Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 1-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2359-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-martdagi 01/19-10/17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2359-2, 17.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 25-martdagi 01/19-18/06-son qarori (roʻyxat raqami 2359, 2012-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 211-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-may,
01/27-26/32-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/32-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”ga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan taqdirda” degan soʻzlar “tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 42-banddagi “muhri va imzosi bilan” degan soʻzlar “imzosi va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Ilovada:
a) 4-band “taraflarning muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) 41-bandning “v” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2016-yil 26-may
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2016-yil 26-may
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2016-yil 26-may
Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati raisi N. MIRZARAXIMOVA
2016-yil 26-may
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
2016-yil 26-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 253-modda)