15.01.2018 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirdaryo viloyati Oqoltin tuman hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti va Davlat budjetining maqsadli jamgʻarmalari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 1341-III-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti va Davlat budjetining maqsadli jamgʻarmalari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi QS-241-III-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454–sonli, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2017-yil 31-dekabrdagi 105/35-35-sonli hamda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2018-yil 15-yanvardagi 35/100-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28, 99-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-sonli hamda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2018-yil 15-yanvardagi 35/100-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2018-yil 15-yanvardagi 35/100-sonli qarori ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454–sonli qaroriga muvofiq 2018-yil uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi bilan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish uchun soliqlarni birlashtirgan holdagi stavkalari (1-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari (2-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona soliq toʻlovi stavkalari (3, 3-1, 3-2-ilovalarga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha huquqiy va jismoniy shaxslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari (4-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tashkil etmasdan turib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari (5-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari (6, 6-1-ilovalarga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari (7-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari (8-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzoli va tijoratbop bonus stavkalari (9, 9-1-ilovalarga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari (10-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari (11, 12-ilovalarga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari (13-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi stavkalari (14-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari (15-ilovaga*) muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar stavkalari (16-ilovaga*) muvofiq belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlov, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida (17-ilovadagi*) meʼyorlarga muvofiq taqsimlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining dividendlar va foizlar tarzida oladigan daromadlardan soliq stavkalari 10 foiz miqdorida tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliqqa tortish obyektlarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy — texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmalariga birlashtirgan holda majburiy ajratmalar stavkasi 3,2 foiz miqdorida belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar (18-ilovadagi*) meʼyorlarga muvofiq taqsimlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy sugʻurta badallari stavkasi 8 foiz miqdorida tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2018-yil 1-yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun oyiga 4000 soʻm miqdorida va ularning taqsimlanish meʼyorlari (19-ilovaga*) muvofiq belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab tayyorlov korxonalari uchun tovar aylanmasidan belgilangan stavkalarda yagona soliq toʻlovi joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) 2018-yilning 1-yanvaridan fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratma 2 foiz miqdorda belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2018-yil 1-yanvardan boshlab yagona soliq toʻlovchilar uchun umumiy yer maydoni 1 gektardan oshiq boʻlgan taqdirda, umumiy maydonidan yer soligʻi toʻlovi joriy etilganligi va Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasiga bir oy muddatda yagona soliq toʻlovchilarning yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlashi topshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuk tashish xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan soliqqa tortish tizimidan qatʼi nazar, ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalari bir birlik transport vositalariga hisoblanishi, ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy belgilangan soliq summalaridan kam boʻlmasligi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yagona soliq toʻloviga tushgan tushumlar budjetga, Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi ajratmalar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanishi shuningdek, yagona soliq toʻlovi boʻyicha mablagʻlarning taqsimlanishi 2018-yilning 1-fevralidan keyingi tushumlar hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 2018-yilning 1-yanvaridan notijorat korxonalariga, mikrofirma va kichik korxonalar uchun koʻzda tutilgan tartib asosida, ishlovchilar sonidan qatʼi nazar, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlaridan yagona soliq toʻlovini toʻlash huquqi berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 2018-yilning 1-yanvaridan jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblash qonunchilikda belgilangan mol-mulkning kadastr qiymatidan aniqlanishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mol-mulkning kadastr qiymatidan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibini tasdiqlash topshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk soligʻini mulkning kadastr qiymatidan hisoblanishida soliq yukining birdan koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, kadastr qiymatiga asosan hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi summasi, 2017-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,2 barobar miqdordan oshmasligi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) koʻchmas mulkni, shu jumladan uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish, shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqilib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga — davlatning koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun (20-ilovaga*) muvofiq belgilangan ijara haqi stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan miqdordan kam boʻlmagan holda belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) soliq qarzdorligi boʻyicha soliq toʻlovchilarning qarzdorliklarini ularning mol-mulki hisobidan undirishning eng kam miqdori (21-ilovaga*) muvofiq belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 2023-yilning 1-yanvarigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 60 — 63 moddalarida koʻrsatilgan, manbalardan qoʻshimcha daromad olgan budjet tashkilotlari barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Davlat maqsadli jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkredatsiyadan oʻtgan chet el oliy oʻquv yurtlari, barcha turdagi soliq toʻlovlaridan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sohasidagi faoliyatidan, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlov va jismoniy shaxslardan daromad soligʻidan ozod etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) budjetlararo munosabatlarning asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish maqsadida quyidagilar asosiy vazifa etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining masʼuliyatini kuchaytirish, moliya va soliq organlari tomonidan daromadlar bazasini mustahkamlash, mahalliy budjetlarning tasdiqlangan xarajatlarini oʻz vaqtida va maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha va infrastruktura obyektlarini saqlash va ularni rivojlantirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini jonlantirish va bir qator soliq