03.09.1993 yildagi 939-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 1-iyulga qadar tayinlangan pensiyalar mazkur Qonunda ko‘rsatilgan shartlar va normalar bo‘yicha qayta hisoblab chiqilishi lozim. Bunda mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun ustama haqlarni e’tiborga olgan holda hisoblab chiqilgan pensiyalar ana shu ustama haqlarsiz qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda ham pensiyalar (mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga belgilanadigan ustama haqlarsiz) avval amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan kam bo‘lmagan miqdorlarda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar mehnatga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan xodim “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” — “e” bandlariga muvofiq pensiyalar to‘loviga ketadigan xarajatlarni qoplaydigan haqni 1994-yilda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 80 foiz miqdorida, 1995-yilda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 90 foiz hamda 1996-yil va undan keyingi yillarda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 100 foiz miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘laydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun amalga joriy etilgunga qadar amalda bo‘lgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti og‘ir ishlarda mazkur Qonun amalga kiritilgungacha ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan ta’minlanish tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Chernobil falokati oqibatida jabr ko‘rgan fuqarolarning pensiya ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, pensiya tayinlanganidan keyin 1994-yil 1-iyulgacha ishlangan vaqt mazkur Qonunning 27-moddasiga muvofiq pensiyalar miqdorini qayta hisoblab chiqish chog‘ida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolat doirasiga berilgan masalalar yuzasidan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi zarur normativ hujjatlarni qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, sexlar, kasblar, ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini ishlab chiqsin va bu ro‘yxatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qonundan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni amaldagi qonun hujjatlariga kiritish to‘g‘risidagi takliflarni, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, fuqarolar va yakka tartibdagi mehnatda band bo‘lgan shaxslar, shu jumladan dehqon (fermer) xo‘jaliklari a’zolari davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘laydigan badallarning tariflariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsiz, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarni va ularning oila a’zolarini, shuningdek bolali kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy ta’minlash tartibini belgilasin. Bu tartib Qonun bilan bir vaqtda, ya’ni 1994-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlarini “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin. Respublika vazirliklari va idoralari o‘zlarining mazkur Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlari va yo‘riqnomalarini qarab chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaga ustama haq olish huquqini beradigan O‘zbekiston Respublikasi oldidagi alohida xizmatlarni ta’riflovchi nizomni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxonalar va tashkilotlarga ish haqi to‘lash uchun mo‘ljallangan o‘z mablag‘lari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga, basharti, ular mazkur Qonunga muvofiq mehnat sharoitlariga ko‘ra imtiyozli pensiyalar olish huquqiga ega bo‘lmasalar, muddatidan oldin pensiyalar tayinlash va to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mehnat jamoasi oldida xizmatlari bo‘lgan xodimlarga pensiyaga chiqish chog‘ida bir martalik nafaqa to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning mehnatdagi hissasini, ish staji davomliligini, moddiy ta’minlanganligi va sihat-salomatligini hisobga olgan holda pensiyalarga har oylik qo‘shimcha haq belgilash va to‘lash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy ta’minot vazirligi respublika vazirliklari va idoralariga, davlat boshqaruvining mahalliy organlariga, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarga mazkur Qonunni qo‘llash tartibini tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
939-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 339-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda)