Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.01.2004 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI RESPUBLIKA ORGANLARINING BOShQARUV XODIMLARI SONINI MAQBULLAShTIRISh VA QISQARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son va “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmonlariga muvofiq hamda boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish va ular faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari o‘rinbosarlari lavozimlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari apparatlari hamda ularga qarashli muassasalar va tashkilotlar boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 2 va 3-ilovalarga* muvofiq belgilash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3 ilovalar rus tiladgi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqaruv samaradorligini oshirish manfaatlari yo‘lida a’zolik badallari va xayriya faoliyati hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan jamg‘armalar, ijodiy va kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlariga Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining takliflari asosida o‘z apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda boshqaruv apparatining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda markaziy ijro etuvchi apparatlarda va tegishli tarkibiy bo‘linmalarda qisqartiriladigan lavozimlar ro‘yxatini aniqlasinlar hamda qisqartiriladigan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 15-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2004-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot, shuningdek xodimlarning belgilangan cheklangan soniga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish uchun yilning har choragi asosida boshqaruv xodimlari, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni to‘g‘risida axborot taqdim etilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari bilan birgalikda ishdan bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar va bu borada ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet muassasalari va tashkilotlarining shtat jadvallari va xarajatlari smetalarini mazkur qaror bilan belgilangan boshqaruv apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga hamda xizmat ko‘rsatadigan va texnik xodimlar soni nisbatining belgilangan hisoblab chiqilgan normativlariga qat’iy muvofiq holda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soniga hamda xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin. Monitoring natijalari to‘g‘risida har yili 25-yanvargacha va har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan mablag‘lardan yuqori malakali xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun foydalanish to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (R.S. Azimov) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv apparati xodimlari sonining mazkur qarorga muvofiq qisqartirilishi ustidan nazorat o‘rnatsin hamda natijalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2004-yil 1-fevralgacha axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 10-modda, 3-son, 33-modda, 12-son, 143-modda, 19-son, 220-modda, 29-son, 333-modda, 31-son, 353-modda, 31-son, 356-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; 2006-y., 14-son, 116-modda, 22-son, 195-modda, 31-32-son, 322-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2017-y., 35-son, 929-modda)