29.11.2017 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq huquqlarini amalga oshirishga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar va fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarining ogʻishmay bajarilishi fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarining kafolati hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-oktabrda 2835-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma va ushbu sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari qoʻllanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi 939-XII-sonli Qaroriga muvofiq Qonun tatbiq etilgunga qadar amalda boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari amalda boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti ogʻir ishlarda Qonun amalga kiritilgunga qadar ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan taʼminlanish tartibi saqlab qolingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq pensiyalarni tayinlash va toʻlash, shuningdek, fuqarolarning pensiya taʼminoti bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilib, ularning qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi yuqori turuvchi organlarining fuqarolarning pensiya taʼminoti bilan bogʻliq qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ham sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat pensiya taʼminotiga oid huquqni amalga oshirish bilan bogʻliq quyidagi ishlar sudda koʻrilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlarini belgilash haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish stajini tasdiqlovchi hujjatning tegishlilik faktini belgilash haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining attestatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjud boʻlmaganda, oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi asosi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining pensiya tayinlash boʻyicha komissiyasining faoliyat davrlarini mehnat stajiga qoʻshishni rad etish haqidagi qarorlari ustidan shikoyat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining pensiya tayinlash boʻyicha komissiyasining pensiya tayinlashni rad etish, pensiyani bir turdan boshqa turga oʻtkazishni rad etish, pensiyadan chegirmalar qilish toʻgʻrisidagi qarorlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ushbu roʻyxat tugal hisoblanmaydi va arizani ish yurituviga qabul qilish masalasini hal qilish vaqtida har qanday huquq buzilishi sud orqali tiklanishi mumkinligidan, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy, mulkiy huquqlarining vujudga kelishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq har qanday fakt belgilanishi mumkinligidan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ish haqi miqdori hamda sugʻurta badali toʻlanganligi tegishli hujjatlar (shtat jadvali, toʻlov vedomosti, toʻlov topshiriqnomasi va boshqalar) bilan tasdiqlanishi sababli bunday yuridik faktlarni sud tomonidan belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-moddasiga muvofiq yuridik faktlarni belgilash haqidagi arizalar, shuningdek pensiya olish bilan bogʻliq huquqni amalga oshirish haqidagi daʼvo arizalar fuqarolik ishlar boʻyicha sudlarga, Pensiya jamgʻarmasi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)ga nisbatan shikoyatlar esa, maʼmuriy sudlarga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda kasb kasalligiga uchraganligi yoki mehnatda mayiblanganligi oqibatidagi nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganligi uchun, shuningdek yoshga doir pensiya yoshiga toʻlguniga qadar Qonunni 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni korxona va tashkilotlardan regress tartibida undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar iqtisodiy sudlarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar nazarda tutishi lozimki, Qonunda quyidagi davlat pensiya turlari belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik pensiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya turlari bir-biridan vujudga kelish vaqti va asoslari bilan farqlanishi va bu ishni toʻgʻri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli, sudlar pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda fuqaro daʼvo qilayotgan pensiya turi va pensiya tayinlash huquqining vujudga kelganlik asoslarini aniq belgilashi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 37-moddasiga asosan, yoshga doir umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash uchun faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, yoshga doir pensiyadan farqli ravishda mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya tayinlashda ish stajining davomiyligi yuridik ahamiyatga ega emas. Ish stajining davomiyligi 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilganidan keyin nogiron boʻlib qolgan shaxslarga pensiya tayinlashda ham ahamiyatga ega boʻlmaydi. Qonunni 1-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emasligi qayd etilganligi sababli, ish stajining davomiyligi emas balki mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etadi. Bunday shaxslarning ijtimoiy taʼminlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy kasallik tufayli nogironlik pensiyasi, shuningdek, umumiy kasallik oqibatida boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga pensiya nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik tufayli vujudga kelgan vaqtda Qonunning 17-moddasi bilan belgilangan ish staji mavjud boʻlgan taqdirda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetarli miqdorda ish stajiga ega boʻlmagan (Qonunning 17-moddasi) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi, nogironlik pensiyasi tayinlash uchun yetarli miqdorda ish stajiga ega boʻlmagan umumiy kasallik oqibatida vafot etgan boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolariga esa, pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiyaga boʻlgan huquqni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, sudlar Qonunning 19-moddasida belgilangan, boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasidan kelib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar nazarda tutishi lozimki, Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari xodimga toʻlanadigan ish haqi shaklidagi daromadlardan hisoblanadi va ushlab qolinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlarida shakllantirilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar ish beruvchining yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi sababli ish davrini stajga qoʻshmaganlik bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, bu holat ish faoliyati davrini xodimning ish stajidan chiqarish uchun asos boʻlmasligini inobatga olishlari lozim. