11.04.2018 yildagi PQ-3662-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda nafaqat tadbirkorlarga, balki aholiga ham eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish maqsadida respublikaning har bir tuman va shaharlarini qamrab olgan Xalq qabulxonalari huzuridagi davlat xizmatlari markazlarining yagona tarmog‘i yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlarga qaramasdan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida foydalanilmagan imkoniyatlar va hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, bir qator tashkilotlarda bazaviy axborot tizimlarini joriy etish masalalari va ularning idoralararo integratsiya qilinishi past darajada ekanligi davlat xizmatlarini qulay va o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlamayapti. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar, ayniqsa, Mudofaa vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ va barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qog‘oz ko‘rinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Bu kabi salbiy amaliyot, ayniqsa, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davergeodezkadastr) va “O‘zarxiv” agentligiga tegishlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, ko‘pchilik davlat xizmatlari markazlari hanuzgacha yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanmaganligi idoralararo elektron hamkorlikning zarur darajada yo‘lga qo‘yilmasligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbektelekom” AJ rahbarlari ta’sirchan choralar ko‘rmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar va davlat xizmatlari markazlari lozim darajada zamonaviy kompyuter texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlanmaganligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ilg‘or va innovatsion metodlarini joriy qilishga to‘siq bo‘lmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, davlat xizmatlari markazlari zarur bino va xonalar bilan ta’minlamaganligi talab yuqori bo‘lgan ko‘plab xizmatlarni ko‘rsatish uchun tashrif buyuruvchilarni to‘liq va bir vaqtda qamrab olishga imkon bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan o‘tish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va to‘siqlarning mavjudligi shaffoflikning yo‘qolishiga, huquqni turlicha qo‘llash amaliyotiga va oqibatda suiiste’molchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning bilim darajasi va malakasi pastligicha qolmoqda, ularga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish va olishni o‘rgatish bo‘yicha tashkillashtirilgan tizim mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga jadallik bilan o‘tishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agentlik, Davergeodezkadastr, “O‘zarxiv” agentligi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning ishi qoniqarsiz, deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan vazirlik va idoralar, davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa vakolatli organlarning birinchi darajali vazifalari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yanada unifikatsiyalash va avtomatlashtirish maqsadida axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlashni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning arxiv fondini raqamli ko‘rinishga o‘tkazish va tegishli axborot resurslariga kirishga imkoniyat berishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat xizmatlari bo‘yicha biznes jarayonlarning reinjiniringini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi tartibotlarni va ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoniga jalb etilgan xodimlarning o‘z lavozim majburiyatlarini so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarishini ta’minlash, ularning mas’uliyatini kuchaytirish, hozirgi zamon talablariga muvofiq ishlash ko‘nikmalarini va madaniyatini oshirish, ular ishini obyektiv baholash mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda muammolarni hal qilishda davlat organlari va tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishtiroklari bo‘yicha harakatlarni birlashtirish yuzasidan mas’uliyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan ustuvor ravishda axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalarini belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish, elektron davlat xizmatlarini joriy etish uchun foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi zamonaviy davlat xizmatlarini joriy etish masalalariga tegishli ravishda yondashmayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini ko‘rsin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kelgusida davlat xizmatlarini joriy etishni yanada jadallashtirishni ta’minlash va ularni ko‘rsatishdagi zaif tomonlarni aniqlash uchun quyidagicha tartib o‘rnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-iyunidan ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik ma’muriy reglamentlar qabul qilinadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanadi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga kiritilgan davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida ko‘rsatish natijalariga ko‘ra, mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi, Budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay bo‘lgan markaziy qismida joylashgan binolarga, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar binolarini operativ boshqaruv huquqi asosida berish orqali, ko‘chirib o‘tkazishni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga davlat xizmatlari markazlarining yangi binolarini faqat budjetdan tashqari manbalardan, ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini tanqidiy va chuqur o‘rganish, aholi orasida so‘rovlar o‘tkazish orqali sifatiga nisbatan norozilik kelib chiqayotgan davlat xizmatlarini aniqlagan va ularni takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan holda har chorakda talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini baholab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamidan foydalanish majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUKning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga bepul beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, uning pudratchi (subpudratchi) tashkilotlari axborot tizimlarini, resurslari, ma’lumot bazalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlash ishlarini texnik va loyiha hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyiha va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUKda tezlashtirilgan tartibda kelishgandan