Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019 19.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2957
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qarori, 19.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2957
Кучга кириш санаси
20.12.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiNING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2957]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 153, 350-V va 56-sonli “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3121, 15.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-noyabrdagi 108, 02/528, 327-V-son “Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2542, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 702-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 177, 347-V va 40-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Kengash tizimini moliyalashtirish uchun fermer va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklarining tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (bundan buyon matnda tuman kengashi deb yuritiladi) aʼzolik badali toʻlovini amalga oshirishini hamda Kengash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (bundan buyon matnda hududiy kengash deb yuritiladi) va tuman kengashlari hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanishni tartibga solish uchun tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash Ustaviga muvofiq Kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya mablagʻlari va grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mablagʻlarni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashlarga aʼzolik badali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq paxta xomashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari tomonidan har yili paxta xomashyosi xarid narxining 0,8 foizi miqdordagi mablagʻlari hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlardagi faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari aʼzolik shartnomasida belgilangan miqdorda oʻz daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan gʻalla hosili yakuniy hisob-kitobi maxsus koʻrsatmalarida Kengashni moliyalashtirish boʻyicha fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan toʻlovlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman kengashi tumanda faoliyat koʻrsatayotgan har bir fermer xoʻjaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari bilan ixtiyoriylik asosida aʼzolik shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengashga paxta xomashyosi xarid narxida koʻzda tutiladigan 0,8 foiz miqdordagi mablagʻni hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlardagi faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolik badallarini kirim qilish uchun tuman kengashlariga tijorat banklarida alohida maxsus hisobvaraqlari belgilangan tartibda ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fermer xoʻjaliklari tomonidan har yili paxta xomashyosi xarid narxining 0,8 foizi miqdordagi fermer xoʻjaliklarining maxsus hisobvaragʻiga kirim qilingan mablagʻlar hisobidan aʼzolik badali summasi mutanosib ravishda oyma-oy tuman kengashlari tomonidan shartnomaga muvofiq qoʻyiladigan toʻlov talabnomalari asosida tuman kengashlarining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman kengashlarining maxsus hisobvaraqlariga fermer xoʻjaliklaridan aʼzolik badallari uchun kelib tushgan mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan memorial order orqali toʻliq hududiy kengashning alohida maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy kengashning alohida maxsus hisobvaragʻiga tuman kengashlaridan kelib tushgan mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan memorial order orqali toʻliq Kengashning alohida maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlardagi faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolik badallari ham tuzilgan shartnomalarga asosan ularning toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq tuman kengashlarining maxsus hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mablagʻlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengashning maxsus hisobvaragʻida jamlangan aʼzolik badallari mablagʻlaridan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy va tuman fermerlar kengashlarining yillik daromadlar prognozi va xarajatlar smetalariga asosan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus hisobvaraqlarda yigʻilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash, hududiy va tuman kengashlarining hisobvaraqlariga xayriya mablagʻlari va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan kelib tushadigan mablagʻlar ularning asosiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi va mazkur kengashlar tasarrufida qoladi. Ushbu mablagʻlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻz ustavlarida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Javobgarlik va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengashga, hududiy va tuman kengashlariga ularning Ustavida belgilangan vazifalar asosida fermer, dehqon xoʻjaliklarini va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fermer va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga shartnomada koʻrsatilgan aʼzolik badallarini belgilangan muddatlarda toʻlab berish majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, hududiy va tuman fermerlar kengashlarining yillik daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻriligi va asoslanganligi hamda mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi uchun Kengash, hududiy va tuman kengashlari rahbarlari shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mablagʻlarni toʻgʻri va maqsadli ishlatishini nazorat qilish Kengash zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi direktori Sh. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2957/0430-son)