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasiga asosan, barcha xodimlar davlat yoʻli bilan ijtimoiy sugʻurta qilinishi lozim boʻlib, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ish beruvchilar, shuningdek, sugʻurtalangan xodimlarning oʻzlari tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunning 7-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda, ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, pensiya yoshiga yetgan va yetarli miqdorda ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar yoshga doir pensiya olish huquqidan mahrum boʻlmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya yoshiga yetgan va yetarli miqdorda ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiya Qonunni 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish faoliyatining muayyan davrini hisobga olinadigan ish stajiga qoʻshish yoki qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni koʻrish vaqtida sudlar Qonunning 37-moddasi talablaridan kelib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, ish stajiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qoʻshilmalarida boʻlish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xoʻjaliklaridagi faoliyat Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan (davolash muassasasining xulosasiga koʻra) 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oliy taʼlim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan, chet elda oʻqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bola 3 yoshga toʻlguncha bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqti, lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning, praporshiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʻlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron boʻlib qolgan shaxslar stajiga ushbu “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar qayd etilgan bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan staj muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida boʻlingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi. Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qoʻshib hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiya miqdorini oshirish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, Qonunni 27-moddasining “g” bandida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 35-bandiga muvofiq 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa xoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 115 va 139-moddalariga asosan, jamoa xoʻjaligida ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri bayram kunlarini hisobdan chiqargan holda olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligida mehnatda ishtirok etganlik holati quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi koʻrsatilgan xoʻjalik aʼzosining mehnat daftarchasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalikning har bir aʼzosiga kadrlar boʻlimi tomonidan mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilgan holda yuritilishi lozim boʻlgan shaxsiy kartochka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa xoʻjaligi boshqaruvining har yilda oʻtkazilib kelingan va xoʻjalik aʼzolarining mehnatda ishtirok etish minimumi belgilangan qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, mehnat stajini hisoblash vaqtida yuqorida koʻrsatilgan ikki asos mavjud boʻlgan holda jamoa xoʻjaligi boshqaruvining bunday qarori talab etilishi ortiqcha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa xoʻjaligi boshqaruvining mehnatda ishtirok etishning minimumini belgilovchi qarori mavjud boʻlmagan hollarda, sudlar, bir yil uchun qabul qilingan qarorga muvofiq, keyingi ikki yil uchun mehnatda ishtirok etish minimumi faktini belgilashga haqlidir (masalan, 1980-yil uchun boshqaruv qarori mavjud boʻlganda, 1981-1982-yillar uchun mehnatda ishtirok etishning minimum fakti belgilanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, bunday fakt muayyan davr uchun jamoa xoʻjaligi bir aʼzosining mehnatda ishtirok etishning minimumi koʻrsatilgan mehnat daftarchasi asosida boshqasining mehnat daftarchasida esa bunday maʼlumotlar koʻrsatilmagan hollarda ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijodiy faoliyat bilan mashgʻul xodimning mehnat faoliyati davrini ish stajiga qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan ijodiy uyushmalar aʼzolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji, agar ana shu muallifning asari birinchi marta eʼlon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan eʼtiboran, 1991-yil 1-yanvardan boshlab esa ular faqat Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanganidan kelib chiqish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xoʻjaliklaridagi faoliyat davrini pensiya olishga huquq beruvchi ish stajiga qoʻshish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash tartibini, shuningdek, ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori talablaridan kelib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sugʻurta badallari toʻlovchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tadbirkorlar tomonidan yollangan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlik subyektining oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon va fermer xoʻjaliklari aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik mahsulotlari) yetishtirish bilan band boʻlgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday shaxslarning mehnat daftarchalariga 2001-yilga qadar yozuvlar Pensiya jamgʻarmasida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida, 2001-yildan keyin esa soliq organlarining sugʻurta badallari toʻlanganligi haqidagi maʼlumotlari asosida kiritilgan. Bunday hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mehnat staji Pensiya jamgʻarmasida saqlanadigan shaxsiy hisobga olish varaqasi asosida, shuningdek, tadbirkorning Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarini hisobga olish kitobida belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar shunga eʼtibor qaratishi lozimki, ushbu hujjatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud emasligi talab qilinayotgan mehnat faoliyati davrini tasdiqlash uchun asos boʻla olmaydi, chunki qonun hujjatlarida sugʻurta badallari toʻlanganlik faktini guvohlar koʻrgazmalariga asosan tasdiqlash tartibi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 1992-yil 13-martdagi “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat ishtirokchilarining fuqarolarini pensiya taʼminoti sohasidagi huquqlari kafolatlari toʻgʻrisidagi Kelishuv” 6-moddasining 2-bandiga muvofiq mazkur Kelishuv kuchga kirgunga qadar fuqaroning barcha davlat ishtirokchilarining hududidagi ish davri Qonunning 37-moddasi talablarini qoʻllamagan holda ish stajiga qoʻshiladi. Sudlar bu Kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1996-yil 18-iyuldan kuchga kirganligini nazarda tutishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda yollangan holda ishlagan davrni ish stajiga qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek, ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablarini qoʻllashlari talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan chet elda yollangan holda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 13-moddasiga asosan, ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchidan ushlab qolish hamda davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari hisoblanadi. Soliq agentlariga sugʻurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek, ularning hisoblab chiqarish toʻgʻriligi uchun javobgarlik ham yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq ish beruvchilarning muayyan toifalari, xususan, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari (elchixona yoki missiyalar), konsullik muassasalariga (bosh konsullik, konsullik, vitse-konsullik yoki konsullik agentligi) yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlarga Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish va ushlab qolish boʻyicha majburiyatlar yuklatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun hujjatlariga muvofiq, sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati yuklatilmagan ish beruvchilarda ishlagan ish davrining ish stajiga qoʻshilmaganligi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 311-moddasining sakkizinchi qismi talablaridan kelib chiqishi talab etiladi, unga koʻra, qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar sugʻurta badallarini jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sugʻurta badallarini toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash taʼtillarida boʻlish vaqtini ish stajiga qoʻshmaslik bilan bogʻliq nizolarni koʻrish vaqtida, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi 35-bandining “j” kichik bandi, 66-bandi talablaridan kelib chiqishi lozim boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida koʻrsatilgan Nizomga asosan, bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish (shu jumladan, puli toʻlanadigan taʼtilda boʻlish) davri yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Qonunning 9 — 14-moddalari qoidalariga muvofiq xodimlarning alohida toifalariga yoshga doir pensiya yoshi kam boʻlgan, tegishli hollarda esa ish staji kam boʻlgan holda ham Qonunning 7-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy belgilangan yoshga yetgunga qadar yoshga doir pensiya tayinlashning shartlaridan biri boʻlib, muddatidan ilgari yoshga doir pensiya belgilash uchun asos boʻladigan qonun bilan belgilangan davriylikdagi ish stajining mavjudligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qonunga muvofiq imtiyozli asoslarda pensiyalar yoshidan qatʼi nazar muayyan shaxslarga pensiya yoshi (10 yil, 5 yil va 1 yilga) qisqartirilgan holda, liliputlar va pakanalarga, shuningdek, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxona, muassasa, tashkilotning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga tegishli ish stajiga ega boʻlgan hollarda, pensiya yoshi 2 yilga qisqartirilgan holda, muddatidan ilgari tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlarga asosan fuqarolarning alohida toifalari egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar Pensiya jamgʻarmasining imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etishi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda, yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Roʻyxatlariga asoslanishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi dalillar mavjud boʻlmaganligi sababli mehnat davrining umumiy pensiya yoshini qisqartirgan holda imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ish stajiga qoʻshilmaganligi bilan bogʻliq nizolarni koʻrish vaqtida, sudlar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi davriyligi qonun hujjatlarida belgilanadigan, biroq besh yilda kamida bir marta ish beruvchi tomonidan oʻtkazilishidan kelib chiqishi lozim boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik aynan ish beruvchiga yuklatilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqidagi ishlarni koʻrish vaqtida, ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilmaganligi xodimning aybi emasligini inobatga olgan holda, buzilgan huquqni tiklash uchun barcha lozim boʻlgan choralarni koʻrib, shu jumladan, boshqa davrlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarining attestatsiyasi oʻtkazilganligini tekshirish va uning natijasidan kelib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 59-moddasidan kelib chiqqan holda ishning xarakterini belgilovchi xususiyatlarini (muayyan sharoitdagi ishlar) tasdiqlovchi va muddatidan ilgari yoshga doir pensiya tayinlanishiga taʼsir qiladigan dalillarga guvohlar koʻrsatmalari kiritilmaydi. Bu holatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 56-moddasida koʻrsatilgan dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin (masalan, buyruqlar, hisob-kitoblar, naryadlar, mansab vazifalari va hokazo).