Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“HISOB-KITOB MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA RESPUBLIKA BUDJETI VA MAHALLIY BUDJETLARGA TOʻLOVLAR TUShIShINI RAGʻBATLANTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 4 FEVRALDAGI PF-1923-SON FARMONGA QISMAN OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tugatilishi hamda hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilishi munosabati bilan “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son Farmonga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Farmonning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi yilning har choragi yakunlari boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay budjetga taalluqli barcha soliqlar va toʻlovlar toʻliq tushishiga doir ishlarning ahvolini, hududlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishini koʻrib chiqib, soliq, moliya va bank organlari rahbarlari hamda mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.”
2. Budjetga toʻlovlarning tushishi hamda budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishiga doir belgilangan koʻrsatgichlarning bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning moddiy javobgarligini oshirish tartibi toʻgʻrisida Farmonga ilova qilingan Nizomning barcha moddalaridagi “soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-iyul,
PF-2062-son