat xizmatlarining nomlanishi

Joriy etish muddati

Xizmatlar

isteʼmolchilari

Masʼul ijrochilar

1.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda” ulanish.

2018-yil
1-aprelga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

Gaz taʼminoti, energiya taʼminoti, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya tashkilotlari

2.

Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish.

Jismoniy va yuridik shaxslar

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

3.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

4.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish

Jismoniy va yuridik shaxslar

5.

Loyiha hujjatlarini kelishish

Jismoniy va yuridik shaxslar

6.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

7.

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

8.

Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Tuman (shahar) hokimliklari

9.

Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

10.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

11.

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari

12.

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha ariza berish

Jismoniy shaxslar

Maktabgacha taʼlim vazirligi

13.

Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Xalq banki” ATB

14.

Tugʻilganlikni qayd etish

2018-yil
1-sentabrga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

Adliya vazirligi

15.

Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish

Jismoniy va yuridik shaxslar

16.

FXDE va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

17.

Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Ichki ishlar vazirligi

18.

Jismoniy shaxs — soliq toʻlovchining soliq va boshqa qarzi yoʻqligi (borligi) haqida maʼlumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

Davlat soliq qoʻmitasi

19.

Jismoniy shaxslarga STIR berish

Jismoniy shaxslar

20.

Turgan joyi boʻyicha propiska qilish, propiskadan chiqarish, hisobga olish

2019-yil
1-yanvarga qadar

Jismoniy shaxslar

Ichki ishlar vazirligi

21.

Vaqtincha yashash (propiska) uchun ruxsatnomalarni berish va muddatini uzaytirish

Jismoniy shaxslar

22.

Harbiy hisobga qoʻyish

Jismoniy shaxslar

Mudofaa vazirligi

23.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini oʻrnatishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

24.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

25.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni tekshirishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

28.

Xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentlikni belgilash)

Jismoniy shaxslar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

29.

Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish va yoʻllanmalarni rasmiylashtirish

Jismoniy shaxslar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

33.

Oʻqiganlikni tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish

2021-yil
1-sentabrga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Oʻzarxiv” agentligi

34.

Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

35.

Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

36.

Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar

55.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

56.

Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

57.

Koʻchmas mulkka va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi kadastr ishini tayyorlash

Jismoniy va yuridik shaxslar

58.

Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Adliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan davlat xizmatlari koʻrsatiladigan Davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik holatidan, shuningdek, Markazlar bino va inshootlarining tayyorligidan kelib chiqqan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Roʻyxatga Davlat xizmatlari markazlari bino va inshootlarining tayyorligidan kelib chiqqan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tuzatishlar kiritilishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 06/17/5278/0404-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)