Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-5147-son Farmoni, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-yanvar,
PF-5306-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar roʻyxatining rus tilidagi matnida:
a) 1-roʻyxatda:
ikkinchi xatboshiga “a takje doljnostnie litsa, priravnennie k nim po slujebnomu statusu” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidan “natsionalnoy” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 3-roʻyxatda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Upravlyayushiy apparata Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan i yego zamestiteli”;
sakkizinchi xatboshiga “i yego zamestiteli” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 4-roʻyxatning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Predsedateli i sudi Konstitutsionnogo suda i Verxovnogo suda Respubliki Uzbekistan”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonida:
a) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “xodimlarining cheklangan soni” soʻzlari “boshqaruv xodimlarining umumiy soni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xodimlarning belgilangan umumiy soni” soʻzlari “boshqaruv xodimlarining umumiy soni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaga izohdagi “xodimlarining” soʻzlari “boshqaruv xodimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxati 1-bandiga “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida nizomda:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “yetakchi mutaxassisiga” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 4-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga beriladi”;
v) 41-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining Huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son Farmonga qisman oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1998-yil 30-iyuldagi PF-2062-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-martdagi PF-3587-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 21-noyabrdagi PF-3820-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 21-fevraldagi PF-4423-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va imzolash tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 9-avgustdagi F-2305-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)