03.08.2004 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-martdagi PF-2815-son Farmoniga muvofiq temir yoʻl transporti sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va raqobat muhitini shakllantirish jarayoni izchil amalga oshirilayotganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi”, yuklarni konteynerlarda tashish boʻyicha “Oʻztemiryoʻlkonteyner” va refrijerator vagonlarida tashish boʻyicha “Yoʻlreftrans”, yoʻlovchi tashish vagonlari va yuk vagonlarini taʼmirlash korxonalari aksiyalashtirildi. Yuk va yoʻlovchilar tashish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlari toʻliq sotildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportini boshqarishda funksional va hududiy yondashuvlarning oʻzaro yaqin aloqasini taʼminlaydigan mintaqaviy temir yoʻl uzellari barpo etildi. Harakatdagi tarkib taʼminoti, uni taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish tizimi takomillashtirildi va uning bazasi mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda yuk va yoʻlovchilar tashiydigan, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi va xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish sust amalga oshirilmoqda. Xorijiy investorlar xususiylashtirish jarayoniga yetarlicha faol jalb etilmayapti. Transport xizmatlari bozorida raqobat muhiti hanuzgacha shakllanmagan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq temir yoʻl transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va maqbullashtirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish, yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar darajasini va sifatini oshirish, temir yoʻl transportini boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yoʻl transporti sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qabul qilingan dasturga muvofiq monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirishni chuqurlashtirish va transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish, tashuvlar jarayonini bevosita taʼminlovchi, yuk va yoʻlovchilar tashishda xizmatlar koʻrsatuvchi, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar funksiyalarini aniq taqsimlash, bozor prinsiplari va mexanizmlarini boshqarish va xoʻjalik yuritish tizimiga keng joriy etish chora-tadbirlarining izchil amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan korxonalar va tashkilotlarni aksiyalashtirish va xususiylashtirish, shu jumladan xususiy mulk etib sotish borasida Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorida belgilangan hamda 2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturida tasdiqlangan topshiriqlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, xususiylashtiriladigan va xususiy mulk etib sotiladigan korxonalar, eng avvalo, yoʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan temir yoʻl vokzallari sonini koʻpaytirish va doirasini kengaytirish, shuningdek xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, tashishlar xavfsizligini taʼminlash, koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, temir yoʻllar tarmogʻini yanada rivojlantirish va ularning xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshirish, ilgʻor texnologiyalarni va menejmentning zamonaviy metodlarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatdagi tarkib, yoʻl xoʻjaligi, energiya taʼminoti, signalizatsiya va aloqa tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirishga, shuningdek tarmoq sanoat korxonalarini texnologiya jihatidan qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, kompaniya korxonalariga axborot xizmatlari koʻrsatish hamda ichki va tashqi bozorda ularning raqobatbardoshliligini oshirish masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-oktabrdagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi funksiyasini bajaruvchi Kompaniya kengashiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga, zarurat boʻlganda, kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga, mintaqaviy temir yoʻl uzellarining tashkiliy va namunaviy tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi bir oy muddatda yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-oktabrdagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-oktabrdagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-avgustdagi 366-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band va 1a-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-bandning beshinchi xatboshidan “Dorreftrans” va “Oʻztemiryoʻlkonteyner” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-noyabrdagi 378-son qarorining 3-bandi va qarorga 1—3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning 17-pozitsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi ustundagi “2434” va “2270” raqamlari tegishli ravishda “2581” va “2417” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi ustundagi “1920” va “1800” raqamlari tegishli ravishda “2067” va “1947” raqamlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 353-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; 2006-y., 14-son, 116-modda; 36-son, 361-modda; 2016-y., 44-son, 513-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)