O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi PQ-4426-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Belgilansinki, 1-ilovaning 1-bandi, 2-bandining “b” kichik bandi, 5, 6 va 9-bandlari 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2020-yil 1-yanvardan 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
“51. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga lavozim maoshlariga nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan holda har oylik ustamalar belgilansin:
qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan alohida mehnat sharoitlari uchun 0,2 miqdorida;
uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3587-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 29-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5306-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi va 3-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5565-son Farmoniga 2-ilovaning 1, 4, 5 va 8-bandlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-460-son qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1539-son qarori.