Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 28.07.2004 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“O‘ZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan va turizm sohasida boshqaruvning samarali tizimini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash, turistik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashish;

turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishini va xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish, turistik faoliyatni tarmoqlararo va mintaqalararo muvofiqlashtirish;

turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish;

turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;

turizmni rivojlantirish sohasiga xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish;

turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, turizm tarmoq fanini rivojlantirishga ko‘maklashish.

2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparat xodimlarining cheklangan umumiy soni 45 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 30 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi mintaqaviy bo‘limining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisiga zarurat bo‘lganda kompaniya markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-ilovaga muvofiq mehmonxona xo‘jaligi korxonalaridagi davlat ulushlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgungacha yoki to‘liq sotilgungacha bo‘lgan davrda ularni boshqarish huquqi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasida saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi “Otel O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini xorijiy kompaniyaga tashqi menejment asosida boshqaruvga 2004-yil oxirigacha berish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining markaziy apparati, mintaqaviy bo‘limlari ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirish litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizalarning ko‘rib chiqilganligi, litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilganligi va litsenziyalar dublikatlari berilganligi uchun yig‘imdan, o‘z xo‘jalik faoliyatidan tushumlar, budjetdan tashqari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 41-42-son, 478-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2004-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda 2010-yilgacha bo‘lgan davrda turizmni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 41-42-son, 478-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Turistik yig‘im hamda Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, bunda Jamg‘armaning mablag‘laridan reklama faoliyatida, jalb etiladigan kreditlarni qaytarishda va turizm infratuzilmasini rivojlantirishda maqsadli foydalanilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 15-fevraldagi 82-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 2-son, 5-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tizimining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi markaziy apparatining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda Kompaniya deb ataladi) turizm sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompaniya tizimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Buxoro, Xorazm mintaqaviy bo‘limlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari markazlaridagi Sayohat va ekskursiyalar byurosi davlat korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Distpecherlashtirish va xizmat ko‘rsatish markaziy boshqarmasi” davlat korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompaniya o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy apparat, mintaqaviy bo‘limlar ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirish litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizalarning ko‘rib chiqilganligi, litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilganligi va litsenziyalar dublikatlari berilganligi uchun yig‘imdan, o‘z xo‘jalik faoliyatidan tushumlar, budjetdan tashqari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 288-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 41-42-son, 478-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya va uning mintaqaviy bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kompaniyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash, turistik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishini va xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish, turistik faoliyatni tarmoqlararo va mintaqalararo muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirish sohasiga xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, turizm tarmoq fanini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ funksiyasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turizm to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida statistik hisobot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy ishlarni amalga oshiradi va respublikada turizmni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va prognozlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli, tarmoq va mintaqaviy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik xizmatlarning amalga oshirilishini reklama-axborot bilan ta’minlash faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning milliy turistik ma’muriyatlari va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon turizm tashkiloti hamda turizm bilan bog‘liq boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, ularda respublika manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm industriyasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish ishlarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga rioya etilishini tahlil qiladi hamda uning asosida turizm sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek mintaqaviy bo‘limlar, tasarrufidagi boshqa tashkilotlar orqali bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kompaniyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralardan turizm faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda axborotlar ayirboshlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, yig‘ilishlar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, tajriba almashish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan amaliy aloqalar o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro normalar asosida otellar, mehmonxonalar, kempinglar, shuningdek turistlarga xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa obyektlar klassifikatsiyasini ishlab chiqishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kompaniya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kompaniyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning ikki nafar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais maqomiga ko‘ra vazirga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompaniya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Kompaniyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Kompaniya tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Kompaniya faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarligi hamda tasarrufidagi tashkilotlar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya tizimi xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Kompaniya markaziy apparati, tasarrufidagi tashkilotlar xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni, o‘z tizimiga kiradigan tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya markaziy apparati xodimlarini, mintaqaviy bo‘limlarning, Kompaniya tizimiga kiruvchi tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kompaniyada rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi raisning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya faoliyatining turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlashni davom ettirish, turistik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashish, shuningdek turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishini va xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Kompaniya rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at Kompaniya vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at majlisiga Kompaniya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at qarorlari raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mintaqaviy bo‘limlar o‘z faoliyatini tegishli viloyatlarning hokimlari bilan kelishgan holda Kompaniya tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniyaning mintaqaviy bo‘limlari rahbarlari lavozimga tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan rais tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy turizm bo‘limining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgungacha yoki to‘liq sotilgungacha davlat ulushlarini boshqarish “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasida saqlab qolinadigan korxonalar ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Korxonalar ro‘yxati‎

Ustav fondidagi davlat ulushi (%) ‎

1.‎

“Otel O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎

58‎

2.‎

“Shodlik” davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyati‎

16‎

3.‎

“Varaxsha” davlat korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati‎

25‎

4.‎

“Samarqand” davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyati‎

25‎

5.‎

“Chorsu” davlat korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati‎

30‎

6.‎

“Jizzaxsayohat” davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyati‎

9‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 20-oktabrdagi 484-son qarorining 2—5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 3-iyundagi 210-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 6-son, 20-modda) 5, 7 va 8-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 29-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning birinchi xatboshidagi “uning “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga qo‘shilgan a’zo sifatida kirishi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi, 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 346-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 41-42-son, 478-modda)