01.02.2017 yildagi PQ-2750-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (bundan buyon — “yagona darcha” markazlari) tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning oshkoraligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, “yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini belgilash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 2017-yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvalini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-sentabrga qadar 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(7-bandning beshnchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yo‘li bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali qog‘oz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligining 2017-yilning I choragida quyidagilarni ta’minlaydigan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalar (bundan buyon — ruxsatnoma va litsenziyalar) olish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shaklda ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsatnoma va litsenziyalar olish to‘g‘risida elektron shaklda ariza berish imkoniyatini yaratgan holda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarini avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha qayerda va qay tarzda murojaat qilganidan qat’i nazar, ruxsatnoma va litsenziyalar olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishning borishi va natijasini kuzatish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumot olish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2-ilovada ko‘rsatilgan, Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan vakolatli organlar:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini belgilasin hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlardan boshlab Jadvalga kiritilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorlik subyektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining davlat mulki bo‘lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulk Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2750-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatiladigan xizmat, beriladigan hujjat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

Joriy etish muddati

1.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya

Farmatsevtika faoliyati

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev A.M.)

2017-yil

1-iyul

2.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya

Tibbiy faoliyat

3.

Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruxsatnoma

Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirish

5.

O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya

O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlarini taqdim etish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Mirzaxidov X.M.)

2017-yil

1-iyul

6.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga litsenziya

Nodavlat ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2017-yil

1-oktabr

7.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

(Abdusamatov B.X.)

2017-yil

1-oktabr

9.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish

10.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan

va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish

14.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish

Davlat arxitektura
va qurilish qo‘mitasi

(Zakirov B.I.)

2017-yil

1-oktabr

18.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga oid faoliyatni amalga oshirish

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi

(Sabirov B.B.)

2017-yil
31-dekabr

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

Beriladigan hujjat, ko‘rsatiladigan xizmat nomi

Joriy qilish muddati

Mas’ul organlar

I. Ruxsat berish tartib-taomillari

3.

3.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma

2019-y.

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.), Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Turamuratov I.B.), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

4.

4.

Yo‘llar, yo‘l inshootlari, temir yo‘l o‘tkazgichlari, yo‘llar va ko‘chalar bo‘ylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish

2019-y.

Ichki ishlar vazirligi(Azizov A.A.)

8.

8.

Maxsus qo‘llaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qo‘shimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma

2019-y.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.)

10.

10.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma

2019-y.

12.

12.

Loyihaviy hujjatlarning me’moriy-rejalashtirish topshirig‘iga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi me’moriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish

2018-y.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (To‘xtayev A.X.)

13.

13.

Me’moriy-rejalashtirish topshirig‘i

2019-y.

15.

15.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdusamatov B.X.)

16.

16.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

2018-y.

17.

17.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

18.

18.

Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

21.

21.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik

2018-y.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Xidoyatov D.A.)

22.

22.

Qonunchilikda belgilangan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik

2018-y.

30.

30.

Bojxona omborini ta’sis etish

2019-y.

31.

31.

Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish

2019-y.

32.

32.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etish

2019-y.

35.

35.

Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma

2019-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov K.I.)

36.

36.

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma

2019-y.

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (Rizayev D.X.)

38.

38.

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtirilad�gan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish

2019-y.

40.

40.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda elektr qurilm?larni sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

41.

41.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

42.

42.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab �iqarishda foydalanishni kelishish

2020-y.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI (Axmedov D.B.), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Dexkanov D.T.)

45.

45.

Obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi to‘g‘risida davlat ekspertizasi xulosasi

2019-y.

Davlat ekspertiza organlari

49.

49.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shart

2018-y.

Foydalanish tashkilotlari

II. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari

51.

2.

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyati

2019-y.

Moliya vazirligi (Xodjayev B.A.)

53.

4.

Lotereyalar tashkil etish

2019-y.

54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish

2018-y.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov)

58.

9.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish

2019-y.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (To‘xtayev A.X.)

60.

11.

Tovar-xomashyo birjalarining birja faoliyati

2019-y.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

62.

13.

Turizm faoliyati

2020-y.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Sharapov A.K.)

65.

16.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

2020-y.

Transport vazirligi (Dehqonov D.T.)

66.

17.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat bilan shug‘ullanish

2019-y.

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi (Shakirov B.A.)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xalq bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni samarali tashkil etishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur bo‘lmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, ko‘pchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham an’anaviy usullarda, qog‘oz shaklida ko‘rsatilmoqda.

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, “yagona darcha” markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida ko‘maklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Mazkur sohada tadbirkorlik subyektlari ko‘targan dolzarb muammo va takliflar, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazilmoqda. Bu esa �yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.

Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “yagona darcha” markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning mavjud tarqoq tizimi o‘rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.

Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

“Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda.

Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish bilan shug‘ullanadi.

“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko‘maklashdi.

Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori bo‘lgan qo‘shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “yagona darcha” markazlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Yagona darcha” markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik subyekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan boshlab “yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog‘oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.

2017-yilning I choragidan ishga tushiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi:

tegishli davlat organiga bormasdan turib, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;

ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanishga;

“yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni va natijasini, qayerda va qay tarzda murojaat etganidan qat’i nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.

Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga joriy etishga ko‘maklashadi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 5-son, 61-modda, 20-son, 354-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)