OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Fermyerlari Kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2542]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 177, 347-V va 40-sonli “Fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2957 19.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-noyabr,
108-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-noyabr,
02/528-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-noyabr,
327-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-noyabrdagi 108, 02/528, 327-V-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom fermyerlar kengashlarini moliyalashtirish uchun fermer xoʻjaliklarining fermyerlar kengashlariga aʼzolik badali toʻlovini amalga oshirish hamda fermyerlar kengashlari hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanishni tartibga solish uchun tatbiq etiladi.
2. Fermyerlar kengashi Ustaviga muvofiq kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
aʼzolik badallari;
xayriya mablagʻlari va grantlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
II bob. Mablagʻlarni shakllantirish
3. Fermyerlar kengashiga aʼzolik badali miqdori Fermyerlar kengashi Ustaviga muvofiq fermer xoʻjaliklarining mahsulot sotishdan kelib tushadigan sof tushumning 0,1 foizi miqdorida belgilanadi.
4. Tuman Fermyerlar kengashi tumanda faoliyat koʻrsatayotgan har bir fermer xoʻjaliklari bilan ixtiyoriylik asosida aʼzolik shartnomasi (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzadi.
5. Tuman Fermyerlar kengashi Ustavida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Shartnomada quyidagi majburiyatlar koʻrsatiladi:
fermerlikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fermer xoʻjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar koʻrib chiqilayotganda;
fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini taʼminlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib sugʻorishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga koʻmaklashish.
Tuman Fermyerlar kengashi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
6. Fermer xoʻjaligi Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
7. Tuman Fermyerlar kengashi hosil yili boshida fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotning belgilangan xarid narxlaridan va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha bozor narxlaridan kelib chiqib, mahsulot sotishdan kutilayotgan yillik sof tushum miqdori prognoz hisobini chiqaradi.
8. Shartnoma boʻyicha aʼzolik badallari summasi fermer xoʻjaliklarining hisobvaragʻiga mahsulot sotishdan kelib tushadigan amaldagi sof tushum miqdoridan kelib chiqib toʻlanadi.
9. Fermer xoʻjalagining sof tushumi haqidagi maʼlumot taqdim etish hamda aʼzolik badallarini toʻlash muddatlari tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
10. Aʼzolik badalini toʻlash toʻlov topshiriqnomalari orqali amalga oshiriladi.
11. Tuman Fermyerlar kengashi aʼzolik badali toʻlovi uchun shartnoma va qonun hujjatlariga muvofiq toʻlov talabnomasini taqdim qilishi mumkin.
12. Tuman Fermyerlar kengashining hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar keyingi bank kunidan kechikmasdan toʻlov topshiriqnomasi orqali hududiy Fermyerlar kengashining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hududiy Fermyerlar kengashining hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar keyingi bank kunidan kechikmasdan toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi ijro etuvchi apparatining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
III bob. Mablagʻlardan foydalanish
13. Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi ijro etuvchi apparatining hisobvaragʻida jamlangan aʼzolik badallari mablagʻlaridan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, hududiy va tuman fermyerlar kengashlarining yillik xarajatlar smetalariga muvofiq mutanosib ravishda foydalaniladi.
14. Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, hududiy va tuman fermyerlar kengashlarining hisobvaraqlariga xayriya mablagʻlari va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan kelib tushadigan mablagʻlar mazkur kengashlar tasarrufida qoladi va ushbu mablagʻlardan oʻz Ustavlarida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanadi.
IV bob. Javobgarlik va nazorat
15. Tuman Fermyerlar kengashlarining Ustavida belgilangan vazifalar asosida ularga fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik yuklatiladi.
16. Fermyerlar kengashlari xarajatlar smetalarining toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun hamda mablagʻlarni maqsadli ishlatilishiga shaxsan javobgardirlar.
17. Mablagʻlarni toʻgʻri va maqsadli ishlatishni nazorat qilish Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi zimmasiga yuklatiladi.
V bob. Yakuniy qoidalar
18. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2013-yil 26-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 702-modda)