Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2023 07.04.2011 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) yoki hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga, yoshidan qatʼiy nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat pensiyalari miqdorlarini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda hisoblash tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqatni yoʻqotish darajasini aniqlashning aniq mezonlarini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlashning birxillashtirilgan tartibini, pensiya imtiyozlarini qoʻllashni va fuqarolarning pensiya taʼminoti bilan bogʻliq boshqa masalalarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 377-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) yoki hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (keyingi oʻrinlarda — OIV infeksiyasi), shuningdek, hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka (keyingi oʻrinlarda — orfan kasallik) chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga har oylik nafaqalar (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nafaqa olish huquqiga tibbiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirda nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar (keyingi oʻrinlarda — nogironligi boʻlgan bola), kasallikning bosqichidan qatʼi nazar OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan bolalikdan I va II guruh nogironligi boʻlgan deb eʼtirof etilgan 18 yoshdan katta shaxslar (keyingi oʻrinlarda — 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs) egadirlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo boʻlgandan soʻng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.

4. Nafaqa qonunchilikda belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga nafaqa qonunchilikda nogironligi boʻlgan bolalar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqani tayinlash davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi) tomonidan amalga oshiriladi hamda nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki nafaqa oluvchining xohishiga koʻra pul mablagʻlari fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan tijorat bankining filiali orqali toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nafaqa tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat (keyingi oʻrinlarda — murojaat):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxs va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsning va muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolaning, shuningdek OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, oilaga tarbiyaga olgan (patronat) tutingan ota-onasi (keyingi oʻrinlarda — tutingan ota-ona), vasiysi yoki homiysi tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat manzil-koloniya maʼmuriyati tomonidan bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Davlat xizmatlari markaziga beriladi
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nafaqa tayinlashni soʻrab nogironlik belgilangan yoki kasallikning bosqichidan qatʼi nazar OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalinganligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa berilgan kundan boshlab oltmish kun ichida murojaat etilgan boʻlsa, nafaqa nogironlik belgilangan yoki OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalinganligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa berilgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin nafaqa tayinlashni soʻrab bir oy ichida murojaat qilgan boʻlsa, ularga nafaqa uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan barcha holatlarda nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogironligi boʻlgan bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga nafaqa u 18 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga tayinlanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa TIEKning maʼlumotida koʻrsatilgan nogironlik muddati belgilangan soʻnggi oy uchun, davlat tibbiyot muassasasining xulosasida koʻrsatilgan nogironlik muddati belgilangan soʻnggi oy uchun hamda OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga u 18 yoshga toʻlgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi rad etish sabablari koʻrsatilgan maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlash rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan murojaat qiluvchi tomonidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida maʼlumotlar “Pensiya” axborot tizimida saqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nafaqa toʻlash

13. Nafaqa Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nogironligi boʻlgan bolaning, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxsning va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsning yoki ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, tutingan ota-onasi, vasiysi yoki homiysining xohishiga koʻra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nafaqa yashash guvohnoma (ID-kartasi) amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan joyi mavjud boʻlmasa yoxud yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi oʻrtasida uzilish mavjud boʻlgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqani toʻlash doimiy yashash, vaqtinchalik turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nafaqani toʻlash nafaqa toʻlash toʻxtatilgan paytdan, biroq oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqalarni toʻlash har oyda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy toʻlov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnoma boʻyicha toʻlanishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazish muddati oʻtkazib yuborilganda nafaqalarni toʻlash “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar nogironlik muddati belgilangan soʻnggi oy uchun, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga esa u 18 yoshga toʻlgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa toʻlash ilgarigi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi. Nafaqa oluvchilarni hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek, ularning yigʻma jildlarini joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs, nogironligi boʻlgan bola yoxud OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxs doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa toʻlashning toʻxtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib keladigan boshqa holatlar (nafaqa tayinlangan shaxslar toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganda yoki “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga yuborilganligi yoki undan qaytib kelganligi sababli toʻliq davlat taʼminotidan chiqarilganda, nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi bitim bekor qilinganda) paydo boʻlganda nafaqa toʻlash tegishli holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻxtatiladi yoki tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs, nogironligi boʻlgan bola yoki OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxs ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, tayinlangan nafaqani toʻlash toʻxtatiladi va jazoni oʻtashdan ozod etilgandan keyin tiklanadi (manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno).
