Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 30.08.1997 yildagi 479-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XO‘JALIK PROTSESSUAL KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi 1998-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlariga kelib tushgan va 1998-yil 1-yanvargacha ko‘rilmagan ishlar O‘zbekiston Respublikasining yangi Xo‘jalik protsessual kodeksiga muvofiq ko‘rilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini ko‘rish va hal qilish shartlari hamda tartibiga taalluqli normativ hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining yangi Xo‘jalik protsessual kodeksiga zid bo‘lmagan qismi 1998-yil 1-yanvardan keyin ham amal qilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat boji stavkalarini va ularni undirish tartibini belgilovchi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgunga qadar apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari uchun davlat boji xo‘jalik sudi hal qiluv qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish to‘g‘risidagi arizalar uchun haq to‘lash yuzasidan belgilangan miqdorda va tartibda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi bilan birgalikda uch oylik muddat ichida qonunlarni O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar 1998-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 371-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining IX bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 235-modda)