Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 03.11.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1421
ONLINE TRANSLATE
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qarori, 03.11.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1421
Кучга кириш санаси
13.11.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

SAYYoHLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELIShI VA KETIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 3-noyabrda 1421-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 360-sonli qarori va turizmga taalluqli boʻlgan boshqa amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasiga chet ellik turistlarni kirib kelishi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga sayyoh sifatida safar qilish toʻgʻrisidagi qoidalarini tartibga solish, ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sayyohlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi toʻgʻrisidagi” Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-mart, 908-son bilan roʻyxatga olingan “Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi” va 2004-yil 19-may, 1357-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasining turistik tashkilotlari tomonidan chet ellik turistlarni qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlar bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi B. HUSANBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2004-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-son

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9/1005-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son

Favqulodda vaziyatlar vaziri B. SUBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1/5/4-622-son

“Oʻzbekturizm milliy kompaniyasining 2004-yil 13-sentabrdagi 23-son, Milliy xavfsizlik xizmatining 2004-yil 29-oktabrdagi 9/1005-son, Ichki ishlar vazirligining 2004-yil 27-sentabrdagi 7-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2004-yil 15-sentabrdagi 1/5/4-622- sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyohlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq, turizmga taalluqli boshqa amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasida turistik ekskursiyalarni amalga oshirish vaqtida kafolatlangan xizmatlar koʻrsatish va sayyohlarni chet el safariga borishlarini rasmiylashtirish tartibini hamda chet ellik sayyohlarni qabul qilish jarayonida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el safarlariga borishi chogʻida huquqlarini himoya qilish, xavfsizliklarini taʼminlash, turar joylarini kafolatlanishi hamda chet el safaridan oʻz vaqtida qaytishlari maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Chet ellik sayyohlarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, turistik tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan chet ellik sayyohlar haqidagi ilovaga muvofiq maʼlumotnomani ular kirib kelishlaridan 5 kun oldin “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kirib kelayotgan sayyohlar soni, ular qaysi davlatdan kelayotganligi va qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh boʻlib boruvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transport vositasining davlat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston hududida yashash va ovqatlanish joylari koʻrsatilgan holda, sayyohlarning harakat qilish marshrut va muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sayyohlarni qabul qiluvchi turistik tashkilotlar sayyohlar xavfsizligini taʼminlash va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aeroport, vokzal va boshqa kirish joylarida chet ellik sayyohlarni kutib olish, maʼlumotnomada koʻrsatilgan mehmonxonalarga joylashtirish va tegishli rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) barcha yoʻnalishlarda sayohat tugaguncha sayyohlarni kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sayyohlarni respublika hududida belgilangan muddat davomida boʻlishi va belgilangan muddat tugagandan soʻng respublika hududidan oʻz vaqtida chiqib ketishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xavf-xatar manbalari boʻlgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin boʻlishi yoki boʻlmasligi yuzasidan tegishli maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ruxsat etilgan xavfsiz yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yoʻnalish boʻyicha sayohat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) belgilangan yoʻnalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga bogʻliq holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatar manbalari haqida ularning oʻzini xabardor qilish va xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) zarur hollarda, chet ellik sayyohlar haqidagi maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) chet ellik sayyohlar tomonidan chegara hududidan oʻtish vaqtida belgilangan tartibga rioya qilinishida tegishli davlat organlariga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari toʻgʻrisida tegishli tushuntirish ishlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga sayyoh sifatida yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sayyohlarni chet el safariga yuborish “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi. Turistik tashkilot tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlar roʻyxati, guruh rahbari koʻrsatilgan holda (roʻyxat sayyohlarni joʻnatish vaqtidan kamida 3 ish kuni oldin topshirilishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilayotgan davlat vizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlarga taqdim etilgan turistik yoʻllanma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviachipta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlar sugʻurta qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (sugʻurta polisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlarni chet el safariga yuboruvchi Oʻzbekiston Respublikasi turistik tashkilotining chet eldagi hamrohining sayyohlarga kafolatlangan xizmat koʻrsatishini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi turistik tashkilot taqdim etgan hujjatlar asosida hujjat topshirilgan kundan 2 kun muddatda hujjat topshirgan turistik tashkilot sayyohlarni chet elga yuborishiga oʻz roziligini yoki asoslantirilgan rad javobini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda turistik tashkilotlarga rad javobi berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida faoliyat koʻrsatishga ruxsat beruvchi litsenziyasi mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik hamkorlari bilan imzolangan shartnoma muddati tugagan yoki shartnomasi boʻlmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxta hujjatlar taqdim etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turistik tashkilot rahbari sayyohlar chet el safarlaridan qaytganlaridan soʻng bir hafta ichida, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga sayyohlarni qaytganligi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyohlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan turistik guruh (yakka sayyoh) toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎
‎Berilgan raqam ___________________________________________________________________
‎1. Turistik firma ________________________________________________________________
turistik firmaning toʻliq nomi

litsenziyasi‎‎

‎‎2. Guruh kelgan kuni ______________________________________________________________

qayerdan kelgan‎

‎‎3. Sayyohlar soni _________________________________________________________________
‎4. Qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh boʻlib boruvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot___________
_______________________________________________________________________________________‎‎
‎‎5. Transport vositasining davlat raqami ____________________________________________
‎6. Turistik guruhining (yakka sayyoh) qaysi shaharlarda toʻxtashi va muddatlari,
mehmonxonalar nomlari va umumiy ovqatlanish joylari tafsiloti bilan
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish joyi ________________________
‎‎________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 468-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)