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan hisoblangan nafaqa summasi uni olish uchun murojaat qilingandan oldingi oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan muddat uchun bir yoʻla toʻlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan nafaqa summasi biror-bir muddat bilan cheklashsiz bir yoʻla toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga tayinlangan nafaqa unga uning haq toʻlanadigan ishni bajarishidan yoki boshqa turdagi daromadlar (stipendiyalar, alimentlar va shu kabilar) olishidan qatʼi nazar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolaga, shuningdek, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan bolaga tayinlangan nafaqa unga boshqa pensiyalar va nafaqalar, shu jumladan, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasi olishidan qatʼi nazar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har xil nafaqalarning turlarini olish huquqiga ega boʻlgan OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshdan katta shaxsga va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga uning tanlashi boʻyicha nafaqaning bir turi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqaga yoki “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biriga huquqi boʻlgan OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshdan katta shaxsga va 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga uning oʻzi tanlagan nafaqa yoki davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayinlangan nafaqa 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs, nogironligi boʻlgan bola yoxud OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxs toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan davr uchun toʻlanmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nafaqa miqdori oʻzgarishiga yoki uni toʻlash toʻxtatilishiga olib keladigan holatlar paydo boʻlgan taqdirda nafaqa oluvchi oʻn kun muddatda bu haqda unga nafaqa toʻlaydigan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nogironligi boʻlgan bolaga, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxsga yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga tegishli boʻlgan va uning vafot etishi sababli olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (xotiniga), shuningdek, nogironligi boʻlgan bola, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxs yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs bilan u vafot etgan kunda birga yashaydigan oila aʼzolariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bola, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxs yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs vafot etgan oy uchun toʻliq olinmay qolingan nafaqa summasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga vafot etgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxs murojaat qilishganda ularga tegishli nafaqa summasi ular oʻrtasida teng miqdorda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan summa, uni olish uchun nogironligi boʻlgan bola, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan 18 yoshga toʻlmagan shaxs yoki 18 yoshdan katta nogironligi bolalikdan boʻlgan shaxs vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bola, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarning olinmay qolgan nafaqa summasi nogironlik belgilangan muddatdan oshmagan davr uchun, OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxslarga 18 yoshdan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nafaqa miqdori oʻzgargan taqdirda nafaqa qonunchilikka muvofiq qayta hisoblab chiqiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. OIV infeksiyasiga yoki orfan kasalligiga chalingan shaxsga yoki 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta toʻlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va qayta yuborish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga, yoshidan qatʼiy nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga, yoshidan qatʼiy nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — mehnatga layoqatsiz fuqarolar), bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga har oylik nafaqalarni (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir nafaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslardan tashqari);
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvarishlash nafaqasi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo boʻlgandan soʻng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa qonunchilikda belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni tayinlash davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi) tomonidan amalga oshiriladi hamda nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki nafaqa oluvchining xohishiga koʻra pul mablagʻlari fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan tijorat bankining filiali orqali toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga, ularning shaxsiy sarf-xarajatlari uchun tegishli yoshga doir yoki nogironlik nafaqasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻ toʻlab boriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yoshga doir nafaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshga doir nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish stajiga ega boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan 7 yildan kam ish staji mavjud boʻlib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi.
(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyuldagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 28-son, 336-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoshga doir nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga — 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1042-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1042/4238-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga yoshga doir nafaqa farzandi nogironligi boʻlgan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida Tibbiy — ijtimoiy ekspert komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — TIEK) nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan taqdirda tayinlanadi. Bunda nafaqa miqdori pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdorida belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nogironlik nafaqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir boʻlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tayinlanadi va toʻlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III1. Parvarishlash nafaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Parvarishlash nafaqasi oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda tayinlanadi. Bunda, parvarishlash nafaqasi oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaga nogironlik belgilangan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakilga har bir oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida parvarishlash nafaqasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Parvarishlash nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning oʻzgalar parvarishiga muhtojligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotga asosan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga (otasi, onasi, vasiysi, homiysi, oilaga tarbiyaga oluvchisi (patronat) va farzandlikka oluvchisi) oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan bola 18 yoshga toʻlguniga qadar tayinlanadi.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega boʻlmagan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib oʻtilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari jumlasiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi PF-6241-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nafaqa olish huquqiga ega boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila aʼzolariga nafaqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi PF-6241-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolarining barchasiga ushbu Nizomda belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila aʼzosining talabiga koʻra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida toʻlanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila aʼzosi oʻziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oilaning barcha aʼzolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yigʻmajildi turgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila aʼzosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish toʻgʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir aʼzosining nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(161-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi PF-6241-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Nafaqalarni tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tomonidan tayinlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nafaqa (parvarishlash nafaqasi bundan mustasno) tayinlash toʻgʻrisida manzil-koloniya maʼmuriyati tomonidan bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. “Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi shaxslarga nafaqa tayinlash toʻgʻrisida mazkur tashkilotlar maʼmuriyati tomonidan tashkilot joylashgan yerdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi.