so‘ng amalga oshiradi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda keyinchalik “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiya qilish maqsadida uch oy muddatda o‘zlarining axborot tizimlaridagi fuqarolar shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlarni yangilashni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davergeodezkadastr:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli aholi punktlari, ko‘chalar, tor ko‘chalar va boshqalarga unikal kodlar bergan holda ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirishni va yuritishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘chmas mulk obyektlarining manzillari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha davlat xizmatlari markazlari optik tolali aloqa liniyalariga ulanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni saqlash imkoniyatini yaratgan holda qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash tizimini yaratsin va amalga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar talab yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan mobil ilovaning ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda axborot tizimlarini, resurslari, ma’lumot bazalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlashni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birga ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, ma’lumotlar bazalari, server va boshqa jihozlarini xatlovdan o‘tkazib, “Elektron hukumat” tizimi va Agentlikning axborot tizimlariga integratsiya qilsin, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbasi etib Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablag‘lari va davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagilarni ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, qog‘oz shaklda saqlanayotgan ma’lumotlarni, elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich raqamli ko‘rinishga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha tartibotlarni yo‘qotish va byurokratik unsurlarni kamaytirishni nazarda tutgan holda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini maqbullashtirish, natijalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda ularni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini “Elektron hukumat” va Agentlik axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda chora-tadbirlarning qisqa muddatlarda ijro etilishini nazarda tutgan holda mazkur band ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga moddiy-texnik vositalarni o‘z vaqtida xarid qilish, “Elektron hukumat” va Adliya vazirligi tizimlariga integratsiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish va takomillashtirish, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli yo‘lga qo‘yish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda har chorak yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va ularni elektron shaklga o‘tkazishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yayotgan aniq shaxslarni ko‘rsatgan holda mazkur qarorning amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot kiritib borsin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuniga qadar Agentlikning asoslantirilgan so‘rovlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilgan holda davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik 2018-yilning 1-mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Multimedia markazining zamonaviy telestudiyasini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan televizion uskunalar jamlanmasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat xizmatlari markazlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab barcha o‘rta va kasb-hunar ta’lim muassasalarining oxirgi kursida (sinfida) yoshlarning zarur bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati” mavzusida o‘quv seminarlari va ochiq darslarni o‘tkazish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi Agentlik va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv seminarlari va ochiq darslarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuristlar malakasini oshirish markazida ikki oy muddatda yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal qilish, katta ish hajmiga ruhiy tayyorgarlik, muomala hamda davlat xizmatini ko‘rsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish hamda doimiy ravishda davlat xizmatlari markazlari rahbar va boshqa xodimlari o‘qishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazlari xodimlarining Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘z vaqtida va to‘liq o‘qishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatlardan foydalanishning qulayligi va ustunligini, jumladan, aholiga mazkur tartibni chuqur o‘rgatish orqali ularning Internet tarmog‘idan murojaat qilishini rag‘batlantirish amaliyotini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun davlat organlarining mas’ul rahbarlari va xodimlarini har chorak yakuni bo‘yicha Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3,52 baravarida rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3662-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PQ-3662-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-iyunidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat xizmatlari markazlari nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Nukus shahri davlat xizmatlari markazi

Andijon viloyati

2.

Andijon shahar davlat xizmatlari markazi

Buxoro viloyati

3.

Kogon shahar davlat xizmatlari markazi

Jizzax viloyati

4.

Do‘stlik tumani davlat xizmatlari markazi

Navoiy viloyati

5.

Zarafshon shahar davlat xizmatlari markazi

Namangan viloyati

6.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazi

Samarqand viloyati

7.

Pastdarg‘om tumani davlat xizmatlari markazi

Sirdaryo viloyati

8.

Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazi

Surxondaryo viloyati

9.

Termiz shahar davlat xizmatlari markazi

Qashqadaryo viloyati

10.

Shaxrisabz tumani davlat xizmatlari markazi

Toshkent viloyati

11.

Chirchiq tumani davlat xizmatlari markazi

Farg‘ona viloyati

12.

Qo‘qon shahar davlat xizmatlari markazi

Xorazm viloyati

13.

Xonqa tumani davlat xizmatlari markazi

Toshkent shahri

14.

Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur Ro‘yxatga davlat xizmatlari markazlari bino va xonalarining tayyorligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
(ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2018-y., 07/18/3662/1060-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)