Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2359-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-son “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 25-martdagi 01/19-18/06-son “Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2359, 2012-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 211-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/32-son “Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2359-1, 2016-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 253-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati va Oʻzbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-mart,
01/19-10/17-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 9-mart
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 9-mart
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
2018-yil 9-mart
Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati raisi N. MIRZARAXIMOVA
2018-yil 9-mart
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
2018-yil 9-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2359-2/0917-son)