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 28 va 29-moddalariga asosan, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritishga haqlidir. Shuning uchun zarurat tugʻilgan paytda, bunday shaxslar sudda ishtirok etishi yoki ulardan koʻrilayotgan ish boʻyicha xulosa olish masalasini hal qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Pensiya jamgʻarmasi tomonidan, fuqaroning fikriga koʻra, muddatidan ilgari pensiya tayinlash huquqini beradigan stajga qoʻshilishi lozim boʻlgan davrni bunday stajga qoʻshish rad etilgan hollarda, nazarda tutmoq lozimki, daʼvogar tomonidan bajarilayotgan ishlarning, u egallab turgan lavozimning, mavjud kasbning muddatidan ilgari pensiya tayinlash huquqini beradigan ishlar, lavozimlar, kasblarga oʻxshashligi masalasi sud majlisida aniqlangan har bir ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda (daʼvogar tomonidan bajarilayotgan ishlarning xarakteri va oʻziga xosligi, amalga oshirish sharoitlari, egallab turgan lavozimi boʻyicha yoki mavjud kasb boʻyicha u tomondan bajarilayotgan funksional vazifalar, shuningdek, u ishlagan korxona, muassasa, tashkilotlar faoliyatining yoʻnalishlari va hokazo) aniqlanadi. Shu bilan birga, turli xil nomlanadigan ishlar, kasblar, lavozimlarning oʻxshashligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, zarur boʻlgan hollarda sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillarni ishtiroki yoki ularning xulosasini olish masalasini hal etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Imtiyozli stajni hisoblashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Roʻyxatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 12-martda 2337-son bilan roʻyxatga olingan “Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlar asosida pensiya olish huquqini beruvchi ishlab chiqarish, korxona, ishlar, kasblar, mansablar va koʻrsatkichlarning 1, 2, 3-sonli Roʻyxatlaridan chiqarilgan kasblar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 4-moddasining uchinchi qismi talablariga rioya etish zarur. Ushbu Qonun normasiga koʻra, fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar boʻyicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasi va Qonunning 42-moddasiga binoan, mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat boʻlib hisoblanadi. Ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida toʻliq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar, tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning koʻrsatmalari asosida koʻrsatib oʻtilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek, hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmagan hollarda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur boʻlgan maʼlumotlar kiritilmagan yoki ish davri haqidagi xato va noaniq yozuvlar mavjud boʻlganda, Pensiya jamgʻarmasi ish stajini (band boʻlgan shaxsning ish stajidan tashqari) tasdiqlash uchun maʼlumotnomalar, buyruqdan koʻchirmalar, shaxsiy hisob varaqasi va ish haqini berish haqidagi vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlari), idoraviy arxiv maʼlumotnomalari va ish davri haqida maʼlumotga ega boʻlgan boshqa hujjatlarni qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashkilot, korxona, muassasa yoki arxiv rahbari, shuningdek, maʼlumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolangan va korxona, muassasa, tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnomada ishga qabul qilish, ish (mansab) boʻyicha oʻzgartirish va asosini koʻrsatgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan tasdiqlanadigan va Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan mehnat faoliyati davrlarini ish stajiga qoʻshilmagan hollarda sud mehnat faoliyati davrini belgilashga haqli emas, chunki bunday fakt mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat faoliyati davri faktini boshqa tartibda tasdiqlashning imkoni boʻlmagan taqdirdagina sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 283-moddasining 6-bandiga asosan, sud shaxsning huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga aʼzolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalardan tashqari) koʻrsatilgan ismi, otasining ismi va familiyasi uning pasportidagi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasidagi ismi, otasining ismi va familiyasi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoki tegishli emasligi faktini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, sudlar ish stajini tasdiqlovchi hujjatni tegishliligi faktini belgilashda ushbu faktni sudsiz tartibda tasdiqlash imkoni mavjud boʻlmagan hollardagina tasdiqlash mumkinligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechiktirmay korxona, muassasa, tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat bilan fuqaro (ota-ona, qonuniy vakil)ga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 48-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorga nisbatan sudga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirishda, sud Pensiya jamgʻarmasining qarorida koʻrsatilgan asoslarni Qonun normalaridan