LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda) 2382-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
“2) agar talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa, shu jumladan, agar kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzni undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa”;
“4) agar hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa”.
LexUZ sharhi