15.01.2018 yildagi 35/100-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Oqoltin tuman kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-sonli qarorlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2018-yilga asosiy istiqbolli koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari O. Abdullayev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (B. Qodirqulov), tuman moliya boʻlimi (U. Boyqulov) hamda tuman hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boʻlimi sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmogʻini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish orqali mahalliy budjetning daromadlar bazasini oshirish yuzasidan aniq, manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimligi asosiy eʼtiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar toʻliq moliyalashtirilishiga va oʻz vaqtida toʻlanishiga qaratib, ushbu masalalarga tuman Kengashlari deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yilda tuman budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari yetakchi oʻrinni egallab, ushbu sohalarga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman moliya boʻlimi (U. Boyqulov), tuman boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmasi (Sh. Sarabekov) budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi (A. Baratboyev)ga markazlashgan investitsiyalar uchun ajratilgan mablagʻlarni inobatga olib, manzilli dasturlar asosida ushbu mablagʻlardan samarali foydalanish yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzish, narxlarni asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda qishloq aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha belgilangan obyektlarni oʻz muddatlarida foydalanishga topshirilishiga zarur tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror ijrosini tashkillashtirish tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari O. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X. Farmonovga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashi raisi D. FAZILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sardoba sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35/100-son