kelib chiqqan holda, har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 65-moddasiga asosan pensiyadan chegirmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Pensiya jamgʻarmasining qaroriga binoan pensionerga — uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik qonun hujjatlari va mehnatga oid qonun hujjatlarida hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato tushunchalari yoritib bermaganligidan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasining pensiyadan chegirmalar qilish haqidagi qaroriga nisbatan berilgan shikoyatlarni koʻrishda, bu masala sud tomonidan hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob bilan bogʻliq arifmetik, matematik harakatlarni (koʻpaytirish, qoʻshish, ayirish, boʻlish) amalga oshirganda yoʻl qoʻyilgan notoʻgʻriliklar hisoblashdagi xato deb topilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa texnik xato deganda, dasturiy taʼminotga maʼlumotlarni kiritishda yoʻl qoʻyilgan xato, shuningdek, dasturiy taʼminotning buzilishi oqibatida vujudga kelgan xatoni tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllash, hisob-kitobni amalga oshirishda tegishli boʻlmagan (daxldor boʻlmagan) dastlabki maʼlumotlardan foydalanish hisoblashdagi xato hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensionerning qonunga zid, pensiyaning ortiqcha summalarini olishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlari pensioner tomonidan qilingan suiisteʼmollik deb baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat sodir qilinganligi natijasida pensiyaning ortiqcha toʻlanish holatlari vujudga kelganida ortiqcha toʻlangan summa davlatga yetkazilgan zarar sifatida aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, sudlar pensionerning pensiyasidan chegirma qilish haqidagi qarorning asosliligini har tomonlama tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq fuqaro tomonidan vijdonsizlik qilinmaganligi va hisob-kitobda xatolar boʻlmaganligi aniqlansa, unga berilgan pensiyalar, nafaqalar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlarga tushuntirilsinki, pensiyadan chegirmalarning miqdori ushlab qolishning asoslariga bogʻliq. Komissiya qarori asosida chegirmalar quyidagi miqdorda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida, pensiya va nafaqalar toʻlangan vaqtda ishga joylashganligini yashirish — 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam ish haqining ikki barobaridan kam miqdorda pensiya yoki nafaqa oluvchi shaxslar boʻyicha — 5 foiz.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qarori yoki boshqa ijro hujjatiga asosan undiriladigan chegirma miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya miqdorining 50 foizidan oshmasligi lozim. Pensioner yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni oʻrnini qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini koʻproq miqdorda, shu jumladan, toʻliq miqdorda yoʻnaltirish huquqiga ega. Pensioner yoki nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz tarzidagi miqdor yoki qatʼiy summa koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, sudlar pensiyadan ushlab qolish haqidagi daʼvolarni qanoatlantirishda oylik ushlab qolish miqdorini belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ortiqcha toʻlangan pensiya miqdorini undirish haqidagi talablarga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan umumiy uch yillik daʼvo muddati qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga koʻra, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qarori chiqarilguniga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sudlarning eʼtibori hal qiluv qarorining xulosa qismi uni ijro etish vaqtida savollar keltirib chiqarmasligi uchun aniq va tushunarli qilib bayon etilishi lozimligiga qaratilsin. Shu maqsadda daʼvogarning talabi qanoatlantirilgan hal qiluv qarorining xulosa qismida xususan qanday talablar qanoatlantirilganligi, daʼvogarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun javobgar zimmasiga qanday majburiyat yuklatilayotganligi (masalan, daʼvogarning muayyan ish davrini muddatidan ilgari yoshga doir pensiya belgilash huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʻshish majburiyatini yuklash, javobgardan toʻlanmagan pensiya summasini undirish), shuningdek, sud, agar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlashni asossiz ravishda rad etganligi haqida xulosaga kelganda javobgar zimmasiga qaysi vaqtdan pensiya tayinlashga majburligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazarda tutish lozimki, agar daʼvogar qonunda belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasiga pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlib, unga asossiz rad berilgan boʻlsa, sud budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga daʼvogar Pensiya jamgʻarmasiga ariza bilan murojaat qilgan kundan boshlab pensiya tayinlash majburiyatini yuklashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-moddasiga amal qilgan holda sudlar bunday ishlarni koʻrishda fuqarolarning pensiya va nafaqa olish huquqlarining buzilishi, pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur boʻlgan notoʻgʻri arxiv va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish faktlari aniqlangan har bir holatga xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat maʼmuriy sudlariga tizimli ravishda quyi sudlar tomonidan fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini oʻrganib borish orqali yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida tuzatish, qonun normalarini toʻgʻri qoʻllashni taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Qaror qabul qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori 2-bandining toʻqqizinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzbekistonRespublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, OʻzbekistonRespublikasi Oliy sudisudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-son