T/r | Chora-tadbir nomi | Hujjat turi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining huquqiy asoslarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish | ||||
1. | Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish, shu jumladan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Qonun loyihasi | 2017-yil dekabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi |
2. | Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarining o‘zaro farqli xususiyatlarini belgilash, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi mas’uliyatini oshirish, bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazorati tizimini kuchaytirish yuzasidan tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Qonun loyihasi | 2018-yil mart | Adliya vazirligi Kengash (B. Yusupov), “Mahalla” fondi (Sh. Javlonov) |
3. | Ekin maydonlaridan samarali foydalanishda yuqori natijalarga erishgan tomorqa yer egalariga soliq imtiyozlari berish va aksincha ekin maydonlaridan samarali foydalanmaganlarga nisbatan yer solig‘ining uch barobar oshirilgan stavkasini qo‘llash bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Qonun loyihasi | 2017-yil dekabr | Moliya vazirligi |
4. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro kooperatsiya munosabatlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish. | “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi | 2018-yil aprel | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
5. | 2018 — 2021-yillarda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni fermer xo‘jaliklari kesimida ishlab chiqish va tasdiqlash. Hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun Senatga kiritish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari va Senat qarori loyihalari | Har yili | Vazirlar Mahkamasi |
6. | “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilishi munosabati bilan tegishli nizomlar loyihalarini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2017-yil noyabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Kengash (B. Yusupov) |
7. | Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, meva-sabzavotchilik, asalarichilik va qishloq xo‘jaligining boshqa muhim yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. Fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib ular bilan tuman hokimligi o‘rtasida tuziladigan yer ijarasi shartnomasining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari (har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida), Namunaviy shartnoma loyihalari | 2017-yil noyabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
8. | Fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi ustidan vakillik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Qonun loyihasi | 2017-yil dekabr | Adliya vazirligi Kengash (B. Yusupov), |
9. | Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan noqonuniy va maqsadsiz foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritish. | Qonun loyihasi | 2017-yil dekabr | Bosh prokuratura Adliya vazirligi “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi |
II. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy ba�qarorligini ta’minlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish | ||||
10. | Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining soni va ular ixtiyoridagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, ma’lumotlarning yagona reyestrini shakllantirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2018-yil oktyabr | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi |
11. | Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don yetkazib berishda fermer xo‘jaliklarining balansidagi nasoslar orqali sug‘orishga sarflanadigan elektr energiya xarajatlarini Nasos stansiyalari, aloqa va energetika boshqarmalari orqali to‘lash mexanizmini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil mart | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
12. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun doimiy ravishda yetarli miqdorlardagi suv bilan ta’minlash, shu jumladan fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari o‘rtasida suv yetkazib berishga oid shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, mahallalar atrofidagi kollektorlarni tozalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Kompleks | Har yili | Suv xo‘jaligi vazirligi viloyat va tuman hokimliklari, |
13. | 2017-yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqqan holda 2018-yil hosilidan boshlab respublika bo‘yicha paxta yig‘im-terimida ishtirok etuvchi ishchilarning ish haqi fondiga nisbatan hisoblanadigan yagona ijtimoiy to‘lovni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2018-yil may | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
14. | Bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, chorvachilik yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalar� uchun zarur texnika vositalari (minitexnikalar) ishlab chiqarish turlari va hajmlarini oshirish hamda ularni imtiyozli shartlarda lizing asosida yetkazib berish tizimini takomillashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2017-yil noyabr | “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ |
15. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, urug‘lik va ko‘chatlarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2017-yil dekabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (A. Vaxabov), “O‘zagrokimyohimoya” AJ “O‘zbekoziqovqatxolding” XK |
16. | Barcha qishloq tumanlarida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2017-yil noyabr | “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi |
17. | Qishloq xo‘jaligi ekinlari, ayniqsa, paxta va boshoqli don joylashtiriladigan yer maydonlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish. | Ma’lumotlar bazasi | 2018-yil may | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat |
18. | Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don sotish bo‘yicha shartnomaviy reja surunkali bajarilmagan hududlarda rejaning bajarilmaslik sabablarini tahlil qilish va iqtisodiy samara beradigan ekin turlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Kompleks | 2017-yil dekabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
19. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining takliflari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishning prognoz hajmlarini belgilash, ular bilan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari va bozor ma’muriyati o‘rtasida shartnoma tuzish ishlarini tashkil etish va tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2017-yil dekabr | Adliya vazirligi |
20. | Agrofirmalarning fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan o‘zaro munosabatlarini yanada rivojlantirish, agrofirmalarning faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. | Kompleks | 2017-yil dekabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
21. | Tayyorlov tashkilotlarining qabul qilish maskanlari�agi laboratoriyalarida mavjud bir tomonlama yondashish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, bunda fermer xo‘jaliklari manfaatlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2018-yil fevral | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
22. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda, zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan hamkorlik qilish. | Chora-tadbirlar | Muntazam ravishda | “Agrobank” ATB (S. Xadjayev), |
23. | Internet tarmog‘ida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga o‘z mahsulotlarini sotish, xizmatlar ko‘rsatish va axborotlar olishda elektron tijoratni amalga oshirish imkoniyatini beradigan maxsus dasturiy ta’minotni yaratish. | Dasturiy ta’minot | 2018-yil aprel | Axborot texnologiyalari Kengash (B. Yusupov) |
III. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanishda vakillik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish | ||||
24. | Fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularga ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida muhokama qilib borish va tegishli choralar ko‘rish. | Xalq deputatlari tuman Kengashlarining qarorlari | Har chorak yakunidan keyingi oyning | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, |
25. | Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib borish va tegishli choralar ko‘rish. | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari | Har oy yakunidan keyingi oyning | Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), |
26. | Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2017-yil dekabr | Kengash (B. Yusupov), Markaziy bank |
27. | Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratishda qishloq xo‘jaligi va fermerlik sohasi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan yoshlarga imtiyozlar joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2018-yil yanvar | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi |
28. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlarga fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish haqida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasiga tavsiyalar berish mexanizmini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2017-yil noyabr | Kengash (B. Yusupov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Adliya vazirligi |
29. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yuzasidan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari qoshida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish. Ushbu muassasalarda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tajriba yer uchastkalarini tashkil etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2017-yil | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (M. Xolmuxamedov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
IV. “Tomorqa — qo‘shimcha daromad manbai !” shiorini qishloq aholisi orasida keng targ‘ib qilish | ||||
30. | Farmon mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish maqsadida turkum teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar va bosma matbuotda chiqishlar tashkil etish. | Qo‘shma dastur | Muntazam | MTRK (A. Xodjayev), Kengash (B. Yusupov) |
31. | Qishloq xo‘jaligi sohasida fuqarolarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlarni namoyish etadigan ixtisoslashgan telekanal tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish. | Taklif | 2017-yil dekabr | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
32. | Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan ekin maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etish. | Qo‘shma dastur | Muntazam | Kengash (B. Yusupov), |
33. | Qishloq tumanlarida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokida Kengashning maqsad va vazifalarini tushuntirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | Qo‘shma dastur | 2017-2018-yillar | Kengash (B. Yusupov), |
34. | Internet tarmog‘i, xususan ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo‘jaligi sohasida aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ekin maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish va sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan ilmiy materiallar, mobil ilovalar va roliklar joylashtirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2017-2018-yillar | Kengash (B. Yusupov), |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 10.10.2017 yildagi PQ-3318-son
Кучга кириш санаси
11.10.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda himoya qilish;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida, shu jumladan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda hamda shartnomalar tuzishda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda har tomonlama ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligida shartnoma intizomini mustahkamlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, agrar sohada mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda samarali faoliyat yuritayotgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini rag‘batlantirish, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan yer egalariga nisbatan jamoatchilik yo‘li bilan ta’sir choralarini ko‘rish;
sohada zamonaviy resurstejovchi ilg‘or agrotexnologiyalarni, muqobil energiya vositalarini, shuningdek innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish hamda ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok etish;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kooperatsiya asosida ishlaydigan klasterlar va eksport qiluvchi tashkilotlarni mahsulot yetishtiruvchilarga biriktirish;
mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish;
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish, mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan namunaviy fermer xo‘jaliklarining tajribalarini keng ommalashtirish;
qishloq xo‘jaligida huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo‘yicha konsalting xizmatini, shuningdek mahsulotni ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash, sotish, ta’minot va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining boshqa tashkilotlar bilan kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirish, bu sohada ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish;
qishloq joylarda aholining dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanish, shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari tegishlicha 3 va 4-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosati O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparati tuzilmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatlari tuzilmasiga belgilangan boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida o‘zgartirish kiritish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
xalq deputatlari tuman Kengashlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yig‘ilishlarida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini muhokama qilishda ishtirok etish va o‘z xulosasini taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
fermer xo‘jaligini tashkil etish istagini bildirgan talabgorlarni tanlash, ularning zaxirasini shakllantirish, malakasini oshirib borish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat boji to‘lamasdan da’vo arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish. Bunda da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son)
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni so‘rab olish.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) bilan kelishilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va tuman hokimlarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda maqomi bo‘yicha ularning o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son)
barcha fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha prognoz hajmlar belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-fevralgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari uyma-uy yurib, hududdagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazadi, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini oila ehtiyoji va sotish uchun mo‘ljallangan qismlarga ajratgan holda aniqlaydi, mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, ekinlarning to‘liq va sifatli ekilishi, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismida asossiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yoki uni obodonlashtirmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer solig‘i stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qo‘llaniladi;
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yer egalarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
7. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
har yili keyingi yil hosili uchun ekin ekishdan bir oy oldin fermer xo‘jaliklari kesimida, konturlar va ekin turlari bo‘yicha, tuproq, iqlim, suv sharoitidan kelib chiqib, kamida ikki marta hosil olinishini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 15-fevralgacha barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotlarning prognoz hajmlari tasdiqlanishini tashkil etsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ulgurji iste’molchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida, bozor ma’muriyati bilan esa yetishtirilgan mahsulotni bevosita bozorda chakana sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzilishini tizimli ravishda tashkil etsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq va sifatli ekilishini, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini zamonaviy o‘lchov vositalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalangan holda doimiy monitoring qilib borsin;
yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Kengash fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan ulgurji iste’molchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida shartnomalar tuzishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
2017-yilning 1-noyabridan boshlab fermer xo‘jaliklari tomonidan Kengashga a’zolik badallari to‘lash uchun har yili paxta xomashyosi xarid narxini o‘rnatishda 0,8 foiz miqdordagi mablag‘larni nazarda tutsin;
LexUZ sharhi
11-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5516-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan birgalikda Jamg‘armaning har yilda shakllanadigan balansida alohida bandda mazkur mablag‘larni oyma-oy aks ettirsin;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining agrosanoat kompleksiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosariga qishloq xo‘jaligida to‘lov intizomini mustahkamlash, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kengash Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
LexUZ sharhi
13-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5516-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilning 1-fevraligacha Kengashga ajratilgan binoni ta’mirlash va jihozlash manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarini zarur binolar bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)