Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019 30.12.2017 yildagi 1038-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, shuningdek, uning faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3223-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining markaziy apparatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar agentlikning moliya yiliga xarajatlari prognozidan kelib chiqib uning tizimiga kiradigan nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushgan sof foydaning 2,0 foizigacha miqdorda shartnoma asosida ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi, ularni saqlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlar esa oʻz mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri matbuot va axborot boshqarmalariga idoraviy mansub nashriyotlarning shartnoma asosida ajratiladigan mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining markaziy apparati uchun 4 ta, shu jumladan, 3 ta shaxsan biriktiriladigan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri matbuot va axborot boshqarmalari uchun 14 ta avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri matbuot va axborot boshqarmalarining oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hayʼati xodimlarining soni va shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1038-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, faoliyatini amalga oshirish va hisobot berish tartibini hamda uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PF-5148-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3223-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Agentlikning hududiy boʻlinmalari deb ataladi), Agentlik tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi: Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi — OʻzMAA;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi: Press and information agency of Uzbekistan — PIAUz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzbekskoye agentstvo po pechati i informatsii — UzAPI.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O'zbekiston” ijodiy nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oqituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy binolardan foydalanishni boshqarish” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalariga idoraviy mansub nashriyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonun hujjatlariga, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, soʻz va axborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalarining bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot sohasidagi tahdidlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, elektron va audiokitoblar yaratish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) oʻzbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirish, mahalliy nashriyotlarga oʻz mahsulotlarini xalqaro kitob bozoriga olib chiqishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) axborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) media bozorda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar ommaviy axborot vositalariga teng sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) noshirlik va matbaa tarmoqlarining texnik-texnologik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga doir milliy va xorijiy tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tegishli xorijiy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan tartibda va doirada kasbiy faoliyat doirasida ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini taʼminlash vakolatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbuot va ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida ilmiy izlanishlarni qoʻllab-quvvatlash va joriy etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonun hujjatlariga, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, soʻz va axborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalarining bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari va respublika axborot makoni boshqa ishtirokchilari tomonidan axborot va noshirlik sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga, litsenziya, ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, matbaa korxonalari tomonidan qonun hujjatlari muntazam bajarilmasligi hollari aniqlanganda — litsenziyalar va roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot sohasidagi tahdidlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot makonidagi turli tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda, bolalarni ularning sogʻligiga zararli taʼsir koʻrsatadigan axborotdan himoya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ularda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, maʼnaviyatni oshirish masalalarida ommaviy axborot vositalarining faoliyatini ragʻbatlantiradi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, elektron va audiokitoblar yaratish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishda, oʻsib kelayotgan avlodning intellektual va maʼnaviy kamol topishida kitobning oʻrni va ahamiyatini oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari fondini ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan muntazam boyitish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyotlarning mavzular rejasini tahlil etish asosida metodik tavsiyalar berish orqali kitoblarning sifati va ijtimoiy ahamiyatini oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va bajarish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyotlarda ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etish va nusxasini koʻpaytirish boʻyicha maqsadli dasturlar tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari nusxasini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy-moliyaviy loyihalar tayyorlash, ularni moliyalashtirish tizimini hamda aholi, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-maʼrifiy adabiyotlarga boʻlgan intellektual ehtiyojini qondirish ishlarini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) oʻzbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirish, mahalliy nashriyotlarga oʻz mahsulotlarini xalqaro kitob bozoriga olib chiqishda koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishi va matbaa sohasidagi tajribasini oʻrganadi, ularning maqbul jihatlaridan foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek tili va adabiyotini, xalqaro bozorlarda milliy adabiyot va kitob mahsulotlarining maqomini oshirishni targʻib qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) axborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qatnashish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan bogʻliq hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyati ochiqligini, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning axborot olishi darajasini tizimli tahlil etishda, ularning samarali oʻzaro hamkorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarni ommaviy axborot vositalari orqali noxolis, ishonchsiz va normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan axborot tarqalishidan himoya qilishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) media bozorda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar ommaviy axborot vositalariga teng sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish sohasida sogʻlom raqobatni rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarining mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar rasmiy axborotdan teng huquqli foydalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) noshirlik va matbaa tarmoqlarining texnik-texnologik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik-matbaa sohasida texnik tartibga solish hamda texnikaviy hujjatlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarini rivojlantirishga doir prognoz parametrlar va dasturlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarda matbaa uskunalarini yangilash, modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish hamda xalqaro tashkilotlarning kreditlaridan keng foydalanishga koʻmaklashadi va bu borada maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama tahlil qilish asosida noshirlik va matbaa sektorining texnik-texnologik bazasini yanada rivojlantirish, ushbu sohani standartlash va sertifikatlash boʻyicha takliflar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatiga doir milliy va xorijiy tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa faoliyati va axborot-kutubxona ishi sohasida milliy va xalqaro tanlovlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va mavzuli ekspozitsiyalarni tashkil etish masalalarida metodik tavsiyalar berish yoʻli bilan koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek adabiyotini chet elda ommalashtirishga yoʻnaltirilgan xalqaro festivallar va bayramlarni tashkil etish masalalarida jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tegishli xorijiy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbuot va axborot hamda axborot-kutubxona ishi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va metodik yordam koʻrsatish orqali qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) axborotni ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonunchilik ijrosi boʻyicha samarali chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) matbuot, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, shuningdek, axborot-kutubxona ishi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan texnik tartibga solish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan sifatli monitoring va nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda axborot xavfsizligini taʼminlashga, axborot sohasidagi tahdidlarning oldini olishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) kitoblar nashr etishni, nusxasini koʻpaytirishni va tarqatishni qoʻllab-quvvatlash, elektron va audiokitoblar yaratish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha maʼrifiy ishlarni tashkil etishga doir samarali tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hududiy boʻlinmalar bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etishga doir maqsadli dasturlarni tayyorlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) oʻzbek tili va adabiyotini chet elda ommalashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) axborotni tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida fuqarolar, tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ommaviy axborot vositalari tahririyatlari oʻrtasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish, huquqlari va erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) modernizatsiya qilishni sifatli rejalashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, standartlash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish maqsadida matbaa sektorini oʻrganish va tahlil qilish, matbaa sektorining ishlab chiqarish salohiyatini inventarizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) milliy va xalqaro tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishda ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, matbaa hamda kutubxona tashkilotlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) matbuot va ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va tajriba almashishni rivojlantirishga doir tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha bosma ommaviy axborot vositalariga maslahatlar beradi va metodik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jamiyatning demokratik institutlarini yanada rivojlantirishda, ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqlari va erkinliklarini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bosma ommaviy axborot vositalari bozorini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻz vakolatlari doirasida Agentlikning bosh direktori va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Agentlik faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Agentlik rahbariyati uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmogʻi, axborot-kutubxona ishini rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) noshirlik faoliyatini litsenziyalash, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularni rivojlantirishga oid masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga axboriy, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) matbaa korxonalari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini va ommaviy axborot vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) keyinchalik Vazirlar Mahkamasining noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha komissiyasiga kiritish uchun zarur hujjatlarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining yagona reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha yagona davlat reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi nashriyotlar davlat reyestri yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) noshirlik-matbaa ishi, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishini rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Agentlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) nashriyotlar, matbaa korxonalari, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona muassasalari faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) bosma ommaviy axborot vositalari, kitob nashr etish, nusxasini koʻpaytirish va tarqatish, axborot-kutubxona ishining dolzarb masalalarini kun tartibiga kiritish, Agentlikning hayʼat yigʻilishlari va majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi va ushbu masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) kitoblar, bosma ommaviy axborot vositalarining nazorat nusxalarini toʻplaydi, ularni oʻrganib chiqadi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) Agentlikning hududiy boʻlinmalari, Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) har tomonlama tahlil qilish asosida mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va maʼnaviyatini oshirish maqsadida ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) yoshlarni maʼnaviy tarbiyalashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, mazmuniga koʻra madaniy va milliy qadriyatlarga zid boʻlgan sifatsiz adabiyotlar nashr etilishining oldini olishga doir tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, mazmuniga koʻra madaniy va milliy qadriyatlarga zid boʻlgan sifatsiz adabiyotlar nashr etilishining oldini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) Agentlik rahbariyati bilan kelishgan holda kitobxonlikni ommalashtirish boʻyicha bosma va elektron shakldagi tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) ilmiy-texnik, badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar va har xil yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumotnomalarni lotin yozuvi asosida oʻzbek tilida nashr etishni yanada kengaytirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) elektron va audiokitoblarni ishlab chiqarish, ushbu mahsulotlarni maqbul narxlarda xarid qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar tayyorlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun muntazam ravishda maʼrifiy ishlarni tashkil etish hamda shu maqsadda respublika tanlovlarini oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga javob beradigan ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarni nashr etish boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) Oʻzbekiston Respublikasi va chet elda kitob nashr etish va kitob tarqatish tarmogʻini rivojlantirishning holati, tendensiyalari va istiqbollariga doir statistik va boshqa maʼlumotlarni keng kitobxonlar jamoatchiligiga yetkazish maqsadida