turlari va yigʻimlari tushumlarini ixtiyorlarida qoldirish hisobiga ularning daromadlar bazalarini kengaytirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik soliq toʻlovchilar tomonidan tushayotgan bir qator soliq tushumlarini viloyat, tuman va shahar budjetlariga taqsimlash,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlarni bir maromda rivojlanishini taʼminlash maqsadida, mahalliy hokimiyat organlariga alohida turdagi mahalliy soliqlar stavkalarini oshirish va kamaytirish huquqini berish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturani rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlarni moliyalashtirishda joylardagi mahalliy davlat organlarining mustaqilligini oshirish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 2018-yil 1-yanvardan quyidagi budjet tartibi joriy etilganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi daromadlarni toʻliq hajmda ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlar budjetlariga — tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq tushumlarini, jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi, jismoniy shaxslar yer soligʻi, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va alohida xizmat turlari uchun yigʻim, bozorlar daromadidan tushumlarni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetiga — yagona yer soligʻi, yuridik shaxslarning yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovi, gaz, dizel yoqilgʻisi, isteʼmol qilingan benzin uchun isteʼmol soligʻi, abonent toʻlovi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat budjetiga — suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, davlat poshlinasining tegishli qismi, istisno tariqasida patent va litsenziya berishdan davlat poshlinasi, shuningdek davlat aktivlarini sotishdan tushumlar va davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan 25 foiz miqdordagi tushum,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) respublika budjetiga — jismoniy shaxslardan daromad soligʻi, yuridik shaxslardan foyda soligʻi, istisno tariqasida norezidentlar toʻlov manbalaridan ushlanmalar, qoʻshilgan qiymat soligʻi, tegishli tovarlarga aksiz soligʻi, yer qaʼridan foydalanilganlik uchun soliq, jarima va yigʻimlarning tegishli qismi, shuningdek tegishli budjetlar ixtiyorida qoldirilgan oʻrnatilgan prognozni ajratma qilinadigan soliqlarning tegishli qismining oshirib bajarilgan summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan taʼlim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha xarajatlari 2018-yil 1-yanvardan respublika va viloyat budjetlaridan maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida qoplanishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlar budjetlarining daromadlar bazasining koʻpayishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasalari va taʼlim muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmi kamaymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) tegishli maʼmuriy-hududiy birliklarda budjet daromadlarining prognoz koʻrsatkichlarini oshirib bajarilgan qismini quyi budjetdan yuqori budjetga olib qoʻyish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parametrda koʻrsatilgan viloyat mahalliy budjeti xarajatlarini asossiz qisqartirish taqiqlanganligi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat budjetidan 2017-yil davomida moliyalashtirib kelingan yoʻl taʼmirlash xarajatlari 2018-yildan tegishli tuman mahalliy budjeti hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligiga Xalq deputatlarining tegishli Kengashlari bilan kelishgan holda 2018-yil 1-yanvardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yilida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalar hamda koʻzda tutilmagan xarajatlarni oʻz vaqtida va uzluksiz amalga oshirishni taʼminlash maqsadida, tegishli budjet xarajatlarining umumiy hajmining 1 foizi miqdorida tuman hokimligining zaxira jamgʻarmasini shakllantirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan va faoliyat olib boradigan joyiga qarab jismoniy shaxslarning yer, mol-mulk soliqlarning oʻrnatilgan stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha pasaytirish yoki koʻpaytirish koeffitsiyentlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi guruh boʻyicha xarajatlar smetasini ijro etish jarayonida hududiy moliya organlari tomonidan optimallashtirilgan budjet mablagʻlari tegishli ravishda mahalliy budjetning zaxira jamgʻarmalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirish hamda oʻrnatilgan tartibda foydalanish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi mahalliy budjetining parametrlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilishda yuqorida nazarda tutilgan tartibga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya yili mobaynidagi quyi budjetlarning tasdiqlangan daromadlari parametrlari bajarilmasligi oqibatida quyi budjetlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari aylanma kassa mablagʻlarini jalb qilish va yuqori budjetdan olinadigan qisqa muddatli foizsiz budjet ssudalarini olish orqali hamda bir moliya yilidan ortiq boʻlgan davrdagi kassa uzilishlarida yuqori budjetdan 2 yilgacha boʻlgan muddatga yillik 2 foizli budjet ssudalari olish orqali qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2018-yil 1-apreldan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan korxonalarga hamda amalga oshirilayotgan loyihalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportyor korxonalarning eksportdagi ulushiga bogʻliqligiga qarab, yuridik shaxslarning foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi va yagona soliq toʻloviga qoʻllaniladigan imtiyozlar bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman mahalliy budjetining 2018-yilgi koʻrsatkichlari hajmlari daromadlar boʻyicha 7 924 389,0 ming soʻm, xarajatlar boʻyicha 34 374 990,0 ming soʻm, respublika budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar 26 450 601,0 ming soʻm miqdorida (22-ilovaga*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari hamda mahalliy budjetlarga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari (23-ilovaga*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori (24-ilovaga*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetidan Respublika budjetiga hamda tuman mahalliy budjetidan viloyat mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va tushumlaridan ajratmalar meʼyori (25, 25-1-ilovaga*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar uchun ota-onalar tomonidan toʻlanadigan ota-onalar badali miqdori (26-ilovaga*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil uchun tuman budjetining zaxira jamgʻarmasi miqdori (27-ilovaga*) muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman moliya boʻlimiga, daromadlar va xarajatlar ijrosi (28-ilovaga* muvofiq) kutilayotganligi inobatga olingan holda, Moliya vazirligining koʻrsatmasi asosida hamda 2017-yilgi budjet daromadlari va xarajatlari koʻrsatkichlarini ayrim manbalar va sohalari hamda tuman kesimida aniqlashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 28-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman moliya boʻlimi, Gʻaznachilik boʻlinmasi va Agro bank hamda Xalq banki tuman boʻlimlari bilan birgalikda 2018-yilning yanvar oyida Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2017-yildagi ijrosi boʻyicha belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar va mazkur operatsiyalarni Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2017-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda aks ettirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan va rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim D. FAZILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sardoba sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-son