Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-5147-son Farmoni, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-yanvar,
PF-5306-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar roʻyxatining rus tilidagi matnida:
a) 1-roʻyxatda:
ikkinchi xatboshiga “a takje doljnostnie litsa, priravnennie k nim po slujebnomu statusu” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidan “natsionalnoy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 3-roʻyxatda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Upravlyayushiy apparata Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan i yego zamestiteli”;
sakkizinchi xatboshiga “i yego zamestiteli” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 4-roʻyxatning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Predsedateli i sudi Konstitutsionnogo suda i Verxovnogo suda Respubliki Uzbekistan”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonida:
a) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “xodimlarining cheklangan soni” soʻzlari “boshqaruv xodimlarining umumiy soni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xodimlarning belgilangan umumiy soni” soʻzlari “boshqaruv xodimlarining umumiy soni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaga izohdagi “xodimlarining” soʻzlari “boshqaruv xodimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 23-bandida:
ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nazorat ishlari dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hisob palatasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat budjetining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki:
Hisob palatasi oʻz faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlari dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Hisob palatasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar barcha tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxati 1-bandiga “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida nizomda:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “yetakchi mutaxassisiga” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 4-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga beriladi”;
v) 41-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining Huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga beriladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti 2-ilovasida:
a) quyidagi mazmundagi 141-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
141. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi |
1 |
”; |
b) 27-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son Farmonga qisman oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1998-yil 30-iyuldagi PF-2062-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-martdagi PF-3587-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 21-noyabrdagi PF-3820-son Farmoni.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son Farmoniga ilovaning 1 va 2-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 4-yanvardagi PF-4164-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 21-fevraldagi PF-4423-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 13-bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2010-yil 4-yanvardagi PQ-1254-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1711-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 21-fevraldagi qaroriga ilovaning 10-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va imzolash tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 9-avgustdagi F-2305-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)