(172-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoshga doir nafaqa tayinlashni soʻrab ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan yoshga toʻlgandan soʻng oltmish kun ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik nafaqasini tayinlashni soʻrab nogironlik guruhi belgilanganidan soʻng oltmish kun ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlashni soʻrab nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxs vafot etgan kundan boshlab olti oy ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvarishlash nafaqasini tayinlashni soʻrab nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola oʻzgalar parvarishiga muhtojligi belgilanganidan soʻng oltmish kun ichida murojaat etilgan boʻlsa, nafaqa uni olish huquqi paydo boʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin nafaqa tayinlashni soʻrab bir oy ichida murojaat qilgan boʻlsa, ularga nafaqa uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan barcha holatlarda nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi rad etish sabablari koʻrsatilgan maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlash rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan murojaat qiluvchi tomonidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
(21 — 23-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga va nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida maʼlumotlar “Pensiya” axborot tizimida saqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Nafaqalarni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nafaqalarni toʻlash har oyda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy toʻlov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnoma boʻyicha toʻlanishi mumkin.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar nogironlik muddati belgilangan soʻnggi oy uchun, mehnatga layoqatli boʻlmagan oila aʼzosining 18 yoshga toʻlgan oy uchun, oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan bola 18 yoshga toʻlgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa nafaqa oluvchining xohishiga koʻra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nafaqa yashash guvohnomasi (ID-kartasi) amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan joyi mavjud boʻlmasa yoxud yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi oʻrtasida uzilish mavjud boʻlgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqani toʻlash doimiy yashash, vaqtinchalik turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nafaqani toʻlash nafaqa toʻlash toʻxtatilgan paytdan, biroq oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazish muddati oʻtkazib yuborilganda nafaqalarni toʻlash “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa toʻlash ilgarigi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi. Nafaqa oluvchilarni hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek ularning yigʻma jildlarini joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa toʻlashning toʻxtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib keladigan boshqa holatlar (nafaqa tayinlangan shaxslar toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganda yoki “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga yuborilganligi yoki undan qaytib kelganligi sababli toʻliq davlat taʼminotidan chiqarilganda) paydo boʻlganda nafaqa toʻlash tegishli holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻxtatiladi yoki tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Saxovat” uylarida hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatlarida yashovchi shaxslarga, Davlat xizmatlari markaziga qilgan murojaatlariga asosan nafaqaning 20 foizi toʻlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda tayinlangan nafaqani toʻlash toʻxtatiladi va jazodan ozod etilgandan keyin tiklanadi (manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno).
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab qilinmagan hisoblangan nafaqa summasi uni olish uchun murojaat qilishdan oldingi oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan muddat uchun bir yoʻla toʻlanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan nafaqa summasi biror-bir muddat bilan cheklashsiz bir yoʻla toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan, nafaqalarning har xil turlarini olish huquqiga ega boʻlgan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ularning tanlovi boʻyicha nafaqalarning bir turi tayinlanadi, parvarishlash nafaqasi bundan mustasno.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Toʻlanayotgan nafaqalar miqdorini oʻzgartirishga yoki nafaqa toʻlash toʻxtatilishiga sabab boʻluvchi holatlar paydo boʻlgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda oʻn kun muddatda unga nafaqa toʻlaydigan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga xabar qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi 229-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/229/2786-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nafaqa oluvchiga tegishli boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan toʻliq olinmay qolgan nafaqa summasi merosga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (xotiniga), shuningdek nafaqa oluvchi vafot etgan kunda u bilan birga yashayotgan oila aʼzolariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchi vafot etgan oy uchun toʻliq olinmay qolgan nafaqa miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga vafot etgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxs murojaat qilishganda ularga tegishli summa ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan summa uning uchun nafaqa oluvchi vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Nafaqalarni qayta hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nafaqalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq nafaqa miqdori oʻzgarganda qayta hisoblab chiqiladi.
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlashda oilaning hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgarganda, tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nafaqa oluvchiga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta toʻlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va qayta yuborish boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1042-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1042/4238-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 377-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshi hamda qarorga 4 va 5-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 33-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 1995-yil 8-avgustdagi 311-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 27-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilova 4-bandining ikkinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi va oʻn birinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y, 4-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y, 3-son, 13-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 6, 7, va 12-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y, 4-son, 21-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 27-yanvardagi 35-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y, 1-son, 5-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarori) 2009-yil 9-fevraldagi 36-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 2-son, 10-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilova 5-bandining yettinchi xatboshi va 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 142-modda, 37-son, 377-modda; 2014-y., 37-son, 472-modda; 2015-y., 1-son, 4-modda; 2016-y., 28-son, 336-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son, 19.03.2019-y., 09/19/229/2786-son; 28.12.2019-y., 09/19/1042/4238-son; 20.06.2020-y., 09/20/396/0793-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/248/0386-son, 05.06.2021-y., 06/21/6241/0527-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)