toʻplaydi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) Agentlik vakolatiga kiradigan idoralararo kengashlar, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) matbuot, nashriyot, matbaa va axborot-kutubxona ishiga oid xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganadi, ularning maqbul jihatlaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) milliy adabiyotning eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqadi va ularni sifatli nashr etish va moliyalashtirish ishlarini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan hujjatlarni sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishni, ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) Agentlik vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlar masalasi, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shugʻullanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) fuqarolarni qabul qiladi, ularning ogʻzaki va yozma murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda qarorlar qabul qilinishi va ariza beruvchilarga javob yuborilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) ommaviy axborot vositalarini texnologik rivojlantirish va mazmunan boyitishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) oʻz vakolatlari doirasida jurnalistlar va boshqa shaxslarning rasmiy maʼlumotlardan xabardor boʻlishiga doir huquqlarini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda asbob-uskunalar va materiallarni xarid qilish, biznes-rejalarni ishlab chiqishda idoraviy mansub tashkilotlarga maslahat yordami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi, ularni iqtisodiy rivojlantirishga doir konsepsiya va istiqbollarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) noshirlik va matbaa sektori, matbaa mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash masalalariga metodik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) tarmoqni rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha strategik vazifalarni hal etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40) matbaa sektorini muntazam tahlil qilib boradi, uning ishlab chiqarish salohiyatini inventarizatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish va oʻtkazish maqsadida xalqaro hamkorlik qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42) xorijda oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalarda milliy kitoblar hamda kitob nashr etishni va matbuot tarmogʻini keng namoyish etgan holda chet elda xalqaro koʻrgazmalarda milliy ekspozitsiyalar tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43) oʻzbek tilidagi kitoblarni ommalashtirishga yoʻnaltirilgan taqdimotlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda metodik va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44) matbuot va axborot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida xalqaro ilmiy konferensiyalar oʻtkazishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45) matbuot, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi, ushbu yoʻnalishlarda maʼmuriyatchilikning xalqaro tajribasidan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46) elektron kataloglar, kutubxonalar tashkil etish va ulardan keng foydalanish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48) Agentlik tomonidan yuqori tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Agentlik hududiy boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar Agentlik hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish, ularning ijrosi boʻyicha tadbirlarni joylarda tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya etish, tegishli hududda soʻz va axborot erkinligini kafolatlaydigan qonunchilik normalari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, uning fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanishiga, maʼnaviyati oʻsishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) kitoblarni va kitobxonlik madaniyati anʼanalarini targʻib qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish boʻyicha faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, elektron va audiokitoblar yaratish yoʻli bilan aholi maʼnaviyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) nashriyot tashkilotlariga ular faoliyati va adabiy ijodni rivojlantirish boʻyicha metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) milliy adabiyot va kitob mahsulotlari nufuzini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tegishli hududda axborot tayyorlash, tarqatish va undan foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tegishli hududda ommaviy axborot vositalari uchun teng sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) noshirlik va matbaa sektorining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, uni modernizatsiya qilishga va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida hududiy tanlovlar, koʻrgazma-yarmarkalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) matbuot va axborot, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasiga xalqaro tajribani joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hududiy boʻlinmalar ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻz vakolatlari doirasida viloyatlarda ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) matbuot va ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ommaviy axborot vositalari sohasida qonun hujjatlari talablarini tushuntirish boʻyicha har xil seminarlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ustun darajada bir viloyat hududida tarqatishga moʻljallangan davriy bosma nashrlar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻz vakolati doirasida Agentlik bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tegishli hududda nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbuot tarmogʻi, axborot-kutubxona ishi tendensiyalari toʻgʻrisida Agentlik rahbariyati uchun axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) viloyatda noshirlik-matbaa ishini, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishini rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) kitob nashr etish, ommaviy axborot vositalari, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va Agentlik rahbariyatiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio va axborot bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan axborot va noshirlik ishi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi, ommaviy axborot vositalari tomonidan qonun hujjatlari muntazam bajarilmasligi holatlarida esa — roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtash va ularni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar bilan belgilangan tartibda sudlarga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) viloyatda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) viloyatda bosma ommaviy axborot vositalarining nazorat nusxalarini toʻplaydi, oʻrganadi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni faol va sifatli yoritishga erishish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, uning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, maʼnaviyatini oʻstirish masalalarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini ragʻbatlantiradi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) yoshlarning maʼnaviy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mazmuniga koʻra sifatsiz, madaniy va milliy qadriyatlarga zid boʻlgan adabiyotlar nashr etilishining oldini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) tegishli hududda axborot makonida har xil tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, bolalarni ularning sogʻligiga zarar yetkazadigan axborotdan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) viloyatlarda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishda, intellektual va maʼnaviy barkamol oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashda kitoblarning roli va ahamiyatini oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) axborot-kutubxona muassasalari fondlari ilmiy, ensiklopedik, badiiy adabiyotlar bilan muntazam toʻldirib borilishi yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) kitobxonlik madaniyatini oshirish va ushbu maqsadda mintaqaviy tanlovlar oʻtkazish boʻyicha maʼrifiy ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) viloyatda kitobxonlikni ommalashtirishning samarali va barqaror mexanizmi yaratilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) ijtimoiy ahamiyatli adabiyotlarni nashr etish boʻyicha mavzular rejasini shakllantirish masalalarida noshirlik tashkilotlariga axborot jihatidan va metodik yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) viloyatda adabiy ijod rivojlanishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi va ragʻbatlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) keyinchalik xorijiy tillarga tarjima qilish uchun milliy adabiyotning eng yaxshi asarlari roʻyxatini shakllantirish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbariyatining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) milliy adabiyotning olgʻa siljishi uchun qulay axborot muhiti va elektron resurslardan foydalanish sharoitlari shakllantirilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) ushbu yoʻnalishda ommaviy axborot vositalari va boshqa bosma mahsulotlar orqali reklama va eʼlonlar tarqatilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi, davlat va jamiyat manfaatlariga, odob-axloq va maʼnaviyatning umumiy eʼtirof etilgan normalariga, qonun hujjatlari talablariga rioya etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) fuqarolar, tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborotni olish, tarqatish va undan foydalanishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) professional faoliyatda ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining mustaqilligi va erkinligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) oʻz vakolatlari doirasida jurnalistlar va boshqa shaxslarning rasmiy axborotdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) viloyatda ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) korxonalarda matbaa asbob-uskunalarini yangilash, ularni modernizatsiya qilish, noshirlik-matbaa sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning kreditlaridan keng foydalanish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) viloyatda matbaa mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlash masalalarida metodik yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) ommaviy axborot vositalari va noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mintaqaviy tanlovlar, koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) mavzuli, shu jumladan, oʻzbek yozuvchilarining yubileylariga va xotirlash sanalarga bagʻishlangan kitob koʻrgazmalarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) matbuot va axborot, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida ilmiy konferensiyalar oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) tajriba almashish boʻyicha hamkorlikda ishtirok etadi, ushbu yoʻnalishlarda maʼmuriyatchilikning xalqaro tajribasidan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) elektron kataloglar va kutubxonalarni shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlik va uning boʻlinmalarining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning, uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha xalqaro darajada belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻz erkinligini taʼminlash, davriy nashrlarni tarqatish, axborot almashish, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash sohasida, shuningdek, axborot sohasida xavfsizlik, tahdidlarning oldini olish, noshirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, matbaa korxonalarini modernizatsiya qilish, bosma mahsulotlar sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish masalalarini hal etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni pulli asosda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish, ilmiy tashkilotlarning ekspert, tadqiqot ishlari va maslahatlashuvlari uchun davlat organlari xodimlarini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish, vaqtinchalik ijodiy jamoalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, noshirlik faoliyatini standartlashtirish va sertifikatlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga metodik yordam berish, faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat maslahat organlari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbuot va axborot sohasidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, axborot almashish, matbuot, noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona faoliyati sohasida yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishish soʻzsiz taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmogʻini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlar, tarmoqning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob nashr etish, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishi sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash va himoya qilish uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalalarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni hududiy boʻlinmalardan va idoraviy mansub tashkilotlardan soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlikning markaziy apparati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlar, nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmogʻining muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob nashr etish, ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishlari sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Agentlikning hududiy boʻlimlari huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hududiy boʻlinmalar ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan sohada muhim muammolarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarda ommaviy axborot vositalari, standartlashtirish va sertifikatlash, noshirlik faoliyati, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga metodik yordam berish faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat maslahat organlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbuot va axborot sohasidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hududiy boʻlinmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Agentlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama va chuqur tahlil qilish va aniqlangan muammolarni umumlashtirish asosida tegishli viloyatda ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, matbaa tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tegishli viloyatda samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma ommaviy axborot vositalari reyestri yuritilishi va axborot uzluksiz yangilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalari mahsulotlarining sifati oshirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar Agentlik bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Agentlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan ushbu organga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) Agentlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) Markaziy apparat va uning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, Agentlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) Agentlik markaziy apparati xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar, shuningdek, hududiy boʻlinmalar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) Agentlik markaziy apparatining tuzilmasi va shtat jadvalini, xodimlarning belgilangan soni doirasida hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarning sonini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar Agentlik bosh direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Agentlik rahbari vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Agentlik hayʼati, Agentlik bosh direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik bosh direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik bosh direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Agentlik bosh direktorining topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik bosh direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktoriga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Agentlik bosh direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktorining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi P-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Agentlik hayʼati qarorlari, bosh direktor va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik bosh direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Agentlik bosh direktori oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik bosh direktori tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish), uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Agentlik rahbarlarining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ–2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Agentlik bosh direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Agentlik hududiy boʻlinmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ushbu boʻlinmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari va Agentlikning hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) hududiy boʻlinmalarning mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) hududiy boʻlinmalar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktorining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) hududiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik bosh direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Agentlikka kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlik bosh direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Hududiy boʻlinmalar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Agentlik rahbariyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bosh direktorning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bosh direktor moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktorning oʻrinbosari — vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bosh direktorning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agentlik bosh direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlikning bosh direktori hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agentlikning bosh direktori hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlarini, ustavlarini, tuzilmasini va shtat jadvalini xodimlarining belgilangan soni doirasida xodimlar sonini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boʻlinmalar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Agentlikning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agentlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Agentlik bosh direktori topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻz ishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik bosh direktorining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Agentlik bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Agentlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agentlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agentlikning faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari va Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmati tomonidan mutasaddilik qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Agentlikning hayʼati va boshqa maslahat organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Agentlikda bosh direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa tashkilotlari, axborot-kutubxona ishi rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Agentlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati sohasidagi davlat dasturlari hamda tarmoq va hududiy dasturlar amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda Agentlik faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, ular boʻyicha Agentlik masʼul ijrochi hisoblangan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Hayʼat majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hayʼat qarorlari Agentlik bosh direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agentlik bosh direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Agentlik bosh direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Zarurat boʻlganda Agentlikda ommaviy axborot vositalariga, matbaa va noshirlik faoliyatiga, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlariga metodik yordam berish, muvofiqlashtirish, tahlil qilish va ularni rivojlantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat tarkibda maslahat organlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Agentlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining markaziy apparatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning moliya yiliga xarajatlari prognozidan kelib chiqib uning tizimga kiradigan nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushgan sof foydaning 2,0 foizigacha miqdorda shartnoma asosida ajratiladigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Hududiy boʻlinmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi, ularni saqlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlar esa oʻz mablagʻlari, hududiy boʻlinmalarga idoraviy mansub nashriyotlarning shartnoma asosida ajratiladigan mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratmalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq yil mobaynida har oyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno hollarda Agentlik bosh direktorining buyrugʻi boʻyicha hududiy boʻlinmalarga ularning yozma soʻrovlari asosida Agentlik tomonidan qoʻshimcha moliyaviy yordam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasini saqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Hududiy boʻlinmalar xodimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 10-ilovada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan 15 foiz miqdorida moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Agentlikning Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Agentlik bosh direktori Agentlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari Agentlik bosh direktoriga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun uning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgarishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va “Maʼrifat markazi” binosidan samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida” 2011-yil 14-noyabrdagi 302-son qarori 6-bandining “b” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 88-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Milliy kutubxonaga Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Milliy kutubxona Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tarkibiga kiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 13-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 14-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar va oʻsmirlar nashrlarining moliyaviy taʼminotini davlat tasarrufiga olish toʻgʻrisida” 1995-yil 14-fevraldagi 50-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-iyundagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 56-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiya sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 46-modda), shuningdek, qarorga 6-ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 42-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)